scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARDA AXBOROT ISTEMOLI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Samadova O'g'iloy; Norboyeva Mohigul

Abstract

Maqolada o'quvchilarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish muammosi yoritilgan. Shuningdek, rivojlanayotgan texnologiya asrida axborot iste’molini yoshlarning tarbiyasiga ta’siri ko’rib chiqilgan. Axborot, infosek, axborot xavfsizligi, texnologiyalar, kommunikatsiya, Internet, kompyuter, iste'mol, madaniyat, ijtimoiy hayot, soha, tizim. Rivojlanayotgan texnologiyalar asrida hayotimizni “aqilli gadjet”larsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Inson yumushini yengillatish maqsadida yaratilgan bu texnologiyalar hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. Bugungi kunda axborot iste’moli jarayoni ham o’ziga xos madaniyatni kasb etmoqda.

Full text

Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 603 O’QUVCHILARDA AXBOROT ISTEMOLI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH Samadova O’g’iloy Norboyeva Mohigul Termiz davlat pedagogika instituti talabalari Samadovao’g’[email protected] ANNOTATSIYA: Maqolada o'quvchilarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish muammosi yoritilgan. Shuningdek, rivojlanayotgan texnologiya asrida axborot iste’molini yoshlarning tarbiyasiga ta’siri ko’rib chiqilgan. Axborot, infosek, axborot xavfsizligi, texnologiyalar, kommunikatsiya, Internet, kompyuter, isteʼmol, madaniyat, ijtimoiy hayot, soha, tizim. Rivojlanayotgan texnologiyalar asrida hayotimizni “aqilli gadjet”larsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Inson yumushini yengillatish maqsadida yaratilgan bu texnologiyalar hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. Bugungi kunda axborot iste’moli jarayoni ham o’ziga xos madaniyatni kasb etmoqda. Kalit so’z: o’quvchi, shaxs, ta’lim, jamiyat, jamoa, xalq, zamonaviy, tarbiya, Kirish Bugungi globallashuv davrida axborot hayotning barcha jabhalarini egallab bormoqda. Internet texnologiyalarining rivojlanishi o‘quvchilarni turli axborotlarga tezkor kirish imkoniga ega qildi. Biroq mavjud axborotlarning barchasi ham ishonchli, to‘g‘ri yoki tarbiyaviy ahamiyatga ega emas. Shuning uchun ta’lim jarayonining asosiy vazifalaridan biri – o‘quvchilarda axborotni to‘g‘ri qabul qilish, tahlil qilish va undan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishdir. Axborot iste’moli madaniyati yoshlarning bilim olish jarayonida, ularning dunyoqarashi, fikrlashi va qaror qabul qilishida muhim rol o‘ynaydi. Axborot iste’moli jarayoni globallashuv jarayonining xususiyatlaridan biri bo’lib, internet tarmog’i rivojlanib, xalq va millat uchun g‘arazli manfaatlar doirasidagi geoxabarlar taʼsiriga tushib qolmaydi. Albatta, axborot isteʼmoli madaniyatining shakllanishi murakkab jarayon bo‘lib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tizimli ravishda saʼy-harakatlarni olib borishni taqozo etadi. Axborot isteʼmol madaniyati ham madaniyatning boshqa shakllari kabi bir qator funksiyalarni bajaradi. Kommunikativ, regulyativ (tartibga solish), informatsion, aksiologik (baholash) kabi funksiyalar shular jumlasidandir. Masalan, internet orqali juda ko‘p ijobiy maʼlumotlar bilan birga, sharq Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 604 madaniyatiga, xususan, kishilarimiz xulqi odobiga salbiy taʼsir etuvchi axborotlar ham uzatilayotgani, tabiiyki, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz g‘oyaviy tarbiyasiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Har qanday ma’lumotni tahlil qila olish uchun insonda axborot iste’moli madaniyati shakllanishi zarur. Axborotni qabul qiluvchi o'zi, atrofdagilar, yaqinlari, xalqi, yurti manfaatlarini himoya qilishi, shunga mos va xos ma'lumotlarni tanlashni bilishi, o'zlashtirishi va tarqatishi lozim. Bu, o'z navbatida, tarbiyaga bog'liq. Bugungi kunda Internet — inson hayotining ilk bosqichidanoq uning ajralmas qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni uning xavfidan himoyalash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi. Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki, bola tarbiyaga oid xulqatvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillari, fikrlash va olam manzarasini ko‘proq aynan internet yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega. Ayrim otaonalar farzandining kompyuter qarshisida bo‘lgan vaqtida hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, deb o‘ylaydi. Biroq virtual olamda ham ularni muayyan xavfxatarlar va tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin. Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tahlikali sharoitlarda qay tarzda o‘zini muhofaza qilish, xavfxatarlar va tahdidlardan himoyalanish mumkinligini anglash uchun murakkab bo‘lmagan qoida va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, internetda ishlash paytida ularni esda tutish va e’tibor qaratish so‘raladi. Bugun yoshlarga “Bu axborotni kim taqdim qilmoqda?”, “Nima uchun taqdim qilmoqda?” va “Qanday maqsadda taqdim qilmoqda?” degan savollarni o'zo'ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishni o'rgatish kerak bo'ladi. Ana shundagina turli g'oyalar ta'siriga tushib qolish ehtimoli kamayib, taklif etilayotgan ma'lumotlarga ko'r-ko'rona ergashishning oldi olinadi. “Axborot tashnaligi”ga barham beriladi. Axborot madaniyati – axborotlar bilan maqsadga intilib ishlashni bilish va axborotlarni olish uchun, qayta ishlash, kompyutеrli informatsion tеxnologiyani va zamonaviy tеxnik vositalarni va usullarni qo’llashni anglatadi. Faqat yuqori darajadagi axborot madaniyatiga ega bo’lgan kishilargina tabiiy, ijtimoiy va ekologik rеsurslarni aniq xisobini qila oladilar. Bu esa barcha tarmoq yo’nalishlaridagi boshqaruv masalalarini tеzlik bilan xal etish imkonini bеradi va rеspublikani ravnaq topishida muhim o’rin egallaydi. Darslarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo`llanilishi ta’lim olish uchun ijobiy motivatsiyani kuchaytiradi, ta’lim oluvchilarning bilim olish faoliyatini faollashtiradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari didaktik materiali mazmuni va shakli bo`yicha turlitumandir: elektron darsliklar, videorolik, musiqa, ma’lum mavzudagi taqdimotlar, rivojlantirish xususiyatiga ega turli testlar, topshiriqlar va boshqalar. Darslarda axborot texnologiyalarini qo`llash bilish faoliyatini faollashtiruvchi asosiy prinsiplar-ishonish va teskari aloqa, Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 605 tadqiqotchilikni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beradi. Ushbu prinsiplarning amalga oshirilishini axborot texnologiyalari qo`llanilgan barcha darslarda kuzatish mumkin. “Axborot xavfsizligi” tushunchasi O‘zbekistonga kirib kelganiga ko‘p bo‘ldi. Jurnalistika fakultetlarida 2000-yillarning o‘rtalaridan buyon axborot xavfsizligi maxsus fan sifatida o‘rgatib kelinadi. Ayni damda, hali ham mamlakatda ko‘pchilik bu tushunchaning asl ahamiyatini anglamaganday xayolimda. Universitetda bu fan darslarida juda umumiy mavzular o‘tilar, axborot xavfsizligi bo‘yicha umumiy tushunchalar berilar edi. Universitetdan tashqari hayotga kelsak, men ko‘rgan-bilgan odamlarning aksariyati shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligiga yetarli e’tibor qaratmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llash mustaqil faoliyat imkoniyatlarini kengaytiradi, tadqiqotchilik ko`nikmalarini shakllantiradi, turli ma’lumotlar tizimi, elektron kutubxona, boshqa axborot manbalaridan foydalanishga imkoniyat beradi, umumlashtirib aytganda ta’lim sifatini oshirishga ko`maklashadi. Axborotkommunikatsiya texnologiyalarini qo`llab o`tiladigan dars ishlab chiqilayotganda ta’lim oluvchilar sog`ligiga alohida e’tibor qaratish kerak Axborotga asoslangan zamonaviy jamiyatda o‘quvchilarda kuchli axborot savodxonligi ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Axborot savodxonligi axborotni toppish va undan foydalanish qobiliyatidan tashqarida u tanqidiy baholash, samarali foydalanish va axborotni axloqiy qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, maqolada axborot savodxonligining o‘quvchilarning estetik rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi, axborot savodxonligi ta’limi orqali erishish mumkin bo‘lgan yaxlit o‘sish ta’kidlanadi. Axborot savodxonligining ahamiyatini tushunish va turli yondashuvlarni o‘rganish orqali biz talabalarga estetik hissiyotlarini tarbiyalagan holda axborotga boy dunyoda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini berishimiz mumkin. Axborot savodxonligi –bu shaxslarga ma’lumotni samarali topish, baholash va undan foydalanish imkonini beradigan ko‘nikma va malakalar to‘plami. U turli xil axborot manbalariga kirish va navigatsiya qilish, axborotning ishonchliligini tanqidiy tahlil qilish va baholash, so‘ngra uni turli kontekstlarda to‘g‘ri qo‘llash qobiliyatini o‘z ichiga oladi. 1Axborotga asoslangan jamiyatda axborot savodxonligi o‘quvchilar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Bizning qo‘limizda mavjud bo‘lgan juda ko‘p ma’lumotlar bilan navigatsiya qilish va barchasini anglash qobiliyati muhim mahoratga aylandi. Axborot savodxonligi o‘quvchilarni mustaqil o‘rganuvchi tanqidiy fikrlaydigan va mas’uliyatli fuqarolar bo‘lishga imkon beradi. Bu ularga asoslangan qarorlar qabul qilish, muammolarni hal qilish va o‘z fikrg‘oyalarini samarali yetkazish imkonini beradi.2Axborot savodxonligi o‘quvchilarda har tomonlama rivojlangan ko‘nikmalarni shakllantirish uchun Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 606 birgalikda ishlaydigan bir nechta asosiy komponentlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu komponentlar axborot ehtiyojlarini aniqlash, tegishli ma’lumotlarga kirish va olish, manbalarning sifati va ishonchliligini baholash, ma’lumotlardan axloqiy foydalanish va iqtibos keltirish va doimiy o‘zgaruvchan axborot landshaftida yangilanib turish uchun doimiy ravishda umrbod ta’lim olish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Axborot savodxonligi va tanqidiy fikrlash yonma-yon ketadi. Axborot savodxonligi o‘quvchilarni ma’lumotni topish va baholash uchun zarur vositalar bilan ta’minlasa, tanqidiy fikrlash ularga duch kelgan axborotni tahlil qilish, izohlash va anglash imkonini beradi. Ushbu ikki ko‘nikmani birlashtirgan holda, talabalar noto‘g‘ri fikrlarni farqlashlari, mantiqiy xatolarni aniqlashlari va dalillar va asosli fikrlash asosida o‘z fikrlarini shakllantirishlari mumkin. Axborot savodxonligi ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlash uchun ularni o‘quv dasturiga kiritish juda muhimdir. Axborot savodxonligi maqsadlariga aniq e’tibor qaratiladigan darslar va topshiriqlarni loyihalash o‘quvchilarga mashq qilish va ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam beradi. Masalan, o‘qituvchilar o‘quvchilardan ishonchli ma’lumot manbalarini topish, baholash va ulardan foydalanishni talab qiladiganlar va tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirishlari mumkin, bu esa axborot savodxonligi axborotdan foydalanuvchilarning ta’lim natijasiga aylanishini ta’minlaydi. Ajiniyoz nomidagi NukusDPIning 2-kurs talabalari fan resurslari qatorida Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash kabi fan o‘qitilsa, 4-kurs talabalarining fan resurlarida Ta’lim natijalarini baholashning zamonaviy metodlari kabi fanlar o‘qitiladi. Buning natijasida bo‘lajak pedagoglar axborot kommunikatsiya vositalaridan o‘z kasbiy faoliyatida qanday foydalanishi, kompyuter savodxonligi hamda ta’lim tizimida o‘quvchilarning bilim darajalarini baholashda axborot kommunikatsiya vositalardan foydalangan holda zamonaviy metodlar asosida baholash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Axborot savodxonlini rivojlantirish asosidagi fanlar nafaqat bizning oliygohimizda, balki yurtimizning barcha oliygohlarining fan resurlari qatorida boshqa fanlar bilan birgalikda ham amaliy, ham nazariy jihatdan o‘rgatilmoqda. Axborot savodxonligini integratsiyalash muayyan mavzular bilan cheklanib qolmasligi kerak, balki o‘qituvchilar o‘z kasbiy faoliyatida fanni o‘quvchilarga qiziqtirish va ularning bilim darajasini yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida faqat nazariya bilan cheklanibgina qolmay, o‘z fanini boshqa fanlar atamasi bilan bog‘lagan holda axborot kommunikatsiya vositalaridan amaliyotda unumli foydalanishlari lozim. Fanlararo yondashuvni yaratish uchun fan o‘qituvchilari va maktab, oliygoh kutubxonachisi yoki axborot mutaxassisi o‘rtasidagi hamkorlik Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 607 muhim ahamiyatga ega. Birgalikda ishlash orqali o‘qituvchilar turli fanlar bo‘yicha axborot savodxonligi ko‘nikmalarini mustahkamlashlari mumkin, bu esa o‘quvchilarga ushbu ko‘nikmalarni kutubxona yoki kompyuter sinfidan tashqarida o‘tkazish va qo‘llash imkonini beradi, axborot savodxonligini ularning ta’lim tajribasining ajralmas qismiga aylantiradi. Axborotni targ‘ib qilish strategiyalari va usullari, o‘quvchilarda savodxonlik ko‘nikmalarini quyidagicha keltirishimiz mumkin: Talabalarga samarali tadqiqot ko‘nikmalarini o‘rgatish: Bugungi raqamli asrda talabalar uchun ma’lumotlarning ulkan dengizida harakat qilish uchun kuchli tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish juda muhimdir. O‘qituvchilar o‘quvchilarga ma’lumotni qanday samarali qidirish, manbalarni baholash va ularning natijalarini keltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi kerak.. Tadqiqot ko‘nikmalarini o‘rgatish nafaqat talabalarga ilmiy izlanishlarida yordam beradi, balki ularni ongli qarorlar qabul qilish uchun umrbod ko‘nikmalar bilan jihozlaydi. Axborot manbalarini tanqidiy baholashni rag‘batlantirish: Onlayn ma’lumotlarning ko‘pligi bilan talabalar uchun manbalarning ishonchliligi va ishonchliligini tanqidiy baholash muhimdir. O‘qituvchilar turli axborot manbalarining to‘g‘iligi, tarafkashligi va dolzarbligini baholash usullarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi mumkin. Shubha va aql-idrokni rag‘batlantirish orqali o‘quvchilar ishonchli va ishonchsiz ma’lumotni farqlashda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. Axborot savodxonligini o‘rgatishda texnologiyadan foydalanish: Texnologiya axborot savodxonligini oshirishga yordam beradigan kuchli vositadir. O‘qituvchilar o‘quvchilarni amaliy o‘rganish tajribasiga jalb qilish uchun onlayn ma’lumotlar bazalari, interfaol darsliklar va ta’lim ilovalari kabi raqamli resurslardan foydalanishlari mumkin. Axborot savodxonligi bo‘yicha o‘qitishga texnologiyani 1557.129kiritish orqali talabalar raqamli savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishlari va tez rivojlanayotgan raqamli landshaftga moslashishlari mumkin. Axborot savodxonligini oshirishdagi to‘siqlarni aniqlash: Axborot savodxonligi bo‘yicha ta’limni amalga oshirishdagi muammolardan biri uning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlarni aniqlashdir. Ushbu to‘siqlar o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida cheklangan xabardorlikni, resurlar va o‘qitish uchun mablag‘ yetishmasligini va o‘quv dasturidagi raqobatdosh ustuvorliklarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ushbu to‘siqlarni tan olgan holda, o‘qituvchilar va siyosatchilar ularni yengib o‘tish uchun yechimlarni topishga harakat qilishlari mumkin. Resurs cheklovlari va kirish muammolarini bartaraf etish: Kompyuterlar, internetga ulanish va zamonaviy kutubxona materiallari kabo resurslardan foydalanishning Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 608 cheklanganligi axborot savodxonligini oshirishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ushbu muammoni hal qilish uchun maktablar va jamoalar texnologiya va ta’lim resurslaridan teng foydalanishni ta’minlash uchun hamkorlik qilishi mumkin. Bundan tashqari, o‘qituvchilar resurslar cheklangan muhitda axborot savodxonligi ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun kitoblar, gazetalar va jamoat hamkorligi kabi past texnologiyali alternativalardan foydalanishlari mumkin. Axborot savodxonligi bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasini oshirish: O‘qituvchilar axborot savodxonligi bo‘yicha ta’limning asosiy yordamchilaridir, ammo ular o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini talab qilishi mumkin. Axborot savodxonligi bo‘yicha seminarlar, seminarlar va onlayn kurslarni taklif qilish o‘qituvchilarga ushbu ko‘nikmalarni samarali o‘qitish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish imkoniyatini beradi. Kasbiy rivojlanishga sarmoya kiritish orqali maktablar axborot savodxonligini oshirish uchun mustahkam poydevor yaratishi mumkin. Axborot savodxonligi va estetik rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish: Axborot savodxonligi va estetik rivojlanish ko‘pincha o‘zaro bog‘liq deb qaralmaydi, lekin ular simbiotik munosabatlarga ega. Axborot savodxonligi orqali talabalar turli nuqtayi nazarlar, madaniyatlar va san’at shakllari bilan tanishadilar. Bu ekspozitsiya ularning estetika haqidagi tushunchasi va bahosini kengaytiradi, bu ularga yanada nozik va inklyuziv badiiy sezgirlikni rivojlantirishga imkon beradi. Axborot savodxonligi orqali ijodkorlik va madaniy tushunishni oshirish: Axborot savodxonligi talabalarga turli badiiy ifodalarni, madaniy an’analarni va tarixiy kontekstlarni o‘rganish imkonini beradi. Pedagoglar o‘quvchilarga keng ko‘lamli axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish orqali ularning ijodini faollashtirishi, mazmunli va innovatsion badiiy asarlar yaratishga ilhomlantirishi mumkin. Axborot savodxonligi, shuningdek, turli badiiy an’analarga hamdardlik, hurmat va qadrlashni rag‘batlantirish orqali madaniy tushunishni rivojlantiradi. Axborot savodxonligi faqat ma’lumotni topish va baholashdan iborat emas, bu talabalarni bugungi murakkab axborot landshaftida harakat qilish va o‘z hissasini qo‘shish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va fikrlash bilan jihozlashdir. O‘quvchilarda axborot savodxonligi ko‘nikmalarini tarbiyalash orqali biz ularning imkoniyatlarini kengaytiramiz. Axborot savodxonligi talabalarning yaxlit o‘sishining muhim tarkibiy qismidir. Axborot savodxonligi ta’limini yuksaltirishda muvaffaqiyatlarga erishilgan bo‘lsa-da, hali qilinadigan ishlar mavjud. Biz barcha fanlar va sinflar darajasida axborot savodxonligi ko‘nikmalarini integratsiyalashuvini targ‘ib qilishda davom etishimiz kerak. Bundan tashqarida, eng samarali amaliyotlarni o‘rganish va axborot savodxonligining talabalar muvaffaqiyatiga uzoq muddatli ta’sirini baholash uchun Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 609 qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi. Axborot savodxonligi bo‘yicha ta’lim va tadqiqotlarga sarmoya kiritib, biz talabalarni axborotga boy bo‘lgan zamonaviy dunyoda rivojlanishlari uchun zarur vositalar bilan ta’minlay olamiz. Xulosa Axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish – zamon talabi. Yoshlar axborot olamida to‘g‘ri yo‘nalish topishi, ishonchli manbalarga tayanishi va manipulyatsiyadan himoyalana olishi uchun pedagoglar, ota-onalar va jamiyat birgalikda harakat qilishi lozim. Ta’lim jarayoniga media savodxonlikni joriy etish o‘quvchilarning kelajakda ongli, bilimli va mas’uliyatli shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. Foydalangan adabiyotlar : 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston,2017. 2. Asrorova M.A., Salayeva M.S. Globallashuv sharoitida Internet tizimining insoniyat psixikasiga ta’siri / “XXI аср шахс тараққиёти: муаммо ва ечимлар” мавзусида 1анъанавий талаба илмий жамияти ТИЖ илмий-амалий конференцияси, Тошкент амалий фанлар университети «Психология» кафедраси 2022 йил 20 декабрь. - Б. 147151. 3. Salaeva M.S., G’ulamova S.R. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak pedagoglarning virtual akademik mobilligini shakllantirish / “Xorijiy tillarni o‘qitishda yangicha yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – T.: “FirdavsShoh” nashriyoti, 2022 – B. 209-213. 4. Salaeva M.S. Professional darajaga erishish maqsadida pedagogning virtual mobilligini rivojlantirish / “Xorijiy tillarni o‘qitishning dolzarb masalalari: muammolar va yechimlar xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman materiallari. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Elektron to‘plam.. 2021-yil 5-may. - B.230-234. 5. Салаева М.С ва муаллифлар жамоаси. Педагогика. Энциклопедия. 3-жилд. – Т.: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2018. – 424 б. 6. Салаева М.С., Астанқулова Н.А. Олий таълим муассасаларида педагогик ва ахборот технологияларини жорий этиш имкониятлари // Maktab va hayot. № 1. 2010. – Б. 26-27. 7Pedagogika nazariyasi / Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. –T., «O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati». 2010-yil. 8. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. -T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017.