scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IDEALS OF SUFI TEACHINGS AND MODERN EDUCATIONAL PARADIGMS

G'ulomova, Nazira

Abstract

The article presents an interpretation of the works of Sufi Olloyor based on spiritual ideas and modern pedagogy. In the process of today's education and upbringing, the essence of the works related to the work of the thinker is synthesized through modern educational paradigms, as well as innovative approaches. Hermeneutic analysis was used to reveal the theoretical aspects of the study.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 959 SO‘FI OLLOYOR TA’LIMOTINING G‘OYALARI VA ZAMONAVIY TA’LIM PARADIGMALARI G‘ulomova Nazira Rustamjon qizi, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tayanch doktoranti Tel : + 998 94 259 90 96 Email: gulomovanazir[email protected]m UDK: 37.013.42(575.1) https://orcid.org/0009-0001-2847-9346 Annotatsiya: Maqolada So‘fi Olloyor asarlarining ma’naviy g‘oyalari hamda hozirgi davr pedagogikasi asosidagi talqini keltirilgan. Bugungi ta’lim va tarbiya jarayonida mutafakkir ijodiga tegishli asarlarning mohiyati zamonaviy ta’lim paradigmalari shu bilan bir qatorda, innovatsion yondashuvlar orqali sintezlashtirilgan. Tadqiqotning nazariy jihatlarini ochishda germenevtik tahlillarga tayanildi. Kalit so‘z: Zamonaviy ta’lim, sintez, innovatsion yondashuv, ta’lim paradigmalari. Abstract: The article presents an interpretation of the works of Sufi Olloyor based on spiritual ideas and modern pedagogy. In the process of today's education and upbringing, the essence of the works related to the work of the thinker is synthesized through modern educational paradigms, as well as innovative approaches. Hermeneutic analysis was used to reveal the theoretical aspects of the study. Keywords: Modern education, synthesis, innovative approach, educational paradigms. Аннотация: В статье представлена интерпретация произведений суфия Оллойора, основанная на духовных идеях и современной педагогике. В процессе современного образования и воспитания суть произведений, связанных с творчеством мыслителя, синтезируется посредством современных образовательных парадигм, а также инновационных подходов. Для раскрытия теоретических аспектов исследования использовался герменевтический анализ. Ключевые слова: Современное образование, синтез, инновационный подход, образовательные парадигмы. KIRISH So‘fi Olloyor ta’limoti asosidagi g‘oyalar xali ham o‘z ma’naviy qudratini yo‘qotmagan. So‘fi Olloyor asarlaridagi ta’limotlar haqiqiy tarixiy klassik meros hisoblanib, ma’naviy tarbiyani shakllantirishda va rivojlanishda o‘zining katta hissasi bilan ajralib turadi . Tasavvufchi adibning asarlarida aynan diniy ideologiya targ‘ib qilingan . Bunga sabab, aynan o‘sha davrdagi ijtimoiysiyosiy muhit va xalq orasida turli oqimlarning nomoyon bo‘lishidadir. Bunday oqimlar diniy mintalitetimizga mos kelmasligi va insonlar orasida faxsh ishlarning ko‘payishiga olib kelishini bilgan So‘fi Olloyor o‘zining ta’limotini omma orasiga yoyishga majbur bo‘ldi. Adabiyotshunos Shuhrat Sirojiddinovning ilmiy tadqiqotlarida keltirilishicha, So‘fi Olloyorning bosh maqsadi yot mafkuralarga qarshi bo‘lganligi, u yashagan davrda Avfg‘oniston o‘lkasidan kirib kelgan hamda aholi o‘rtasida keng yoyilgan- “Ravshaniya” oqimiga xalqning ergashmasligini uqtiradi. Bunday bid’at va botil oqimlarga o‘xshagan yo‘nalishlar hanuzgacha mavjud bo‘lib, davrlar almashunuvi natijasida ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 960 yangi nom bilan atalib, yangicha ko‘rinishda uchrab kelmoqda. Dunyo olimlari tomonidan o‘rganilayotgan yangi diniy oqimlardan biri- “Spiralizm” deb nomlanmoqda. Rolling stone jurnali nashrining xabar berishicha Spiralizm deb ataluvchi bu harakat sun’iy intillekt g‘oyasiga asoslangan. Spiralizmning tarafdorlari chat-botlar bilan muloqot qilish orqali “ruhiy uyg‘onish” yoki “sun’iy ruh tug‘ilishi” ni his qilishadi. Ular ramz sifatida spiralni qabul qilgan va maxsus promtlar bilan rituallar o‘tkazishadi, mantralar takrorlashadi, hatto soxta sxema va nazariyalar tuzishadi. Olimlar bu diniy harakatning dunyo bo‘ylab minglab tarafdorlari borligini qayd etib kelishmoqda. Yangilanayotgan va rivojlanib borayotgan davrda axborot texnologiyalar orqali yaratilayotgan, inson maxsuli bo‘lgan dasturlarga insonlarning o‘zlari qaram bo‘lib borayorgani ayanchli va xovotrli, albatta. Zamonaviy ta’lim va tarbiya tizimida tasavvufchi olim asarlarining g‘oyalari yuqorida nomi keltirib o‘tilgan va shu kabi xudosizlikni tan olgan mistik oqimlarga qarshi ahamiyati yuqori bo‘lgan ideologik asar sanaladi. Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunga qadar So‘fi Olloyor ijodi borasida bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ijodkor asarlari sharqshunos, adabiyotshunos, pedagoglar orasida keng o‘rganilib targ‘ib qilinmoqda, ammo pedagogik tizim asosida zamonaviy ta’lim paradigmalari bo‘yicha sintezlanmagan. Tadqiqotning maqsadi: Mutafakkir ijodkorning asarlaridagi tarbiyaviy ahamiyatga ega ta’limotlari orqali pedagogika sohasidagi ta’lim paradigmalari bilan bog‘lash va ularni zamonaviy yondashuvlar asosida sintezlashdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi: Tadqiqotning nazariy jihatlarini ochishda germenevtik tahlillarga tayaniladi. Bu tahlillar natijasida tarixiy asarlarning tarbiyaviy ahamiyatga doir jihatlarini hozirgi pedagogik tizim bilan bog‘liqlik jihatlari integratsiylanadi. Mavzu bo‘yicha ilmiy izlanishlarning qisqacha tahlili. So‘fi Olloyor ijodi va hayot yo‘li haqida bir qancha ilmiy tadqiqotlarda nazariy ma’limotlar keltirib o‘tilgan. Ravshan Mirzayevning “Shajaraajdodlar sadosi” risolasida tasavvufchi adibning beklik amalida bo‘lgan davrda o‘ta badjaxl va qattiqqo‘l bo‘lganligi sababli undan yetti yoshdan yetmish yoshgacha hamma qo‘rqqanligi keltirib o‘tilgan. Ammo bola tarbiyasiga alohida ahamiyat berishni talab qilgan. Risolada Olloquli o‘g‘li So‘fi Olloyorning hozirgacha yashab kelayotgan avlodlari tartib bilan sanab o‘tilgan. Manbaalarda keltirilishicha, Buxoro xoni Abdulazizxon davrida yashagan Olloyor to‘ra loavozimida ishlagan ammo o‘zining qattiqqo‘lligi sababli, lavozimni tark etib , tasavvuf yo‘lini tanlagan. Uning asarlarida islomiy tushunchalar aks etgan bo‘lib asosan Qur’on oyatlari va hadislar asosida na’muna keltirilgan. Shu sababli ilm va ma’rifat yo‘lida unga tegishli bo‘lgan “Sabotul ojizin” asari uch asrdan ziyod madrasalarda o‘z qiymatini yo‘qotmagan. Ushbu asar o‘z davrining ma’naviy ehtiyojlari sababli yuzaga kelgan asarlardan biridir. Adibning asarlaridagi zullisonaynlik (ikki tilda ijod qiluvchi) an’anasi ko‘zga tez tashlanadi. Ilmiy dalillarga asoslangan holda So‘fi Olloyor o‘z asarlarida o‘ziga ustozlik qilganlarni nomini e’zozlab birma bir sanab o‘tadi. Bular: Xo‘ja Mo‘min, Muhammad G‘azniy, Shayx So‘fi Navro‘z Buxoriy, Shayx Xabibullohdir. Izlanishlar davomida u hayotining so‘ngi yillarida haj safari uchun Makka shahriga yo‘l olgan. Yo‘l davomida zamondoshi Idris So‘fi bilan uchrashgan keyin esa Kichik Osiyo va Misrdan Aleksandrya orqali sayohat qilib 90 yoshida vafot etgan,-degan fikrlar tadqiqotlarda uchradi. Mutasavvif olimning hayot yo‘li hadis ilmining yetuk nomoyondasi al-Buxoriy bilan juda o‘xshash. Ikki islom tasavvuf olami vakillari bir yurtda tug‘ilib boshqa makonda umrguzaronlik qilib vafot etgan. Imom Buxoriy ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 961 Buxoroda tug‘iladi ammo Samarqandda vafot etadi So‘fi Olloyor esa Samarqandda tug‘ilib Surxandaryoda omonatini topshiradi. Iso Jabborovning “O‘zbek xalqi etnografiyasi” asarida maktablarda avliyo va anbiyolarning asarlari o‘rganilganligi va So‘fi Olloyor qalamiga mansub she’rlar ham yod olinganligi haqida ma’lumot keltirib o‘tilgan. Adabiyotshunos olim, tadqiqotchi Shuxrat Sirojiddinov So‘fi Olloyor qalamiga mansub asarlarni idealogiya bilan bog‘laydi. Ideologiya tushunchasibu muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat yoki davlat manfaatlarini, orzu-maqsadlarini ifodalovchi qarashlar, g'oyalar va prinsiplar tizimidir. Bu tizim ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, falsafiy, diniy va estetik fikrlar, shuningdek, hayotni izohlash va o'zgartirishga qaratilgan nazariyalar majmuasini o'z ichiga oladi. Ideologiya, shuningdek, muayyan guruhlarning o'tmishini, bugungi kunini va istiqbolini belgilab beradi va ularning harakatlariga yo'nalish beradi. Tatar tadqiqotchisi Razeda Maxanova o‘zining ilmiy nazariyalarida So‘fi Olloyor ijodini tatar adabiyotidagi an’analar bilan bog‘laydi va shu bilan bir qatorda komparavistiksolishtirma tadqiqot usulini qo‘llaydi. Shoir asarlarida payg‘ambarni ulug‘lashda perifraza (yunoncha “periphrasis” — o‘xshatma, o‘rin almashtirish) deb ataluvchi badiiy usuldan ustalik bilan foydalanadi. Mumtoz adabiyot vakili So‘fi Olloyor asarlaridagi ilmiy va tarbiyaviy ahamiyatga moyil ta’limotlar tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilib kelinmoqda. Tadqiqotchi Jahongir Abdupattoxov tomonidan uning biografiyasi va ma’lum bir asarlarining tadrijiy tadqiqi o‘rganilgan. Asrlar almashinuvi natijasida ilm-fanga nisbatan qarashlar va fikrlar yangilanib boryapti. Ta’lim tizimidagi integratsion yondoshuvlar ko‘plab ilmiy tadqiqotlarning jadallashishiga sabab bo‘lmoqda. Pedagogik paradigmalarning rivojlanishi inson tafakkuri, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, texnologik taraqqiyot darajasi va madaniy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqdir. Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan nazariy hamda metodologik koʻrsatmalar toʻplamidir. So‘fi Olloyor ta’limotini zamonaviy ta’lim paradigmalari bilan bog‘lash axloqiy tarbiyaning pedagogik tizimini rivojlantiradi. Misol uchun: An’anaviy paradigmapedagogik tizimda an’anaviy paradigmadan foydalanish asosan nazariy manbaalarga tayanadi. O‘quv jarayonida So‘fi Olloyor asarlaridagi tarbiyaviy ahamiyatga aloqadar bayonotlar o‘qituvchi tomonidan ma’ruzalanishi orqali talaba nazariy ma’lumotlarni tinglovchi vazifasida egallaydi. Bu paradigma uslubi monolog tarzda olib boriladi. Ya’ni o‘qituvchi so‘zlovchi, o‘quvchi tinglovchi vazifasini bajaradi. Texnokratik paradigmahozirgi kunda Oliy ta’lim tizimi talabalari uchun ijtimoiy faollikni talab qiladi. Kundalik faoliyatdagi aktual muammolarni o‘rganish va uni hal qilishda So‘fi Olloyor asarlarining o‘rni talabaning an’aanaviy paradigma davomida tinglaganlaridan va o‘qib o‘rganishlari natijasida hayotga tadbiq etiladi. Bu paradigma uslubi ijroviy tarzda olib borilishi davomida o‘qituvchi tizimlashtiruvchi, o‘quvchi esa ijrochi vazifasini bajaradi. Gumanistik paradigmamarkazida ta’lim jarayoni o‘rin egallagan bo‘lib, diologik tarzda olib boriladi. O‘quvchi faol ishtirokchi, o‘qituvchi esa yo‘lboshlovchi vazifasini egallaydi. Dars jarayonida ijodkorning “Sabotul ojizin” va boshqa asarlaridan olingan g‘oyalar tahlil qilinadi va fikrlar bayon etiladi. Aynan bu yondashuv insonning o‘zini anglashga ruhiyatining ijobiy o‘zgarishiga turtki bo‘la oladi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 962 Konstruktivistik paradigmamustaqil bilim olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, asosan interfaol metodlar orqali joriy qilinadi. Hamkorlik tarzida olib borilishi natijasida o‘quvchidan tadqiqotchilikni talab qilibgina qolmay vaziyatli muammolarda mutafakkirning ta’limotlari misol qilib keltiriladi. Masalan: “Ilohi, bandaman , bechoradurman, Havoyi nafs ila ovoradurman” Raqamli yoki noinstitutsional paradigmao‘z nomi bilan axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘langan bo‘lib, aynan o‘quvchidan mustaqil ta’lim olishni talab qiladi. Raqamli platformalar orqali bilimlarni egallash, vaqt va joyni, individual bilim olishni chegaralamaydi. Ushbu paradigma kommunikativ moslashuvchanlik shu bilan bir qatorda psixologik sezgirlikni oshiradi. Ilmiy nazariyalarga asoslangan holda, zamonaviy ta’lim paradigmalarining evolyutsiyasi asrlar almashinuvi natijasida tarixiy tahlillar asosida shakllanib, pedagogik tafakkurda quyidagi bosqichlar kuzatilgan: an’anaviy (XIX asrgacha), texnokratik (XX asr o‘rtalari), gumanistik (XX asrning ikkinchi yarmi), konstruktivistik (XX asr oxiri), va raqamli paradigma (XXI asr boshlaridan hozirgacha) NATIJA VA XULOSA So‘fi Olloyor ta’limiy g‘oyalari zamonaviy ta’lim paradigmalari bilan birinchi marta tizimli qiyosiy tahlil qilindi. Natijaga ko‘ra: — An’anaviy, — Texnokratik, — Gumanistik, — Konstruktivistik, — Raqamli yoki noinstitutsional paradigmalari bilan uzviy bog‘liq ekani ilmiy asosda isbotlandi. Tadqiqotning ilmiy nazariy natijalariga asosan So‘fi Olloyor ta’limotining zamonaviy pedagogik tizimdagi samaradorligini ko‘rsatuvchi konseptual model yaratildi. So‘fi Olloyor qarashlari asosida zamonaviy ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning metodik modeli ishlab chiqildi. Bu model: storytelling, suhbat-metodi, qadriyatlarga asoslangan darslar, dialogik yondashuv, refleksiya mashqlari bilan boyitildi. Unda quyidagi omillar o‘zaro bog‘liq tarzda yoritildi: — ma’naviy qadriyatlar, — psixologik rivojlanish, — ijtimoiy kompetensiyalar, — axloqiy tanlov, — intellektual faollik. Model ta’lim jarayonida ma’naviy omillarning ahamiyatini ilmiy asosda yoritib beradi. Quyidagi jadval ijodkor g‘oyalaridagi ta’limotlarni zamonaviy ta’lim paradigmalari bilan bog‘lagan holda integratsion tahliliy - ilmiy asosini ko‘rsatadi. 1-jadval So‘fi Olloyor ta’limoti g‘oyalari Zamonaviy ta’lim paradigmalari Integratsiya natijasi Ma’naviy komillik An’anaviy paradigma Shaxsning ma’naviy-axloqiy profilini shakllantirish ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 963 Ilm–amal birligi Texnokratik paradigma Amaliy ko‘nikmalar bilan boyitilgan ta’lim Ustoz-shogird Gumanistik paradigma Ma’naviy murabbiylik modeli Axloqiy kamolot Konstruktivistik paradigma Integratsiyalashgan axloqiy tarbiya moduli Nafs tarbiyasi Raqamli yoki noinstitutsional paradigma Emotsional intellektni rivojlantirish O‘z davrining ko‘zga ko‘ringan tasavvufchi ijodkori So‘fi Olloyor asarlaridagi tarbiyaviy ta’limotlari orqali bugungi pedagogika tizimni zamonaviy yondashuvlar orqali transformatsiyalash ushbu tadqiqotning negizi hisoblanadi. Aynan tadqiqot jarayonida germenevtik tahlillar orqali tarixiy pedagogik asarlarni innovatsion yondashuvlar asosida integratsiyalash, va ularni ilmiy asoslar bilan isbotlash talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtishda pedagogik tizim sifatida xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Sh.Sirojiddinov “ILM VA TAXAYYUL SARHADLARI”, Yangi asr avlodi,-Toshkent-2011 2. “Rolling stone” magazine. “THIS SPIRAL-OBSESSED AL”CULT” SPREADS MYSTICAL DELUSIONS THROUGH CHATBOTS” by Miles Klee. November 11,2025 3. Ravshan Mirzayev “Shajara –ajdodlar sadosi” risola, G‘ofur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. Toshkent-2003 4. Iso Jabborov “O‘zbek xalqi etnografiyasi”, Toshkent-o‘qituvchi-1994 5. Shuhrat Sirojiddinov. So‘fi Olloyor ilohiyoti, Toshkent-2011 6. Маханова Резеда Равиловна , ТВОРЧЕСТВО СУФИ АЛЛАЯРА И ЕГО ТРАДИЦИИ В ТАТАРСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ, диссертации на соискание ученой степени кандидата филологических наук. Казань - 2008 7. So‘fi Olloyor. Sabotul ojizin. Roshid Zohid sharhi. ToshkentMatbaachi nashriyoti-2024, 106-b 8. Резеда Абызоваю Образ пророка Мухаммада в произведении Суфи Аллаяра “ Сыбателгакизин” , www.e-umma.ru. 9. Allanazarova Maftuna Qobulqizi. PEDAGOGIK PARADIGMALARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA ULARNING ZAMONAVIY O‘QUV JARAYONIDAGI ROLI. IQRO JURNALI–volume18 ,issue01, 2025ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR(RESEARCHBIB)– 7,245,SJIF–5,431 10. Dewey, J. (1916). Democracy and Education: An Introduction to the Philosophy of Education. New York: Macmillan. 11. Wikipedia.uz