scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILINI LINGVOMADANIY YONDASHUV ASOSIDA O'QITISHDA LINGVOMADANIY BIRLIKLARNI TANLASH PRINSIPLARI

Jumamuratova, Sevara Saparbaevna

Full text

72 3 5 O„ZBEK TILINI LINGVOMADANIY YONDASHUV ASOSIDA O„QITISHDA LINGVOMADANIY BIRLIKLARNI TANLASH PRINSIPLARI Jumamuratova Sevara Saparbaevna, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) ixtisosligi 3-kurs doktoranti; E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17983734 Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek tilini lingvomadaniy yondashuv asosida o‘qitish jarayonida lingvomadaniy birliklarni tanlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda til va madaniyatning uzviy bog‘liqligi nazariy asos sifatida qaralib, lingvomadaniy birliklarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari lingvomadaniy yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish, madaniyatlararo muloqotga tayyorlash hamda milliy o‘zlikni anglash darajasini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Mazkur maqola o‘zbek tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishda nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: Lingvomadaniyat, lingvomadaniy kompetensiya, til, ta’lim, prinsiplar, lingvomadaniy birliklar. Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы отбора лингвокультурных единиц в процессе обучения узбекскому языку на основе лингвокультурологического подхода. В качестве теоретической основы исследования определяется неразрывная связь языка и культуры, раскрывается роль и значение лингвокультурных единиц в образовательном процессе. Также научно обосновываются основные принципы отбора лингвокультурных единиц при обучении узбекскому языку, такие как национальная направленность, культурная репрезентативность, дидактическая целесообразность, соответствие возрастным и психологическим особенностям обучающихся, коммуникативная ценность и воспитательная направленность. Результаты исследования показывают, что обучение, организованное на основе лингвокультурологического подхода, способствует развитию речевой компетенции учащихся, подготовке их к межкультурной коммуникации и формированию национального самосознания. Статья имеет теоретическую и практическую значимость для совершенствования методики преподавания узбекского языка. Ключевые слова: Лингвистическая культура, лингвокультурная компетенция, язык, образование, принципы, лингвокультурные единицы. Annotation. This article examines the issues of selecting linguocultural units in the process of teaching the Uzbek language based on a linguocultural approach. The inseparable relationship between language and culture is considered as the theoretical foundation of the study, and the role and significance of linguocultural units in the educational process are highlighted. The article also scientifically substantiates the main principles for selecting linguocultural units in teaching the Uzbek language, including national orientation, cultural representativeness, didactic appropriateness, conformity to learners’ age and psychological characteristics, communicative value, and educational orientation. The results of the study demonstrate that instruction organized on the basis of a linguocultural approach contributes to the development of learners’ communicative competence, preparation for intercultural communication, and the formation of national self-awareness. The article has theoretical and practical significance for improving the methodology of teaching the Uzbek language. Key words: Linguistic culture, linguocultural competence, language, education, principles, linguocultural units. Kirish. Zamonaviy ta‘lim tizimi insonni har tomonlama rivojlantirishga, uni faqat bilim egasi emas, balki madaniy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan yetuk shaxs sifatida shakllantirishga 73 3 5 qaratilgan. O‗zbek tili ta‘limida esa bu maqsad lingvomadaniy yondashuv orqali amalga oshiriladi. Lingvomadaniy kompetensiya — bu shaxsning tilni o‗rganish jarayonida o‗sha tilda mujassam milliy qadriyatlarni, xalqning dunyoqarashini, urf-odatlarini anglash va ularni muloqotda to‗g‗ri qo‗llay olish qobiliyatidir. Adabiyotlar tahlili. O‗zbek tilshunosligida lingvomadaniyatshunoslik masalalari bilan shug‗ullangan olimlar N.Mahmudov [1], D.Xudoyberdiyeva [2], Sh.Usmonovalar [3] tadqiqotlarida ―til va madaniyat‖ tushunchalari, mazkur yo‗nalishning nazariy masalalari atroflicha yoritilgan. N.Sudakova ishlarida rus tilini zamonaviy o‗qitishga kompetensiyaga asoslangan yondashuv bilan bog‗liq holda maktab o‗quvchisi lisoniy shaxsini shakllantirish uchun lingvomadaniy kompetensiyaning nazariy va amaliy ahamiyatini asoslangan. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotning metodologik asosini til va madaniyatning uyg‗unligi, ya‘ni lingvomadaniy qarashlar tashkil etadi. Tadqiqot mavzusini yoritishda pedagogik tajriba, suhbat, kuzatish, soʻrovnoma oʻtkazish, test, qiyosiy tahlil, tavsiflash metodlaridan foydalanildi. Tahlil va natijalar. Metodikada prinsip termini bilan baravar tamoyil termini ham qo‗llanilishi kuzatiladi. Rus tilini ona tili va chet tili sifatida o‗qitish tajribalariga ko‗ra o‗quv materialining maqsadga mos yoki mos emasligini belgilab olish prinsip termini ostida qaralgani ma‘qul deb hisoblovchilar ko‗pchilikni tashkil qiladi (G.Azimov [4.127], T.I.Gustomyasova [5.138].) Tadqiqotchilar lingvomadaniy yondashuvning muhim prinsiplari qatorida madaniy muvofiqlik prinsipini alohida qayd qiladilar. Bu prinsip A.Disterveg tomonidan olg‗a surilgan bo‗lib, unga ko‗ra o‗qituvchi qarshisida muayyan taniqli millatga mansub shaxs, milliy xususiyatlarni o‗zida jo qilgan shaxs bilan turganligini anglashi, unga shaxs mansub bo‗lgan millatning o‗ziga xosligiga muvofiq ravishda ta‘lim berishi zarurligi urg‗ulanadi [6.20]. Til o‗qitish nazariyasi O‗zbek tilini davlat tili yoki ikkinchi til sifatida o‗rganuvchilarga o‗qitishda lingvomadaniy yondashuv asosida ta‘lim berish, til vositasida xalq madaniyati, urf-odati, mentaliteti va qadriyatlarini o‗rgatishni nazarda tutadi. Bunday o‗qitish jarayonida lingvomadaniy birliklarni tanlash muhim bosqich hisoblanadi. Binobarin, D.Xudoybergenova ko‗rsatib o‗tganidek, ―ular lisoniy belgining ma‘nosi va madaniy mazmun birikuvidan tarkib topuvchi, semantikasida madaniy axborot yaqqol namoyon bo‗luvchi til birliklari sanaladi. Frazeologizmlar, etalonlar, ramzlar, metaforalar, o‗xshatishlar, nutqiy etiketlar, urf-odat va marosimga oid so‗zlar, topishmoqlar, milliy realiyalar, arxiteplar, mifologema, lakunalar, presedent birliklar va shu kabi o‗zbek lingvomadaniyatiga xos milliy pretsedent nomlar, urf-odatlar, an‘analar, milliy qadriyatlar, topishmoqlarga oid matnlar, pretsedent matnlar katta hajmni tashkil qiladi. Ularni o‗smir yoshiga va ehtiyojiga ko‗ra tanlash va muhim qoidalar sifatida belgilab qo‗yish asosiy vazifadir. 74 3 5 Qator tadqiqotlarda oliy ta‘limda til o‗qitishda o‗quv materiallarini saralashning o‗ziga xos metodik talablari qatorida muayyan yondashuv va prinsiplar sanab o‗tiladi, xususan, L.P.Tarnayeva sanab otgan 9 ta prinsip lingvomadaniy yondashuv prinsipidan boshlanadi [7.102-103]. Lingvomadaniy birliklarni tanlash bo‗yicha mavjud qarashlarni ma‘qullagan holda quyidagi asosiy prinsiplarga tayanish lingvomadaniy birliklarni tanlashda samarali yo‗l tutish imkonini beradi: 1. Madaniy ahamiyatiga ko„ra tanlash prinsipi. Lingvomadaniy birliklar O‗zbekiston xalqining urf-odati, qadriyatlari, an‘analari, diniy va ijtimoiy hayotini ifodalovchi elementlarga boy bo‗lishi kerak. Masalan, ―mehmondo‗stlik‖, ―Navro‗z‖, ―so‗ri‖, ―palov‖ kabi so‗zlar orqali o‗zbek xalqining madaniy obrazlari ochiladi. 2. Kontekstual dolzarblik prinsipi. Tanlanayotgan birliklar zamonaviy o‗zbek jamiyatida keng qo‗llanilayotgan, o‗rganuvchining kundalik hayotida uchrashi mumkin bo‗lgan birliklar bo‗lishi lozim. Bu til o‗rganuvchilarning madaniy kompetensiyasini oshirishga xizmat qiladi. 3. O„rganuvchining til darajasi va ehtiyojlari prinsipi. Lingvomadaniy birliklar o‗rganuvchining til bilim darajasiga mos tarzda tanlanishi kerak. Boshlang‗ich darajadagi o‗rganuvchilarga oddiy, asosiy madaniy tushunchalar berilishi lozim, keyingi bosqichda esa murakkabroq, konnotativ ma‘noga ega birliklar tavsiya etiladi. 4. Milliy-madaniy spetsifiklik prinsipi. Tanlanadigan birliklar boshqa madaniyatlarda mavjud bo‗lmagan yoki o‗ziga xos o‗zbekona tusga ega bo‗lgan birliklardan iborat bo‗lishi kerak. Masalan, ―tandir‖, ―bir payola choy‖ kabi birliklar orqali o‗zbek xalqi mentaliteti yoritiladi. 5. Intermadaniy kommunikativlik prinsipi. Tanlanayotgan lingvomadaniy birliklar o‗rganuvchilarning o‗z madaniyatini o‗zbek madaniyati bilan qiyoslash, farqlarni tushunish va madaniyatlararo muloqotga tayyorlanishiga xizmat qilishi kerak. 6. Didaktik yaroqlilik prinsipi. Tanlangan lingvomadaniy birliklar o‗quv jarayoniga integratsiyalashuvchan, metodik jihatdan ishlov berilishi oson, mashqlar va topshiriqlar orqali mustahkamlash mumkin bo‗lgan bo‗lishi zarur. Albatta, 6-7-sinf o‗quvchilariga o‗zbek tilini lingvomadaniy yondashuv asosida o‗qitishda lingvomadaniy birliklarni tanlash prinsiplariga tayanib o‗zbek va boshqa turkiy xalqlar, masalan, qoraqalpoq, qozoq, turkman xalqlari uchun umumiy keksika, bu xalqlar madaniyatida umumiste‘molda bo‗lgan so‗zlar, lingvomadaniy birliklarga e‘tibor qaratish faqat foydali bo‗ladi. Darhaqiqat, o‗zbek tilini lingvomadaniy yondashuv asosida o‗rgatishda, o‗quvchilarga turli turkiy xalqlar madaniyati va ularning lingvistik birliklarini tanitish juda foydali bo‗ladi. Turkiy xalqlar o‗rtasida ko‗plab umumiy madaniy va lingvistik xususiyatlar mavjud, shu jumladan universal so‗zlar, iboralar va madaniy qiymatlar. 75 3 5 O‗zbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman kabi turkiy xalqlar o‗rtasida o‗xshashliklar mavjud bo‗lib, ba‘zi so‗zlar va iboralar ifoda tomoni, ya‘ni tashqi shakliy jihati kichik farqlarga ega bo‗lsa ham mazmun tomoni umumiylikka ega. Bunday so‗zlarni o‗rgatish, o‗quvchilarga turkiy xalqlarning azaliy bog‗liqligini, madaniy xususiyatlarini turmush tarzidagi va tildagi umumiyliklarni anglash imkonini beradi. Umumiste‘moldagi so‗zlar turkiy xalqlar o‗rtasida umumiy bo‗lgan qadriyatlar va madaniy tushunchalarni o‗z ichiga olgan so‗zlar va iboralardir. Masalan, ―ota‖, ―ona‖, ―bola‖, ―og‗ayni‖, ―vatan‖, ―do‗st‖ kabi so‗zlar barcha turkiy xalqlarda bir xil ma‘nolarni anglatadi. Bu so‗zlar o‗quvchilarga nafaqat tilni, balki turkiy xalqlarning umumiy madaniyatini ham o‗rgatadi. Har bir xalqning madaniyatiga xos bo‗lgan so‗zlar va iboralarni tanlash muhimdir. Masalan, “shoshmaqom” (o‗zbek), “ан” (qozoq), “aytis” (qoraqalpoq) kabi so‗zlar turkiy xalqlarning musiqa, adabiyot va san‘atiga oid madaniy qadriyatlarni ifodalaydi. Ko‗plab turkiy xalqlar o‗zlarining xalq og‗zaki ijodi va adabiy merosida o‗xshash elementlarga ega. Masalan, o‗zbekcha “jumboq”, “naql”, qozoqcha ―өлең-жыр‖, qoraqalpoqcha “qobiz” kabi so‗zlar turkiy xalqlarning adabiy va madaniy qiymatlarining o‗ziga xos belgilaridir. O‗zbek, qozoq, qoraqalpoq va turkman xalqlarida kundalik turmush tarziga oid mushtarak so‗zlar mavjud. Masalan, “non”, “suv”, “mehmon” kabi so‗zlar barcha turkiy xalqlarda umumiy bo‗lib, bu so‗zlar til o‗rgatishda o‗quvchiga kundalik muloqot va madaniyati haqidagi tasavvurni yaratadi. Tabiat va iqlim ham turkiy xalqlarning madaniyatiga ta‘sir qilgan. Bunday birliklar, masalan, “tog„”, “daryo”, “qum”, ―to„qay” kabi so‗zlar ko‗p hollarda barcha turkiy xalqlarda bir xil yoki juda yaqin ma‘noga ega. Bu so‗zlar o‗quvchiga turkiy xalqlarning tabiatga nisbatan bir xil e‘tiborini va munosabatini ko‗rsatadi. Turkiy xalqlar madaniyati uchun umumiste‘molda bo‗lgan so‗zlarni o‗rgatish, o‗quvchilarga o‗zbek tilining madaniy va tarixiy jihatlariga bo‗lgan qiziqishini oshiradi. Bu so‗zlar orqali o‗quvchilar turkiy xalqlar o‗rtasidagi lingvistik va madaniy bog‗liqliklarni anglab yetadilar va bu ularning tilni o‗zlashtirish jarayonini samarali qiladi. Sh.Yuldasheva tadqiqotida Quizizz platformasida qardosh tilli guruhlarda o‗zbek tilini o‗qitishda dastlabki nazorat darsini loyihalash borasida o‗zbek tilidagi vatan, vatanparvar, vatanparvarlik, vatan qilmoq kabi so‗zlarning aksariyat turkiy tillarda ayrim fonetik farqlar bilan qo‗llanishi, yurt, el kabi so‗zlardagi umiyliklar, ba‘zi farqli jihatlar, bu so‗zlarning uyadoshlari va ularning imlosi ustida bajariladigan metodik ishlarni alohida ta‘kidlaydi [8.149]. Daraqiqat, bu kabi o‗xshashliklar o‗quvchiga tilning madaniy bog‗liqligini ko‗rsatadi va uni turkiy xalqlarning umumiy madaniyatiga qiziqish paydo qiladi. 76 3 5 Shu bilan birgalikda o‗zbek tilini qoraqalpoq, qozoq, turkman, rus sinflarida o‗qitishda faqat o‗zbek xalqi madaniyatini aks ettiruvchi leksikadan lingvokulteremalarni tanlashda nimalarga e‘tibor qaratish zarurligini ham hisobga olish va umumiy leksika hamda o‗zbek xalqi leksikasidan tanlanadigan materiallarni mutanosib joylashtirish ta‘lim muvaffaqiyati omiliga aylanishini ta‘kidlagan bo‗lar edik. O‗zbek tilini qoraqalpoq, qozoq, turkman, rus sinflarida o‗qitishda faqat o‗zbek xalqi madaniyatini aks ettiruvchi leksikani tanlashda bir qancha omillarga e‘tibor qaratish zarur. Lingvokulturemaning o‗ziga xosligi, o‗quvchilarning madaniy va tilshunoslik bilimlari, shuningdek, madaniyatlararo farqlarni hisobga olish muhimdir. Quyidagi prinsiplar asosida leksikani tanlash samarali bo‗ladi: Madaniy o„xshashliklar: Turkiy xalqlar (o‗zbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman) o‗rtasida ko‗plab umumiy madaniy elementlar mavjud, lekin har bir xalqning o‗ziga xosligi ham bor. Shuning uchun, leksika tanlashda o‗xshash madaniy tushunchalar va qabul qilingan an‘analar e‘tiborga olinishi kerak. Masalan, ―ota-onaga hurmat”, “vatanparvarlik” kabi umumiy tushunchalar turkiy xalqlar o‗rtasida o‗xshash bo‗lgani holda ularni o‗zgacha ifodalash usullari bo‗lishi mumkin. Madaniy farqlarni tushunish: leksika tanlashda turli xalqlar orasidagi farqlarni inobatga olish zarur. Masalan, o‗zbekcha “yurt” va qozoqcha “el” so‗zlari o‗rtasidagi madaniy tafovutni tushunish va talqin qilish kerak. O‗zbekiston madaniyatida “yurt” (mamlakat, vatan) tushunchasi, qozoq madaniyatida esa “el” (xalq, millat) tushunchasi kuchliroqdir. O‗zbek tilida o‗rganiladigan leksika ko‗pincha xalqning kundalik hayoti bilan bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun o‗quvchilarga xalqning an‘analari, o‗ziga xos odatlari va ijtimoiy qadriyatlarini tushunishga yordam beradigan so‗zlarni tanlash zarur. Masalan, “mehmon”, ―oilaviy qadriyatlar”, “to„y”, “beshik”, “Navro„z” kabi so‗zlar o‗zbek xalqining ijtimoiy va madaniy qadriyatlarini aks ettiradi. Shu tariqa o‗zbek tilini o‗rgatishda o‗zbek xalqining tarixiy va madaniy yodgorliklarini, urf-odatlarini aks ettiruvchi leksikani tanlash muhimdir. Bu, o‗quvchilarga nafaqat tilni o‗rganishga, balki o‗zbek xalqining madaniyatiga hurmat va qiziqish uyg‗otishga yordam beradi. O‗zbek tilini o‗rgatishda milliy va diniy an‘analarni aks ettiruvchi so‗zlar ham alohida o‗rin tutadi. O‗zbek xalqining islom dini va musulmonlik an‘analariga bo‗lgan hurmati, masalan, “Ramazon”, “Qurbon hayiti”, “niyat” kabi so‗zlar orqali o‗rgatilishi mumkin. Albatta, bu kabi so‗zlar umumiylikka ega bo‗lgani holda, ular bilan uzviy bog‗lanadigan, biroq boshqa turkiy xalqlardan fonetik farqli “iftor‖, ―iftorlik‖, ―arafa‖ kabi so‗zlar ma‘nosini ham izohlash taqozo qilinadi. O‗zbek adabiyotining va og‗zaki ijodining kuchli ta‘siri bilan tanishish ham o‗quvchilarga tilni va madaniyatni chuqurroq o‗rganish imkonini beradi. Adabiy asarlar, xalq 77 3 5 ertaklari, maqollar va hikmatlar orqali o‗zbek xalqi dunyoqarashi va tafakkur tarzi o‗rgatiladi. O‗zbek tili o‗qitish jarayonida, turli hududlardagi mahalliy leksikani (shevalarni) e‘tiborga olish muhimdir. Bu o‗quvchilarga o‗zbek tilining turli hududlardagi ifodalanish shakllarini ko‗rsatishga yordam beradi. Biroq bu shevalar boshqa xalqlarda noaniqlik yoki tushunmovchilik keltirib chiqarmasligi uchun, asosan, standart leksikani tanlash va shevaso‗zlarni qiyosiy o‗rgatish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Leksika tanlashda kontekstual va pragmatik omillarni ham hisobga olish zarur. Har bir so‗zning muayyan aniq vaziyatda qanday ishlatilishini tushuntirish, uning ijtimoiy va madaniy konteksini ko‗rsatish talab etiladi. Masalan, ―ko‗mak‖, ―hashar‖, ―sadaqa‖, ―ehson‖, ―bir payola choy‖ kabi so‗z va so‗z birikmalarini o‗rganish boshqa madaniyatlar va tillar bilan aloqalarni ham ko‗rsatishda foydali bo‗lishi mumkin. O‗zbek tilini qoraqalpoq, qozoq, turkman va rus sinflarida o‗qitishda faqat o‗zbek xalqi madaniyatini aks ettiruvchi leksikani tanlashda yuqoridagi omillarni hisobga olish zarur. Bu nafaqat tilni, balki o‗zbek xalqining madaniyatini, qadriyatlarini, tarixini va urf-odatlarini o‗rgatishda o‗quvchilarga chuqurroq tushuncha hosil qilishga yordam beradi. Xulosa. O‗zbek tilini lingvomadaniy yondashuv asosida o‗qitish til va madaniyatning uzviy bog‗liqligini ta‘lim jarayonida samarali aks ettirish imkonini beradi. Ushbu yondashuv o‗quvchilarda nafaqat til birliklarini o‗zlashtirish, balki milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an‘ana va madaniy tafakkurni chuqur anglash ko‗nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois o‗qitish jarayonida lingvomadaniy birliklarni tanlash masalasi muhim didaktik ahamiyat kasb etadi. Maqolada lingvomadaniy birliklarni tanlashda madaniy ahamiyatiga ko„ra tanlash prinsipi, kontekstual dolzarblik prinsipi, o„rganuvchining til darajasi va ehtiyojlari prinsipi, milliy-madaniy spetsifiklik prinsipi, intermadaniy kommunikativlik prinsipi hamda didaktik yaroqlilik prinsipi kabi asosiy prinsiplar belgilandi va ilmiy jihatdan asoslab berildi. Ushbu prinsiplar asosida tanlangan lingvomadaniy birliklar ta‘lim mazmunining boyishiga, darslarning mazmunan chuqur va qiziqarli tashkil etilishiga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‗rsatadiki, lingvomadaniy birliklardan maqsadli va tizimli foydalanish o‗quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish, madaniyatlararo muloqotga tayyorlash hamda milliy o‗zlikni anglash darajasini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Demak, o‗zbek tilini o‗qitishda lingvomadaniy yondashuvni amaliyotga joriy etish va lingvomadaniy birliklarni ilmiy asoslangan prinsiplarga tayangan holda tanlash zamonaviy ta‘lim talablari bilan hamohang bo‗lib, metodik tizimni takomillashtirishga xizmat qiladi. 78 3 5 Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati: 1. Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиѐти. – Тошкент, 2012. – № 5. – Б. 6-7. (3-16); 2. Худойберганова Д. Лингвокультурология терминларининг қисқача изоҳли луғати. Тошкент. ―Turon zamin ziyo, 2015. – Б. 21-22.; 3. Usmonova Sh. Lingvokulturologiya. –Toshkent, 2019. – 7-bet. 4. Азимов Э.Г., Щукин А.Н. Новый словарь методических терминов и понятий (теория и практика обучения языкам). – М.: Издательство ИКАР, 2009. – 127 с.; 5. Густомясова Т.И. Методика формирования социолингвистической компетенции студентов на материале E-mail-проектов: неязыковой вуз, английский язык: Дисс... канд.пед.наук. –Волгоград, 2010. –217 с. –С.138. 6. Хоменко Н. Культуроведческий подход к преподаванию русского языка при обучении и воспитании младших школьников.// Новое в психолого-педагогических исследованиях. № 01/2023. https://studfile.net/preview/4466603/page:20/ 7. Тарнаева Л.П. К вопросу о содержании лингвокультурологического образования студентов переводческих факультетов и отделений // Материалы VI Российско-Американской конференции «Актуальные вопросы современного университетского образования». – СПб.: Из-во РГПУ им. А.И.Герцена, 2005. – С.102–103. 8. Yuldasheva Sh. Raqamlashtirish sharoitida o‗zbek tilini oliy ta‘lim muassasalarida o‗qitishning lingvometodik tizimi (qardosh tillarda o‗qitiladigan guruhlar misolida): Ped.fan. dok. diss. – Nukus, 2025. – 149-b.