scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH

Abdugʻaffarova Zarnigor Muhammadali qizi.; Pardayeva Mahfuza

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim muhitida o‘quvchilarni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, tafakkurni shakllantirish, aqliy tarbiya, ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari, o‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishning shakl, metod va vositalarining nazariy metodologik asoslari to‘g‘risida ma’lumotlar o‘rin olgan. Ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi, o‘quvchiga qaratilganligi va o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabati, ma’naviy-axloqiy jihati, insonparvarlik qadriyatlari almashinuvi jarayoni ko‘rib chiqilgan.

Full text

Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 595 O‘QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH Abdugʻaffarova Zarnigor Muhammadali qizi. Pardayeva Mahfuza Termiz Davlat Pedagogika instituti talabalari Abdug’affor[email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim muhitida o‘quvchilarni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, tafakkurni shakllantirish, aqliy tarbiya, ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari, o‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishning shakl, metod va vositalarining nazariy metodologik asoslari to‘g‘risida ma’lumotlar o‘rin olgan. Ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi, o‘quvchiga qaratilganligi va o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabati, ma’naviy-axloqiy jihati, insonparvarlik qadriyatlari almashinuvi jarayoni ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: dunyoqarash, tafakkur, o‘quvchi, aqliy tarbiya, shaxs, intellektual, hayotiy qadriyatlar, estetik nuqtayi nazarlar. Аннотация: В данной статье представлены сведения о формировании научного мировоззрения учащихся в образовательной среде, развитии мышления, умственном воспитании, основных признаках научного мировоззрения, а также о теоретико-методологических основах форм, методов и средств формирования мировоззрения школьников. Рассматриваются личностноориентированная направленность образования, внимание к ученику, взаимоотношение учителя с учащимися, духовно-нравственные аспекты и процесс обмена гуманистическими ценностями. Ключевые слова: мировоззрение, мышление, ученик, умственное воспитание, личность, интеллектуальный, жизненные ценности, эстетические взгляды. Annotation: This article provides information on the formation of students’ scientific worldview in the educational environment, the development of thinking, intellectual upbringing, the main characteristics of a scientific worldview, as well as the theoretical and methodological foundations of the forms, methods, and tools used to shape students’ outlook. The study examines the learner-centered orientation of education, the focus on the student, the interaction between teachers and learners, the spiritual and moral dimensions, and the process of exchanging humanistic values. Keywords: worldview, thinking, student, intellectual upbringing, personality, intellectual, life values, aesthetic viewpoints Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 596 Kirish Insonlarning ilmiy dunyoqarashga ega bo‘lishi hamma zamonda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ilmiy dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxs dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, tabiat, jamiyat hamda ilm sohasiga doir hodisalar va fikrlarning mohiyatini to‘g‘ri talqin qila oladi va hech qanday dalil bilan o‘z aksini topmagan fikr va voqealarni ishonchli deb qabul qilmaydi. Ilmiy dunyoqarashga egalik shaxsning mustaqilligi, erkin fikr yuritishi, fikrlarining aniq isbotini topganligi va mantiqiyligi bilan ajralib turadi. Bunday shaxslar har xil oqimlarga va inson ongini o‘zgartirishga qaratilgan g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi amrimahol. Bunday insonlar o‘ziga va kelajagiga ishonchi baland. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: ”Farzandlarimizning qobilyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi, men bunga ishonaman”, — deb ta’kidlagan edilar. Yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirish o‘quvchilarning har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli, erkin fikrga ega, nutqi ravon, komil inson bo‘lib yetishishiga ilmiy dunyoqarash asos bo‘lib xizmat qiladi deb talqin qilsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bolada ilmiy dunyoqarash o‘z-o‘zdan paydo bo‘lmaydi. Buning tag zamirida o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi mehnat faoliyati hamda o‘qituvchining mas’uliyati vazifasi yotadi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ikki yo‘l — tajriba va mantiq bilan hosil qilinadi. O‘qituvchining o‘quvchilarga muammoli masalalar va ziddiyatlar bilan yuzlanishi, o‘quvchilarning masalaga yechim topishga ilmiy yondashuviga olib keladi. Bu holat o‘quvchilarning mustaqil izlanishi, o‘z ustida ishlashi va ilmiy kitoblarni o‘qishiga turtki bo‘ladi. Ilmiy dunyoqarash o‘z ustida ishlash va ilmiy kitoblar o‘qish orqali shakllanadi va asta-sekin rivojlanib boradi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish omillari Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning omillaridan biri fanlarning o‘zaro aloqadorligidir. Fanlarning o‘zaro aloqadorligi, ijtimoiy va tabiiy omillarning o‘zaro muvofiq bo‘lganligidan, ijtimoiy munosabatdan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bir fanni ikkinchi fanga bog‘lash orqali o‘quvchining boshqa fanlarga qiziqishi ortadi. Bolaning dunyoqarashini shakllantirish omillaridan yana biri — muammoli ta’limdir. Muammoli ta’lim dars jarayonida muhim rol o‘ynagani kabi ilmiy dunyoqarashni Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 597 shakllantirishda ham muhim jarayon hisoblanadi. Muammoli ta’limning ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rniga to‘xtalsak, u quyidagilarni qamrab oladi: O‘quvchilarni ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga o‘rgatadi; O‘quv materiallarini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning e’tiqodga aylanishiga ko‘maklashadi; U odatda ancha ta’sirchan bo‘lib, chuqur intellektual his-tuyg‘ular, shu jumladan ko‘tarinki ruh hissini, o‘z imkoniyatlari va kuchiga ishonch mas’uliyatini vujudga keltiradi; Haqiqat qonuniyatining mustaqil kashf etilishi olingan bilimlarni unutmaslikka olib keladi (mustaqil hosil qilingan bilimlar unutilgan taqdirda ham ularni tez qayta tiklash mumkin). Yana bir samarali usul — rebuslarni qo‘llash. Rebus — surat, harf va ba’zi belgilar bilan ifoda etiladigan topishmoq. Rebuslar birinchi navbatda bolani qiziqtira oladi, o‘yin orqali tushuntirish samara beradi. Rebusning samaralari quyidagilar: o‘quvchilarning fikrlarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi, aql, mantiq va sezgini o‘stiradi. Rebuslar ziyraklikni tarbiyalaydi, bolaning dunyoqarashini kengaytiradi, yangi so‘zlarni yodda saqlashga, vizual xotirani rivojlantirishga va imlo qoidalarini to‘g‘irlashga yordam beradi. Ilmiy dunyoqarashning belgilari va ahamiyati O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish — bu ularning atrofidagi olam, tabiat, jamiyat, odamlar va hodisalar haqida ilmiy asoslangan, mantiqiy, dalillarga tayangan fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish demakdir. Bunda o‘quvchi voqelikni xolisona, faktlar asosida tushunishga o‘rganadi. Ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari: Mantiqiy fikrlash – hodisalarni tahlil qila bilish. Dalillarga tayangan xulosa – taxmin yoki gapga emas, fakt va tajribaga asoslanish. Tanqidiy yondashuv – olingan ma’lumotni shubha bilan tekshira olish. Ijodiy tafakkur – yangi yechimlar topa bilish. Metodik fikrlash – ilmiy izlanish tartibiga amal qilish. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning ahamiyati: ➢ O‘quvchilarni mustaqil va tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi. ➢ Kelajak kasbiy faoliyatiga tayyorlaydi. ➢ Muammolarni ilmiy asosda hal etishga yordam beradi. ➢ Aql-zakovat, tafakkur va idrokni rivojlantiradi. ➢ Jamiyatdagi ilmiy-texnik taraqqiyotga mos shaxs yetishtiradi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish usullari: Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 598 ➢ Eksperiment va tajribalar o‘tkazish. ➢ Ilmiy darslarni interaktiv tashkil etish. ➢ Savol-javob orqali fikrlashni rivojlantirish. ➢ Muammo yechish vazifalari. ➢ Loyihaviy ishlar.Tadqiqot ishlariga jalb etish. ➢ Ilmiy adabiyotlar bilan tanishtirish. O‘qituvchi o‘quvchini mustaqil izlanishga undaydi, dalil asosidagi fikrlashni talab qiladi. Hamma javobga “nima uchun?” deb izoh so’raydi, ilmiy adabiyot va manbalarni tavsiya qiladi hamda o‘quvchiga ilmiy tahlil ko‘nikmalarini beradi. Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hamma narsaning tag zamirida albatta mehnat va harakat yotadi. Har bir o‘qituvchi yuqorida keltirilgan usullar orqali bola bilan harakat qilib ishlasa, albatta natijaga erishadi. Albatta, yosh avlod bizning kelajagimizdir. Har bir shaxs ilm yo‘lida harakat qilar ekan, o‘zining jamiyatga kerak ekanligini, uning bir bo‘lagi ekanligini his etsa, albatta O‘zbekiston rivojlanishda yuqori cho‘qqilarga erishadi. Bularning hammasi yoshlikdagi olingan ilmiy bilimlarga bog‘li Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abdullaeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologikdidaktik asoslari (Ijtimoiygumanitar yo'nalishlardagi akademik litseylarda matematika o'qitish misolida).: p.f.n. diss. - Toshkent: TDPU. 2006. - 49 b. 2. Abduqodirov A.A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. - Toshkent: Iste'dod, 2008. - 180 b. 3. Primov Sh.Q. Bo'lajak o'qituvchilar kommunikativ kompetentligini rivojlantirish: Dis. ... ped. fan. nom. (PhD) - Toshkent, 2020. - 114 b. ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.526324