MENTORING AND COACHING ACTIVITIES
Abstract
This article focuses on the role of mentoring in the educational process, the questions of mentoring “Why?”, “How?”, “What?”, and serves as an aid in solving problems that may arise in the practice of mentoring and coaching. The technology of working with young trainee teachers and experienced teachers in mentoring activities is described in detail. The module pays special attention to the organization of the educational process and the formation of natural and scientific literacy competencies in students. This involves enriching the information on the same topic in the Uzbek language. The module has been reviewed by experts and is intended for all trainer teachers in the education system.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 906 MENTORLIK VA MURABBIYLIK FAOLIYATI Xo’janova Madina Odil qizi Termiz davlat pedagogika institute talabasi Email: madinaxoj[email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim jarayonida murabbiylik faoliyati, murabbiylikning “Nima uchun?”, “Qanday qilib?”, “Nima?” savollariga qaratilgan bo‘lib, mentorlik va trenerlik amaliyotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilishga ko‘makchi bo‘lib xizmat qiladi. Mentorlik faoliyatida yosh stajyor o‘qituvchilar hamda tajribali pedagoglar bilan ish olib borish texnologiyasi batafsil yoritib berilgan. Modulda ta’lim jarayonini tashkil qilish hamda o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bunda o‘zbek tilida ayni mavzu doirasidagi ma’lumotlarni boyitishi ko‘zda tutiladi. Modul ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilgan va ta’lim tizimidagi barcha trenero‘qituvchilar uchun mo‘ljallanadi. Kalit so’zlar: Mentorlik, Murabbiylik, Shogird, Tajriba almashish, Kasbiy rivojlanish, Pedagogik qo‘llab-quvvatlash, Psixologik yordam, Professional iqlim, Hamkorlik, Maslahatchi Mentorlik ochiqlik va ishonchga asoslangan strategik hamkorlikdir. Asosiy tamoyil - ustozning o'z shogirdi bilan baham ko'rishga tayyor bo'lgan tajriba, mahorat yoki salohiyat ega bo'lishi bilan tavsiflanadi. Murabbiy o'z tajribasi va bilimlari bilan o'rtoqlashadi, shogirdning rivojlanishi va mustaqil faoliyat olib borishiga yordam beradi va qo‘llabquvvatlaydi. Mente (shogird o‘qituvchi) - bu murabbiy bilan ishlash vakolatiga ega bo'lgan shaxs. Mentor o‘z faoliyatida quyidagi vositalardan foydalanishi mumkin: ➢ o‘z shaxsiy tajribasi; ➢ rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar va vazifalar; ➢ "xato va kamchiliklar ustida ishlash"; ➢ o‘z-o‘zini rivojlantirishga yordam berish; ➢ ochiq savollar orqali ijodiy fikrlashni rag'batlantirish va hokazo. Mentorlik faoliyatining natijasi uning shaxsiy tajribasi va shogirdning mustaqil faoliyatiga bog'liq bo'ladi. Mentorlikning asosiy jihatlari:
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 907 • Yoʻl koʻrsatuvchi sifatida: Mentor mantiqiy fikrlash, oʻzini tahlil qilish, yangi gʻoyalarni oʻrganish va takomillashtirishga yordam beradi. • Shaxsiy yondashuv: Mentorlik individual ishlaydi, odatda maktab yoki universitetdagi oʻqituvchidan farqli ravishda, pul evaziga emas, balki chin dildan yordam berish niyatida amalga oshiriladi. • Tajriba va motivatsiya: Muvaffaqiyatli mentor oʻz maqsadiga erishgan boʻladi va mantiqiy motivatsiya beradi. • Amaliy qoʻllanishi: Oʻqituvchilikda, talabalar bilan ishlashda ("mentorlik kuni"), tadbirkorlikda va oliy taʼlimda qoʻllaniladi. Mentorlik va murabbiylik faoliyati — bu tajribali shaxs (mentor/murabbiy) tomonidan tajribasiz shaxsga (shogird/mentorlik qilinayotgan shaxs) bilim, koʻnikma, tajriba, qadriyatlar va axloqiy saboq berish, uni kasbiy va shaxsiy rivojlanishida qoʻllabquvvatlash jarayoni boʻlib, murabbiylik anʼanaviy ustoz-shogird tizimiga asoslanadi, mentorlik esa koʻproq zamonaviy, maqsadli va shaxsiy rivojlanishga qaratilgan boʻlib, ikkalasi ham shaxsning professional va shaxsiy oʻsishini taʼminlaydi, lekin mentorlikda koʻpincha maʼlum bir maqsad (masalan, karyera) boʻyicha maslahat beriladi, murabbiylik esa kengroq tarbiyaviy mohiyatga ega. Murrabbiylarbolalar , o'smirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun bolalarda qiziqish uyg'otuvchi , ularning sog'ligini mustahkamlab va har tomonlama jismoniy kamol topishiga , sog'lom turmush tarziga ehtiyojni shakllantirishga yo'naltirilgan jismoniy tarbiya - sog'lomlashtirish ishlarini olib boruvchi, o'zlarining mahorat va kasb malakalarini oshirib boruvchi , har xil tarjibalar asosida mashg'ulot jarayonlarini mukammaltiruvchi shaxs sanaladi. Murrabbiylar bolalarning qobilyatlari va salohiyatlari asosida mashg'ulotlar olib borib, ulardagi tehnikani kuchaytirib xalqaro tadbirlarda qatnashishi orqali bolalarning sport mahorati va malakasini oshirishga zamin yaratuvchi shaxs. Murabbiyning faoliyatida boshqarish funksiyasi <<murabbiy (subyekt)- sportchi (obyekt)- murabbiy (obyekt) >> shaklidagi uzviy bog'langan tizim asosida amalga oshirilishi darkor. Ushbu tizimda murabbiyning kasbiypedagogic faoliyati (KPF) yo'nalishlarda olib borilishi tavsiya etiladi. Murrabbiylarning oliy vazifasi: - bolaning sportda harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish va harakat faolligini tanqisligini to'ldirish; -bazaviy tayyorgarlik va keyinchalik ixtisoslashish uchun sportning muayyan turini tanlashga ko'maklashish; - sport mahoratini takomillashtirish; - shaxsiy imkoniyatlarni namoyon etishga ko'maklashish.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 908 Murrabbiy doim shogirdlariga sportda kamolotga erishishda va oliy sport mahoratiga ega bo'lishiga ko'maklashishi darkor. Chunki har bir bola sportga kirib kelar ekan, shu sohada ma'lum darajada kamolotga erishishini xohlaydi. Ammo oramizda shunday murrabbiylar borki, mashg'ulotlar jarayonida o'zi ishtirok etmay faqat bolalarga nazariy bilim beradigan yoki o'zi musobaqalar uchun bo'ladigan tayyorgarlik jarayonlarida yaxshi mahorat bilan mashg'ulotlarni olib bormay , musobaqalarda bo'ladigan natijalarga faqat shogirdini aybdor deb o'ylaydigan murabbiylar ham topiladi Menning o'ylashimcha , musobaqalarda bo'ladigan natijalar 60 foizini murabbiyning malaka mahorati, 40 foizi esa bolaning ko'nikmasiga bo'g'liq. Kutilmagan natijalar ro'y berganda faqatgina bolaning o'zlashtirgan ko'nikma darajasi pastligiga emas ,balki trenerning o'rgatgan tehnika va kasb mahorati sabab bo'ladi, bola doim murabbiy o'rgatgan ko'nikma va malakalari asosida natija qiladi. Murabbiy dangasalik bilan bolaga boshlang'ich bazani , tehnikani e'tiborsizlik bilan o'rgatmasligi darkor, murabbiy shogirdlariga bosim ko'rsatmasdan , balki o'rgatmoqchi bo'lgan taktikani qanchalik bolaga zarurligini tushuntura olsa xech qanday muammolarga duch kelmaydi. Bola murabbiyining malakasiga shubxa bilan qaramasligi, unga trenerining kasb mahorati bolaga qanchalik zarurligini va bolaning kelajakdagi natijalariga ta'sir etishini tushuntira olsa, vaziyat o'z o'zidan yaxshilanadi. Vaqtivaqti bilan bolani rag'batlantirib turish murabbiyga bo'lgan hurmatni oshishiga sabab bo'ladi. Ya'ni har 36 oyda attestatsiya jarayonlarida bolalar belbog' uchun baholanadilar, shu attestatsiya jarayonlarida bola 3 oy ichida nima o'rganini murabbiy va hakamlar tomonidan tekshiriladi. Ammo ba'zi bir murabbiyning bolalari pumse va qo'l va oyoq tehnikasini yaxshi bilishmaydi, hatto bularni o'zlashtirishni ham xohlashmaydi. Ular faqat kurugi yo'nalishda musobaqada ishtirok etishadi, shuning uchun ularda tehnika yaxshi rivojlanmaydi. Ammo shu holni ko'rib turgan murabbiylar shu vaziyatga ko'z yumadilar, hamda attestatsiya jarayonida ham bolalar duch kelgan xatolik va kamchiliklar , attestatsiya jarayoni tugaganidan keyin mashg'ulot jarayonida bartaraf etilmaymaydi. Bolalar ham shu attestatsiya jarayoni moddiy tarafdan qilinganligi, belbog' pulga berilishini, hamma narsa moddiy resurslarga taqalishini bilib, "baribir belbog' olaman-ku", deya befarqlik asosida xatoning ustiga xato qiladilar. Bu esa achinarli hol, mening nazdimda, attestatsiya kunigacha murabbiy tomonidan bolada ko'rilgan xato va kamchiliklar bartaraf etilishi va o'ziga kerakli malaka va mahoratni murabbiy tomonidan ko'nikma tarzida o'zlashtirilishi kerak. Attestatsiya jarayonida biror bir bola talabga javob bera olmasa unga belbog' berilmasligi kerak, bu moddiylikka taqalmasligi balki sportchining o'z ustida ko'p ishlashi darkorligini tushuntirishi kerak , balki bu yerda sportchining kelajak tehnik bazasi , sportdagi natijalarining samaradorligiga borib taqaladi. Yana shunday hollar vujudga kelmoqda-
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 909 ki, murabbiylar boshlang'ich tehnikani bolaga yaxshi o'rgatmasdan , boladan musobaqada yaxshi natijaga ega bo'lishni kutishlari kulgili holat, bundan esa, bolaning kelajagiga darz ketish vaziyatlarini kelib chiqmoqda, mening nazarimda nafaqat murabbiy balki ota ona ham sababchi bo'ladi, ya'ni ota ona boladan har bir mashg'ulot jarayonida qanday kompleks mashqlar texnikasini o'rganayotganini so'rashi , u bilan ko'proq muloqot qilishlari foydalidir, murabbiy boshlang'ich bazani, tehnikani yangi kelgan bolaga qiyinchilik bilan bo'lsa ham to'g'ri o'rgatishi , har bir o'tgan trenerovka jarayonini qiziqarli o'tishini kafolatlashi lozim, bola murabbiydan zerikmasligi, aksincha shu murabbiyning trenerovka jarayoniga qatnashishni xohlashi, bola shu sportini hayotining mazmuni deb o'ylashi kerak. Uning uchun murabbiydan katta mehnat , sabr, izlanish va bilim kerak bo'ladi. Axir murabbiy o'zining shogirdlari uchun komillik timsoli hisoblanadi, murabbiyning harakatiga qarab bola intiladi , xuddi qush uyasida ko'rganidek, mashg'ulotlar jarayoni ham bolaning ikkinchi tarbiya uyi hisoblanadi, unda bola tarbiyalanadi, o'zining jismoniy sifatlari va ruhiy tayyorgarligi normal holatda shakllanadi. U bolaga o'tilayotgan trenerovka jarayonlari bolaga qanchalik zarurligi va uning kelajakdagi natijalariga bo'g'liqligini uqtira olsa, bola o'zining foydasi uchun mehnat qilishni boshlaydi , o'zining xatolarini murabbiyining yordamisiz to'g'rilay boshlaydi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin sportni rivojlantirish va uni ommaviyligini oshirish to'g'risida katta ishlar amalga oshirildi. Bu borada sport taraqqiyotining bugungi bosqichida biz shunday xususiyatlarni ko'ramizki, ular sportchini tayyorlash jarayoniga jiddiy ta'sir ko'rsatadi va murabbiy bilan sportchi oldiga yangidanyangi murakkab vazifa va topshiriqlarni qo'yadilar bu vazifa va topshiriqlarni esa, o'z navbatida, mashq jarayonini tashkil qilishning eng munosib shakli va usullarini izlab topishga majbur etadi. Sportchi o'ziga mustaqil shaxs sifatida murabbiysiz, moddiytexnik va xo'jalik ta'minoti, ilmiy metodik ta'minoti, guruhlarsiz musobaga tayyorlana olmaydi. Bugungi kunda sportchilarni har taraflama jismoniy, aqlan, axloqiy rivojlanishiga , shuningdek ularda jismoniy, texnik, taktik, aqliy, funktsional jihatdan tayyorlanishi murabbiyning asosiy ustuvor vazifadir. Murabbiy har bir sportchi uchun beradigan yuklamalarni sportch qanchalik chiday olishini aniqlashda, yuklamalarni me'yorga solishda va ularning og'ir yengilligini, shuningdek, mashq qilayotgan shaxsning yoshini va jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda mashq jarayonini rejalashtirishda katta yordam ko'rsatishi kerak. Murabbiy mashg'ulot jarayonini amalga oshirar ekan, sport dargohida faqat istiqbolli bolalarni vijdonan tanlab olish, pedogogik, ijtimoiy, psixologik , metidlikbiologik usullardan tarkib topgan harakterlar majmuining tashkiliy metodik tadbirlari tizimi bo'lib, sport mutaxassisligiga tanlanayotgan bolalarning iste'dodi va qobiliyati mazkur
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 910 usullar yordamida aniqlanishi, ularning qaysi sportga layoqati borligini aniqlashi hamda har qanday vaziyatda murabbiy bolalarni sportga tanlarkan, ulardagi ijobiy omillar yig'indisiga e'tibor berishi va albatta bolaning astoydil ishtiyoqli, mehnatga layoqati va o'ziga xos xislatini hisobga olishi shart. Pedagogik texnika malakalar, maxsus sport bo'yicha bilimlarni egallash, pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish, o'z kasbiga qiziqish, burch hamda mas'uliyatni his qilish asosida oshirilishi kerak. Murabbiyning tashqi ko'rinishida nutq texnikasi, his-tuyg'ularini boshqara olish, mimik va pantomimik malakalar bir qolipda mukammal olib borilganda ko'zlangan maqsadga albatta erishiladi. Bunda so'z, gap ohangi, qarash, imo-ishoralar, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda udda-buronlik, osoyishtalik bilan ziddiyatdan chiqish, voqelikni oldindan ko'ra olish va adolatli tahlil qilishga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Bu xususiyatlar murabbiyning shaxsiy, individual psixik, fiziologik fazilatlari asosida tarkib topadi. Pantomimik harakatlarni boshqarishda ham murabbiyning individual pedagogik texnikasi, yoshi, jinsi, mijozi, fe'l-at-vori, sihatsalomatligi va anatomik-fiziologik xususiyatlari muhim ahamiyatga ega. Murabbiy eng avvalo tarbiyachi sifatida o'zida yuqoridagi malakalarni shakllantirishi, ularning mazmunini chuqur o'zlashtirib, pedagogik texnikani egallashning imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Shunda u murabbiylik mahorat sari etaklaydi. Shunday qilib, o'qituvchining tashqi ko'rinishi ham pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri bo'lib - sportchilarga ko'rib, eshitib turgan narsalarini erkin fikrlash orqali, amalda murabbiy tomonidan o'zlashtirilgan ko'nikmani amaliyotda qo'llay olishi, shu ko'nikma darajasini rivojlantirib, malaka holiga kelish imkoniyatini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Hasanboeva O. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent, 2019. 2. Yo‘ldoshev J.G. Pedagogik mahorat asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 3. Abdullayeva N. Mentorlik va murabbiylik faoliyati psixologiyasi. – Samarqand, 2021. 4. Xodjayev B. Kasbiy pedagogika. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2022.