scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PEDAGOGIK NAZORAT VA BAHOLASH

Shodmonova Shaxlo To'ylan qizi; Omonova Sohibjamol Normurod qizi

Abstract

Ushbu maqolada pedagogik nazorat va baholashning mazmuni, vazifalari hamda ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Nazoratning dastlabki, joriy, oraliq va yakuniy turlari, shuningdek, baholashning funksiyalari, mezonlari va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi.Baholashning zamonaviy usullari ham keltirilgan.

Full text

Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 669 PEDAGOGIK NAZORAT VA BAHOLASH Shodmonova Shaxlo To'ylan qizi Omonova Sohibjamol Normurod qizi Termiz davlat pedagogika instituti talabalari Elektron pochta: [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik nazorat va baholashning mazmuni, vazifalari hamda ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Nazoratning dastlabki, joriy, oraliq va yakuniy turlari, shuningdek, baholashning funksiyalari, mezonlari va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi.Baholashning zamonaviy usullari ham keltirilgan. Kalit so'zlar: Pedagogik nazorat, baholash, o‘qitish samaradorligi, ta’lim sifati, diagnostika, monitoring, joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat kompetensiya, o‘quv faoliyati, mezonli baholash. Ta’lim jarayonining samaradorligi o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan nazorat va baholash tizimiga bevosita bog‘liq. Pedagogik nazorat o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, o‘quv jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatib berish hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Baholash esa nazorat natijalarini tartibga soluvchi, o‘quvchining o‘zlashtirish darajasini ifodalovchi me’zonli jarayondir. Bugungi kunda pedagogik nazorat va baholashning zamonaviy yondashuvlari ta’lim sifatini boshqarishning asosiy omilidan biri sifatida qaralmoqda.Pedagogik nazorat - bu oquvchilarning bilim, konikma va malakalarini aniqlash, talim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni baholash, shuningdek, talim samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik faoliyatdir. Nazorat talim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. O‘quvchilar bilim darajasini aniqlash — reja asosida o‘zlashtirishni ko‘rsatadi. 2. O‘quv jarayonidagi bo‘shliqlarni aniqlash — xatolarni erta aniqlab, ularni bartaraf etish imkonini beradi. 3. Tarbiyaviy vazifa — mas’uliyat, intizom va muntazam o‘qish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 4. Rag‘batlantiruvchi vazifa — o‘quvchining muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini oshiradi. Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 670 5. Tashxislovchi vazifa — o‘qitish metodlari va dastur samaradorligini baholashga yordam beradi. Nazorat turlari Joriy nazorat - dars jarayonida oquvchining bilimi va faolligini tekshirish.O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘quv ishini mumtazam nazorta qilishni hamda hamda ularning o‘rganilgan mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha bilim , ko‘nikma va malakalari darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishini nazarda tutadi. Joriy nazorat o‘qituvchini har bir o‘quvchining o‘quv faoliyati bo‘yicha tezkor ma‘lumotlar bilan ta‘minlaydi ,o‘qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi. Oraliq nazoratmalum mavzu yoki bo‘lim yakunida bilimni baholash. Bu o‘quvchilar tomonidan mazkur fanning bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganligi tekshirish oraliq nazoratni o‘qituvchi dars jadvali asosida darsda o‘quv materialining o‘ziga hoz xususiyatini hisobga olgan holda o‘tkazadi .Oraliq nazorat o‘tkazishdan oldin talabalar ogohlantiriladi. Har bir oraqil tekshirish alohida - alohida shkala asosida baholanadi. Yakuniy nazorat -butun kurs yoki semestr yakunida amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat choraklik ,yarim yillik , yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo‘linadi . Yakuniy nazorat og‘zaki ,yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o'tkaziladi Nazoratning shakli o'quv ishini tashkil etish shakliga bog'liq bo'ladi. O'qituvchi uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Diagnostik nazorat oquvchilar bilimini dastlabki bosqichda aniqlash.Bu nazorat o‘qituvchiga o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi, bilimlaridagi bo‘shliqlar va individual xususiyatlarini bilishga yordam beradi. Diagnostik nazorat asosida ta’lim jarayoni to‘g‘ri rejalashtiriladi va samarali metodlar tanlanadi. Monitoring oquvchi rivojlanishini doimiy kuzatib borish.O‘quvchi rivojlanishini monitoring qilish — bu o‘quvchining bilim, ko‘nikma, kompetensiya, psixologik holat va tarbiyaviy rivojlanishidagi o‘zgarishlarni rejalashtirilgan, tizimli, uzluksiz kuzatib borish va tahlil qilish jarayonidir.U ta’lim jarayonida muhim bo‘lgan barcha indikatorlar bo‘yicha o‘quvchi haqida aniq, ishonchli, solishtiriladigan ma’lumot olishga xizmat qiladi. Pedagogik nazoratning samaradorligi - Nazorat samarador bolishi uchun: - Ochiqlik va adolat tamoyillariga asoslanishi; - O'quvchi faoliyatini toliq qamrab olishi; - Rag'batlantiruvchi va o'quvchini rivojlantiruvchi bolishi; - Zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilishi lozim. Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 671 Samarali nazorat oquvchilarni faollikka undaydi, masuliyatni oshiradi, bilimlarni chuqurroq ozlashtirishga yordam beradi. Baholash-ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash,natijalarini aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir. Baholashdan maqsad Kasbiy ko‘nikma va malakalarni baholash qator masalalarni xal etishni o‘z oldiga maqsad qiladi. Baholashning ahamiyati .O‘zlashtirilganlik to‘g‘risida ma’lumot olinadi; Savol-javob jarayonida boshqa o‘quvchilarga takrorlanishbo‘ladi;Bilim, ko‘nikma va malakalar egallanadi hamda mustahkamlanadi; Mashg‘ulotning qaysi bo‘lagiga yaxshiroq e’tibor berish kerakligi ma’lum bo‘ladi;O‘qituvchi o‘z kamchiliklarini anglaydi;O‘quvchi o‘zining nimalarga qodir ekanligini biladi;Davlat ta’lim standartlarining bajarilish darajasi aniqlanadi;Ta’lim oluvchining o‘rtoqlari, ota-onasi uning faoliyati xaqida ma’lumotga ega bo‘ladi Baholashning asosiy xususiyatlari:1. Ta’lim maqsadiga yo‘nalganlik;2. Muntazam o‘tkazib borish;3. Pedagogik, psixologik, huquqiy tamoyillarga asoslanganlik; 4. Umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik.. Kasbiy ko’nikma va malakalarni baxolash ikki shakilda amalga oshirilishi mumkin: - Mezonga asoslangan (absolyut) baholashbu, bilim, ko‘nikma va malakalarni, o‘quv maqsadlarini hisobga olib, oldindan belgilangan va hamma uchun bir bo‘lgan mezonlar asosida baholashdir - Me’yorga asoslangan (nisbiy) baholash-bu, bilim oluvchilarning erishgan natijalarini o‘zaro taqqoslash orqali baholashdir Baholash tizimlari Baholashning besh balli tizimi;Baholashning reyting tizimi. a) besh balli reyting tizimi; b) yuz balli reyting tizimiBesh balli tizimga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi: Tizimli va doimiy tarzda bo‘lishi shart; Individual xarakterga ega bo‘lishi kerak;Davlat ta’lim standartlariga asoslangan (o‘zlashtirish darajalari hisobga olingan) bo‘lishi kerak. • Baholashning zamonaviy usullari • Reyting tizimi; • Test sinovlari; • Portfel usuli (oquvchi ishlari yigindisi orqali baholash); Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 672 • Elektron baholash tizimlari; • Refleksiv baholash (oquvchi oz faoliyatini baholaydi); • Peer assessment oquvchilarning bir-birini baholashi. Xulosa: Pedagogik nazorat va baholash ta’lim jarayonining ajralmas va boshqaruvchi tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, ularning rivojlanish dinamikasini kuzatib borish hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Nazorat jarayoni orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlaydi, o‘qitish metodlarini takomillashtiradi va o‘quv jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan holda tashkil etadi.Zamonaviy ta’limda baholash faqat natijani belgilash bilan cheklanmay, balki o‘quvchining fikrlash, tahlil qilish, ijodkorlik, kompetensiya va shaxsiy rivojlanishini ham qamrab oladi. Kriterial baholash, diagnostik nazorat, monitoring va formatif baholash kabi yondashuvlar o‘quvchilarni jarayonga faol jalb etadi, o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantiradi va ular uchun adolatli, shaffof, aniq mezonlarga asoslangan ta’lim muhiti yaratadi.Shu bois pedagogik nazorat va baholash — ta’lim jarayonini boshqarishning strategik vositasi bo‘lib, o‘qituvchi faoliyatining samaradorligini oshiradi, o‘quvchi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi va umumiy ta’lim sifatini yuksaltiradi. Baholashning zamonaviy shakllaridan oqilona foydalanish esa o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga, uning bilim va kompetensiyalarini chuqur egallashiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1.Abdukarimov, S. – Pedagogik nazorat va baholash metodlari, Toshkent, 2018. 2. Ergashev, A. – O‘quvchi faoliyatini nazorat qilish va baholash, Toshkent, 2017. 3.Amonov U. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent, 2020. 4.G'ofurov K. Umumiy pedagogika. Toshkent, 2018. 5.Karimova V. Pedagogik psixologiya. Toshkent, 2019. 6. Black, P. & Wiliam, D. Assessment for Learning. London, 2015. 7. OECD. Formative Assessment: Improving Learning in Secondary Classrooms. Paris, 2017.