scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DUNYO TILLARIDA "NAVOIY" TAXALLUSINING YOZILISHI

Sherzod, Qodirov

Full text

56 3 5 DUNYO TILLARIDA “NAVOIY” TAXALLUSINING YOZILISHI Sherzod Qodirov, ToshDO‗TAU tayanch doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17983710 Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning ―Navoiy‖ taxallusining dunyo tillaridagi yozilishi, transliteratsiya va fonetik moslashuv jarayonlari tahlil etildi. Tadqiqot doirasida taxallusning arab va fors alifbosidagi shakllari, rus, ingliz, nemis va oʻzbek tillaridagi orfografik va bibliografik qiyoslari oʻrganildi. Xalqaro bibliografik tizimlarda (Library of Congress, Deutsche Nationalbibliothek, VIAF va boshqalarda) ―Navoiy‖ taxallusining turlicha qayd etilishi uning ilmiy tadqiqotlarda identifikasiyasiga ta‘sir koʻrsatishi qayd etildi. Maqolada transliteratsiyaning turli standartlari – ALA-LC, ISO 9, BGN/PCGN va milliy oʻzbek lotin alifbosi asosida taxallus shakllarining farqlari va ularning madaniy hamda adabiy qabul qilinishi tahlil qilindi. Shu bilan birga, transliterasiya va tarjima oʻrtasidagi farq, taxallusning semantik yuki va uning turkiy madaniy merosdagi ramziy ahamiyatiga e‘tibor qaratildi. Taxallusning xalqaro miqyosda yagona yozuv shaklida qayd etilishi zarurligini ilgari surilgan va uning bibliografik tizimlarda standartlashtirilishi yuzasidan takliflar berishga intilingan. Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, taxallus, transliteratsiya, chigʻatoy adabiyoti, orfografiya, bibliografik standartlar, madaniy identifikatsiya, arab yozuvi, oʻzbek lotin alifbosi, ALA-LC, ISO 9, VIAF. Аннотация. В данной статье анализируются написание псевдонима Алишера Навои «Навои» в языках мира, процессы его транслитерации и фонетической адаптации. В рамках исследования рассмотрены формы псевдонима в арабской и персидской письменности, а также проведено орфографическое и библиографическое сопоставление его написаний в русском, английском, немецком и узбекском языках. Отмечается, что различная фиксация псевдонима «Навои» в международных библиографических системах (Library of Congress, Deutsche Nationalbibliothek, VIAF и др.) оказывает влияние на его идентификацию в научных исследованиях. В статье проанализированы различия в формах написания псевдонима на основе различных стандартов транслитерации — ALA-LC, ISO 9, BGN/PCGN и национального узбекского латинского алфавита, а также их культурное и литературное восприятие. Наряду с этим уделяется внимание различию между транслитерацией и переводом, семантической нагрузке псевдонима и его символическому значению в тюркском культурном наследии. Обосновывается необходимость унификации написания псевдонима на международном уровне и предпринимается попытка выработки предложений по его стандартизации в библиографических системах. Ключевые слова: Алишер Навои, псевдоним, транслитерация, чагатайская литература, орфография, библиографические стандарты, культурная идентификация, арабская письменность, узбекский латинский алфавит, ALA-LC, ISO 9, VIAF. Abstract. This article examines the orthographic representations of Alisher Navoi‘s pen name ―Navoi(y)‖ in various world languages. The study explores the forms of the name in Arabic and Persian scripts and compares its transliteration in Russian, English, German, and Uzbek languages. Particular attention is given to bibliographic and linguistic inconsistencies found in international cataloging systems such as the Library of Congress, Deutsche Nationalbibliothek, and VIAF, which affect the academic identification and indexing of Navoi‘s works. The paper analyzes multiple transliteration standards including ALA-LC, ISO 9, and BGN/PCGN in comparison with the official Uzbek Latin script, highlighting phonetic and semantic implications of each form. Furthermore, the symbolic and cultural significance of the pen name within the Turkic literary heritage is discussed, emphasizing the distinction between transliteration and translation. The study concludes with a call for standardized representation of the pen name in global bibliographic databases to ensure consistency and scholarly accessibility. Keywords: Alisher Navoi, pen name, transliteration, Chagatai literature, orthography, bibliographic standards, cultural identity, Arabic script, Uzbek Latin alphabet, ALA-LC, ISO 9, VIAF. 57 3 5 Kirish. Alisher Navoiyning ilmiy va adabiy merosi nafaqat oʻzbek adabiyoti, balki butun turkiy va islom olami madaniyati uchun muhim ahamiyatga egadir. Uning taxallusi ―Navoiy‖ turli tillarda turlicha shakllarda yozilishi va talaffuz etilishi ta‘lifot va tarjima an‘analari, transliteratsiya standartlari hamda fonetik oʻzgarishlar bilan belgilanadi. Bu holat uning nomini xalqaro adabiyot va manbalarda izlash, targʻib etish yoki tahlil etish jarayonlariga muayyan ta‘sir koʻrsatadi. Mazkur maqolada ―Navoiy‖ taxallusining dunyo tillarida qanday yozilishi oʻrganildi, bu yozuv shakllarining shakllanishiga ta‘sir etgan omillar tahlil qilindi va ularning manbashunoslik, lingvistik hamda madaniy jihatdan ahamiyati baholandi. Tadqiqot obyekti sifatida ―Navoiy‖ taxallusining arab, fors, rus, oʻzbek, turk, ingliz, nemis tillaridagi imloviy va fonetik shakllari tanlangan. Ushbu tadqiqotda fonetik yaqinlik, transliteratsiya usullari, tarixiy yozuv an‘analari hamda adabiy manbalardagi ishlatilish holati asosiy mezon sifatida qabul qilindi. Maqsad ―Navoiy‖ taxallusining koʻp tilli yozilish shakllari orqali uning xalqaro miqyosdagi qabul qilinishi, ilmiy targʻib va standartlashuv jarayonidagi oʻrnini koʻrsatishdir. Adabiyotlar tahlili. Adabiy taxallus sifatida ―Navoiy‖ soʻzi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tomonidan oʻz ijodiy faoliyati davomida muntazam ravishda qoʻllangan boʻlib, uning ma‘naviy-estetik dunyoqarashi va san‘at bilan bogʻliq ichki hissiyotlarini ifoda etuvchi ramziy bir nomga aylangan. Bu taxallusning paydo boʻlishi va ma‘no jihatidan shakllanishi Chigʻatoy adabiy an‘analari, arab va fors leksikasining ta‘siri hamda Alisher Navoiyning shaxsiy san‘atkorona qarashlari bilan bogʻliqdir. Shu o‗rinda mantiqiy savol tug‗iladi: Alisherbek nega o‗ziga ―Navoiy‖ taxallusini tanlagan va bu taxallus zamirida qanday ma‘no yashirin? Bu savolga javobni esa Ibrohim Haqqulning ―Alisher Navoiy taxalluslarining ma‘no qirralari haqida‖ nomli maqolasidan olish mumkin. Taxallusning ijodkor hayotidagi o‗rni va uni tanlash usullari haqida yozar ekan, olim Navoiyning munosib va muvofiq taxallus tanlash masalasiga qanchalik jiddiy e‘tibor berganini yozadi va Navoiyning o‗z asarlarida keltirgan fikrlari orqali o‗z fikrlarini dalillaydi. Jumladan, Navoiyning ushbu fikrllarini keltiradi: ―Mavlono Bu Ali – devonavor yurur. Devona bo‗lmasa erdi, Bu Ali taxallus qilg‗aymu erdi? [3.101] Ya‘nikim, ―es-hushi joyida odam o‗zini Ibn Sinoga teng ko‗rmasligi shubhasizdir‖ [8]. Navoiyshunos A.Abduqodirov ―navo‖ so‗zining ma‘nolariga to‗xtalar ekan, uning ―navo, kuy, ohang‖dan tashqari yana ―oshiq, faqir, xoksor, tengsiz, yagona, yangi, toza, ishchanlik, tartib-intizom‖ kabi bir necha ma‘nolarni anglatishini ta‘kidlaydi [1.10]. A.Semyonov esa ―Navoiy‖ taxallusi haqida shunday fikr bildirgan: ―Navoiyning o‗zi bir qancha musiqiy asarlar yaratgan zo‗r bastakor va kompozitor bo‗lgani bois adabiy taxallusga musiqa istilohidan ―Navoiy‖ni tanlagan‖ [15.149]. ―Navoiy‖ soʻzi leksik jihatdan ―navo‖ ya‘ni ―ovoz‖, ―kuy‖, ―ohang‖ ma‘nolariga ega boʻlib, unga -iy nisbat affiksi qoʻshilishi orqali ―navolik‖, ―kuyga oid‖ yoki ―ohangli‖ ma‘nolarini ifodalaydi. Chigʻatoy tilida -iy affiksi nisbat va sifat yasashda keng qoʻllanilgan. 58 3 5 Demak, ―Navoiy‖ taxallusi lugʻaviy jihatdan ―kuy-sado sohibi‖, ―navo bilan bogʻliq‖ degan ma‘nolarni anglatadi. Ba‘zi tadqiqotlarda ―Navoiy‖ soʻzining forsiy ―nava‖ (navo, kuy) soʻzi bilan uygʻunligi ham qayd etilgan, bu esa uning fors adabiy an‘analari bilan bogʻliqligiga ishora qiladi. Shu bilan birga, Alisher Navoiyning sufiy va musiqiy madaniyatga boʻlgan aloqasi taxallus tanloviga ta‘sir qilgan boʻlishi ehtimoldan holi emas. Shuningdek, O‗zbek tilining izohli lug‗atida ―navo‖ so‗zining kam ishlatiladigan ma‘nosi sifatida ―g‗am-alamni ifoda etuvchi ayanchli ovoz‖ degan ma‘nosi ham keltirilgan bo‗lib, bu Navoiyning o‗ziga xos, diniy va tasavvufiy qarashlarini ham ifodalaydi. Navoiyning oʻz asarlarida taxallusni qanday shaklda yozgani haqidagi tahlillar shuni koʻrsatadiki, uning koʻplab qoʻlyozma nusxalarida ―ییاون‖ (navoi) yoki ba‘zi hollarda ―يئاون‖ shakllarida uchraydi. Bunda arab alifbosidagi harf tanlovlari va shevalarning ta‘siri hisobga olinadi. Umuman, ―Navoiy‖ taxallusi orqali shoir oʻzini musiqa, she‘riyat va ruhiy jarayonlar bilan bogʻliq shaxs sifatida namoyon etadi. Shu tariqa, taxallus nafaqat shaxsiy identifikatsiya vositasi, balki ma‘naviy-estetik pozitsiyaning ifodasi sifatida ham xizmat qilgan. Tadqiqotning metodologik asoslari va nazariy-metodik usulini deskriptiv-lingvistik tahlil, qiyosiy-analitik yondashuv, tarixiy-uslubiy tahlil, korpus-lingvistik kuzatuv, semiotik yondashuv tashkil etadi. Tadqiqot doirasida taxallusning xalqaro ma‘lumotlar bazalarida (Library of Congress, Deutsche Nationalbibliothek, VIAF) qanday shakllarda ro‗yxatga olingani tahlil qilindi. Bu borada metama‘lumotlar tahlili, identifikatorlar bilan bog‗liq izchillik (VIAF ID, ISNI) va avtoritet fayl standartlari muhim metodologik asos sifatida qaraldi. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqot lingvistik, manbashunoslik va lingvomadaniy yondashuvlar asosida olib borildi. Tadqiqotda deskriptiv-tahliliy metod orqali ―Navoiy‖ taxallusining turli tillar va yozuv tizimlaridagi imloviy shakllari tavsiflandi. Qiyosiy-lingvistik metod yordamida arab, fors, rus, ingliz, nemis va o‗zbek tillaridagi yozilish variantlari o‗zaro solishtirilib, ularning fonetik va orfografik farqlari aniqlandi. Shuningdek, transliteratsion tahlil asosida ALA-LC, ISO 9, BGN/PCGN kabi xalqaro standartlar hamda o‗zbek lotin alifbosining tamoyillari qiyoslab o‗rganildi. Tarixiy-uslubiy metod orqali taxallusning chig‗atoy adabiy an‘analaridagi shakllanishi va uning keyingi davrlardagi yozuv amaliyotiga ta‘siri yoritildi. Tadqiqotda bibliografik va metama‟lumotlar tahlili usulidan foydalanilib, Library of Congress, Deutsche Nationalbibliothek, VIAF kabi xalqaro axborot bazalarida taxallusning qayd etilish shakllari o‗rganildi. Shuningdek, lingvomadaniy yondashuv asosida ―Navoiy‖ taxallusining semantik yuki, madaniy ramziyati va milliy identifikatsiyadagi o‗rni baholandi. Tahlillar va natijalar. “Navoiy” taxallusining turli tillardagi yozilish shakllari. Arab va fors manbalarida. 59 3 5 Arab va fors alifbosida ―Navoiy‖ taxallusi, asosan, quyidagi shakllarda uchraydi:  ییاون  يئاون  Kam hollarda: يِئا َ وَن Bu shakllar, avvalo, arab alifbosining orfografik imkoniyatlari, shevaga xos farqlar va manba mualliflarining til uslubi bilan belgilanadi. Arab alifbosi tovush belgilashda boʻgʻinli emas, balki harfiy asosga ko‗ra qurilgani tufayli, bir xil soʻz turlicha yozilishi mumkin. Masalan, يئاون shaklidagi ى harfi fors tilida yakuniy ―y‖ ni belgilasa, ییاون shaklida ikki ی harfining ketma-ket kelishi Chigʻatoy tilidagi talaffuzni aniqroq ifodalash maqsadida qoʻllanilgan boʻlishi mumkin. Fors tilida ―Navoiy‖ taxallusi koʻproq ییاون shaklida transliteratsiya qilinadi. Bu shakl eronlik adabiyotshunoslar va matnshunoslar tomonidan rasmiy nashrlarda ham qoʻllanilgan. Fors adabiy uslubida taxalluslarning ovozli (unli) harflar bilan koʻrsatilishi murakkab boʻlgani sababli, talaffuzni tiklashda qoʻshimcha tahliliy ish talab etiladi. Arabcha manbalarda esa (masalan, kabi ensiklopediyaviy toʻplamlarda) taxallus, odatda, يِئا َ وَن tarzida, ya‘ni harakatlar bilan (fatha, damma, kasra) berilgan holda uchraydi. Bu shakl koʻproq arab tili oʻquvchilariga moʻljallangan manbalarda uchraydi va talaffuzni osonlashtirishni koʻzda tutadi. Taxallusdagi -iy nisbat affiksi arab tilida ham, fors tilida ham keng tarqalgan grammatik forma boʻlib, shaxsning bir hududga, sohalarga, yoki xususiyatlarga nisbatan aloqadorligini koʻrsatadi. Bu nuqtai nazardan, ―Navoiy‖ taxallusi nafaqat ovozga oid, balki muayyan estetik fazoga mansublikni ham ifoda etadi. Rus tilida “Navoiy” taxallusining yozilishi. Rus tilshunosligi va sharqshunoslik an‘analarida Alisher Navoiy nomi, asosan, ikki asosiy shaklda uchraydi: • Navoi • Navoiy Ushbu ikki shakl orasidagi farq fonetik va orfografik prinsiplarga, shuningdek, transliteratsiya usullarining turli bosqichlariga bogʻliq. 1. ―Navoi‖ shakli: XX asrdagi koʻplab sovet manbalarda, jumladan, sharqshunoslik va adabiyotshunoslik nashrlarida ―Navoi‖ shakli keng tarqalgan. Bu shakl arab-forscha imloni rus fonetikasiga yaqinlashtirish orqali hosil qilingan boʻlib, oxiridagi ―-iy‖ ni ―-i‖ bilan soddalashtirib berish bilan tavsiflanadi. Bunday transliteratsiya siyosiy va lingvistik zaruratlarga bogʻliq boʻlib, rus alifbosining talablari va oʻquvchining talaffuz imkoniyatlarini hisobga olgan holda shakllangan. Shunday qilib, ―Alisher Navoi‖ shaklidagi yozuv ilmiy va ommaviy adabiyotlarda ancha vaqt davomida hukmron boʻlib keldi. 2. ―Navoiy‖ shakli: 60 3 5 Ayniqsa, 1990-yillardan keyin, oʻzbek tilidagi lotin alifbosiga oʻtish va milliy adabiy merosni asl shaklda tiklash jarayonida ―Navoiy‖ shaklidagi transliteratsiya rus tilidagi ba‘zi akademik va tarjimonlik matnlarida ham paydo boʻldi. Bu shakl oʻzbek tilidagi lotincha ―Navoiy‖ shaklini rus alifbosida aks ettirishga intiladi va shu tariqa ijodkorning milliy identifikatsiyasini saqlashga xizmat qiladi. Rus tilidagi ba‘zi ensiklopediyalar (masalan, ―Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya‖) va ta‘lim resurslarida bugungi kunda ikkala shakl ham mavjud boʻlib, ular ma‘lum kontekstlarga bogʻliq holda qoʻllaniladi: • Ilmiy yoki an‘anaviy tekstlarda: Navoi (Навои) • Milliy yozuvga sodiq qolgan nashrlarda: Navoiy (Навоий) 3. Talaffuz masalasi: Rus tilida ―iy‖ ovozlar ketma-ketligi koʻpincha bir ―i‖ sifatida talaffuz etiladi. Shu sababli, ―Navoiy‖ shaklidagi yozuv har doim ham turkiycha ―Navā‘ī‖ ning toʻliq fonetik tusini aks ettira olmaydi. Bu, oʻz navbatida, aslida chuqur madaniy-ezoterik ma‘noga ega taxallusning leksik-qabul qilinishiga ta‘sir koʻrsatishi mumkin. Ingliz tilida “Navoiy” taxallusining yozilishi. Ingliz tilli adabiyotlarda Alisher Navoiy taxallusining yozilishi bir necha shaklda uchraydi. Bu shakllar, asosan, transliteratsiya an‘analari, orfografik standartlar, va tarjimon yoki muallifning til strategiyasi bilan belgilanadi. Quyida eng koʻp uchraydigan shakllar keltiriladi: • Navoi • Nawai • Navā‘ī (sharqshunoslar va ilmiy nashrlarda) • Ali-Shir Nava‘i (toʻliq ism va taxallus birgalikda) • Alisher Navoi (ommaviy variant) 1. ―Navoi‖ shakli Eng keng tarqalgan va yengillashtirilgan shakl hisoblanadi. Bu forma ingliz tilidagi yozuv qoidalariga moslashtirilgan boʻlib, fonetik soddalashtirish maqsadida oxiridagi –iy (yoki –ī) ni oddiy ―i‖ bilan ifodalaydi. Masalan, ―Navoi‖ shakli Oxford Islamic Studies Online, Britannica, hamda koʻplab ommaviy tahliliy maqolalarda qayd etilgan. 2. ―Navā‘ī‖ shakli Bu shakl ilmiy tadqiqotlarda, xususan, turkologik va sharqshunoslik sohalaridagi akademik nashrlarda uchraydi. Unda arabiy shakl — يئاون — ning ilmiy transliteratsiyasi saqlab qolingan. Bu yerda: • ―ā‖ – turkiy tilidagi uzun ovoz (فلا); • ― „ ‖ – hamzani belgilaydi (ع); • ―ī‖ – yakuniy ―y‖ ni (ى) ifodalaydi. Bu shakl Encyclopaedia of Islam, EI2, va JSTORdagi koʻplab ilmiy maqolalarda ishlatilgan. 61 3 5 3. ―Ali-Shir Nava‘i‖ shakli Toʻliq ism va taxallus birgalikda kelgan holatlarda koʻproq uchraydi. Bu shakl German Vamberiy (Hermann Vambéry) kabi ilk yevropalik tarjimon va sharqshunoslar tomonidan qoʻllangan boʻlib, ular arab alifbosidagi asl shaklni lotin alifbosiga aynan koʻchirishni maqsad qilganlar. Bunda ―Nava‘i‖ yoki ―Navaï‖ shakli, taxallusdagi yakuniy ―y‖ni uzun ―ī‖ sifatida berishga harakat qilinadi. Talaffuz va uslubiy muammolar. Ingliz tilidagi ―Navoi‖ yoki ―Navai‖ shakllari haqiqiy talaffuzni toʻliq aks ettirmaydi. Masalan, ―Navoi‖ ingliz oʻquvchisi tomonidan /ˈnævɔɪ/ yoki /nəˈvɔɪ/ tarzida talaffuz qilinishi mumkin, bu esa chigʻatoy tilidagi asl /navā‘ī/ (navoiy) ning ritmika va fonetikasini yoʻqotadi. Shu sababli, ba‘zi ilmiy nashrlarda diakritik belgilar (ā, ī, ‗) saqlanishi taklif etilgan. Nemis tilli sharqshunoslik an‘analarida Alisher Navoiy taxallusining yozilishi turli transliteratsiya uslublari va grafik standartlarga koʻra shakllangan. XIX va XX asrda faoliyat yuritgan german sharqshunoslari, xususan, Hermann Vambery, Karl Foy, Annette Meakin, va boshqalar taxallusning imlosini oʻz davridagi ilmiy metodlarga moslashtirgan holda qayd etganlar. Ushbu imlo shakllari asosan quyidagicha: • Nawā‘ī (klassik transliteratsiya) • Nava‘i • Navoi • Kam hollarda: Navoiy, Navoy 1. ―Nawā‘ī‖ shakli Bu shakl eng ilmiy asoslangan varianti hisoblanadi. Unda: • ā – uzun ―a‖ tovushini; • ‗ – hamza (ع) ni; • ī – uzun ―iy‖ tovushini bildiradi. Hermann Vambery oʻzining ―Cagataische Sprachstudien‖ [Vambery, 1867] asarida taxallusni aynan ―Nawā‘ī‖ tarzida qayd etgan. Bu nemis tilidagi sharqshunoslar tomonidan arab va chigʻatoy alifbosi asosida amalga oshirilgan ilmiy transliteratsiya uslubiga asoslanadi. 2. ―Nava‘i‖ shakli Ushbu shakl ham Vambéry va keyingi ba‘zi sharqshunoslar asarlarida uchraydi. Unda ā va ī diakritik belgilari olib tashlangan, ammo hamza (‗) belgisi saqlangan. Bu variantning maqsadi ilmiylikni saqlagan holda oʻquvchi uchun imloni yengillashtirishdan iborat boʻlgan. 3. ―Navoi‖ va ―Navoiy‖ shakllari XX asr oxirida va XXI asr boshidagi nemis tilidagi ba‘zi ommaviy manbalarda ―Navoi‖ yoki ―Navoiy‖ shakllari uchraydi. Bu shakllar, asosan:  internet kataloglari (DNB, WorldCat);  oʻzbek lotin alifbosi ta‘siri; 62 3 5  xalqaro standartlashgan avtor nomlari ta‘siri ostida vujudga kelgan. Nemis tilida -iy ni ―iy‖ yoki ―i‖ deb yozish orqali anglatish uslubi turli matnlarda turlicha qoʻllaniladi. Masalan, Alischer Navoi yoki Ali-Schir Nawā‘ī kabi shakllar ham uchraydi. Imlo va standart muammolari. Nemis tilida ―Navoiy‖ taxallusining imlosi uchun aniq standart mavjud emas. Deutsche Nationalbibliothek va Gemeinsame Normdatei (GND) kabi rasmiy bibliografik tizimlarda koʻpincha ―Navoi, Alisher‖ yoki ―Ali-Schir Nawā‘ī‖ kabi shakllar mavjud. Bu holat nemis tilida fonetik muvofiqlashtirish emas, balki standartlashgan bibliografik identifikatsiya talablariga koʻproq bogʻliq. Jumladan, nemis sharqshunosi Barbara KellnerHeinkele o‗z maqolalarida taxallusni quyidagicha yozadi: ―Mīr ʿAlīšīr Nawāʾī – eine Skizze zum historischen Hintergrund‖ [10.9–10]. Yoki Birnbaum Eleazar ―The Ottomans and Chagatay Literature. An Early 16th centure manuscript of Nava‘is Divan in Ottoman orthography‖ nomli maqolasida taxallusni ―Nava‘i‖ tarzida ishlatadi [4.157–190]. Oʻzbek tilida, ayniqsa, lotin alifbosida “Navoiy” taxallusining yozilishi. Oʻzbek tilida Alisher Navoiy taxallusining yozilishi turli tarixiy davrlarda har xil alifbo va orfografik tizimlar ta‘sirida shakllangan. Ayniqsa, XX asr davomida kirill, yangi oʻzbek lotini, hamda transliteratsiya standartlarining oʻzgarishi ―Navoiy‖ taxallusining imlosini turli shakllarda keltirilishiga sabab boʻlgan. 1. Kirill alifbosida: ―Navoiy‖ Sovet davrida qabul qilingan oʻzbek alifbosida taxallus mutlaq ravishda ―Navoiy‖ tarzida yozilgan va bu shakl adabiyot, darsliklar, ilmiy nashrlar va ensiklopediyalarda ustuvor boʻlib kelgan. Bu shakldagi yozuv chigʻatoy tilidagi -iy nisbat affiksini toʻliq saqlagan holda oʻzbekcha grafik orfografiyada aks ettirilgan. Jumladan, 1976-yilda Natan Mallayev tomonidan nashr qilingan ―O‗zbek adabiyoti tarixi‖ darsligida taxallus ―Навоий‖ tarzida keltirilgan: ―Ўзбек тилидаги шеърларида ―Навоий‖ (―наво‖ сўзидан), форс-тожик тилидаги шеърларида эса, асосан, ―Фоний‖ (―фано‖ сўзидан) ва баъзан ―Навоий‖ тахаллусини қўллайди [12.364]. 2. Lotin alifbosida: ―Navoiy‖ 1993-yilda oʻzbek tilida lotin alifbosiga oʻtish bilan birgalikda taxallus ―Navoiy‖ tarzida rasman qabul qilindi. Bu shaklda: • ―Navo‖ – asosiy ildiz soʻz; • ―iy‖ – oʻzbek lotin alifbosidagi y harfini ifodalovchi toʻplam. Bu shakl Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Ensiklopediyasi, darsliklar, rasmiy hujjatlar va OʻzR Fanlar akademiyasi nashrlarida ustuvor imlo sifatida foydalanildi. Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi koʻchalar, muassasalar, jamiyatlar va tadbirlar nomlarida ham aynan ushbu shakl ishlatildi (Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‗zbek tili va adabiyoti universiteti). 63 3 5 Amaliyotda ―Navoi‖, ―Navoy‖, hatto ―Nawai‖ kabi shakllar ham foydalanilishi kuzatiladi. Bu shakllar, asosan, quyidagilarda qayd etiladi: • Xalqaro axborot bazalarida (masalan, Wikipedia, Google Scholar); • Turkiy davlatlar oʻrtasidagi nom moslashuvi (m, Turkiyada ―Navoi‖); • Imloviy savodxonlik darajasi past boʻlgan materiallarda. Hozirgi kunda oʻzbek tilida ―Navoiy‖ shakli eng toʻgʻri va ilmiy asoslangan deb hisoblanadi. Bu shakl nafaqat asl chigʻatoy orfografiyasini (يئاون) fonetik jihatdan yaqin ifodalashga urinadi, balki milliy yozuv standartlariga ham mos keladi. Oʻzbek lingvistikasida taxalluslar yozuvi, ayniqsa, mashhur shaxslar nomini kirilldan lotinga toʻgʻri oʻtkazishda, davlat orfografiyasi asosida standartlashtirilishi lozim. Tarjima va transliteratsiya usullari tahlili. Alisher Navoiy taxallusining turli tillarga transliteratsiya qilinishi va xalqaro ilmiy manbalarda qayd etilishi murakkab lingvistik jarayonlar, bibliografik standartlar va siyosiytarixiy omillar bilan uzviy bogʻliq. Bu jarayonda har bir transliteratsiya tizimi muayyan maqsad — fonetik yaqinlik, orfografik aniqlik yoki sistemalashtirilgan identifikasiya asosida shakllanadi. Xalqaro bibliografik tizimlarda transliteratsiya a) Library of Congress (LoC) AQSh Kongressi kutubxonasining ALA-LC (American Library Association – Library of Congress) transliteratsiya standartlariga koʻra, Navoiyning ismi ―Navā‘ī, Alishir‖ tarzida yoziladi. Bu shaklda: • ―ā‖ — uzun ovoz (long vowel); • ―‗‖ — hamza (ع); • ―ī‖ — yakuniy ―y‖ ovozi. Bu shakl arab alifbosidagi يئاون taxallusining orfografik moslashuvini aniq ifoda etadi. b) Deutsche Nationalbibliothek (DNB) Germaniya Milliy kutubxonasida (DNB) Navoiyning ismi asosan quyidagi shakllarda qayd etilgan: • Navoi, Alisher • Ali-Schir Nawā‘ī Bu yerda ―Nawā‘ī‖ shakli sharqshunoslik an‘analariga mos, Ali-Schir (Alisher) tarzida yozilishi esa nemis tilining tarixiy fonetikasini aks ettiradi. c) WorldCat va VIAF (Virtual International Authority File) WorldCat va VIAF kabi global bibliografik kataloglarda Navoi, Alisher, 1441–1501 yoki Nawa‘i, Ali-Shir kabi shakllar mavjud. Ularda transliteratsiya turlicha boʻlsa-da, har bir identifikasiya unikal raqam bilan biriktirilgani sababli izlanishlarda noaniqlik yuzaga kelmaydi. Transliteratsiya tizimlari va ularning xususiyatlari: 64 3 5 Tizim nomi Imlo namunasi Izoh ALA-LC (US) Navā‘ī Ilmiy fonetik aniqlik, hamza va uzun ovozlar saqlanadi Iso 9 (Xalqaro) Navoij Kirilldan lotinga yozuvda umumiy standart BGN/PCGN (UK/US) Navoiy Geografik va milliy nomlar uchun GOST (Rossiya) Навои → Navoi Kirill alifbosidan oddiy transliteratsiya O‗zbek lotini Navoiy Milliy orfografik standart Tarjima va transliteratsiya oʻrtasidagi farq: Taxallus tarjimasi amalga oshirilmaydi. Masalan, ―Navoiy‖ soʻzining ―kuyli‖, ―ohangli‖ kabi lugʻaviy ma‘nolari borligiga qaramay, uning adabiy taxallus sifatida tarjima qilinishi man etilgan. Bu uning shaxsiy va madaniy identifikasiyasiga zarar etkazishi mumkin. Ana shu nuqtai nazardan, transliteratsiya (ya‘ni alifbodan alifboga koʻchirish) jarayonida taxallusning asl grafikasi, fonetikasi va madaniy konteksti e‘tiborga olinishi shart. Transliteratsiyada uchraydigan muammolar • Harf mos kelmasligi: ―ʻAyn‖ (ع) va ―ālif maqṣūra‖ (ى) kabi harflarni lotin alifbosida ifoda etishda noaniqliklar boʻladi. • Fonetik qarama-qarshiliklar: ba‘zi tillarda ―Navoi‖ turlicha talaffuz qilinishi mumkin. • Bir shaxs – koʻp yozuv shakli: turli ma‘lumot bazalarida bitta muallif bir necha xil shaklda qayd etilgan boʻladi (Navoi, Navā‘ī, Nawa‘i). Alisher Navoiy taxallusining turli tillarda turlicha yozilishi uning adabiy merosining xalqaro miqyosda qabul qilinishi, izlanishi va anglanishiga bevosita ta‘sir koʻrsatgan. Bu ta‘sir, avvalo, madaniy identifikasiya, bibliografik izlanish imkoniyatlari, hamda adabiy merosning targʻiboti kabi yoʻnalishlarda namoyon boʻladi. ―Navoiy‖ taxallusi nafaqat shaxsiy mualliflik belgisi, balki turkiy ma‘naviy merosning simvoli sifatida qaraladi. Bu taxallusni har xil tilda qanday yozilishining oʻzi ham uning transmilliy tabiati va universal ma‘naviy meros sifatida qabul qilinishiga ishora qiladi. Masalan, Oʻzbekistonda ―Navoiy‖ milliy madaniyat, tarix va davlat ramzlarida markaziy oʻrin egallasa, Turkiyada ―Ali Şir Nevai‖ turk adabiyotining bir qismi sifatida oʻrganiladi yoki Yevropa va AQShda ―Nawā‘ī‖ ilmiy manbalarda Sharq poetik merosi sifatida koʻriladi. Bunday keng qamrovli madaniy mulk sifatida taxallus shakllarining orfografik aniqligi va standartlashuvi umummadaniy ongdagi Navoiy obrazini mustahkamlaydi. Taxallusning har xil shaklda yozilishi ayrim hollarda ilmiy tavsiyalarning farqli boʻlishi, tarjimon tanlovlari, va ommaviy anglash murakkabliklarini keltirib chiqargan. Masalan, • ―Navoi‖ – fonetik yengilroq, ammo ma‘naviy yuki kamroq; • ―Nawā‘ī‖ – orfografik toʻliqlikka ega, lekin ommaviy oʻquvchi uchun noodatiy; • ―Navoiy‖ – milliy standartga mos, lekin xalqaro bazalarda har doim ham tan olinmaydi.