TA'LIM MENEJMENTI NAZARIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Abstract
Ushbu maqolada ta’lim menejmenti nazariyasining shakllanishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Maqolada sanoat modeli, inson omili va tizimli yondashuv bosqichlarining o‘ziga xos jihatlari, ularning ta’lim tizimiga ta’siri, shuningdek zamonaviy boshqaruv nazariyalarining integratsiyasi yoritilgan. Natijada, menejmentning klassik tamoyillari va insoniy omillar uyg‘unlashgan holda innovatsion boshqaruv konsepsiyasi shakllangani isbotlanadi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 666 TA’LIM MENEJMENTI NAZARIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Pulаtovа Gulsаnаm G`аyrаt qizi Аlfrаgаnus universiteti Pedаgogikа yo’nаlishi mаgistrаnti. safiyapulatova99@gmаil.сom Berdiyorov B.S. Аlfrаgаnus universiteti Xalqaro turizm kafedrasi dotsenti, i.f.n. https://doi.org/10.5281/zenodo.17983820 Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim menejmenti nazariyasining shakllanishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Maqolada sanoat modeli, inson omili va tizimli yondashuv bosqichlarining o‘ziga xos jihatlari, ularning ta’lim tizimiga ta’siri, shuningdek zamonaviy boshqaruv nazariyalarining integratsiyasi yoritilgan. Natijada, menejmentning klassik tamoyillari va insoniy omillar uyg‘unlashgan holda innovatsion boshqaruv konsepsiyasi shakllangani isbotlanadi. Kalit so‘zlar: Ta’lim menejmenti, sanoat modeli, inson omili, tizimli yondashuv, innovatsion boshqaruv, pedagogik menejment. Аннотация. В данной статье проводится научный анализ формирования и исторического развития теории образовательного менеджмента. В работе раскрываются особенности индустриальной модели, этапа человеческого фактора и системного подхода, их влияние на систему образования, а также интеграция современных управленческих теорий. Установлено, что в результате эволюции управленческих идей сложилась инновационная концепция управления, основанная на сочетании классических принципов менеджмента и человеческих ценностей. Ключевые слова: образовательный менеджмент, индустриальная модель, человеческий фактор, системный подход, инновационное управление, педагогический менеджмент. Abstract. This article provides a scientific analysis of the formation and historical development of educational management theory. The study examines the characteristics of the industrial model, the human factor stage, and the systems approach, along with their impact on the educational system and the integration of modern management theories. The findings demonstrate that the evolution of management ideas has led to the emergence of an innovative management concept that combines classical management principles with human-centered values. Keywords: educational management, industrial model, human factor, systems approach, innovative management, pedagogical management. Kirish Ta'lim menejmenti nazariyasi doimiy ravishda rivojlanib boradi, jamiyat ehtiyojlari, iqtisodiy o'zgarishlar va texnologik taraqqiyotga moslashadi, bu esa ta'lim tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ta’lim menejmenti — bu ta’lim tizimini samarali boshqarish, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni o‘z ichiga olgan ilmiy-amaliy jarayondir.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 667 Uning rivojlanish bosqichlari boshqaruv tamoyillarining evolyutsiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Menejment g‘oyalari dastlab sanoat jarayonlaridan boshlangan bo‘lsa, keyinchalik inson omili va tizimli yondashuv asosida mukammallashgan. “Management” inglizcha so’zdan olinga bo’lib o’zbek tilida boshqaruvni tashkil qilish, rahbarlik qilish ma’nosida tarjima qilinadi. Umumiy xolda menejment boshqaruvni bildiradi, ya’ni u yoki bu faoliyat turini (tashkil etishni va rahbarlik qilishni) iqtisodiy, moliyani, ta`limni va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va boshqarishni bildiradi. Tahlil va natijalar Xorijiy ilmiy adabiyotlarda ta’lim menejmenti nazariyalari bir necha asosiy turlarga bo‘linishi bilan ajralib turadi. Bularning aksariyati boshqaruvning maqsadi, vazifalari, jarayon va natijaga yo‘naltirilganlik darajasi, shuningdek inson omili va texnologiyalar rolining qay darajada e’tiborga olinishi bilan ajratiladi. Ta’lim menejmenti nazariyasi bosqichma-bosqich rivojlanib, sanoat modelidan inson omili orqali tizimli yondashuvga o‘tgan. Har bir bosqich boshqaruvning yangi qirrasini ochgan: birinchi bosqich-tartib va nazorat; ikkinchi bosqichempatiya va motivatsiya; uchinchi bosqichinnovatsiya va strategik fikrlash. Ta’lim menejmenti nazariyasining shakllanishi uch asosiy bosqich orqali kechgan: sanoat (industrial) modeli; inson omiliga asoslangan yondashuv; tizimli va zamonaviy yondashuvlar bosqichi. 1. Boshlang‘ich bosqich – industrial (sanoat) modeli. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida paydo bo‘lgan bu model sanoat inqilobi ta’sirida shakllandi. Ta’lim menejmentining paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichiga bir nazar tashlasak qadim tarixga egadir, ammo boshqaruv nazariyasi faqat 20-asr boshlarida rivojlana boshladi. Shu davrda Amerika Qo’shma Shtatlarda ilmiy boshqaruv maktablari evolyutsiyasi boshlangan qulay sharoitlar yuzaga keldi. Demokratik mamlakatda ulkan mehnat bozori paydo bo’ldi. Ta’limning mavjudligi ko’plab aqlli odamlarga fazilatlarini namoyon etishga yordam berdi. Rahbarlikning yangi usullari talab qilindi. 1911 yilda Frederik Teylorning "Printsiplar" kitobi, Bu yangi fan - etakchilik sohasida tadqiqotlar uchun asos yaratdi. Guruh ta’sirining odamlarning mehnatga bo’lgan munosabatini o’zgartirishi mumkinligini isbotladi. Frederik Teylor, Anri Fayol va Maks Veber menejmentning ilmiy, ma’muriy va byurokratik nazariyalarini ishlab chiqib, tashkilotlarda tartib va samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan konsepsiyalarni yaratdilar. Teylorning ilmiy menejment tamoyillari — ishni ilmiy tahlil qilish, samaradorlikni oshirish, mehnat taqsimoti va rag‘batlantirish orqali natijaga erishishni ko‘zlagan. Fayol esa boshqaruvni besh asosiy funktsiyaga ajratgan: rejalashtirish, tashkil etish, buyruq berish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish. Weber tomonidan ilgari surilgan byurokratik model esa qat’iy ierarxiya va formal qoidalar tizimini yaratdi. Bu yondashuv ta’lim muassasalarida ham qo‘llanilib, maktab rahbari “bosh menejer”, o‘qituvchilar esa “ishchilar” sifatida qaralgan. Bu model natijasida ta’lim tizimida intizom, standartlashtirish va nazorat madaniyati shakllandi, biroq inson omili va pedagogik ijodkorlik ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 668 2. Inson omili va ijtimoiy-psixologik yondashuv bosqichi (1930–1960-yillar) Bu bosqich sanoat modelining cheklovlarini bartaraf etish maqsadida shakllangan. Elton Mayo o‘zining mashhur Hawthorne tajribalari orqali insonning ijtimoiy munosabatlari, muloqoti va ruhiy holati mehnat samaradorligiga bevosita ta’sir qilishini isbotladi. Abraham Maslowning “Ehtiyojlar ierarxiyasi” nazariyasi inson faoliyati motivatsiya bilan boshqarilishini ko‘rsatdi. U ehtiyojlarni besh darajada ajratdi: jismoniy, xavfsizlik, ijtimoiy, hurmat va o‘zini ro‘yobga chiqarish. Douglas Mak-Gregor esa “X va Y” nazariyalarida rahbarlik uslublarini inson haqidagi qarashlarga bog‘lab tushuntirdi: “X” nazariyasi — insonni faqat nazorat bilan boshqarish mumkin, “Y” nazariyasi — inson ishonch va rag‘bat bilan samarali ishlaydi. Ta’lim boshqaruvida bu g‘oyalar katta o‘zgarish olib keldi. Rahbar endi faqat buyruq beruvchi emas, balki motivator, muloqotchi, jamoani ilhomlantiruvchi lider sifatida qaraladi. O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi ishonchli muhit, o‘zaro hurmat va jamoaviylik ta’lim sifatini oshirdi. Shunday qilib, ta’lim menejmenti “inson markazli boshqaruv” tizimiga o‘tdi. Bu bosqichda rahbarlikda empatiya, ijtimoiy iqlim va psixologik muvozanat muhim omilga aylandi. 3. Tizimli, kontekstga moslashuvchan va zamonaviy yondashuvlar bosqichi (1970yillardan hozirgacha) Zamonaviy davrda ta’lim menejmenti ochiq tizim sifatida qaraladi. Bu bosqichda menejment nazariyalari tizim, kontekst va innovatsiya g‘oyalariga asoslandi. Ludwig von Bertalanffy, Peter Senge, Daniel Katz va Robert Kahnlarning tizimli yondashuv nazariyasi ta’lim muassasasini murakkab, o‘zaro bog‘liq qismlardan iborat tizim sifatida tushuntirdi. Har bir bo‘lim — o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar — bir tizimning elementlari sifatida qaraladi. Har qanday qaror butun tizimga ta’sir qiladi. Kontekstual (situatsion) yondashuv esa har bir tashkilot o‘z sharoiti, resurslari va madaniyatiga qarab boshqarilishi lozimligini ta’kidlaydi. Masalan, shahar maktabi va qishloq maktabining boshqaruv strategiyasi bir xil bo‘la olmaydi. Innovatsion menejmentda esa raqamli texnologiyalar, elektron tizimlar, masofaviy ta’lim, sifat menejmenti (ISO 21001, TQM) asosiy omilga aylandi. Innovatsion menejmentda haqiqatan ham raqamli texnologiyalar (sun'iy intellekt, elektron tizimlar), masofaviy ta'lim va sifat menejmenti (ISO 21001, TQM) muhim rol o'ynaydi; bu raqamlashtirish ta'lim sifatini oshirish, yangi usullarni joriy etish va samaradorlikni ta'minlash uchun zaruriy omilga aylangan, ayniqsa ta'lim sohasida. Asosiy sabablari quyidagilardir: 1. Raqamli Transformatsiya: Ta'lim tizimlarini modernizatsiya qilish va raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirish uchun. 2. Masofaviy Ta'lim: COVID-19 pandemiyasi va texnologik taraqqiyotdan so'ng, ta'limning global miqyosda qamrovini kengaytirish. 3. Sifatni Oshirish: ISO 21001 (Ta'lim muassasalari uchun menejment tizimi) va TQM (Umumiy sifat menejmenti) kabi standartlar orqali ta'lim xizmatlarining sifatini doimiy yaxshilash.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 669 4. Innovatsion Metodlar: Sun'iy intellekt (AI) va multimedia kabi yangi texnologiyalar o'qitish usullarini takomillashtiradi va o'quvchilarni rivojlantiradi. Ushbu omillar ta'lim sohasidagi raqobatbardoshlikni oshirish va talabalarni zamonaviy dunyodagi o'zgarishlarga tayyorlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Rahbarlik demokratik, hamkorlikka asoslangan va insonparvar shaklga ega bo‘ldi. Zamonaviy ta’lim boshqaruvi shunday tamoyillarga tayanadi: texnologiya va inson uyg‘unligi, moslashuvchan strategiyalar, jamoaviy rahbarlik va tahliliy boshqaruv, sifatni o‘lchash va baholash tizimlari. Ta’lim menejmenti nazariyasining rivojlanishi faqat ichki jarayonlar bilan emas, balki xorijiy boshqaruv tajribalari bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Jahon pedagogik adabiyotlarida ta’lim menejmenti bir nechta asosiy turlarga ajratiladi va bu tasnif asosan boshqaruvning maqsadi, inson omili roli, jarayon va natijaga yo‘naltirilganlik darajasi, hamda rahbarlik falsafasiga tayanadi. 1. Ma’muriy (klassik) menejment Taylor, Fayol va Weber tamoyillariga asoslanib, tartib, buyruq, nazorat, rejalashtirish va aniq vazifalar taqsimotiga urg‘u beradi. Bu model ko‘pincha katta davlat maktablari va universitetlarda qo‘llanilgan. 2. Inson resurslariga yo‘naltirilgan menejment Maslow, McGregor, Mayo kabi olimlarning psixologik yondashuvlariga asoslanadi. Bu modelda motivatsiya, jamoaviylik, kommunikatsiya, o‘qituvchi va o‘quvchining psixologik holati boshqaruvning asosiy elementi hisoblanadi. Finlyandiya, Yaponiya va Kanada ta’lim tizimlarida keng qo‘llanadi. 3. Strategik menejment Ta’lim muassasasining uzoq muddatli maqsadlarini belgilash, SWOT, PEST tahlil, indikatorlar (KPI) asosida boshqaruvni yo‘lga qo‘yish bilan tavsiflanadi. Buyuk Britaniya va AQSh oliy ta’lim muassasalarida asosiy model sifatida ishlatiladi. 4. Tizimli va kontekstual menejment Ta’lim jarayoni murakkab tizim sifatida ko‘riladi. Muassasa ichki jarayonlar bilan birga tashqi omillar — jamiyat, iqtisod, demografiya, texnologiya ta’sirida shakllanadi. Har bir ta’lim muassasasi o‘z sharoitiga mos strategiyani tanlaydi. Germaniya, Singapur va Janubiy Koreya maktablari ushbu modelga asoslanadi. 5. Innovatsion va raqamli menejment Elektron boshqaruv, masofaviy ta’lim, raqamli platformalar, sifatni boshqarish tizimlari (TQM, ISO-21001) kabi zamonaviy mexanizmlar qo‘llanadi. Koreya, Estoniya va AQShda keng rivojlangan. O‘zbekistonda ta’limni boshqarishning o`ziga xos xuxusiyatlari bo`lib, uning xorij tajribalaridan farqi va o‘xshashliklari mavjuddir. O‘xshashliklari: har ikki tizimda ham ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bosh maqsad sifatida qaraladi. Klassik menejment tamoyillari: rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish va nazorat qilish qo‘llaniladi. Inson omili, pedagogik muloqot, motivatsiya va psixologik muhitga e’tibor kuchayib bormoqda. Raqamli texnologiyalardan foydalanish bosqichma-bosqich kengaymoqda.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 670 Farqi shundaki, xorijda ta’lim muassasalari yuqori darajada mustaqil: moliya, kadrlar siyosati, o‘quv rejalari muassasaning o‘zi tomonidan belgilanadi. O‘zbekistonda esa boshqaruv ko‘proq markazlashtirilgan bo‘lib, avtonomiya asta-sekin kengayib bormoqda. Innovatsion boshqaruv darajasi yuqori. Xorijda sifat menejmenti, data-analitik, elektron boshqaruv, masofaviy ta’lim tizimlari keng qo‘llaniladi. Bizda raqamlashtirish jarayoni faol davom etmoqda, ammo ayrim yo‘nalishlar hali boshlang‘ich bosqichda. Xorijda o‘qituvchilik eng nufuzli kasblardan biri bo‘lib, professional standartlar, malaka oshirish tizimi va ijtimoiy kafolatlar kuchli rivojlangan. Bizda o‘qituvchining maqomi so‘nggi yillarda ko‘tarilmoqda, lekin hali xalqaro talablarga to‘liq tenglashmagan. Baholash tizimi bo`yicha xorijda ta’lim sifatini mustaqil agentliklar baholaydi (masalan, Ofsted — Buyuk Britaniya). O‘zbekistonda esa baholash asosan davlat organlari tomonidan markazlashtirilgan tarzda olib boriladi. Umuman olganda, xorijiy ta’lim menejmenti avtonomiya, innovatsion boshqaruv, inson resurslari va tizimli yondashuvga tayanadi. O‘zbekiston esa ushbu yondashuvlarning eng samarali jihatlarini o‘zlashtirib, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, sifatni oshirish va global standartlarga moslashishga intilmoqda. Natijada, milliy ta’lim menejmenti bosqichma-bosqich zamonaviy, strategik va insonparvar boshqaruv konsepsiyasiga yaqinlashib bormoqda. Xulosa Bugungi ta’lim menejmenti inson, tizim va texnologiya uyg‘unligiga asoslangan ilg‘or modeldir. U nafaqat boshqaruv samaradorligini ta’minlaydi, balki ta’lim sifatini, inson resurslarini va jamiyat taraqqiyotini ham yangi darajaga olib chiqadi. “Ta’limni boshqarish — bu insonlarni ilhomlantirish, ularning imkoniyatlarini ochish va jamiyatning kelajagini shakllantirish san’atidir.” Foydalanilgan adabiyotlar 1. Shadiyev A.X. Ta’lim menejmenti. Ta’limni boshqarish usullari va qarorlari. International scientific journal «Modern science аnd research» Volume 3 / ISSUE 6 / UIF: 8.2. 854 bet. 2. Senge P. The Fifth Discipline: The Art & Practice of the Learning Organization. – USA, 1990. 3. Харчилава Х.П. Oбразовательный менеджмент: сущность, функции, роль лидерства // Вестник Алтайской академии экономики и права. 2024. № 4-1. С. 175-179. 4. Мирзабеков Н. (2023). Образовательный менеджмент как объект междисциплинарных исследований. Весник науки и образования, №2, 203-211. 5. Саматов Ш.Э. Образовательный менеджмент как объект междисциплинарных исследований. Academic research in modern science. International scientific-online conference. 21 мая 2024 г.191-193 стр. 6. Халилова Ш. Т., & Тургунбоев Ж. (2023). Образовательный менеджмент: от теории к практике. Innovative developments and research in education, 2(24), 218–221. 7. https://lex.uz/ru/docs/5013009 [Закон Республики Узбекистан, от 23.09.2020 г. № ЗРУ63//Об образовании] 8. ilmiybaza.uz – Ta’lim menejmenti nazariyasining rivojlanish bosqichlari. 9. teachers.institute – Educational Management Evolution Theories.