Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 999 ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI VA MILLIY G’URUR G’OYALARINING TALABALAR HAYOTIDAGI O’RNI Olimov Temir Hasanovich – Osiyo xalqaro universiteti professori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yaxshibayev Djasur Erkinovich - Osiyo xalqaro universiteti pedagogika magistratura mutaxasisligi boʻyicha I-bosqich magistri Annotatsiya: mazkur ilmiy maqolada jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari hamda milliy g‘urur g‘oyalarining hozirgi talabalar hayotidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda Avloniy tomonidan ilgari surilgan ta’lim va tarbiya birligi, axloqiy kamolot, mustaqil fikrlash hamda vatanparvarlik g‘oyalari zamonaviy oliy ta’lim tizimi talablari bilan qiyosiy o‘rganiladi. Shuningdek, uning pedagogik merosi bugungi talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy faolligini oshirishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritib beriladi. Maqola natijalari yosh avlodni barkamol, ongli va milliy g‘ururga ega shaxs sifatida tarbiyalashda Avloniy merosidan samarali foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi. Kalit so’zlar: Abdulla Avloniy, pedagogik qarashlar, milliy g‘urur, jadidchilik harakati, talaba yoshlar, ma’naviy tarbiya, vatanparvarlik, ta’lim va tarbiya. KIRISH Abdulla Avloniy – shoir, yozuvchi, dramaturg, publitsist. Shu bilan birga, pedagogik faoliyat ham uning hayotida muhim sahifani tashkil etadi. U faoliyatining ilk bosqichidan to umrining so‘nggi damlarigacha o‘qituvchilik qildi, pedagogika fanining ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan muttasil shug‘ullandi, darsliklar yaratdi. Aytish mumkinki, u musulmon sharqi mumtoz pedagogikasining katta bilimdoni, shu bilan birga, XX asr zamonaviy o‘zbek pedagogikasining asoschisi, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi fanining tamal toshini qo‘ygan mutafakkirdir. U faoliyati davomida ko‘plab zamonaviy pedagoglarni, metodist olimlarni tarbiyalab yetishtirdi. XX asr boshlarida Turkiston hududida yuzaga kelgan jadidchilik harakati milliy ong va ma’rifat taraqqiyotida muhim bosqichni tashkil etadi. Ushbu harakat vakillari jamiyatni taraqqiy ettirishning asosiy omili sifatida ta’lim va tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratganlar. Ana shunday ma’rifatparvarlardan biri Abdulla Avloniy bo‘lib, u o‘zining pedagogik faoliyati va ilmiy-ma’rifiy asarlari orqali o‘zbek pedagogik tafakkurining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. Abdulla Avloniy ta’limni shaxs kamolotining asosiy vositasi, tarbiyani esa jamiyat kelajagini belgilovchi muhim omil sifatida baholaydi. Uning pedagogik qarashlari yosh avlodda ilmga intilish, axloqiy poklik, mustaqil fikrlash va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan. Ayniqsa, Avloniy tomonidan ilgari surilgan milliy g‘urur g‘oyalari xalqning tarixiy xotirasini asrash, ona tiliga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida yoshlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari rivojlangan davrda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar turli mafkuraviy ta’sirlarga duch kelmoqda. Bunday sharoitda Abdulla Avloniy pedagogik merosining o‘rni va ahamiyatini chuqur o‘rganish, uni zamonaviy ta’lim jarayoniga tatbiq etish dolzarb masalaga aylanmoqda.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1000 Avloniy tarbiyani jamiyat taraqqiyotining asosiy omili sifatida baholagan. Uning fikricha, ilm tarbiya bilan uyg‘unlashmaguncha kutilgan natijani bermaydi. Hozirgi talabalar hayotida bu g‘oya bilimni faqat diplom olish vositasi emas, balki shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyatni anglash jarayoni sifatida qabul qilishda namoyon bo‘ladi. Talabaning darsga munosabati, ilmiy izlanishlarga qiziqishi va kasbiga sadoqati Avloniy qarashlarining amaliy ifodasidir. Zamonaviy ta’lim tizimida mustaqil fikrlaydigan, tanqidiy tahlil qila oladigan va tashabbuskor kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu jihat Avloniy pedagogik g‘oyalari bilan mushtarakdir. U yoshlarni ko‘r-ko‘rona taqlid qilishdan qaytarib, ongli ravishda fikr yuritishga chorlagan. Bugungi talabalarning ilmiy loyihalarda, startaplarda va innovatsion faoliyatda ishtirok etishi Avloniy ilgari surgan mustaqil fikrlash tamoyilining zamonaviy ko‘rinishidir. Milliy g‘urur g‘oyalari hozirgi talabalar hayotida alohida o‘rin tutadi. Axborot oqimi kuchaygan davrda milliy o‘zlikni saqlab qolish muhim masalalardan biridir. Avloniy milliy g‘ururni xalq tarixini bilish, ona tilini asrash va milliy qadriyatlarga hurmat bilan yondashish orqali mustahkamlash mumkinligini ta’kidlaydi. Bugungi talabalar o‘rtasida davlat tiliga e’tiborning kuchayishi, milliy madaniyatga bag‘ishlangan tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy loyihalarda faol ishtirok etish aynan shu g‘oyalarning amaliy ifodasidir. Shuningdek, Avloniy asarlarida vatanparvarlik g‘oyasi yetakchi o‘rin tutadi. U Vatanga muhabbatni faqat so‘z bilan emas, balki amaliy faoliyat orqali namoyon etish lozimligini uqtiradi. Hozirgi talabalarning ko’ngillilik faoliyati, ijtimoiy tashabbuslari va jamiyat muammolariga befarq bo‘lmasligi Avloniy ilgari surgan vatanparvarlik g‘oyalarining davomidir. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston...» asarida «Vatanni suymak» degan bob bor. Unda yosh qalblarda o`z Vatani Turkistonga nisbatan muhabbat tuyg`ularini mavjga keltiruvchi shunday misralar bor: Vatan, Vatan deya jonim tanimdan o`lsa ravon, Banga na g’am qolur, avlodima uy-u o`z Vatanim. G’ubora do`nsa g’amim yo`q vujud zeri vahm, Choraki, o`z Vatanim xokidur go`ru kafanim. Tug’ub o`san yerim ushbu Vatan vujudim xok, O`lursa aslina roje` bo`lurmi man g`amnok. Ushbu asar yozilgan davrni - Vatanimiz mustamlaka iskanjasida fojeali ahvolga tushgan, kelgindilar oyoqi ostida toptalgan davrini to`la his qilib, «Vatanni suymak» bobi o`qilsa, Vatan istiqloli, ozodligi uchun inson hatto jonini ham fido qilishi kerak, degan g’oya asar qatlariga singdirib yuborganligini sezish qiyin emas. Vatan tuproqi muqaddas: unda ajdodlarimizning xokilari bor unda kelajak nasllarimiznnig haqlari bor. Shuning uchun ham Vatanni oddiygina sevish mumkin emas, uning istiqboli uchun kuyunish, kurashish, kelguvchi avlodlarga to`la to`kis, ozod farovon holda topshirish hissi ham mavjud. Abdulla Avloniy ona-Vatanga mana shunday yoniq qalb bilan munosabatda bo`ladi. Avloniy axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor qaratib, halollik, adolat, mehnatsevarlik va insonparvarlik kabi fazilatlarni komil inson tarbiyasining asosiy mezonlari sifatida belgilagan. Bugungi talabalar hayotida bu fazilatlar halollik, jamoada ishlash madaniyati va ijtimoiy mas’uliyatda namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, plagiatga qarshi kurash, adolatli baholash va ochiqlik tamoyillari Avloniy axloqiy qarashlari bilan uyg‘unlashadi. Xulosa qilib aytganda, Abdulla Avloniy pedagogik qarashlari va milliy g‘urur g‘oyalari o‘zbek ma’rifatparvarlik tarixida muhim o‘rin tutadi. Abdulla Avloniy inson tarbiyasini bir-biri bilan uzviy
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1001 bog`liq bo`lgan uch yo`nalishga bo`ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi. Inson uchun avvalo badan salomat bo`lmog`i zarurdir, badan sog’ bo`lgandagina inson uchun zarur bo`lgan boshqa amallarni singdirish mumkin. Buning uchun ichkilik, ko`knor, nasha kabi inson badanini bevaqt zalolatga, tubanlikka olib boruvchi, salomatlikka zarar, «ba`zi harom, ba`zi makruh» narsalardan asrashi kerak. Bu esa Avloniy yozishicha, fikr tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Fikr tarbiyasi farzandni komil inson darajasiga ko`tarishda muhim omil hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda asosiy mas`uliyat o`qituvchi zimmasiga tushadi. Chunki muallim dars jarayonida o`quvchilarni fikrlashga, hari qanday voqea-hodisaning mohiyatini chuqur idrok qilishga o`rgatadi. Bu o`rinda A. Avloniy ta`lim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy faoliyatinnig ifodasi bo`lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu o`rinda o`qituvchinnig fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasinnig har jihatdan yuksakligi o`quvchilari tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi: o`quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil inson uchun zarur bo`lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo`lishga o`rgatadi. U ta’limtarbiyani millat taqdirini belgilovchi omil sifatida ko‘radi. Avloniy merosi bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan bo‘lib, yosh avlodni barkamol, ongli va vatanparvar etib tarbiyalashda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning pedagogik qarashlari va milliy g‘urur g‘oyalari esa talabalar hayotida chuqur ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Uning merosi zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarning nafaqat bilimli mutaxassis, balki ongli, vatanparvar va ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib yetishishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: Movarounnahr, turli nashrlar. 2. Boltaboev H. O‘zbek jadidchiligi va ma’rifatparvarlik harakati. – Toshkent, 2000. 3. Qosimov R. Abdulla Avloniy pedagogik qarashlari. – Toshkent, 1998. Internet materiallari https://uza.uz/oz/posts/abdulla-avloniy-milliy-uygonish-davri-ozbek-pedagogikasiningasoschisi_350831 https://api.ziyonet.uz/uploads/books/49959/5dce6f1bc2a78.pdf