scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DIDAKTIKA TA'LIM NAZARIYASI SIFATIDA.O'QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA

Qilicheva Sevinch Baxtiyor qizi; Nurillayeva Iroda Xursand qizi

Abstract

Ushbu maqolada didaktikaning ta’lim nazariyasi sifatidagi ilmiy asoslari, o‘qitish jarayonining mazmuni, tamoyillari va tashkiliy jihatlari chuqur tahlil qilingan. Didaktikaning o‘quv jarayonini tashkil etishdagi o‘rni, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining o‘zaro integratsiyasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari yoritiladi. O‘qitish jarayoniga tizimli yondashuvning ustunliklari, ta’lim jarayonini optimallashtirishga xizmat qiluvchi metodlar, vositalar va baholash mexanizmlari ilmiy dalillar asosida tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Full text

Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 599 DIDAKTIKA TA’LIM NAZARIYASI SIFATIDA.O’QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA Qilicheva Sevinch Baxtiyor qizi Nurillayeva Iroda Xursand qizi Termiz davlat pedagogika instituti talabalari nuril[email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada didaktikaning ta’lim nazariyasi sifatidagi ilmiy asoslari, o‘qitish jarayonining mazmuni, tamoyillari va tashkiliy jihatlari chuqur tahlil qilingan. Didaktikaning o‘quv jarayonini tashkil etishdagi o‘rni, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining o‘zaro integratsiyasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari yoritiladi. O‘qitish jarayoniga tizimli yondashuvning ustunliklari, ta’lim jarayonini optimallashtirishga xizmat qiluvchi metodlar, vositalar va baholash mexanizmlari ilmiy dalillar asosida tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: Didaktika, o‘qitish jarayoni, ta’lim nazariyasi, tizimli yondashuv, ta’lim tamoyillari, ta’lim mazmuni, metodlar, vositalar, pedagogik texnologiya, baholash tizimi, kompetensiya, innovatsion ta’lim, o‘qituvchi faoliyati, o‘quvchi faolligi. Kirish XXI asrda ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri – jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan bilimli, intelektual salohiyati baland, ijodkor va tanqidiy fikrlovchi shaxslarni tarbiyalashdir. Bu jarayonning muvaffaqiyati, avvalo, didaktikaning to‘g‘ri qo‘llanishiga bog‘liq. Didaktika (ta’lim nazariyasi : yunoncha «didaktikos» «o’rgatuvchi», «didasko» esa — «o’rganuvchi» ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolar)ni o’rganuvchi fan. Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592— 1670yillar) «Buyuk didaktika» (1657-yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Komenskiy «didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham», deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari:pta’lim mazmuni, ta’limning ko’rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so’z yuritadi. Lekin birinchi bo’lib nemis olimi Ratke tomonidan ilmiy nazariya sifatida kiritiladi. Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 600 Didaktika, uning asosiy kategoriyalari. Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tus hunchalar tizimi. Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi: 1) falsafiy tushunchalar; 2) xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo’lgan tushunchalar.Didaktika o‘qitish va o‘rganish jarayonining nazariy asoslarini belgilovchi pedagogika bo‘limi sifatida ta’lim mazmunining shakllanishi, o‘qitish jarayonining metodik tashkil etilishi va pedagogik jarayonning samaradorligi bo‘yicha ilmiy yondashuvlar majmuasini ta’minlaydi.Bugungi globallashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivoji, kompetensiyaviy yondashuvlar, innovatsion metodlar ta’lim jarayonining mazmuni va shaklini tubdan o‘zgartirmoqda. Bu esa didaktika fanidan o‘qitish jarayoniga tizimli yondashuvni ta’minlashni talab qiladi. Asosiy qism:O‘qitish jarayoni – bu oddiy bilim berish emas, balki maqsadga yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘liq, murakkab, boshqariladigan pedagogik tizimdir. Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o’rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko’rsatadilar. Hozirgi davrda didaktika o’qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo’yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o’rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o’qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo’yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o’quvchining o’quv materialiga bo’lgan munosabati, ya’ni, bilimlarni o’rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko’p. Darhaqiqat, o’qish, o’rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtayi nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o’igatish nuqtayi nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat — ikki shaxs (o’quvchi va o’qituvchi) o’rtasidagi munosabatlar etakchi o’rin egallashi lozim ekanligi anglanadi. Didaktika predmetining mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o’rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o’quvchining bilimni o’zlashtirishlarini ta’minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma’lum Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 601 ma’naviy -axloqiy sifatlarni o’zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat. Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o’rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o’rganish obvekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obekti sifatida qaraydi.axloqiy sifatlarni o’zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat. Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o’rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o’rganish obvekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obekti sifatida qaraydi. Daktikaning ilmiv-nazariv vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog’liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limni jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash me`yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi. Metodlar bo’limi: Tadqiqot davomida quyidagi ilmiy metodlardan foydalanildi: ➢ Nazariy metodlar: Didaktik manbalarni o‘rganish, Ilmiy maqolalar tahlili, Pedagogik konsepsiyalarni o‘zaro taqqoslash ➢ Empirik metodlar: Pedagogik kuzatish, O‘qituvchilar tajribasini umumlashtirish, Dars jarayonlarini monitoring qilish ➢ Tizimli-analitik yondashuv: O‘qitish jarayonining butun tizim sifatida tahlil qilinishi. ➢ Mantiqiy-tahliliy metod: Tushunchalarni asoslash, nazariy g‘oyalarni tahlil qilish, xulosalash. Xulosa: Ta’lim insoniyat tarixida har doim eng muhim jarayonlardan biri bo‘lib kelgan. Har bir jamiyatning rivojlanishi, taraqqiyot darajasi, intellektual salohiyati ko‘p jihatdan uning ta’lim tizimiga bog‘liq. Zamon o‘zgargani sayin ta’limga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgaradi, bu esa o‘qitish jarayonini ilmiy asosda tashkil etish zaruratini tug‘diradi. Ana shu jarayonlarning ilmiy asoslarini ishlab chiqadigan, o‘qitishning maqsadi, mazmuni, metod va vositalarini belgilaydigan fan — didaktika hisoblanadi. Didaktika shunchaki o‘qitish usullarini o‘rgatuvchi yo‘nalish emas. U ta’lim Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 602 jarayonining falsafiy asoslarini, pedagogik qonuniyatlarini, o‘quvchi shaxsining psixologik rivojlanish jarayonini, bilimning qanday shakllanishini o‘rganuvchi keng qamrovli nazariy tizimdir. Didaktika ta’lim jarayonini bir butun, o‘zaro bog‘langan, muvozanatli tizim sifatida ko‘radi. Bu tizimga maqsad, mazmun, metod, shakl, vosita, baholash, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat kabi tarkibiy qismlar kiradi. Ushbu qismlar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, ularning har biri o‘zgarishi umumiy natijaga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.O‘qitish jarayonini yaxlit tizim sifatida qarash — bu zamonaviy pedagogikaning eng muhim ilmiy yondashuvlaridan biridir. Bugungi kunda ta’lim faqat bilim berish jarayoni sifatida emas, balki shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jamiyatda faol ishtirok etadigan, mustaqil fikrlaydigan, ijodkor, mas’uliyatli shaxsni tarbiyalash jarayoni sifatida talqin qilinadi. Bu esa o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish, uni tizimli ravishda tashkil etish, jarayonning barcha elementlari o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlikni yaratishni talab qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O’zbekiston Respublikasining ‘Ta’lim to’g’risidagi qonuni, Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevoriToshkent Sharq nashriyoti 1997 2. O’zbekiston Respublikasining ‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’ Barkamol avlodO’zbekiston taraqqiyotining poydevori Toshkent Sharq nashriyoti 1997 3.Ashurov.J. Maktabgacha ta’limda didaktik ta’lim asoslari. — T.: O‘zbekiston, 2018. 4.Ҳамидов, Ш. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. — T.: “Sharq”, 2017. 5.Мирзоев, М. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti. — T.: “Fan va ta’lim”, 2019. 6.Нурматов, Р. Didaktika va pedagogik texnologiyalar. — T.: “O‘zbekiston”, 2020. 7.Отабеков, А. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida didaktik yondashuvlar. — T.: “Ma’naviyat”, 2019. 8.Мамаджонов, Б. Ta’lim jarayonida o‘qitish nazariyasi. — T.: “Fan”, 2016. 9.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi metodik qo‘llanmalari — T.: 2018–2023. 10.Davlat standartlari va Maktabgacha ta’lim dasturlari — T.: O‘qituvchi va tarbiyachi uchun metodik materiallar, 2019.