scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PSIXOLOGIYA FANINING TARIXIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI

Boboraximov Samandar Zokirovich

Full text

456 PSIXOLOGIYA FANINING TARIXIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI Boboraximov Samandar Zokirovich Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti 1-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17980872 Annotatsiya: Bugungi dunyodan turib o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, psixologiya fani dastlab boshqa fanlar tarkibida bo‘lgan. Olimlarning izlanishlari, tadqiqotlari natijasida ancha yil o‘tganidan so‘ng mustaqil fan sifatida falsafa fani tarkibidan ajralib chiqqan va hozirda psixologiya universitet va litseylarda majburiy fan sifatida o‘tilmoqda. Psixologiya fanining taraqqiy etib borishi insoniyat dunyosini yanada yaxshiroq tushuna olish imkonini yaratadi. Kalit so‘zlar: psixologiya, insoniyat, tarixiy, tadqiqotlar, taraqqiyoti, xulq-atvor, sharq, diniy-falsafiy. Abstract: If we look back from today's world, psychology was originally part of other disciplines. As a result of the research and studies of scientists, after many years it was separated from philosophy as an independent discipline, and now psychology is taught as a compulsory subject in universities and lyceums. The development of psychology allows us to better understand the world of humanity. Keywords: psychology, humanity, historical, research, development, behavior, east, religious and philosophical. KIRISH. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki,psixologiya fanining tarixiy taraqqiyoti bosqichma-bosqich o‘rganilgan. Inson ongi va xulq-atvoriga boʻlgan falsafiy qiziqish qadimgi Misr, Fors, Yunon, Xitoy va Hindiston sivilizatsiyalariga borib taqaladi. XXI asrning birinchi yarmida amaliy psixologiyaning ko‘plab maxsus bo‘limlari yuzaga keldibu mehnat psixologiyasi, pedagogik, tibbiyot psixologiyasi va boshqalar shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko‘plab maxsus sohalari -psixofiziologiya, oila,yosh,differensial psixologiya va boshqalar ajralib chiqdi. Ilmiy-amaliy psixologiya tuli yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanib bordi,inqiroz ma’lum darajada bartaraf etilgan bo‘lsada,ko‘plab masalalar hal etilmagan edi. 20-asrning ikkinchi yarmida ilmiytexnik inqilob psixologiyaga katta ta’sir ko‘rsatdi.Fanda matematika, kibernetika,informatika nazariyalari va metodlari, shuningdek, elektron-hisoblash texnikasi kengroq qo‘llanila boshladi. Shunday qilib,psixologiya rivojlanish yo‘lida uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan holda, o‘rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o‘zgartirib bordi. L.D.Stolyarenko psixologiyaning fan sifatidagi rivojlanishini to‘rt bosqichga ajratadi. Birinchi bosqich.Psixologiya -ruh haqidagi fan (Arastu). Psixologiyaning bunday ta’rifi ikki ming yil avval keltirilgan edi.Ruhning mavjudligi bilan inson hayotidagi barcha noma’lum hodisalarni tushuntirib berishga urinar edilar. Boshlang‘ich tushunchalar animistic xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni har bir jism o‘z ruhi bilan ajralib turgandek tushinilgan. Jonlilikda hodisalarning va harakatlarning sabablari ko‘rib kelingan. Aristotel barcha organik jarayonlarda psixologiya tushunchasini kiritgan, shuningdek o‘simlik, hayvonot va ongli mavjudotlarni belgilab chiqqan. Ikkinchi bosqich.Psixologiya-ong haqidagi fan (R.Dekart,B. Spinoza,D. Lokk,G. Leybnits,D. Gartli).17-asrda tabiiy fanlar rivoji bilan yuzaga keldi.Fikrlash,sezish,xohishga bo‘lgan layoqat ong deb ataldi.O‘rganishning asosiy metodi bo‘lib,insonning o‘zini kuzatishi va voqelikni bayon etishi hisoblanar edi. 457 Uchinchi bosqich.Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida 20asrda paydo bo‘ldi.(D.Uotson,E. Torndayk).Psixologiyaning vazifalari -tajribalar qo‘yish va bevosita ko‘rish mumkin bo‘lganlarni, aynan, insonning xulq-atvori,harakatlari, ta’sirlanishga javoblarini kuzatish (harakatlarni keltirib chiqaruvchi motivlar hisobga olinmas edi). To‘rtinchi bosqich.Psixologiya ob’ektiv qonuniyatlarni, psixikaning faoliyat va ifodalanish mexanizmlari, shuningdek, faktlarni o‘rganuvchi fan sifatida. 20-asr boshlarida esa xulq-atvor haqidagi psixologiya – Behaviorizm shakllangan. O‘sha paytda olimlar shunga amin bo‘lishganki,psixologiya faqat ko‘rilgan xulq-atvorni o‘rganishi borasida.Bu albatta insonning muomala madaniyatida yuzaga chiqadi. Psixologiya fanining bosqichma-bosqich rivojlanib borishi quvonarli yangiliklardan biri hisoblanadi va bu o‘z navbatida insonni har qanday vaziyatda yaxshi tushuna bilish va vaziyatga qarab moslashuvchanlikni shakllantiradi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur davrlarda Sharqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga keldi.Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo‘lishida buyuk Sharq mutafakkirlarining roli katta bo‘lgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek kabilar o‘zlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar, ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari o‘sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shug’ullangan olimlardan biridir. Uning ruh,asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan so‘ng ham zamonaviy psixologiyada o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bo‘lib psixoterapevtik usullarni qo‘llab ko‘rgan olimlardan biridir. Psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni o‘z ichiga qamrab olib,bu davrlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan tadqiqot ishlarini samarali bo‘lishi uchun fan doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Bu boradagi ishlar Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yo‘nalishlari namoyondalari tomonidan ilgari surildi. Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-1679) ruhni mutlaqo rad etib,mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta’kidlagan. Uning negizida-epifenomalizm (yunoncha eri-o‘ta, rhainominon-g’ayritabiiy hodisa) vujudga keldi, ya’ni psixologiya tanadagi jarayonlarning soyasi singari ro‘y beradigan ruhiy hodisalar to‘g’risidagi ta’limotga aylandi.Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta ko‘lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik,ya’ni yaqqol narsa deb tushuntirdi. U determinizm (lotincha demmerminara -belgilayman) tamoyilining, ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanganligi haqidagi ta’limot targ’ibotchisi bo‘lgan. 17asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnits (1646-1716) ning ta’limoti matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishiga ta’sir etgan edi. Psixika hayot manzarasi arifmetik yig’indi tariqasida emas,balki integral tarzda namoyon bo‘ladi. Leybnits tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi g’oyasiga tayangan holda persepsiya (bevosita ongsiz idrok)ni appersepsiyalar diqqat va xotirani o‘z ichiga olgan anglangan idroklardan farqlagan edi. Leybnits psixologiyaga psixikaning faolligi tabiati va uzluksiz rivojlanishi hamda psixikaning onglilik va ongsizlik ko‘rinishlari o‘rtasidagi murakkab nisbat haqidagi g‘oyani olib kirdi. XVII asrda emperizm va sensualizmni tajriba va his etiladigan bilimning «sof» aql-idrokdan afzalligi haqidagi ta’limotning,ya’ni aqlda hech qanday tug‘ma g‘oyalar va tamoyillar bo‘lishi 458 mumkin emasligi haqidagi ta’limotning oldingi marraga ko‘tarilishiga olib keldi. Bu ta’limotni ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (1632-1704) astoydil himoya qilib chiqqan edi. Uni empirik psixologiyaning asoschisi deb, hisoblash qabul qilingan. Barcha bilimlarning tajribadan kelib chiqishi haqidagi ta’limoti psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki u ruhiy hayotning aniq faktlari oddiy hodisalardan murakkab hodisalarga o‘tish yo‘llari puxta o‘rganilishini taqazo etadi. Psixologiyaning fan sifatida ona yurtimizda rivojlanish tarixiga bir nazar tashlaydigan bo‘lsak,u oxirgi o‘n yilliklar mobaynida shakllanib kelmoqda. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O‘zbekiston hududida shakllanishini tahlil qilinsa,uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib kelayotganini ko‘rish mumkin. Masalan, eramizning 2-3-asrlarida rivoj topgan manixizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o‘z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar ,ijtimoiy adolat va shaxsning o‘ziga xosligi kabi g’oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin tarixda shu ma’lum bo‘lganki, yaxlit, sistematik ijtimoiy psixologik qarashlar sistemasi umuman bo‘lmagan.Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga bag’ishlangan. Chunonchi,birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70yillarning oxiri 80-yillarning boshida I.Yoqubov tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini ta’minlovchi sotsialpsixologik omillarni o‘rgandi. XULOSA Tadqiqot natijasida, shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy xamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy mojarolar esa,asosan hozirgi zamon o‘zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir. Bundan shu narsa aniq bo‘ladiki, psixolog olimlar har bir vaziyatni chuqur o‘rganib,tahlil qilib muammoga yechim topmoqda. Bu narsa uzoq tarixda boshlanib hali-hamon davom etib kelmoqda. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. G’.B.Shoumarov&R.A.Sunnatova –“Umumiy psixologiya”.1-bob va 2-bobda keltirilgan. 2. O.M.Zokirov –“Psixologiya”(o‘quv qo‘llanma) kirish qismi,1-bob va 3-bobda keltirilgan. 3. A.Jalilov –“Psixologiya asoslari”.1bob. 4. Nemov R.S. «Psixologiya». Kn.1. -M., 2003. 5. Gamilton. YA.S. “Chto takoe psixologiya”. “Piter”, 2002. 6. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003. 7. G‘ozievE.G.Umumiypsixologiya.Toshkent.2007.1-2kitob. 8. G‘ozievE.G.ToshimovR.Menejmentpsixologiyasi.T-2002.