TIME MANAGEMENT IN PEDAGOGICAL ACTIVITY
Abstract
This article provides information on time management methods in pedagogical activities, effective organization of teacher activities, and proper organization of time when working with students.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 930 PEDAGOGIK FAOLIYATDA VAQTNI BOSHQARISH Qurbonova Shahlo, Choriyeva Zarnigor Termiz Davlat Pedagogika Instituti talabasi toshmurod[email protected]om Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik faoliyatda vaqtni boshqarish usullari o'qituvchi faoliyatini samarali tashkil etish o'quvchilar bilan ishlashda vaqtni to'g'ri tashkil etish haqida malumotlar keltirilgan. Kalit so'zlar: Vaqtni boshqarish, vaqt resurslari, rejalashtirish, pedagogik faoliyat, ustuvorlik, vaqt taqsimoti, deadline, vaqtni yoqotish omillari, samaradorlik, vaqt menejmenti. KIRISH Vaqt oqituvchi faoliyatidagi eng qimmat resurslardan biridir. Togri boshqarilmagan vaqt talim jarayonida sifatning pasayishiga, ortiqcha charchashga va samaradorlikning kamayishiga olib keladi. Shu bois pedagogik faoliyatda vaqtni boshqarish professional mahoratning muhim korsatkichlaridan biridir. Oqituvchi mehnatini rejalashtirish Oqituvchi oz vaqtini quyidagi faoliyatlar ortasida togri taqsimlashi zarur: Dars jarayonini tayyorlash va otkazish; Oquvchilarning mustaqil ishlarini nazorat qilish; Ilmiy-uslubiy faoliyat bilan shugullanish; Mamuriy va tashkiliy ishlarni bajarish; Oz-ozini rivojlantirishga vaqt ajratish. Vaqtni boshqarishda uchraydigan qiyinchiliklar Vaqtni notogri rejalashtirish; Ortiqcha majlislar va keraksiz uchrashuvlar; Bir vaqtda bir nechta ishni qilish odati ,Charchash va motivatsiyaning pasayishi; Texnik tosiqlar (hujjatlarni kech topshirish, texnologik muammolar). Vaqtni samarali taqsimlash yollari Rejalashtirish kundalik, haftalik va oylik ish rejalarini tuzish. Ustuvorlikni belgilash muhim va dolzarb vazifalarni birinchi oringa qoyish (Eyzexauer matritsasi). Delegatsiya ayrim vazifalarni hamkasblar yoki talabalar yordamida bajarish. Pomodoro texnikasi qisqa muddatli ishlash va tanaffuslar orqali samaradorlikni oshirish. Ozini nazorat qilish vaqtni qanday sarflanayotganini muntazam tahlil qilish. Inson ish faoliyati va hayotida muvaffaqiyatga erishishi uchun, avvalo, o’zining hayotiy maqsadini belgilab olishi lozim. Chunki vaqtni boshqarish va undan foydalanishda maqsadga erishish mo’ljaliga qaratilgan e’tibor barcha harakatlarning asosi bo’lib xizmat qiladi o`z hayotiga samarali natija, muvaffaqiyat olib kira oladi va albatta sog`lom turmush tarzini yarata oladi. Taym-menejment ya`ni vaqtni samarali boshqarish nima? Taym-menejment - (inglizcha-time-vaqt, management-boshqarish demakdir) vaqtni samarali boshqarish, vaqtni tashkil qilish, vaqtdan effektiv foydalanish texnologiyasidir. Unda inson ma’lum ishni bajarish uchun ketgan vaqtni ongli nazorat qiladi. Bo’sh vaqtning yetishmasligi faqat badavlat yoki menejerlarning muammosi emas. Insonlar turli xil ehtiyoj
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 931 va majburiyatga ega bo’ladilar. Va ularni tartibga solish ko’nikmasi bolalalikdan boshlanadi. Kun tartibiga bolalalikdan rioya qiladigan bolalar ulg’ayganda ham bo’sh vaqtidan unumli foydalanadi . Taym menejment kun tartibi va unga rioya qilish demakdir. Bo’sh vaqtning yetishmasligi rahbar insonlar, tadbirkorlar, badavlat yoki menejerlarning muammosi emas, balki talabalarda ham vatq tushunchasi muhim bir resurs hisoblanadi .Vaqtni boshqarish – bu qimmatbaho vaqtingizni samarali foydalanishga yordam beradigan ko’nikma va strategiyalar to’plamidir. Bu sizga maqsadlaringizga erishish, stressni kamaytirish va hayotdan ko’proq zavq olish imkonini beradi [2]. Taym menejmentdan foydalanish, ishlarni reja asosida qilishlik bilan tig’iz vaziyatlarning paydo bo’lishidan, kutilmagan stresslardan qutulish, dam olishga vaqt ajrata olish va strategik maqsadlarga erishish imkonini beruvchi bir kalitdir. Vaqt bu-pul. Bu so’z hech kim uchun yangilik emas. Va hammaga bolalikdan tanish. Vaqt o’tgan sari pulning va vaqtning qiymati bir bo’lib qolishi hech kimga sir emas. To’g’rirog’i, vaqt-puldanda qimmatliroq va muhimroqdir [3]. Vaqt o’tgan sari vaqtning qiymati ham qimmatlashib boradi. Tadbirkorlar tilida vaqt bu-pul, talabalar uchun vaqt bilim olish manbaidir. Vaqtni behuda o’tkazish pul va resursni besamar ketkazish demakdir. Talabalarda bilim olish ko’p vaqt talab qiladi. Uzoq o’qibo’rganish natijasida bilimga ega bo’lish mumkin bo’ladi. Behuda chalg’imasdan, ko’p vaqtlarini o’qib-o’rganishga sarflashlari bilan ko’plab ta’lim natijalariga erishishlari mumkin bo’lad. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Sizning vaqtni boshqarish qobiliyatingiz, karyerangizda amaliyot o‘tayotgan rahbarlar singari sizni muvaffaqiyatga yoki mag‘lubiyatga erishishingizni aniqlaydi. Vaqt muvaffaqiyatga erishishning ajralmas va almashtirib bo‘lmaydigan manbasidir. Bu sizning qimmatbaho boyligingiz. Vaqtni na to‘xtatib, na yo‘qotilgandan keyin qaytarib bo‘ladi. Qilinishi kerak bo‘lgan har qanday ish vaqt talab qiladi, vaqtingizdan qanchalik yaxshi foydalansangiz, shunchalik ko‘p narsaga erishasiz va katta mukofotlarga ega bo‘lasiz. Vaqtni behuda o’tkazish orqali esa hech narsaga erib bo’lmaydi, na karyeraga va na uyda. Nafaqat ish faoliyatida, balki hech qayerda ishlamaydigan uy bekalari ham o’z uylarida samarali vaqtni o’tkazish orqali ham ko’plab natijalarga erishishlari mumkin bo’ladi. Taym menejment tushunchasi haqida ko’plab olim va faylasuflarning qimmatli fikrlarini ko’rishimiz mumkin.O'rta asrlarda rejalashtirish va vaqtni boshqarish haqida g'oyalar allaqachon mavjud edi. Taxmin qilish mumkinki, vaqtni boshqarishning birinchi usullari italiyalik olim, yozuvchi va gumanist Leon Alberti tomonidan shakllantirilgan bo'lib, u o'z maktublarida har kuni ertalab kun davomida bajarilishi kerak bo'lgan vazifalar ro'yxatini tuzishdan boshlaganini ta'kidlaydi. Har bir vazifaga o'z vaqti va kun davomida ma'lum vaqt ajratilgan. Alberti usuli hozirgi vaqtda zamonaviy "Vaqtni boshqarish" ning asosiy tamoyillarini ilgari surgan. Olim amal qilgan qoidan biri ro‘yxatdagi narsalarni ahamiyatiga ko‘ra tartiblash, ya’ni ustuvorligini belgilash edi. Leon Albertining ta'kidlashicha, vaqtni to'g'ri idrok etish qobiliyatini yo'qotish uni uyqu hissiyotini yo'qotishdan ko'ra ko'proq tashvishlantiradi. Uyqu va oziqovqatga bo'lgan ehtiyoj biroz vaqtga qoldirilishi mumkin, ammo biznes kechikishlarga toqat qilmaydi. Bu fikr ko'plab muvaffaqiyatli tadbirkorlar orasida shiorga aylandi. Alberti, shuningdek, vaqtdan unumli foydalanishni bilganlar har qanday faoliyat sohasidagi vaziyatning ustasi bo'lishini ta'kidladi . Vaqtni boshqarishga urinishlar haqida birinchi yozma eslatma miloddan avvalgi3 yoshdan boshlab yashagan Rim faylasufi va davlat arbobi Lusius Anney Senekaga tegishli. Miloddan avvalgi 65 yilgacha Seneka o'zining Rim patrisi va shoiri Lyusiliyga yo'llagan maktublaridan birida vaqtinchalik resurslardan samarali foydalanishusullarini bayon qilgan va u erda quyidagialar tavsiya etilgan:-
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 932 vaqtning yozma hisobini yuritish; shu bilan birga, Seneka barcha tugallangan va rejalashtirilgan harakatlarni va harakatni bajarish uchun zarur bo'lgan vaqtni yoki kelgusi harakatlar haqida gapiradigan bo'lsak, ularni amalga oshirish uchun ajratilgan vaqtni yozib olishni tavsiya qildi; vaqtni toifalarga ajrating: yaxshi sarflangan vaqt, kam sarflangan va bekorchilik tufayli yo'qolgan. Xulosa va takliflar. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, Rim faylasufi va davlat arbobi Seneka vaqtni behuda o'tkazish hayot emasligiga ishongan. Hayot o'z samarasini beradigan soatlardan iborat, shuning uchun uzoq umr ko'rishni istasangiz, yashayotgan har bir soatingizni o'ylab, bu vaqtni foydali ishlar bilan to'ldirishingiz kerak. Vaqt foydali faoliyatni amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan manbadir, chunki... har bir faoliyat vaqt talab etadi. Shu bilan birga, foydali faoliyat shaxsiy o'sish va rivojlanishga olib keladi.Xulosa qilib aytadigan bo’lsak har bir daqiqamiz g’animat ekanligini o’ylashligimizning o’zi vaqtni behuda sarflamaslikka bizni chorlab turadi. Bunga oddiy bir misol soatlarga qaraydigan bo’lsak u doimo oldinga qarab harakatlanadi, hech ham orqaga harakatlana olmaydi. Umr ham huddi shunday doimo odimlab yuradi. Har bir inson o’z vaqtining va umrining boshqaruvchisi hisoblanadi, uni qanday o’tkazish har bir insonning o’z qo’lidadir Foydalanilgan adabiyotlar: Amonov U. Pedagogik mahorat asoslari. Toshkent, 2020. Mavlonova R. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent, 2019. Azizxojayev N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent, 2021. Covey S. The 7 Habits of Highly Effective People. New York, 2013. Tracy B. Time Management. London, 2018.