QASHQAR RUBOBI - O'ZBEK XALQINING MUSIQA MEROSI
Abstract
Ushbu maqolada Qashqar rubobining kelib chiqishi, o‘zbek xalqining musiqa madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqot jarayonida tarixiy manbalar o‘rganilib, rubobning shakllanish bosqichlari hamda bugungi kundagi ijrochilik an’analari tahlil qilinadi. Natijalar rubobning milliy musiqamizdagi beqiyos o‘rni va estetik qiymatini yoritishga qaratilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 643 QASHQAR RUBOBI - O'ZBEK XALQINING MUSIQA MEROSI Uralova Farida Ural qizi Shahrisabz davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi, 1-bosqich magistranti. Telefon raqam: +99891 949 9530 E-mail: [email protected]m ORCID: https://orcid.org/0009-0002-0834-9330 https://doi.org/10.5281/zenodo.17983665 Annotatsiya. Ushbu maqolada Qashqar rubobining kelib chiqishi, o‘zbek xalqining musiqa madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqot jarayonida tarixiy manbalar o‘rganilib, rubobning shakllanish bosqichlari hamda bugungi kundagi ijrochilik an’analari tahlil qilinadi. Natijalar rubobning milliy musiqamizdagi beqiyos o‘rni va estetik qiymatini yoritishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Qashqar rubobi, milliy cholg‘u, musiqa madaniyati, ijrochilik, meros. KASHGAR RUBAB – THE MUSICAL HERITAGGE OF THE UZBEK PEOPLE Abstract. This article discusses the origin of the Kashgar rubab and its role and significance in the musical culture of the Uzbek people. During the research process, historical sources were studied, and the stages of the rubab's development, as well as current performance traditions, were analyzed. The results aim to shed light on the irreplaceable place and aesthetic value of the rubab in our national music. Keywords: Kashgar rubab, national musical instrument, musical culture, performance, heritage. КАШГАРСКИЙ РУБОБ – МУЗЫКАЛЬНОЕ НАСЛЕДИЕ НАРОДА УЗБЕКИСТАНА Аннотация. В данной статье рассматриваются происхождение кашгарского рубоба, его место и значение в музыкальной культуре узбекского народа. В процессе исследования изучены исторические источники, проанализированы этапы формирования рубоба, а также современные исполнительские традиции. Результаты нацелены на освещение уникального места рубоба в нашей национальной музыке и его эстетической ценности. Ключевые слова: кашгарский рубоб, национальный струнный инструмент, музыкальная культура, исполнительство, наследие. O‘zbekiston musiqa madaniyati uzoq tarixiy ildizlarga ega. Xalqimizning boy madaniy merosi orasida milliy cholg‘ular muhim o‘rin tutadi. Shulardan biri — Qashqar rubobi bo‘lib, u o‘zining o‘ziga xos tovushi, shakli va ijro uslubi bilan ajralib turadi. Ushbu maqola mazkur cholg‘uning tarixi, rivojlanish jarayoni va bugungi kundagi ahamiyatini tahlil etishga bag‘ishlangan. Qashqar rubobi qadimiy cholg‘ulardan biri bo‘lib, uning tarixi Markaziy Osiyo xalqlari ya'ni O'zbekiston va unga chegaradosh bo'lgan davlatlar musiqiy madaniyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Kayumov ibragim Fayzullayevichning ta'kidlashicha, 1919 - yili Toshkentda musiqiyetnografik bo‘lim ochiladi. 1 1 Kayumov Ibrogim Fayzullayevich.- Oiladosh cholg'ularini o'rganish. Buxoro 2022
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 644 Bu bo'lim ochilgandan so'ng xalq cholg'ularini kolleksiyasini yig'ish va qayta ishlash ishlarini Uspenskiy boshlab berdi. 1933 - yili Moskvada V.M.Belyayevning “O‘zbekiston musiqiy cholg‘ulari” nomli kitobi nashr qilinadi. Unda 50 dan ortiq cholg‘uning tavsifi berilgan. Kitobda birinchi marta o‘zbek xalq cholg‘ulari ilmiy darajada tasniflangan. 2 Mana shu cholg'ularning qayta ishlanishi natijasida bir qancha oilalari yaratildi.Baxrom Madrimov o'zining "O'zbek musiqa tarixi"asarida aytishicha, tariхiy manbalarda musiqiy chоlg`ular хususida ham alоhida ma‘lumоtlar kеltirilgan. Ud, rud, rubоb, tоr, barbat, tanbur, chang, nuzхa, mug`na, shоhrud, qоnun, nay, mizmоr, dunay va surnay kabi chоlg`ulari amaliyotda mashhur bo`lganligi bоrasidagi fikrlar manbalarda zikr etiladi. Bularning hammasi Sоsоniylar davridagi musiqa madaniyatining ma‘lum darajada rivоj tоpganidan va bu jarayon o`z оqimida va shu o`lkalarga хоs tarzda davоm etganligini ko`rsatadi. 3 Rubob so‘zi arabcha “rabob” atamasidan olingan bo‘lib, u ilk bor Sharq mamlakatlarida uchraydi 4 Qashqar rubobi o‘zining shakli va tovush diapazoni bilan boshqa ruboblardan farq qiladi. U ko‘pincha dutor, gijjak va tanbur bilan ansamblda ijro etiladi. Rubobning yasalishida asosan tut yog‘ochi, teri va metal simlardan foydalaniladi 5 Rubob cholg'usi bizgacha yetib kelish jarayonida bir necha evalutsion jarayonlarni boshdan kechirgani bizga ma'lumki u turli xalqlarda turli nomlar bilan nomlangani bunga misol bo'ladi. Tadqiqotchilar ushbu cholg‘uning ildizlarini o‘rta asrlar musiqiy amaliyoti, xususan, Buyuk Ipak yo‘li orqali shakllangan madaniy almashinuv jarayonlari bilan bog‘laydilar. Qashqar, Farg‘ona vodiysi, Buxoro va Xorazm hududlarida rubobning turli shakllari paydo bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ular ijrochilik va tuzilish jihatidan farqlana boshlagan. Qashqar rubobi aynan mintaqaviy uslub, ohangdorlik va tembr rang-barangligi bilan ajralib turadi. Qashqar rubobi o‘zining yumshoq va chuqur tovushi bilan tinglovchida lirik tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bu cholg‘u asbobining xalq orasida keng tarqalishida sozandalar va ustalarning o‘rni katta bo‘lgan. Qashqar rubobi konstruktiv jihatdan kosaxona (rezonator qismi), dastak va tor tizimidan iborat. Kosaxona odatda tut yoki yong‘oq yog‘ochidan ishlanib, ust qismi teri bilan qoplanadi. Bu esa cholg‘uning tovush tembriga o‘ziga xos jarangdorlik bag‘ishlaydi. Dastak uzun va nisbatan ingichka bo‘lib, torlarning tarangligi ijrochilik imkoniyatlarini kengaytiradi. Morfologik jihatdan Qashqar rubobi boshqa rubob turlaridan o‘lchami va tovush diapazoni bilan farqlanadi. Qashqar rubobida qo‘llaniladigan torlar soni va ularning sozlanishi ijro etiladigan asar janriga bog‘liq holda o‘zgaradi. An’anaviy ijrochilikda rubob torlari kvarta va kvinta intervali asosida sozlanadi. Bu holat maqom kuylarining lad-xususiyatlarini to‘liq ifodalash imkonini beradi. Tor tizimining bunday tuzilishi rubobning texnik va badiiy imkoniyatlarini oshiradi. Qashqar rubobida ijro etish yuqori darajadagi texnik mahoratni talab etadi. O‘ng qo‘l bilan chertish usullari (tirnoq va mediator orqali) turli ritmik va dinamik effektlar hosil qilishga xizmat qiladi. Chap qo‘l texnikasi esa pozitsiya almashinuvi, glissando va ornamentika bilan boyitilgan. Ushbu ijrochilik usullari Qashqar rubobining badiiy ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi va Shashmaqom va boshqa an’anaviy maqom yo‘llarini ijro etishda muhim ahamiyatga ega. 2 Kayumov Ibrogim Fayzullayevich.- Oiladosh cholg'ularini o'rganish. Buxoro 2022 7-bet 3 Baxrom Madrimov.- O'zbek musiqa tarixi.Toshkent 2015.16-bet 4 Tashmatova A. Ijrochilik san’ati tarixi. – Toshkent: Fan, 2010. 5 Zohidov M. O‘zbek xalq cholg‘ulari tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1983
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 645 Cholg‘u maqomlarning lad-tuzilishiga moslashgan holda, asosiy va yordamchi ovozlarni birdek ifodalash imkonini beradi. Bu esa rubobni ansambl va yakkanavoz ijrochiligida keng qo‘llashga zamin yaratadi. Kayumov Ibragim Fayzulayevichning o'quv qo'llanmasida yozishicha, Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z davri musiqa cholg‘ularini ikki guruhga bo‘ladi: Mizrobli, noxunli, (Borbad, tanbur, rubob) va butun rezanator qapqog‘i bo‘ylab tortilgan ochiq cholg‘u asboblari (shohrux, chiltor, lira), chang (arfa). 12 Olim, ohangi inson ovoziga yaqin turadigan cholg‘u asboblari ud, rubobni batafsil ta’riflagan. 6 Mana shu cholg'ular qatorida turadigan cholg'u bu rubob cholg'usidir va bu cholg'u hozirgi kunda ham xalqimiz orasida keng qo'llanilib kelinmoqda.Qashqar rubobi musiqa maktablari va konservatoriyalarda o‘qitilmoqda. Ijrochilar bu cholg‘u orqali o‘zbek xalqining boy musiqiy an’analarini saqlab, yangi asarlar yaratmoqdalar. Qashqar rubobini yasash jarayoni ko‘p asrlik tajribaga asoslangan bo‘lib, ustozshogird an’anasi orqali avloddan avlodga o‘tib kelgan. Zamonaviy sharoitda ushbu hunarmandchilikning yo‘qolib ketish xavfi mavjud. Shu sababli rubob yasash maktablarini saqlab qolish va rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi. Bugungi kunda Qashqar rubobi nafaqat an’anaviy ijroda, balki zamonaviy musiqiy tajribalarda ham qo‘llanilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar ushbu cholg‘uning akustik imkoniyatlari va pedagogik ahamiyatini ochib berishga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda ushbu cholg‘uga bo‘lgan ilmiy qiziqishning ortib borishi bir qator omillar bilan izohlanadi. Qashqar rubobini UNESCOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha rejalarning mavjudligi (2026) mazkur cholg‘uni chuqur ilmiy asosda o‘rganishni taqozo etmoqda. Shu bilan birga, rubob yasash bilan bog‘liq an’anaviy hunarmandchilik maktablarining asta-sekin yo‘qolib borayotgani ushbu jarayonni tezlashtiruvchi muhim omil hisoblanadi. Mazkur holat qashqar rubobining tarixiy shakllanishi, konstruktiv tuzilishi va ijrochilik xususiyatlarini tizimli ravishda tadqiq etish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Qashqar rubobi musiqa maktablari va konservatoriyalarda o‘qitiladi. Ijrochilar orqali o‘zbek xalqining boy musiqiy an’analari saqlanib, yangi asarlar yaratilmoqda. Rubob yasash jarayoni ko‘p asrlik tajribaga asoslangan bo‘lib, ustoz-shogird an’anasi orqali avloddan avlodga o‘tib kelmoqda."Qashqar rubobini paydo bo'lishining tarixiy taraqqiyot bosqichlari" maqolamda yozganimdek musiqiy risolalar, adabiy asarlar va bir qancha musiqaga oid kitoblarda Markazuy Osiyo xalqlarida qashqar rubobining turlari va nomlari o‘z ifodasini topgan. “Uyg‘ur rubobi: 1 – tori birinchi oktava DO notasiga sozlangan va 4 tadan 6 tagacha rezonztor torlari bo‘lgan. Do‘lon rubobi: 3 ta asosiy tori LYA-RE-LYA yoki LYA-MI –LYA notalariga sozlangan va 10 tagacha resonator torlari bo‘lgan. Bas rubobi: RE-LYA-RE, RE-SOL –RE notalariga sozlangan va orkestrlardakeng qo‘llanilgan. Afg‘on rubobi : 5 ta tori bo‘lib 10 tagacha rezanator torlari bo‘lgan”. 7 Xozirgi kunga kelib esa bu rubob turlarining ham barcha turlari muomalada emas, ya'ni qashqar rubobi va afg'on rubobi ham ishlatilib kelinmoqda bu qayta takomillashtirish jarayonidan 6 Kayumov Ibrogim Fayzullayevich.- Oiladosh cholg'ularini o'rganish. Buxoro 2022 12-13-bet 7 Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 9 | 2023
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 646 keyin orkestr va ansambllarda keng foydalanila boshladi. Biz hozirda foydalanayotgan qashqar rubobi 24 ta pardadan iborat bo'lib, 5 torli mizrobli cholg'ular guruhiga kiradi va birinchi juft torlari birinchi oktava LYA tovushiga sozlanadi. Ikkinchi juft torlari esa birinchi oktava MI tovushiga sozlanadi. Uchinchi tori esa kichik oktava LYA yoki SI tovushlariga sozlanadi. Qashqar rubobi xromatik pardalar joylashuvida joylashgan bo'lib ya'ni yarim tonlik oralig'idagi notalarning ketmaketligi bilan bog'liq. Qashqar rubobi yozilganidan bir oktava past eshitiladigan cholg'ular guruhiga kiradi. Afg'on rubobi ham bugungi kunda keng foydalanib kelinmoqda uning ham sozi xuddi qashqar rubobi singari sozlanadi lekin uning pardalar soni biroz kamroq ya'ni 19 ta ni tashkil qiladi. Zamonaviy sharoitda bu hunarmandchilikning yo‘qolib ketish xavfi mavjud. Shu sababli rubob yasash maktablarini saqlab qolish va rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi. Mavzu doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, rubob cholg‘usi umumiy musiqashunoslik nuqtayi nazaridan ma’lum darajada o‘rganilgan bo‘lsa-da, Qashqar rubobining o‘ziga xos xususiyatlari yetarli darajada kompleks tadqiq etilmagan. Zohidov (1983) o‘z ilmiy ishlarida o‘zbek xalq cholg‘ularining, shu jumladan rubobning konstruktiv tuzilishi va morfologik shakllanish bosqichlarini tahlil qilib, cholg‘uning tarixiy taraqqiyotiga oid muhim xulosalarni ilgari surgan. Ushbu tadqiqotlar rubobning umumiy organologik asoslarini tushunishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Tashmatova (2010) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda rubob ijrochiligiga xos texnik va uslubiy jihatlar chuqur tahlil qilingan. Muallif rubobda tovush hosil qilish usullari, o‘ng va chap qo‘l texnikasi hamda ijrochilik bezaklari masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Biroq mazkur ishda Qashqar rubobining mintaqaviy ijrochilik an’analari alohida tadqiqot obyekti sifatida yetarlicha yoritilmagan. Rajabov (2015) tadqiqotlarida rubobning maqom san’ati tizimidagi funksional o‘rni ochib berilgan bo‘lib, unda cholg‘uning lad-tuzilish va ohangining rivojidagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Mazkur qarashlar Qashqar rubobining maqom ijrochiligidagi imkoniyatlarini tahlil qilish uchun muhim nazariy zamin yaratadi. Xalqaro musiqashunoslikda Markaziy Osiyo hududida tarqalgan rubob turlarining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqotlarda rubobning turli mintaqalardagi shakllari umumiy madaniy kontekstda ko‘rib chiqilgan. Biroq Qashqar rubobining regional konstruktiv va ijrochilik xususiyatlari alohida ilmiy tahlil obyekti sifatida yetarlicha o‘rganilmagan. X. Nurmatovning darsligi "Qashqar rubobi" (1993, Toshkent, "O'qituvchi" nashriyoti) mazkur cholg‘uning tarixiy ildizlari, morfologik xususiyatlari va an’anaviy ijrochilik metodlarini batafsil yoritadi. Muallif o‘zbek xalq musiqasi va cholg‘u asboblari bo‘yicha boshqa ishlar, masalan, "O'zbek xalq musiqasi" kitobini ham yozgan. Ushbu darslikda Qashqar rubobining takomillashtirilgan shakli – rubob primani o‘z ichiga olgan holda professional ta’limda keng qo‘llanilishi ta’kidlangan. Nurmatovning tadqiqoti rubobning hududiy o‘ziga xosligini va ijrochilik an’analarini sistematik tarzda o‘rgangan bo‘lib, ilmiy ishni yanada boyitadi. Ushbu cholg‘u nafaqat milliy musiqaning estetik go‘zalligini ifodalaydi, balki xalqning madaniy xotirasi, ruhiyati va tarixini o‘zida mujassam etgan. Qashqar rubobi orqali tinglovchi nafaqat kuylarning melodiyasini eshitadi, balki xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va hissiyotlarini his etadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 647 Bugungi kunda Qashqar rubobi o‘z ahamiyatini yo‘qotmay, milliy musiqiy an’analarni avloddan-avlodga yetkazishda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Musiqa maktablari, konservatoriyalar va an’anaviy madaniy muassasalarda rubob ijrochilari tarbiyalanmoqda, bu esa yosh avlodni milliy musiqa ruhida tarbiyalash va ularni san’atga mehr qo‘yishga o‘rgatishda katta rol o‘ynaydi. Shuningdek, Qashqar rubobi nafaqat an’anaviy ijro vositasi, balki zamonaviy musiqiy tajribalarda ham qo‘llanilmoqda. Ijrochilar yangi kompozitsiyalar yaratishda rubobning akustik imkoniyatlaridan foydalangan holda an’anaviy va zamonaviy elementlarni uyg‘unlashtirmoqdalar. Shu bilan birga, rubob yasash va ijrochilik hunarmandchiligi madaniy meros sifatida saqlanishi lozim bo‘lgan qimmatli boylikdir. Qashqar rubobining dolzarbligi nafaqat uning tarixiy va badiiy ahamiyatida, balki mintaqaviy va xalqaro miqyosda tan olinayotgan madaniy meros sifatidagi mavqeida ham namoyon bo‘ladi. Uning UNESCO Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilishi rejalari, shuningdek, an’anaviy hunarmandchilik maktablarini saqlash va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj, rubobni o‘rganish va tadqiq etishni bugungi kunda ham dolzarb vazifa sifatida ko‘rsatmoqda. Shu bois, Qashqar rubobi nafaqat o‘zbek musiqiy madaniyatining asosi, balki milliy o‘zlikni saqlash, avlodlar o‘rtasida musiqa an’analari va san’atni rivojlantirishda muhim vosita sifatida qiymatini doim saqlab qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Tashmatova A. Ijrochilik san’ati tarixi. – Toshkent: Fan, 2010. – 256 s. 2. Zohidov M. O‘zbek xalq cholg‘ulari tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1983. – 312 3. O‘zbekiston musiqa madaniyati tarixi manbalari. – Toshkent: San’at, 2005. – 280 4. Nurmatov X. Qashqar rubobi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1993. – 144 s. 5. Kayumov Ibrogim Fayzullayevich.- Oiladosh cholg'ularini o'rganish. Buxoro 2022 12-13bet 6. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 9 | 2023