BADIIY MATNDA-KALORIT TUSHUNCHASI
Full text
49 3 5 BADIIY MATNDA-KALORIT TUSHUNCHASI Masharipova Umidaxon Xudayberganovna, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti O„zbek tili kafedrasi assistent o„qituvchisi https://orcid.org/0009-0009-9324-6483 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17983682 Annotatsiya. Mazkur maqolada badiiy matn madaniyatlararo muloqotning muhim shakli sifatida lingvomadaniy va kognitiv yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda qoraqalpoq va o„zbek tillaridagi rang bildiruvchi leksemalarning (oq, qora, qizil, ko„k, sariq, yashil va boshqalar) badiiy matndagi semantik, lingvomadaniy hamda kognitiv xususiyatlari qiyosiy jihatdan o„rganiladi. Rang konseptlari xalqning dunyoqarashi, urf-odatlari, diniy tasavvurlari va ijtimoiy-madaniy tajribasi bilan chambarchas bog„liq holda tahlil etiladi. Badiiy matn orqali milliy madaniyatning lisoniy ifodasi, madaniy kodlar va “ko„p ovozli” matn hodisasi yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari rang konseptlarining matn mazmunini boyitishdagi, milliy-madaniy axborotni yetkazishdagi va madaniyatlararo tushunishni ta‟minlashdagi ahamiyatini ko„rsatadi. Kalit so‘zlar: badiiy matn, lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv lingvistika, konsept, rang bildiruvchi leksemalar, madaniyatlararo muloqot, milliy-madaniy kod, qoraqalpoq tili, o„zbek tili. Аннотация. В данной статье художественный текст анализируется на основе лингвокультурного и когнитивного подходов как важная форма межкультурной коммуникации. В исследовании сравниваются семантические, лингвокультурологические и когнитивные особенности лексем, обозначающих цвет в каракалпакском и узбекском языках (белый, черный, красный, синий, желтый, зеленый и другие) в художественном тексте. Концепты цвета анализируются в тесной связи с мировоззрением, обычаями, религиозными представлениями и социокультурным опытом народа. Через художественный текст освещается языковое выражение национальной культуры, культурные коды и явление “многоголосного” текста. Результаты исследования показывают важность концептов цвета в обогащении содержания текста, передаче национально-культурной информации и обеспечении межкультурного взаимопонимания. Ключевые слова: художественный текст, лингвокультурология, когнитивная лингвистика, концепт, цветообозначающие лексемы, межкультурная коммуникация, национально-культурный код, каракалпакский язык, узбекский язык. Abstract. In this article, the literary text is analyzed on the basis of linguocultural and cognitive approaches as an important form of intercultural communication. The study comparatively examines the semantic, linguocultural, and cognitive features of color-denoting lexemes (white, black, red, blue, yellow, green, and others) in Karakalpak and Uzbek literary texts. Color concepts are analyzed in close connection with the worldview, customs, religious beliefs, and socio-cultural experience of the people. Through literary text, the linguistic expression of national culture, cultural codes, and the phenomenon of “multi-voiced” text are illuminated. The research results show the importance of color concepts in enriching the content of the text, conveying national-cultural information, and ensuring intercultural understanding. Key words: literary text, linguoculturology, cognitive linguistics, concept, color-denoting lexemes, intercultural communication, national-cultural code, karakalpak language, uzbek language. Kirish. XIX asrning 60-yillaridan boshlab tilshunoslikda keskin burilish yuz berdi. Tilshunoslik bu davrga kelib til birliklari hisoblangan fonema, morfema, leksema, gaplarni o„rganishda muayyan yutuqlarga erishdi. Endi gapdan kattaroq birliklarning borligi aniqlandi. Tilshunoslikda ularni sintaktik butunlik, abzas, diskurs (matn, tahlil), matn kabi atamalar bilan atay boshladilar. Bular olimlar tomonidan turlicha izohlansa-da, bularni
50 3 5 birlashtirib, bir mavzu bilan bog„langan gap yoki gaplar yig„indisi deb umumlashtirish mumkin. Shunday qilib, hozirgi vaqtda tilning eng katta birligi sifatida matn e‟tirof etildi. Matn tavsifi masalasida ham tilshunoslar o„rtasida yakdil fikr yo„q. Matnning tavsifi matn bo„yicha tadqiqot olib boruvchi olimlarning tilshunoslik sohasining qaysi biri (ya‟ni fonetika-fonologik, leksikologiya, sintaksis, semantika va h.k.) bilan bog„liq holda faoliyat ko„rsatishiga bog„liq. Matn gaplarga ajratilgan butunlik bo„lsa ham ularning bir-biriga bog„lanishi natijasida emas deb isbotlangan. Bundan matn avval, ya‟ni avval matn yaratiladi, so„ngra tahlil talab qiluvchi, ishtirokchilarga ajratiladi degan ma‟no kelib chiqadi. Adabiyotlar tahlili. Matnni yaxlit birlik sifatida o„rganish rus tilshunosligida o„tgan asrning 30-yillaridan boshlab kiritilgan edi. So„nggi davrlarda bu masalaga bag„ishlangan akademik N.M.Shanskiy, akademik A.A.Alekseev, I.R.Galperin [1], L.A.Nalikov [2.300] kabi olimlarning asarlari nashrdan chiqdi. Olimlar o„z ishlarida matnning o„ziga xos xususiyatlarining borligini, tilning boshqa birliklaridan o„zining alohida xususiyatlarini, shaxsni aks ettirish, matndagi shaxs ma‟nosi bilan muallif obrazi o„rtasidagi o„zaro bog„liqlik borligini isbotlab berishga harakat qildi. Bu ishlar faqat rus tilshunosligining rivojlanishiga katta ta‟sir ko„rsatdi. Hozirgacha o„zbek tilshunosligida badiiy asarning tili, matn nazariyasi va amaliyoti, uni lingvistik tahlil qilish bo„yicha B.Yo„ldoshev [3], Qung„urov, Lapasov [4], E.Qilichev [5] va boshqa ilmiy izlanishlarida ko„rishimiz mumkin. Tilshunos E.Qilichev “Matnning lingvistik tahlili” deb nomlangan kitobida “Matn – hamma elementlari o„zaro zich aloqada bo„lgan va avtor nuqtayi nazaridan ma‟lum bir maqsadga yo„naltirilgan nominativ – estetik axborotni ifodalovchi murakkab tuzilma”, degan ta‟rifni keltiradi. I.R.Galperin matnning ma‟lumot berish, bo„linuvchanlik, kogeziya (aloqalar sistemasi), kontinium (vaqt va makon izchilligi), qismlar avtosemantiyasi, retrospektsiya va prospektsiya, modallik, yaxlitlik va tugallanganlik kabi sakkiz kategoriyasi mavjudligi haqida ma‟lumot beradi. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy-tipologik, semantik va lingvokulturologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Qoraqalpoq va o„zbek tillaridagi badiiy matnlar, frazeologik birliklar, maqol-matallar hamda izohli lug„atlar asosiy material sifatida tanlandi. Rang bildiruvchi leksemalar konseptual tahlil orqali o„rganilib, ularning kognitiv va lingvomadaniy belgilarini aniqlashda kontekstual hamda interpretativ yondashuvlar qo„llanildi. Tadqiqot natijalari umumlashtirish va tahliliy xulosalar chiqarish usuli orqali tizimlashtirildi. Tadqiqotlar va natijalar. Kontsept kognitiv lingvistikaning markaziy tushunchasi hisoblanadi. Kognitiv adabiyotlarda kontseptga falsafiy, psixologik, leksik kategoriya sifatida qaraladi. Kognitiv lingvistika, xususan, kognitiv semantika nuqtai nazaridan kontseptning o„zi nima degan savol tug„iladi. Olimlar kontseptga turlicha ta‟rif berishadi. N.Tixonovaning fikricha: “Kontsept grammatik kategoriya bo„lib, u o„zining formal ko„rsatkichlariga va shu kategoriya ichidagi differentsial belgilariga egadir” [6.69]
51 3 5 M.V.Nikitinning ta‟kidlashicha esa: “Kontsept sxolastik strukturaga ega bo„lgan diskret ko„pfaktorli mental birlikdir” [7.53]. Kontseptning ta‟riflari haqidagi ko„plab fikrlarni umumlashtirib quyidagilarni aytish mumkin: 1. Kontsept – bu ongda “nimanidir” bir lahzada chaqnashi. 2. Kontsept – bu har bir elementi abstraktsiyaning yuqori darajasiga intiluvchi irearxik tashkil qilingan struktura. 3. Kontsept – bu yagona butunlik bo„lib, u elementlari o„zaro bog„langan va o„zaro harakatda bo„lgan maydon tushunchasi bilan bog„lanadi. 4. Kontsept – bu so„zlarning predmet yoki tushuncha sohasiga taalluqli ekanligiga qarab guruhlanishi. 5. Kontsept –bu operativ mazmuniy xotira, mental leksikon, kontseptual sistema va ong tili birligidir. Ishda biz qoraqalpoq va o„zbek tillaridagi sifat konseptining matnlardagi lingvomadaniy va kognitiv belgilarini oldik. Matn xalq madaniyatiga til saboqlari orqali to„qilgan. Til o„z birliklari orqali so„zlovchining ongida shakllangan, muhrlangan dunyoning tasvirini matnga singdiradi. Matn tilning konteksti orqali paydo bo„ladi va uning tasviriy ifodasi bo„lib xizmat qiladi. Xalqning ma‟lum davrdagi madaniyatining rivojlanishidan matnning tashqi ko„rinishi kelib chiqadi va uning g„oyalarini aks ettiradi, ya‟ni matnning o„zi uni ko„rsatib beradi. Shunday qilib, matnning va madaniyatning aloqasi har xil. Madaniyat til kodi orqali milliy-madaniy jamiyatga xalqning dunyoqarashini to„ldirib yetkazadi. Bularning barchasi til va madaniyatning faolligini oshirish orqali lingvomadaniy kod orqali “ko„p ovozli” (M.M.Baxtin kiritgan termin) matnning paydo bo„lishini ta‟minlaydi. Badiiy matn – lingvomadaniyatga xizmat qiladigan nutqning bir ko„rinishi va milliy madaniy mazmunga ega. Matnga ikki xil madaniy zaryad xos. Bu birinchidan, u ma‟lum madaniy til jamoasining (bizning tadqiqotimizda qoraqalpoq va qozoq xalqlarining) dunyoqarashini ko„rsatadi. Ikkinchidan, matn shaxsning tilni amalga oshiruvchi vositasi, u orqali sinxron tarzda madaniyat darajasi amalga oshadi [8.302]. So„zlovchining shaxsiy xususiyati matnda va matn orqali namoyon bo„ladi. Badiiy matn esa milliy madaniy xususiyatlar etaloni orqali tushuniladi. Milliy-madaniy aspektdagi tafakkur jarayoni natijasida bir lingvomadaniy jamoaning tajribasi ikkinchi lingvomadaniy jamoa tomonidan qiyoslash orqali tushuniladi. Matnning milliy-madaniy o„ziga xosligi – bu verbal vositalar orqali milliy madaniyatning aks etishidir. Har bir milliy tildagi aytilmoqchi bo„lgan fikrlar shu ma‟nodagi leksemalarning mazmunida ko„rinadi. Turkiy xalqlarda ayniqsa xalq og„zaki adabiyotining boy meroslarida xalqning urf-odatlari, an‟analari, ularning ko„rinishlari to„liq saqlangan. Xalqlar o„z madaniyatini shular orqali asrdan asrga saqlab kelgan. Lingvomadaniy tadqiqot natijalarida qoraqalpoq va o„zbek xalqlarining rang bildiruvchi leksemalarining semantikasi ikki tildagi farqlarning quyidagi guruhlarda namoyon bo„lganini kuzatdik: • xalqlarning turmush leksikasiga xos xususiyatlarda;
52 3 5 • Diniy qarashlarida; • Bu xalqlarning yashash sharoiti va turmushi. Qoraqalpoq va o„zbek tillaridagi rang tushunchasi obyektiv voqelikning xususiyatlarini, inson vizual qabul qilishining fiziologiyasi va psixologiyasini, madaniyatning semiotik kodlarining o„ziga xos xususiyatini va tilning leksik-semantik xususiyatlarini aks ettiruvchi murakkab tashkil etilgan semiotik tizim. Tadqiq etilayotgan ikki tildagi “oq”, “qora”, “qizil”, “ko„k”, “sariq”, “yashil”, “jigarrang” konseptlari asosiy rang tushunchalari bo„la turib, dunyoning lisoniy aksida voqelikni tasvirlashning turli jihatlari bilan: baholovchilik bilan (jismoniy, axloqiy va estetik jihatlari bilan), emotsionallik bilan, ijtimoiy madaniyat bilan chambarchas bog„liq omillar ranglarga oid tushunchalarni tadqiq etish madaniy kodlarning shakllanish xususiyatlarini o„rganishga imkon beradi. Oq rangning tabiat va hayotning boshlang„ich shakli, asosi sifatidagi fikrlar ko„plab manbalarda uchraydi. Bu rang sut, don, suv, poklik, ezgulik va baxt, sharofat ramzi, ko„zga ko„rinadigan moddiy olam, tiriklik dunyosining ramzi. Allohning nazari tushgan deb hisoblanadigan urug„, qabila boshliqlarining kiyimi, uylari, kelinchak ko„ylaklarining rangi sifatida qoraqalpoq xalqining ongida saqlanadi. Nikoh va to„y marosimlarida oq kiyim, oq gilam, kelinning boshiga un surtish kabi urf-odatlar ham shu rangga ishora qiladi. Chorvachilik bilan shug„ullanadigan turkiy xalqlarining azaldan kelayotgan urfodatiga muvofiq, umuman olganda, ayniqsa qimiz moyillikni, rozilikni bildiradi, Shuning uchun qizning o„zida ko„ngli borligini bilmoqchi bo„lgan yigit uning uyiga borib, chanqoqni bosadigan ichimlik berishini so„raydi. Yaqinlashishni xohlagan holatda qiz qatiq yoki qimiz, xohlamasa suv olib chiqadi. Eng avval oq leksemasi qor, sut, paxta va h.k. kabi narsalarning rangini bildiradi. Uning shu ma‟nosi asosida boshqa ko„chma ma‟nolari kelib chiqadi. Masalan, oq (oqargan, sut, qatiq), tuxumning oqi (tuxumning oqish qismi, oqizi), ko„zning oqi (ko„zning qorachiqni o„ragan, tiniq rangli, shaffof qismi), ko„zga oq tushish (ayrim kasalliklar natijasida ko„zning qorachig„ida paydo bo„ladigan oqish dog„, parda), oq oltin (paxta), oq yo„l (manzilga xavfsiz, yaxshi yetib olishni tilab aytiladigan tilak), oq fotiha (biror ishni bajarish uchun rozi bo„lib, chin ko„ngildan beriladigan ruxsat), oq tushish (soch yoki soqolning oqarishi), oq qilish (oq – bo„ysunmaydigan, so„zga kirmaydigan, hurmat qilishni bilmaydigan (o„g„il): O„z farzandini qarg„ash, g„azablanib undan kechish) va h.k. Oq leksemasi odamning yuzi yoki tanasining rangi haqida aytilganda qo„llaniladi va u oq rangga yaqin, moyil, tiniq degan ma‟nolarni bildiradi. Qoraqalpoq xalq qo„shiqlari tilida quyidagi misollarda oq so„zi mana shu ma‟noni anglatib kelgan: Oq yuzimni ko„rgandek, Oynam bo„lsin yor-yorov (Havjar, 121-bet); Oq tomog„ing bilqillab-ey (Hayyov, 259-bet), Oq ko„ksingga tilla haykal taqarsan (Sevdigim, 277-bet).
53 3 5 Shuningdek, qardosh o„zbek xalqida oq o„rash marosimi mavjud bo„lib, u qiz bilan yigitning fotihalashib turmush qurishiga rozilik belgisini bildiradi [9.176]. Qora so„zi – karomatli, ulug„ degan ma‟nolarni beradi. Qorachoy-bolqor tilida daryoning nomi qorachoy so„zidagi qora – karomatli, choy – daryo ma‟nosini beradi ekan. So„nggi yillarda ham shu rang bildiruvchi leksemalarning ma‟nolari bilan qo„llanilishi tadqiqotchilarning diqqat markazida bo„lib kelmoqda. R. Sankiboyeva o„z asarida oq va qora so„zlarining ma‟nolarini aniqlab, oq so„zining sakkiz ma‟nosini, qora so„zining yigirma ma‟nosini misollar bilan keltirgan. Ko„k I – Tus, rang (ochiq osmon shaklidagi); Ko„k II – Olam, osmon bo„shlig„i; Ko„k III – Erta bahorda ko„karib chiqqan o„t, maysa; Ko„k IV – Qora uyning keragalarini bir-biri bilan bog„laydigan teri tugma; Ko„k V – Odam tanasiga tushirilgan dog„; Ko„k VI – Pishmagan, xom. Ko„k leksemasi ham turkiy xalqlarining turmushida eng qadimdan qo„llanilib kelinmoqda. Ularning tushunchasida bu rang osmon, koinot bilan chambarchas bog„liq. Tilshunoslikda rang bildiruvchi leksemalarning semantik xususiyatlari uslubiy vosita sifatida poetik vosita bo„lib qo„llanish imkoniyatlari keng. Shularning ichida qizil leksemasi o„ziga xos semantik, stilistik xususiyatlarga ega. Қызыл – келбетлик сөз шақабы. I. Қанға уқсас түр, қырмызы. 2. Гөш, жемтик, 3. Дән, аўқат, 4. Алтын [10.58–59]. Bu leksema o„zining to„g„ri ma‟nosida rangni bildirish uchun qo„llaniladi: Oyog„idagi ilgakli qizil tufli hozirgina tikib kiygan qizil shaxmat ko„ylagiga o„ralashib tushgan (G. Esemuratova). O„zbek tilida ham bu leksema rangni ifodalash uchun qo„llaniladi: “Qizil tuproqli tepaliklar orasidan o„tib kelayotgan sersuv Quvasoy qon qo„shib oqizilgandek qip-qizil bo„lib ketdi”. Qizil ayoz – tanani muzlatadigan izg„irin sovuq. Bu rangga bog„liq emas, lekin qoraqalpoq tilida turg„un ibora bo„lib qo„llaniladi. Qizil iyak – tishi butunlay tushgan og„iz, tishsiz iyak. Bu ibora ham og„iz bo„shlig„ining rangiga bog„liq qo„llaniladi: Belini bog„lagan qizil iyak kampirlar qiynalib o„tiribdi (A. Bekimbetov). Qizil shom – g„ira-shira yopilib, qorong„i tushgan mahal. Qizil tomoq – janjallashish, malollanish, urishish. Qizil suv – bahorda erta keladigan oqar suv, qishda muzlab qolgan daryolardagi muz ustiga bahorda chiqadigan suv. Qizil shoxa – yosh chaqaloqlarning tanasi; pat chiqmagan jo„ja. Ma‟lum bir davrda XX asrning boshlarida ijtimoiy tuzumda qizillar va oqlar qaramaqarshi sinflarni ifodalash maqsadida qo„llanildi. Hozirgi vaqtda o„sha davrning koloritini berish maqsadida badiiy asarlarda qo„llaniladi.
54 3 5 Ranglar xalqning etnografiyasi bilan chambarchas bog„liq. Qoraqalpoq xalqining ayolqizlari, kelinchaklari qizil, sariq, yashil rangdagi kiyimlarni ko„plab kiygan. Hatto qizil rang - ayol-qizlar ramzi sifatida tushuniladi. Masalan, I. Yusupovning she‟r qatorlarida qo„llaniladigan qizil ko„ylak qizni bildiradi: Yonimdan o„tgan qizil ko„ylakdan, Yuragimda bir to„fon boshlandi (I. Yusupov). Жасыл – көгерип киятырған көк шөптиң, жапырақлап киятырған ағаштың реңиндей көк түс, түр [11.334]. Мениң қарағым жасында, Жасыл қалпақ басында (ққ.х.қ.). Qoraqalpoq tilining frazeologik so„z birikmalarining semantik va tuzilishi jihatidan har xil bo„lishiga qaramay, ularning yasalishida umumiy qonuniyatlarning borligi seziladi. Har qanday frazeologizm tarkibidagi tayanch so„z frazeologizmning paydo bo„lishiga, shakllanishiga asos bo„ladi. Ularning erkin so„z birikmasi shaklidagi dastlabki ma‟nosining vaqt o„tishi bilan o„zgarishiga bog„liq ko„chma ma‟nosi shakllanadi. Ularning tub ildizi, sababi, ma‟lum bir motivlari bo„ladi. Har bir xalqning dunyoqarashi, madaniyati, tarixi shu tilda o„z ifodasini topadi. Қара аспанды қара жeргe түсириў– qopiltirib tashlash, iloji bor narsani ilojsiz deb aytish. kunlaringiz qarib sizlarning, qarib! – deb Arsentiy qopiltirib, qora osmonni qora yerga butunlay tushirdi (Q.Matmuratov) Қара басының ғамын ойлаў. O„zini o„ylash, o„zining foydasiga qarata aytilyapti. U faqat qora boshining g„amini o„ylab, sizga yoqish uchun yozgan (A.Qarliboyev). Қара болыў – balo bo„lish. Qay vaqt bir vaqt peshonangga shu tiling qora bo„ladi (A.O„tepberganov). Көшпeс қараBEG„AM. Sin: suv bossa to„pig„iga kelmaslik. - Voy-bo„y, mana bu ko„chmas qora nima qil deydi? (A.Otajonov) Қара батпаққа батырып таслаўyomonlamoq. Sin: yerdan olib yerga solish. var: qora botqoqqa botirib yuborish. - Hammani o„zingizdek ko„rib, qora botqoqqa botirib tashlashga uyalmaysizmi? (A.Otajonov). Қара зил басыўCHARCHOQ. Hozirgina qushday uchib yurgan cholning tanasi qaytadan o„ziga qora zil bosganday bo„lib seziladi (M.Nizanov). Басын ийзeўMA‟QULLAMOQ. Oyisi indamay boshini egdi.. Ақ көкирeк - ochiq, to„g„ri, bemalol, fe‟li keng. Var: Oq ko„ngil. Ismoil uning oq ko„ngil, soddaligiga havas bilan qarab o„tirdi (M.Nizanov). Қарасы үзилип кетиў – UZOQ KO„RINMASLIK Erpolatning qachon qorasi uzilib ketguncha Miyrigul izidan qarab "ayriliq"-deb turdi-da yana qovog„ini yelkasiga solib ayriliq qo„shig„ini aytib qishloqqa qaytdi (M.Daribayev).
55 3 5 Көк желкесине шейин қызарыў – UYALMOQ Bu kulgiga uyalgan yigit endi nima derishni bilmay ko„k yelkasiga qadar qizarib, baliqni savrlayotgan o„zining cho„lanasiga qarab yo„l tortdi (A.Begimov). Rang bildiruvchi leksemalar maqol-matallarning tarkibida ham qo„llaniladi. Bunda ular albatta xalqning tushunchasi va dunyoqarashini ifodalaydi. Qizil leksemasi odamning yuz-ko„rinishining rangi ma‟nosida qo„llaniladi: Qizil yuzli yigitning qiz qarindoshi bo„lmasin (maqol). Ushbu leksema oltin, yaltiroq narsa, qiziqarli narsa ma‟nosida ham qo„llaniladi.: Қыздың көзи қызылда (ҚҚ.х.н.м.). Qizil leksemasi til leksemasi bilan birga qo„llanilib, so„zga mohirlikni, so„zamollikni bildiradi: Oq leksemasi bug„doyga bog„liq qo„llanilib, uning navini bildiradi: Qarindoshning Туўысқанның жаманы болғанша, Ақ бийдайдың сабаны бол (ҚҚ.х.н.м.). Oq, qora leksemalari terining rangini bildirib keladi va qarama-qarshilik ma‟nosini bildiradi: Ақ тери аяқ астында, Қара тери батыр басында (ҚҚ.х.н.м.). Xulosa. Lingvomadaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan rang bildiruvchi leksemalarning matndagi ma‟nolarini tahlil qilish natijalari o„rganilayotgan ikki tilning semantik taraqqiyoti, har bir xalqning o„ziga xos tushunchalari, madaniyati haqida keng ma‟lumot beradi. Qoraqalpoq va o„zbek tillaridagi rang konseptining matnlardagi lingvomadaniy va kognitiv belgilari aniqlandi. Matn xalq madaniyatiga til birliklari orqali to„qilgan. Til o„z birliklari orqali so„zlovchining ongida shakllangan, muhrlangan dunyoning tasvirini matnga singdiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Гальперин И.Р. Текст как объект лингвистического исследования. Москва,1981. 2. Новиков Л.А. Художественный текст и его анализ. – Москва: Русский язык, 1988. 300 с. 3. Йўлдошев Б. Стилистический анализ узбекской художественной прозы. – Ташкент: Ўқитувчи, 1989. 4. Лапасов Ж. Бадиий матнннинг лингвистик таҳлили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. 5. Қиличев Э. Матннинг лингвистик таҳлили. – Бухоро: Бухоро университети, 2000. 6. Тихонова Н.Н. Концепт в системе современных лингвистических представлений. Семантка языковых единиц: Докл. Международ.науч.конф. Т.1. –М., 1998. 7. Никитин М.В. Развёрнутые тезисы о концептах Вопросы когнитивной лингвистики. –Тамбов, 2004. 8. Воробьев В.В. Лингвокультурология. Москва, 2008. 9. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. III жилд. – Тошкент: O„zbekiston nashriyoti, 2020. 10. Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. V том. Нөкис: Qaraqalpaqstan, 2023. 11. Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. III том. Нөкис: Qaraqalpaqstan, 2023.