scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PEDAGOGICAL STRESS AND ITS RENEWAL

Ro'ziyeva, Rayhona; Shermatova, Sevinch

Abstract

This article analyzes the essence of pedagogical stress, the causes of its occurrence in teachers, and its impact on the educational process. The complex and responsible aspects of pedagogical activity - individual behavior of students, excessive workload, lack of time, updating methodological requirements, and psychological pressure - are indicated as the main sources of stress. The study highlights modern approaches to reducing stress and "refreshing" resources in teachers, including professional self-development, emotional stability strategies, pedagogical reflection, methods for preventing "burnout," and the importance of creating a healthy psychological environment.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 926 PEDAGOGIK STRESS VA UNI YANGILASH Termiz davlat pedagogika instituti talabasi Ro'ziyeva Rayhona Baxtiyor qizi Shermatova Sevinch Eshonqul qizi shermatovasev[email protected] Annotatsiya:Ushbu maqolada pedagogik stressning mazmun-mohiyati, uning o‘qituvchilarda yuzaga kelish sabablari hamda ta’lim jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Pedagogik faoliyatning murakkab va mas’uliyatli jihatlari – o‘quvchilarning individual xulq-atvori, ortiqcha ish yuklamasi, vaqt taqchilligi, metodik talablarning yangilanishi hamda psixologik bosimlar stressning asosiy manbalari sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqotda o‘qituvchilarda stressni kamaytirish va resurslarni “yangilash”ning zamonaviy yondashuvlari, jumladan, professional o‘zini rivojlantirish, emotsional barqarorlik strategiyalari, pedagogik refleksiya, “burnout”ning oldini olish usullari hamda sog‘lom psixologik muhit yaratishning ahamiyati yoritiladi. Kalit so‘zlar: pedagogik stress; stress omillari; o‘qituvchi faoliyati; kasbiy charchash (burnout); emotsional zo‘riqish; psixologik barqarorlik; stressni boshqarish; pedagogik refleksiya; resurslarni tiklash; motivatsiyani yangilash; o‘qituvchi salomatligi; kasbiy rivojlanish; psixoprofilaktika; pedagogik muhit; emotsional intellekt. Hozirgi rivojlanish o‘zining eng yuqori darajasiga erishgan bir vaqtda hamma narsa insonlarga qulaylik yaratish va sifatli hayot kechirishga qaratilmoqda. Bu yaxshi chunki, har bir inson yaxshi yashashga haqlidir. Lekin bunday jamiyatda albatta, har bir kasb egasida uchraydigan bir holat borki uni inkor etib bo‘lmaydi. Bu stress. Birgina kasbni misol qilsak bo‘ladi, o'qituvchilik. Ustoz! Shu birgina so‘z zamirida olam-olam ma’no va hurmat mujassam. O‘qituvchi sofdil, kamtarin, ma’naviy boy, ahloqan pok insondir. Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib, ardoqlasak arziydi. Chunki ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalbqo‘riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir. Lekin bu kasbining ham o‘ziga yarasha qiyinchiligi va salbiy tomonlari bor. Bulardan biri stress hisoblanadi. Zamonaviy odam doimo stress yoqasida yashaydi. Bunga albatta yomon ekologiya, shahar hayotining qattiq ritmi, tajovuzkor ijtimoiy muhit, siyosiy beqarorlik, moliyaviy inqirozlar va boshqa shu kabi ko‘plab omillar sabab bo‘ladi. Stresssiz hayot mumkin emas. Stress inson hayotining doimiyhamrohiga aylanishga ulgurdi. Olimlarning fikricha, kichik stresslar muqarrar va zararsizdir, ammo haddan tashqari ko‘p stress inson va guruh uchun katta, dolzarb muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, stresssiz professional faoliyat yo‘q. O‘qituvchilarning salomatligi va hayot sifati, boshqa ko‘plab kasbiy sohalarda bo‘lgani kabi, ko‘p jihatdan ish sharoitlari, ishni tashkil etilishi, mazmuni va faoliyatning boshqa xususiyatlariga bog‘liq. Biroq, ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim muhitidagi stress omillari doimo keng tarqalgan bo‘lib, so‘nggi o‘n yilliklarda ayniqsa keng ko‘lamli bo‘lib qoldi. Zamonaviy o‘qituvchining ishi katta psixoemotsional holatlar bilan bog'liq. Pedagogik ishda yuqori mas’uliyat, motivatsion va shaxsiy ishtirok, yosh maktab o'quvchilari bilan muloqotda sezilarli hissiy "zo‘riqish", boshlang‘ich ta’limdagi sezilarli o‘zgarishlar davridagi ishning murakkabligi o‘qituvchi faoliyatining stressli xususiyatini belgilaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, stress o‘qituvchining ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 927 doimiy holatidir.O‘qituvchining kasbiy stress alomatlari quyidagilar:-Doimiy charchoqni his qilish.Motivatsiya yo‘qligi, Ko‘ngilsizlik va boshqa salbiy his-tuyg‘ular.Kognitiv muammolar.- Ishlashning yomonlashuvi.-Uyda va ishdagi shaxslararo muammolar.-O‘ziga g‘amxo‘rlik yetishmasligi.-O‘z ishidan mamnun bo‘lishning umumiy pasayishi. Sog‘liqdagi muammolari. Kasbiy stressga eng moyil bo‘lgan kasb bu o‘qituvchilikdir, chunki ularning ishi doimiy stressni vaziyatlar bilan bog‘liq. Stress surunkali holatga kelganda esa bu ko‘p vaqt davom etadi va o‘qituvchi boshqa narsalarga e’tibor berishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Stress (inglizcha: stress - “bosim”, “kuchlanish”, “tanglik”) - odam va hayvonlarda kuchli taʼsirotlar natijasida sodir boʻladigan oʻta hayajonlanish, asabiylik holati. Stress - bu gomeostazni buzish bilan tahdid qiluvchi turli ekstremal omillar taʼsirida yuzaga keladigan tananing oʻziga xos bo'lmagan reaktsiyasi va asab va endokrin tizimlar faoliyatida stereotipik oʻzgarishlar bilan tavsiflanadi. Organizmda har xil taʼsurotlarga nisbatan rivojlanadigan nomaxsus neyrogormonal reaksiya. “Stress” terminini kanadalik patolog G. Selye taʼriflab, tibbiyotga kiritgan (1936). Olim stress holatiga olib keluvchi omilni stressorlar deb, ular taʼsirida organizmda roʻy beradigan oʻzgarishlarni moslashish (adaptatsiya) sindromi deb atadi. Fiziologik jihatidan (issiq, sovuq, shikastlanish va boshqalar) va psixik (qoʻrquv, qattiq tovush, oʻta xursandchilik) stressorlar ajratiladi. Organizmda bu omillar ta'sirini yengishga qaratilgan moslashuvchi biokimyoviy va fiziologik oʻzgarishlar rivojlanadi, bu stressorning kuchi, taʼsir etish muddati, odam yoki hayvonning fiziologik sistemasi va ruhiy holatiga bogʻliq. Nerv sistemasi yuqori rivojlangan odam va hayvonlarda, his-tuygʻu koʻpincha stressor vazifasini oʻtaydi va u fizik stressor taʼsiriga zamin tugʻdiradi. Odamda bir xil kuchdagi stress ham xavfli, ham ijobiy bo'lishi mumkin. Shuning uchun maʼlum bir darajadagi stresslarsiz faol hayot kechirib boʻlmaydi, chunki stresslar boʻlmasligi bu oʻlim bilan barobar degan edi, Hans Selye . Demak, stresslar nafaqat xavfli, balki organizm uchun foydali ham boʻlishi mumkin (eustress), bu holat organizm imkoniyatlarini ishga soladi, salbiy taʼsirotlarga chidamliligini oshiradi (masalan, infeksiyalar, qon yoʻqotish va boshqalar), maʼlum bir somatik kasalliklar (masalan, yara kasalligi, allergiya, yurak kasalliklari va boshqalar) kechishini yengillashtiradi yoki bemorning ulardan forig‘ boʻlishiga yordam beradi. Zararli stresslar (distress) organizm rezistentligini pasaytiradi, koʻpgina kasalliklarning kechishini ogʻirlashtiradi. Stress taʼsirida kasalliklar paydo boʻlishida organizmning dastlabki holati katta ahamiyatga ega. Masalan, gipertoniya kasalligi bilan ogʻrigan bemorda stress ogʻirroq, yaʼni gipertonik krizlar bilan kechadi. Hans Selye stress natijasida rivojlanadigan kasalliklar yo stressorning kuchli taʼsir etishi, yoki gormonal tizimning “notoʻgʻri” reaksiya berishiga bogʻliq deb hisoblagan. Chunki ayrim hollarda distress uncha kuchli boʻlmagan stressor taʼsirida yuzaga keladi. Stressning organizmga ijobiy yoki salbiy taʼsir etishi organizmning ushbu stressorga nisbatan reaksiyasiga bogʻliq. Stress holatini faol oʻzgartirishga qaratilgan choralar organizm chidamliligini oshiradi va natijada kasallik rivojlanmaydi yoki, aksincha, faol kurashish boʻlmasa, moslashish sindromi susayib, ogʻir holatlarda organizmni nobud boʻlishigacha olib kelishi ham mumkin. Organizmdagi hamma oʻzgarishlarni nazorat qilishda miyadagi katexolaminlar miqdori katta ahamiyatga ega. Stress oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha an’anaviy ravishda ko‘plab uslublar ishlab chiqilgan bo‘lsada, bu bilan bir qatorda stressni oldini olish, ruhiy barqarorlikni oshirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan salmoqli izlanishlar o‘tkazilgan. Stressni oldini olish va barqarorlikni oshirishda asosan kognitiv ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 928 xulq-atvor terapiyasi nazariyasi va amaliyotiga asoslangan o‘ziga-o‘zi yordam berish yuzasidan qator yondashuvlar ishlab chiqilgan. • Yaxshi va yoqimli narsalar haqida o‘ylash;• Turli jismoniy harakatlar: cho‘zilish, kerishish kabi;• Derazadan ko‘rinib turgan peyzajni kuzatish;• Xonadagi gullarni, qadrdon fotosuratlarni tomosha qilish;• Quyosh nurlarida “cho‘milish”;• Yugurish bilan shug‘ullaning;• Muvaffaqiyatlar kundaligi tutib, har qanday kichik yutuqlaringizni unga yozib boring, vaqt-vaqti bilan uni varaqlab o‘qing;• Kayfiyatingizni va hayotga bo‘lgan qiziqishingizni oshiruvchi shaxsiy musiqa va kinofilmlaringizni jamlab qo‘yib, kerab bo‘lganda o‘sha zahoti tinglab, tamosho qiling;• Toza havodan to‘yib nafas olish;• Kimgadir boshqalarga maqtov, komplimentlar aytish. • Mazkur ro‘yxatni olib, tez-tez ko‘zingiz tushadigan joyga ilib qo‘yish va uni yodga olib turish tavsiya etiladi. O‘tkir stressdan chiqish uchun amaliy mashqlar1. Sovuq suv bilan yuz va qo‘llaringizni yuving. Suv iching.2. Tanadagi tarang mushaklarni bo‘shashtirish uchun qo‘llaringizni, oyoqlaringizni silkiting.3. Qo‘llaringizni musht qilib bor kuchingiz bilan siqing va 10 soniya shunday ushlang. Keyinbo‘shashtiring. Xuddi shu mashqni yelka, oyoq, qorningiz bilan qiling. 4. Qorningiz bilan chuqur nafas oling va keyin asta-sekin havoni chiqaring. 5. Asabiy zo‘riqishni jismoniy harakatga o‘tkazing – yuguring, yuring, qo‘llaringizni harakatlantiring. 6. Tanani imkoniyat qadar massaj qiling.7. Yuzingiz, bo‘yningiz va boshingizni yengil uqalang. 8. Qandaydir narsaga, obyektga e’tiboringizni ko‘chiring, qarating. Diqqatingizni uni o'rganishga, qandaydir sifatlarini topishga qarating.9. Stressli holatingizni qog‘ozda chizing, keyin uni yirtib tashlang.10. Ko‘zlaringizni yuming. Hayolingizda o‘zingiz uchun yaxshi, qulay, tinch, chiroyli joynitasavvur qiling. Bu holatda bir necha daqiqa bo‘ling. 11. O‘zingiz uchun ijobiy bo‘lgan vaziyat yoki odam haqida o‘ylang. Tabassum qiling va bir necha muddat shu holatda bo‘ling. 12. Imkoniyatingiz bo‘lsa, shoshmasdan piyoda yuring.Stress vaqtida o‘z-o‘zini boshqarishning vaziyatli usullari• Sekin nafas olib, 1 dan 10 gacha sanang.• 1 daqiqa jim bo‘ling.• Kuchli hayajonni to‘xtatish uchun pastki jag‘ni orqaga va oldinga siljitish mumkin.• Siz qo‘rquvingiz yoki hayajoningizni qandaydir kiyim (ko‘ylak, kostyum va hkz) shaklidahayolan tasavvur qilishingiz va yechib tashlashingiz mumkin. • Dush, vanna qabul qilib, suv sizni tozalayotganini his qiling. • Faol mashg‘ulotlar, sport bilan shug‘ullaning. • Muhim yig‘ilishlar, uchrashuvlar, attestatsiyadan oldin oshqozoningizni o‘ta och ham qoldirmang, o‘ta to‘ydirib ham qo‘ymang.• Hayajonlanish davrida siz o‘zingizni o‘ta to‘lqinlangan ummon, dengiz deb tasavvur qiling, (shamol yoki boshqa biror tabiiy element) va hayolingizda bu ummonni, dengizni (elementni)tinchlantiring.• Nafas olish mashqlari.• Tana holatingizni o‘zgartiring (agar o‘tirgan bo‘lsangiz - turing, yuring va hkz). • Ertalab uyg‘onganingizdan so‘ng va kechqurun uyqudan oldin 15 daqiqa istagan ijobiy narsani tasavvur qiling. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abduqodirova, N. (2021). Pedagogik jarayonda stress holatlari va ularni boshqarish usullari. Toshkent: Fan nashriyoti. 2. Xolmatova, Z. & Jo‘rayev, A. (2020). O‘qituvchilarning emotsional charchoqligi (burnout) va uni oldini olish texnologiyalari. Samarqand davlat universiteti ilmiy jurnali, 3(2), 45–53. 3. Karimova, D. (2019). Pedagogik faoliyat psixologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston pedagogika instituti nashriyoti. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 929 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2022). Ta’lim jarayonida psixologik xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar. Toshkent. 5. Abdullayev, R. (2023). O‘qituvchilarda pedagogik stressni kamaytirishning zamonaviy yondashuvlari. Ta’lim va Innovatsiyalar jurnali, 7(1), 58–64. 6.. UNESCO (2020). Teacher Stress and Well-being: Global Perspective. Paris: UNESCO Publishing.