scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

METHODS OF ORGANIZING PEDAGOGICAL LESSONS BASED ON THE PEDAGOGICAL VIEWS OF ALISHER NAVOI

Ochilov, Akmal; Karamanova, Husniya

Abstract

This article explores the theoretical foundations of organizing "Education" lessons based on Alisher Navoi's pedagogical views. It analyzes the significance of the ideas reflected in Alisher Navoi's works regarding education, upbringing, humanism, and the development of moral virtues in the modern educational process. The article examines educational approaches aimed at shaping the younger generation into well-rounded individuals through the spiritual values expressed in the great thinker's works.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 982 ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI ASOSIDA PEDAGOGIK DARSLARNI TASHKIL ETISHNING USULLARI Pedagogika kafedrasi dotsenti p.f.f.d., (PhD) Ochilov Akmal Eshtemirovich. Xalqaro innovatsion universiteti magistranti Karamanova Husniya Jumanazarovna Annotatsiya. Ushbu maqolada "Tarbiya" darslarini Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari asosida tashkil etishning nazariy asoslari yoritilgan. Alisher Navoiy ijodidagi ta’limtarbiya, insonparvarlik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan g‘oyalarning zamonaviy tarbiya jarayonidagi ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada buyuk mutafakkirning asarlarida ifodalangan ma’naviy qadriyatlar orqali yosh avlodni barkamol shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan ta’limiy yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: ustoz-murabbiy, komillik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, ma’rifat, barkamol inson, shaxs kamoloti, maktab, ma’naviy meros. Abstract. This article explores the theoretical foundations of organizing "Education" lessons based on Alisher Navoi's pedagogical views. It analyzes the significance of the ideas reflected in Alisher Navoi's works regarding education, upbringing, humanism, and the development of moral virtues in the modern educational process. The article examines educational approaches aimed at shaping the younger generation into well-rounded individuals through the spiritual values expressed in the great thinker's works. Key words: teacher-mentor, perfection, science, education and upbringing, enlightenment, a wellrounded individual, personal development, school, spiritual heritage. Аннотация. В данной статье освещены теоретические основы организации уроков «Воспитание» на основе педагогических взглядов Алишера Навои. Проанализировано значение идей, направленных на формирование нравственности, гуманизма и моральных качеств в творчестве Алишера Навои, в современном воспитательном процессе. В статье рассмотрены образовательные подходы, направленные на формирование молодого поколения как гармонично развитой личности через духовные ценности, выраженные в произведениях великого мыслителя. Ключевые слова: наставник, совершенство, наука, образование, просвещение, совершенный человек, личное совершенство, школа, духовное наследие. O‘tmishdagi buyuk mutafakkirlarning dono fikrlari, o‘gitlari, tafakkur mevalari va ijodiy yutuqlarini o‘rganish, xalqimizning ma’naviy dunyosini kengaytirish bilan birga, yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishida muhim vositalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Sharq mutafakkirlaridan biri, o‘zbek adabiyotining zabardast siymosi, komil inson g‘oyasini kuylovchi va buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini o‘rganish, undan ta’limtarbiya jarayonida foydalanish har bir pedagogning vazifasi hisoblanadi. Alisher Navoiy xalqimizning tafakkuri va badiiy ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 983 madaniyatining tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxsdir. U milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi va sha’ni bo‘lib, o‘zining o‘lmas so‘z san’ati bilan dunyoga tanilgan. Ta`bir joiz bo‘lsa , olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki , u Navoiy sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa , “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak , mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultoni ”, deb ta’riflaydi Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov. [1]. Ushbu maqolada, "Tarbiya" darslarini Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari asosida tashkil etishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Navoiy pedagogikasining zamonaviy ta’lim tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, uning insoniylikka asoslangan yondashuvlarining tarbiyaviy ahamiyati va "Tarbiya" darslarini bu g‘oyalarga moslashtirishning muhimligi batafsil ko‘rib chiqiladi. Mazkur tadqiqot mavzusi doirasida bir qancha olimlar, xususan, xorijiy tadqiqotchilar E.V.Kvyatkovskiy, B.T.Lixachev, P.M. Yakobson, O.SuxodolskayaKuleshova va boshqalar Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. O‘quv-tarbiyaiy jarayonida milliy ma’naviyatni tiklash, yoshlarni estetik (badiiy) tarbiyalashda Alisher Navoiyning merosining o‘rni va roli S.K. Annamuratova, D.A. Djamolova, S.X. Fayzullina, R.X. Xasanov, A.Abdunabiyev, Sh.Quronboyev, Sh.Kurbonov, T.Muradimova, S.Ochilov, A.Abdunabiyev, Sh.Quronboyev, Sh.Kurbonov, T.Muradimova, S.Ochilovlarning asarlarida o‘z aksini topgan. Tadqiqotda quyidagi usullar qo‘llanildi: Tahliliy usul: Alisher Navoiyning pedagogik qarashlarini tahlil qilish orqali uning ta’lim va tarbiya haqidagi g‘oyalarini aniqlash. Bu usul orqali Navoiyning asarlarida tarbiya, ilm, axloqiy qadriyatlar va komil inson g‘oyalarini o‘rganiladi. Tahliliy usul o‘quvchilarni nafaqat Navoiy asarlari bilan tanishtirish, balki ularning tarbiyaviy ma’nolarini chuqur tushunishga yordam beradi. Muzokara usuli: "Tarbiya" darslarida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish. Alisher Navoiy pedagogikasining zamonaviy ta’limga tatbiq etilishi haqida fikr almashish va muhokama qilish orqali Navoiy g‘oyalarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari o‘rganiladi. Muzokara usuli o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish va ularning axloqiy qarashlarini shakllantirishga yordam beradi. Matn tahlili: Navoiy asarlarini pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilish. Bunda Navoiyning Xamsa asari yoki boshqa asarlaridan, xususan, Mahbub ul-qulub, Lison ut-tayr kabi she’riy asarlaridan iqtiboslar olib, ularning pedagogik mazmunini, tarbiyaviy ahamiyatini aniqlash. Matn tahlili usulini qo‘llash, Navoiyning fikrlarini zamonaviy pedagogika bilan bog‘lashda foydalidir. Deskriptiv usul: Alisher Navoiyning pedagogik qarashlarini batafsil tasvirlash va ularning tarixiy, madaniy va ijtimoiy kontekstda qanday rivojlanganini o‘rganish. Deskriptiv usul orqali, Navoiyning g‘oyalarining o‘ziga xos xususiyatlari, uning ta’limdagi roli va muhimligini aniq va keng ko‘lamda tushuntiriladi. Buyuk alloma va shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya borasida bir butun asar yaratmagan bo‘lsa-da, u o‘zining fikrlarini deyarli barcha ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy ilm-ma'rifat va ta'lim-tarbiya masalalarida insonparvarlik g‘oyalarini bosh mezon sifatida ko‘rgan. Uning fikricha, inson dunyoda eng yuksak, aziz va qadrlidir. Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasiga muhim xazina bo‘lib xizmat qiladi, chunki u har bir so‘zini o‘ylab, o‘rinli va unumli tarzda ishlatgan. Uning hikmatlari biz uchun ibrat va yo‘l-yo‘riqdir. Xalqimizda: "Bola – shirin so‘zning gadosi", degan naql bor. Demak, tarbiyachi muomala jarayonida ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 984 ehtiyotkor bo‘lishi zarur. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida: "Shirin so‘z ko‘ngillar uchun bamisoli asaldir", deb ta'kidlagan. Shuning uchun ham o‘qituvchi har doim nutq madaniyatiga alohida e'tibor berishi, psixologik, estetik, jismoniy va axloqiy jihatlarini o‘z faoliyatida namuna sifatida namoyon etishi zarur. O‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyatida to‘g‘ri va adolatli bo‘lishi, ishlarni adolat bilan olib borishi kerak. Bu sifat, tarbiyachi bilan o‘quvchi o‘rtasida ishonch va yaqinlikni kuchaytiradi, chunki adolat insonlar xulqini baholashda muhim mezondir. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek: “Loaqal bir harf o‘rgatgan ustozning haqqini yuz ming ganj-u xazina bilan ham uzib bo‘lmaydi”. Bu hikmat bizning ustozlarga nisbatan muqaddas hurmat va minnatdorlikni anglatadi. Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlarning o‘zi ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydi. U nodon va mutassib domlalarni tanqid qilib, o‘qituvchining ma’lumotli, bilimdon va o‘qitish usullarini bilishi zarurligini ta'kidladi. Masalan, “Mahbub ul-qulub” asarida Navoiy maktabda ishlayotgan o‘qituvchilarni o‘ta qattiqqo‘l, johil va ta’magirlikda tanqid qiladi. U o‘sha davrdagi johil muallimlarni yosh bolalarga nohaq azob beruvchilar sifatida ko‘radi. Ularning ko‘pchiligi o‘z ishiga nohaq yondoshib, bolalarga jismoniy va ruhiy azob yetkazishga odatlangan. Shuningdek, ular o‘z tabiatlaridagi qattiqqo‘llik va achchiqlikni yosh bolalarga ham ko‘rsatishga intilishadi. Ular kichik bolalarni qiynash, do‘q-po‘pisa qilish orqali ularga nisbatan o‘z ustunliklarini namoyon etishga harakat qiladilar. Bu kabi muallimlar o‘zlarining qattiqqo‘lligi va o‘z fikrlarini bolalar ustidan majburan amalga oshirishga intilishlari bilan ajralib turadi. Alisher Navoiy bu kabi muallimlarni tanqid qilgan holda, ular yosh avlodni sog‘lom va bilimli, balki xushxulq va ma’naviy yetuk shaxslar qilib tarbiyalashni talab qiladi. U o‘qituvchining o‘zi ham ma’rifatli, hurmatga sazovor va xushmuomala bo‘lishi kerakligini o‘z asarlarida ta'kidlaydi. Alisher Navoiy muallimning mehnatini ta'kidlar ekan, uning ishining qiyinligini va mashaqqatini yuksak baholaydi. Uning fikricha, muallimning vazifasi oddiy bir ish emas. "Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas," deb yozadi u. Bu, o‘qituvchining mehnati naqadar og‘ir va murakkabligini anglatadi. Alisher Navoiy shunday ta’kidlashicha, kuchli kishi ham yosh bolani tarbiyalashda ojizlik qilishi mumkin, lekin ustoz bolalarga ilm va odob o‘rgatadi. Bu ishni bajarish juda katta mas’uliyatni talab etadi. Navoiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchi mehnati juda mashaqqatli, chunki u faqat bilim berish bilan cheklanmay, shogirdlarni tarbiyalash, ularga ma’naviy va axloqiy fazilatlarni singdirish bilan ham shug‘ullanadi. Bu jarayon yosh bolalarning tafakkurini shakllantirish va xulqini tuzatishda uzoq va qiyin yo‘lni talab qiladi. "Shunisi ham borki, u to‘da bolaga ilm va odob o‘rgatadi, ko‘rkim bunga nima yetsin," deya Navoiy o‘qituvchining yuksak xususiyatlarini va uning ishining murakkabligini ta’kidlaydi. U o‘qituvchi uchun yuzlab mashaqqatlar bilan yuzlashishga tayyor bo‘lishini va uning bu og‘ir mehnatiga haqiqatan ham minnatdor bo‘lish zarurligini bildiradi. Shunday qilib, Alisher Navoiyni pedagog-mudarris sifatida ta’riflash to‘g‘ri bo‘ladi. U ta’lim va tarbiya masalalariga katta ahamiyat berib, tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, ilmfanni qadrlash va ta’limni rivojlantirish borasidagi fikrlarini aniq bayon etgan. Alisher Navoiy ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni o‘z asarlarida ifodalagan va pedagogik fikrlarini boyitgan. U ilm-fanning ahamiyatini ta’kidlab, uni qorong‘ulikni yoritadigan chiroq, hayot yo‘lini nurafshon etadigan quyosh va odamlarning haqiqiy qiyofasini ko‘rsatadigan olim sifatida tasvirlaydi. Navoiy, insonning aqlu zakovatiga ishonishi, ilmning kuchini anglash va unga asoslanib hayotda muvaffaqiyatga erishishni o‘rgatadi. U pedagog sifatida yoshlarni ilmli, ma’rifatli va barkamol insonlar qilib tarbiyalashga chaqiradi. Shu tarzda, Alisher Navoiy o‘zining pedagogik qarashlari bilan ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 985 nafaqat ilm-fan, balki jamiyatni rivojlantirishga ham hissa qo‘shgan buyuk shaxsdir. Bu fikrni “Nazm ul-javohir” asarida: Kim olim esa nuqtada barhak de oni, Gap bazm tuzar bihishti mutlah de oni, Har kimsaki yo‘q ilmga anga ahmoq de oni, Majlisdaki ilm bo‘lsa uchmas de oni. [5]. Yoki ilmli, aqlli odam o‘z maqsadiga erishish uchun har qanday qiyinchilikka ham chidaydi, kim ilmni o‘ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon qoqilmaydi, xor bo‘lmaydi va ilmning vazifasi inson baxt-saodatiga xizmat qilishdir, deb ta’kidlaydi. Demak, Alisher Navoiy o‘zining badiiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy–axloqiy asarlarida o‘zi orzu etgan komil insonga xos axloqiy fazilatlari deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik va boshqalarni tushungan, ana shu xislatlar tarkib topgan insonga yomonlik razillik bo‘lmasligi, bunday inson yashagan jamiyat ham ravnaq topishi, barcha xalq baxt-saodatga erishish mumkin, deb hisoblagan. Tadqiqot davomida quyidagi natijalar aniqlandi: • Alisher Navoiy o‘qituvchidan yuqori ma’naviyat va axloqiy yuksaklikni talab qilgan. Maqolada shuni ta’kidlash joizki, Navoiy pedagogni nafaqat bilim beruvchi, balki shaxsiy namuna ko‘rsatuvchi, o‘quvchilariga axloqiy fazilatlar bilan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan shaxs sifatida tasvirlaydi. • Navoiy tarbiyachi va muallimlarning vazifalarini aniq belgilab, ular tarbiya jarayonida doimo shogirdlarning ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashlari kerakligini ta’kidlagan. • Maqolada Navoiy yoshlarni ilm olishga, axloqni o‘rganishga, mehnatga va ijodga o‘rgatishni ta’kidlagan. U o‘quvchilarga tarbiya bera turib, nafaqat bilim, balki ijtimoiy va axloqiy mas’uliyatni ham o‘rgatishni maqsad qilgan. • Navoiy ta’lim tizimini mustahkamlash va rivojlantirish zarurligini ko‘rsatgan. Maqolada Alisher Navoiy ta’lim tizimining ilmiy asoslarini belgilab, pedagogik faoliyatni izchil ravishda takomillashtirish zarurligini ta’kidlagan. Munozara. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, "Tarbiya" darslarini Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari asosida tashkil etishning nazariy asoslari mavzusida quyidagi choratadbirlarni amalga oshirish lozim: Alisher Navoiy pedagogikasining asosiy g‘oyalarini o‘quv dasturlariga kiritish: Navoiyning ilm, axloq va ma’naviyatni uyg‘un ravishda o‘rgatish g‘oyalarini o‘quv dasturlarida mujassam etish, bu orqali o‘quvchilarga nafaqat bilim, balki axloqiy qadriyatlarni ham o‘rgatish zarur. O‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash: O‘qituvchilarga Alisher Navoiy pedagogikasining asoslarini o‘rganish va amaliyotda tatbiq etish uchun treninglar, seminarlar tashkil qilish lozim. Bu, o‘qituvchilarni nafaqat ilmiy bilimlar, balki pedagogik axloqiy fazilatlar bilan ham ta’minlashga yordam beradi. Pedagogik faoliyatni izchil takomillashtirish: O‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak. Ular uchun ilg‘or pedagogik metodlar, interaktiv o‘qitish texnologiyalari va Navoiy pedagogikasiga asoslangan yangi yondoshuvlarni o‘rganish muhim. Yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish: Yoshlarning ilmga bo‘lgan ehtiyojini va qiziqishini oshirish uchun o‘qituvchilar Navoiy g‘oyalarini amalga oshirishda turli metod va usullarni ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 986 qo‘llashlari lozim. Bu, o‘quvchilarni ilm-fan, san’at va adabiyotga qiziqtirish, ularning ma’naviyaxloqiy o‘sishini ta’minlashga yordam beradi. O‘qituvchilarning shaxsiy namuna ko‘rsatishi: O‘qituvchilar shaxsiy namuna ko‘rsatish orqali o‘quvchilarni tarbiyalashlari zarur. Alisher Navoiy o‘qituvchilarni shaxsiy yuksak axloqiy fazilatlar bilan namuna bo‘lishga chaqirgan, shuning uchun ham o‘qituvchilar o‘zlariga yuqori axloqiy va ma’naviy talablar qo‘yishlari kerak. Tarbiyaning ma’naviy va axloqiy jihatlarini kuchaytirish: Darslar va tarbiya jarayonlari orqali o‘quvchilarga Alisher Navoiy ta’limotiga muvofiq ravishda yuqori ma’naviy fazilatlar, xulq-atvor me’yorlari va ijtimoiy mas’uliyatni o‘rgatish kerak. Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytganda, "Tarbiya" darslarini Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari asosida tashkil etish yoshlarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishini ta’minlashga, ilm-fan va madaniyatga bo‘lgan qiziqishni oshirishga, shuningdek, ta’lim tizimining samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi. Navoiy pedagogikasiga asoslanib, ta’limtarbiya jarayonini takomillashtirish o‘quvchilarni yuksak axloqiy fazilatlar, ilmiy bilimlar va ijtimoiy mas’uliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. • Alisher Navoiy ijodidan axloqiy-tarbiyaviy mazmunga ega parchalarni "Tarbiya" darslarida qo‘llash. Jumladan, uning asarlaridagi insonparvarlik, halollik, adolat va ma’rifat haqidagi fikrlarini mavzular asosida o‘rgatish; • "Tarbiya" darslarida rolli o‘yinlar, muhokamalar va sahna ko‘rinishlari orqali Alisher Navoiy asarlaridagi axloqiy mavzularni yoritish; • Navoiy asarlaridan olingan axloqiy voqealarni o‘quvchilarga tahlil qildirish orqali hayotiy xulosa chiqarishga o‘rgatish; • O‘quvchilarni ijodiy jarayonlarga jalb qilish. REFERENCES 1. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat –yengilmas kuch . T,: Ma`naviyat, 2008 y. 2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. – Тошкент: “Адолат”, 2018. – 112 б. 3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.Yigirma jildlik. 16-jild.T.: “Fan”, 2000. B. 26. 4. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.Yigirma jildlik.14-jild.Т.: “Fan”, 1998. – B. 83. 5. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Asarlar. O‘n besh jildlik. 13-jild.– T.: “Badiiy adabiyot” nashriyoti, 1966. – B. 189-190.