scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YECHIM SUJET UNSURI SIFATIDA

Soatmurotova Mexribon; Hafizova Feruza

Abstract

Ushbu maqolada badiiy asarda yechim tushunchasi, uning asar sujetidagi oʻrni haqida va yechim turlari, ularning mazmuni, ularning farqlanishi haqida ma'lumot beriladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 660 YECHIM SUJET UNSURI SIFATIDA Soatmurotova Mexribon Termiz davlat universiteti talabasi. Hafizova Feruza Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17983775 Annotatsiya. Ushbu maqolada badiiy asarda yechim tushunchasi, uning asar sujetidagi oʻrni haqida va yechim turlari, ularning mazmuni, ularning farqlanishi haqida maʼlumot beriladi. Kalit soʻzlar: yechim, tugun, ijobiy yechim, salbiy (fojiali) yechim, ochiq yechim, ramziy yechim, gibrid yechim, asar yakuni, oʻquvchi hissiyoti, qahramonlar oʻrtasidagi ziddiyatlar. Abstract. This article provides information about the concept of resolution in a work of art, its place in the plot of a work, and the types of resolution, their content, and their differences. Key words: solution, knot, positive solution, negative (tragic) solution, open solution, symbolic solution, hybrid solution, work ending, reader emotion, conflicts between characters. Аннотация. В данной статье дается информация о понятии развязки в художественном произведении, ее месте в сюжете произведения, а также о видах развязки, их содержании и различиях. Ключевые слова: развязка, узел, положительное решение, отрицательное (трагическое) решение, открытое решение, символическое решение, гибридное решение, развязка произведения, эмоции читателя, конфликты между персонажами. Yechim – sujet unsuri; epik yoki daramatik asar asosida yotgan asosiy voqealar rivojining yakuni, ularning nihoyasida qahramonlar ruhiyatida, taqdirida yuzaga kelgan holatni, personajlar orasidagi konfliktning yechimini bayon etuvchi sujet qismi. Yechimda konflikli holat, qahramonlar orasidagi ziddiyatlar oʻzining badiiy yechimini topadi. Yechimda asar sujetidagi voqea va qahramonlar taqdiri hal qilinadi. Tugun yechiladi. Kurash xotima topadi. “Oqilona hayot” oʻzining adolatli hukmini chiqaradi 1 . Oddiy tilda anglashilsa, “ Asar oxirida nima bo‘ldi?” degan savolga javob — yechimdir. So‘z “yechmoq” fe’lidan olingan bo‘lib, muammoni tugatish, natijaga yetkazish ma’nosini bildiradi. Buyuk yunon olimi Aristotel yakun turlari 2ta deb tasniflagan va ularni ijobiy yakun va salbiy yakun deb e'tirof etgan. Hozirgi adabiyotda esa yechim 5 turdan iborat deyiladi. Bular: ijobiy yechim, salbiy (fojiali) yechim, ochiq yechim, ramziy yechim,gibrid yechimlar hisoblanadi. Avvalo, ijobiy yechimga toʻxtaladigan boʻlsak, bunda ziddiyat ezgulik foydasiga hal etiladi, qahramon o‘z maqsadiga yetadi, voqealar baxtli yoki umidli tugallanadi. Bu yechim o‘quvchida quvonch, taskin, ruhiy ko‘tarinkilik uyg‘otadi. Ijobiy yechimga xalq ogʻzaki ijodi mahsuli boʻlgan “Alpomish” dostoni, dostonning soʻngida Alpomish oʻz yori bilan baxtli boʻlishini ijobiy yechim deb olsak, koʻplab ertaklarda “ular murod-maqsadiga yetibdi” kabi yechimlarni ijobiy yechimga misol qilib ola olamiz. 1 Adabiyot nazariyasi asoslari [Matn]/ D.Quronov.-Toshkent: Akademnashr, 2018. – B. 280. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 661 Yechimning yana bir turi bu salbiy, ya'ni fojiali yechim boʻlib, salbiy yechimda asar sujeti yakunida voqealar fojia, yo‘qotish, adolatning qaror topmasligi, qahramon maqsadiga erisha olmasligi bilan tugaydi. .Bunda o‘quvchi ko‘proq achinish, iztirob, ogohlik kabi hissiyotlarni boshdan kechiradi. Salbiy yechimga Oʻlmas Umarbekov qalamiga mansub “Odam boʻlish qiyin” romani, Alisher Navoiyning” Farhod va Shirin” dostoni, Shekspirning mashhur asari “Romeo va Julyetta” pyesasi va koʻplab asarlarni misol keltirishimiz mumkin. Oʻzbek adabiyotidagi mashhur asarlardan “Odam boʻlish qiyin” romanidagi Gulchehraning oʻzini oʻldirish sahnasi, “Farhod va Shirin” dostonida Farhod va Shirinning oʻz joniga qasd qilishi salbiy yechim timsoli boʻlsa, yevropalik yozuvchi Shekspirning “Romeo va Julyetta” pyesasida ikki bosh qahramonlar Romeo hamda Julyettaning oʻzini oʻldirishi salbiy yechimga misol boʻla oladi. Asar yakunida voqealar aniq bir xulosa bilan tugamay, qahramonlarning keyingi taqdiri o‘quvchi tasavvuriga qoldiriladigan yechim turi ochiq yechimdir, ya’ni muammo to‘liq hal qilinmaydi, savollar ochiq qoladi. Qahramonlarning taqdiri aniq ko‘rsatilmasligi, oʻquvchi bir nechta ehtimoliy yakunni tasavvur qilishi ochiq yechim belgilari hisoblanadi. X.Toʻxtaboyev qalamiga mansub “Sariq devni minib” asari, Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanlari ochiq yechimga misol boʻla oladi. “Sariq devni minib” romanida qahramonning keyingi qismati ochiq qoldiriladi — u yana sarguzasht izlaydimi yoki yo‘qmi, aytilmasligi, “Ikki eshik orasi” romanida esa ba’zi qahramonlarning kelajakdagi taqdiri oxirida ochiq qoladi — o‘quvchi ularning qayerga borishini o‘zi taxmin qilishi ochiq yechim misollaridir. Ochiq yechimga qisman oʻxshaydigan, ammo koʻplab farqli jihatlari bilan farqlanadigan yechim turi ramziy yechimdir. Ramziy yechimda asar yakunida voqealar yoki qahramon taqdiri bevosita emas, balki ramz, timsol, ishora yoki majoziy obraz orqali ifodalanadigan yakun turidir. Muallif yechimni ochiq aytmaydi, balki timsol orqali ma’no qoldiradi. Ramziy yechim va ochiq yechim farqlari: ochiq yechimda noaniq, noma'lum boʻlsa, ramziy yechimda yechim mavjud boʻladi, ammo timsollar orqali yashirilgan, ochiq yechimda qahramonning kelajagi ochiq qoldiriladi, ramziy yechimda asar gʻoyasi ramz orqali yakunlanadi. Abdulhamid Choʻlponning “Kecha va Kunduz” romani, Abdulla Qahhorning “Ogʻri” hikoyalari ramziy yechim misollari hisoblanadi. “Kecha va kunduz” romanida kechaning tugab, kunduzning boshlanishi oʻquvchida kelajakda Zebinisaning hayotida, albatta, yaxshi kunlar roʻy berishini tahmin qila oladi, “Oʻgʻri” hikoyasida esa kuzda ayon boʻladigan shart Qobil boboga 'qimmatga' tushushini aytish mumkin. Yechim turlarining oxirgi, ya'ni beshinchi turi gibrid (aralash) yechim hisoblanadi. Gibrid yechimda asar yakunida bir nechta yechim shakllari birlashtirilgan holda beriladi, bunda ba’zi qahramonlar uchun voqealar ijobiy, boshqalar uchun esa fojiali tugaydi. Yoki fojea bilan birga umidli, ijobiy ramz mavjud bo‘ladi. Gibrid yechim asarga ko‘p qatlamli ma’no va hissiyot beradi. Oʻzbek adabiyotining birinchi romanlaridan biri boʻlgan “Oʻtkan kunlar” asari, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub “Boburnoma” tarixiy-ilmiy asari gibrid yechimga ega. “Oʻtgan kunlar” asari bosh qahramonlar Otabek va Kumush oʻlimi fojiali yakun boʻlsa-da, unda millat uygʻonayotgani, kelajakka umidning koʻtarilgani ijobiy yakunligi bilan gibrid yechimga misol boʻlishi mumkin. “Boburnoma” asarida Boburning oʻlimi, uning hayoti mashaqqatga boyligi salbiy, lekin uning merosi va tarixiy ishlarining ijobiy ta’siri mavjudligi, uning gibrid yechimga ega ekanligini koʻrsatadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 662 Xulosa qilib shuni ayta olamizki, yechim turlari asarning badiiy qadrini, g‘oyaviy mazmunini va o‘quvchida uyg‘otadigan hissiyotlarni belgilovchi muhim vosita hisoblanadi. Har bir tur o‘ziga xos badiiy funksiyaga ega: ijobiy va ramziy yechim o‘quvchida umid va fikrlashni uyg‘otadi, salbiy yechim esa ogohlik va achinish hissi beradi, ochiq va gibrid yechimlar esa asarga murakkablik va ko‘p qatlamlilik qo‘shadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Adabiyot nazariyasi asoslari [Matn]/ D.Quronov.-Toshkent: Akademnashr, 2018.- 480 b. 2. Adabiyotshunoslik nazariyasi: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik/Mas'ul murarrar: B. Valixo'jayev.-T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.- 264 b. 3. Adabiyotshunoslik lugʻati/D. Quronov. Z.Mamajovov, M.Sheraliyeva, -Toshkent: Akademnashr, 2013, -408b. 4. Adabiyotshunoslik nazariyasi/ Abdulla Ulugʻov, -G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi Toshkent – 2017, -308b. 5. Arastu. Poetika. Axloqi-kabir. Ritorika. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2011. -352b.