Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 691 TRANSPORT KORIDORLARINING MAHALLIY TASHUVLARGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH Komilov Mukhammadjamshid Qobuljon o‘g‘li Toshkent davlat transport universiteti magistranti. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17984067 Annotatsiya. Mazkur maqolada transport koridorlarining mahalliy tashuvlar tizimiga ta’siri Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagi misolida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida transport koridorlarining nazariy asoslari, ularning mintaqaviy iqtisodiyot va ichki yuk tashuvlar samaradorligidagi o‘rni o‘rganildi. Shuningdek, Trans-Afg‘on yo‘lagining shakllanishi, uning Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-logistika aloqalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilindi. Maqolada mazkur yo‘lakning mahalliy tashuvlar hajmi, tashuvchilar faoliyati va logistika infratuzilmasi rivojiga ta’siri aniqlanib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib berildi. Tadqiqot natijalari transport-logistika koridorlarini rivojlantirish orqali mahalliy tashuvlar samaradorligini oshirish va tranzit salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Transport koridorlari; Trans-Afg‘on yo‘lagi; mahalliy yuk tashuvlari; logistika infratuzilmasi; mintaqaviy bog‘liqlik; tranzit salohiyati. Abstract. This study analyzes the impact of transport and logistics corridors on local transportation systems, using the Trans-Afghan transport and logistics corridor as a case study. The research focuses on the role of transport corridors in improving freight efficiency, expanding regional connectivity, and strengthening domestic transport operations. The formation and strategic significance of the Trans-Afghan corridor in linking Central Asia with South Asia are examined, with particular emphasis on its influence on local freight volumes, carrier activities, and logistics infrastructure development. The study identifies key economic and operational benefits for local transportation systems, while also highlighting existing challenges related to infrastructure, security, and regulatory procedures. Based on the analysis, policyoriented recommendations are proposed to enhance the effectiveness of local transport operations and maximize transit potential. The findings contribute to academic research on transport economics and provide practical insights for the development of transport and logistics corridors in landlocked regions. Keywords: Transport and logistics corridors; Trans-Afghan corridor; local freight transport; regional connectivity; logistics infrastructure; transit development. KIRISH So‘nggi yillarda global savdo hajmining ortishi va mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashuvi transport-logistika infratuzilmasining rivojlanishiga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirdi. Ayniqsa, transport koridorlari mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlash, yuk tashish xarajatlarini kamaytirish va yetkazib berish muddatlarini qisqartirishda muhim omil hisoblanadi. Xozirda Janubiy Osiyodan keladigan yo'laklar Trans-Sibir temir yo'li, “Shimoliy oqim” yoki Sues kanali orqali qora dengizga o'tadi va keyin o'rta yo'lak bo'ylab bizga qaytadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 692 Yaqinda Bandar Abbos (Eronda) portini yopib qo'ygan mojaro yana logistika zanjiri qanchalik zaif ekanligini ko'rsatdi. Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston uchun dengiz portlariga chiqish imkoniyatining cheklanganligi sababli muqobil transport yo‘laklarini rivojlantirish strategik ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagi mintaqaning tranzit salohiyatini oshirish bilan bir qatorda, mahalliy tashuvlar tizimiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur maqolaning maqsadi — Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagi misolida transport koridorlarining mahalliy tashuvlarga ta’sirini kompleks tahlil qilish, shuningdek, mavjud muammolar va rivojlanish istiqbollarini aniqlashdan iborat. Transport koridori — bu bir yoki bir nechta transport turlarini o‘z ichiga olgan, yuk va yo‘lovchilarni ma’lum geografik yo‘nalish bo‘yicha samarali tashishni ta’minlovchi infratuzilmaviy tizimdir. Bunday koridorlar avtomobil, temir yo‘l, havo va multimodal tashuvlarni birlashtiradi. Nazariy jihatdan transport-logistika koridorlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - tashuvlar tannarxini pasaytirish; - logistika jarayonlarini optimallashtirish; - tranzit va eksport-import operatsiyalarini jadallashtirish; - hududlar iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirish. Mahalliy tashuvlar nuqtai nazaridan, transport-logistika koridorlari ichki yuk oqimlarining ko‘payishiga, tashuvchilar faoliyatining kengayishiga va logistika xizmatlari sifatining oshishiga xizmat qiladi. Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagining shakllanishi va ahamiyati Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagi Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘lovchi strategik transport yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘lak O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston yo‘nalishi orqali Hind okeani portlariga chiqish imkonini yaratadi. Mazkur yo‘lakning asosiy afzalliklari: - yuklarni yetkazib berish masofasining qisqarishi; - tranzit vaqtining kamayishi; - dengiz portlariga muqobil va barqaror chiqish yo‘li; - mintaqaviy savdo hajmining oshishi. Trans-Afg‘on marshrutining yana ikkita afzalligi bor: Moslashuvchanlik. “Mazari-Sharif-Hirot-Qandahor-Chaman” yo'nalishi tom ma'noda uchta tashqi chiqish – Turkmaniston (Torgundi), Eron (Farah – Zaranj – Chabahar) va Pokiston (Kvetta – Karachi) ni birlashtiradi. Trans-Afg‘on yo‘lagi nafaqat xalqaro tranzit uchun, balki ichki va hududiy tashuvlar tizimi uchun ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Trans-Afg‘on yo‘lagining mahalliy tashuvlarga ta’sirini kompleks tahlil qilish Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagining rivojlanishi mahalliy tashuvlarga bir nechta yo‘nalishlarda ta’sirini ko’rib chiqamiz. Birinchidan, yuk oqimlarining ortishi mahalliy tashuvchi kompaniyalar faoliyatini faollashtirmoqda.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 693 Ichki hududlardan chegaraviy logistika markazlariga yuk tashish hajmi sezilarli darajada oshmoqda. Parallel ravishda “O’zbekiston temir yo’llari” AJning Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagi bilan bog‘lovchi bo‘lgan Termez MTUga yilning 4-choragida ichki qatnovlarda yuklanadigan vagonlar dinamikasining kamayishi mintaqadagi logistika markazlarining yaxshi rivojlanmaganligining yaqqol dalilidir [1,2-diagrammalar]. Ikkinchidan, yangi transport yo‘nalishlari mahalliy tashuvlar geografiyasini kengaytirmoqda. Bu esa kichik va o‘rta tashuvchilar uchun yangi bozorlar va shartnomalar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagining topshirish punkti o‘tkazish quvvatidan kelib chiqqan holda yuk poyezdlarining Termez MTUning bir qator bekatlarida samarasiz turib qolish vaqtlari sezilarli darajada oshmoqda.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 694 Uchinchidan, logistika infratuzilmasining rivojlanishi (omborlar, terminal va bojxona punktlari) tashuvlar samaradorligini oshirib, xizmat sifati yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, yuk jo‘natuvchilar temir yo‘l transportida yuklarini manzil bekatigacha (ya’ni G‘alaba eksp. keyin Xayraton) yetkazib berish jarayonida vagonlardan samarasiz foydalanish xususan ARAdan bo’sh qaytib chiqayotgan vagonlarning vagon aylanmasining pasayishi fonida harajatlarning ortishi kuzatilmoqda [3-diagramma]. 2. ADABIYOTLAR YOKI ILMIY ISHLAR TAHLILI Transport-logistika koridorlarining iqtisodiy rivojlanish va tashuvlar samaradorligiga ta’siri masalasi xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlarda keng yoritilgan. Ilmiy manbalarda transport-logistika koridorlari hududlararo va xalqaro savdoni rivojlantiruvchi, logistika xarajatlarini kamaytiruvchi hamda tranzit salohiyatini oshiruvchi muhim infratuzilma elementi sifatida talqin etiladi [2], [3]. Xorijiy tadqiqotchilar J.-P. Rodrigue, C. Comtois va B. Slack o‘z ishlarida transportlogistika koridorlarini mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytiruvchi va multimodal tashuvlarni rivojlantiruvchi strategik tizim sifatida baholab, ularning yuk oqimlari samaradorligi va tashuvlar tezligiga ijobiy ta’sirini asoslab bergan [2]. Jahon banki hamda Osiyo taraqqiyot banki (ADB) hisobotlarida Markaziy Osiyo mintaqasida transport koridorlarini rivojlantirish savdo hajmining oshishi, tranzit vaqtining qisqarishi va ichki tashuvlar tizimining modernizatsiyalanishiga xizmat qilishi ta’kidlangan [4], [5]. Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNESCAP va UNCTAD tashkilotlari tomonidan tayyorlangan tadqiqotlarda quruqlik bilan o‘ralgan davlatlar uchun transport-logistika koridorlarining ahamiyati alohida qayd etilib, bunday koridorlar orqali dengiz portlariga chiqish imkoniyatining kengayishi mahalliy tashuvlar hajmi va logistika xizmatlari sifatini oshirishiga olib kelishi ko‘rsatib o‘tilgan [3], [10]. Mahalliy ilmiy adabiyotlarda transport-logistika tizimlarini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. O‘zbekistonlik olimlar transport koridorlarining milliy iqtisodiyot, eksport-import operatsiyalari hamda ichki yuk tashuvlar bozoriga ta’sirini o‘rganib, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish mahalliy tashuvchilar
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 695 faoliyatini faollashtirishning muhim omili ekanligini ta’kidlaganlar [6], [11]. Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagiga bag‘ishlangan ilmiy va tahliliy ishlarda ushbu yo‘lak Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘lovchi muqobil transport yo‘nalishi sifatida baholanadi. Afg‘oniston–Pokiston–O‘zbekiston temir yo‘l loyihasi doirasidagi tadqiqotlarda yuk tashish masofasi va tannarxining qisqarishi, tranzit imkoniyatlarining kengayishi hamda mahalliy tashuvlar tizimi uchun yangi logistika zanjirlarining shakllanishi asoslab berilgan [12], [8]. Shu bilan birga, mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Trans-Afg‘on transportlogistika yo‘lagining aynan mahalliy tashuvlarga ko‘rsatadigan bevosita ta’siri, jumladan ichki yuk oqimlari hajmi, mahalliy tashuvchilar faoliyati va hududiy logistika markazlarining rivoji masalalari yetarli darajada kompleks tadqiq etilmagan. Ushbu holat mazkur tadqiqotning dolzarbligini belgilab, ilmiy bo‘shliqni to‘ldirish zaruratini yuzaga keltiradi. 3. MAVJUD MUAMMO VA YECHIMLAR Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagidan samarali foydalanishda qator muammolar mavjud: 1. “O’zbekiston temir yo’llari” AJning Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagi bilan bog‘lovchi bo‘lgan Termez MTUga yilning 4-choragida ichki qatnovlarda yuklanadigan vagonlar dinamikasining kamayishi mintaqadagi logistika markazlarining yaxshi rivojlanmaganligi; 2. Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagining topshirish punkti o‘tkazish quvvatidan kelib chiqqan holda yuk poyezdlarining Termez MTUning bir qator bekatlarida samarasiz turib qolish vaqtlari sezilarli darajada ko‘tarilishi; 3. Yuk jo‘natuvchilar temir yo‘l transportida yuklarini manzil bekatigacha (ya’ni -G‘alaba eksp. keyin Xayraton) yetkazib berish jarayonida vagonlardan samarasiz foydalanish xususan ARAdan bo’sh qaytib chiqayotgan vagonlarning vagon aylanmasining pasayishi; 4. Xavfsizlik va siyosiy barqarorlik masalalari; 5. Transport infratuzilmasining ayrim uchastkalarda yetarli darajada rivojlanmaganligi; 6. Bojxona va tranzit tartib-taomillarining murakkabligi; Muammolarning yechimlari: 1. Mintaqadagi logistik markazlar ish faoliyatini integratsiya qilish; 2. Tranzit, import hamda ichki qatnovlar dinamikasini o’rganib chiqish imkoniyatini yaratish; 3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning “Sogdiana Trans” sho‘ba korxonasi hamda Afg‘onistonning Afg‘oniston Temir yo‘l Boshqarmasi bilan birgalikda yillik yuk va vagon aylanmasi to‘g‘risidagi kelishuvlarga erishish; 4. G‘alaba eksp.dan bo‘sh qaytib chiqayotgan vagonlarning vagon aylanmasining pasayishi fonida vagonlarni keyingi yuk ortish punktigacha yetkazib berish jarayonidagi tarif harajatlarini oldini olish maqsadida temir yo‘l transporti orqali Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagi tomon harakatlanayotgan vagonlarning ma’lum qismini Termez MTUgacha bo‘lgan masofada logistika markazlariga yetkazib berishni tashkil qilish. Mazkur jarayonda vagonlarni bo‘sh harakatlanishi oldini olibgina qolmay, yuk poyezdlarining Termez MTUning bir qator bekatlarida samarasiz turib qolish vaqtlari ham qisqaradi. 4. XULOSA Mazkur tadqiqotda Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagi misolida transport-logistika koridorlarining mahalliy tashuvlar tizimiga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilindi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 696 O‘tkazilgan tahlillar transport-logistika koridorlari mahalliy yuk tashuvlar hajmini oshirish, tashuvlar samaradorligini yaxshilash va logistika infratuzilmasini rivojlantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagining Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston uchun muqobil tranzit yo‘nalishi sifatidagi strategik ahamiyatini tasdiqladi. Ushbu yo‘lak orqali yuk tashish masofasi va vaqtining qisqarishi mahalliy tashuvchilar faoliyatini faollashtirish, ichki yuk oqimlarini ko‘paytirish hamda logistika xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, tadqiqot davomida xavfsizlik masalalari, infratuzilmaning ayrim uchastkalarda yetarli darajada rivojlanmaganligi hamda bojxona va tranzit tartib-taomillarining murakkabligi kabi muammolar mavjudligi aniqlandi. Mazkur omillar Trans-Afg‘on yo‘lagining mahalliy tashuvlarga to‘liq ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini ma’lum darajada cheklamoqda. Xulosa qilib aytganda, Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagini kompleks rivojlantirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va muvofiqlashtirilgan transport siyosatini amalga oshirish orqali mahalliy tashuvlar tizimi samaradorligini oshirish hamda mintaqaning tranzit salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish mumkin. Tadqiqot natijalari transport-logistika koridorlarini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari ro‘yxati: 1. Mirziyoyev Sh.M.Yangi O‘zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O‘zbekiston, 2021. - 464 b. 2. Rodrigue J.-P., Comtois C., Slack B The Geography of Transport Systems. — New York: Routledge, 2020. — 456 p. 3. UNESCAP.Transport Corridors and Regional Cooperation. — Bangkok, 2019. 4. World Bank. Trade and Transport Facilitation in Central Asia. — Washington, DC, 2020. 5. Asian Development Bank. Central Asia Regional Economic Cooperation (CAREC) Transport Corridors. — Manila, 2021. 6. Rakhimov A., Karimov B. Transport-logistika tizimlarini rivojlantirishning nazariy asoslari // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. — 2022. — №4. 7. OECD. Improving Connectivity in Landlocked Regions. — Paris, 2018. 8. Islam R., Brooks D. Linking South and Central Asia: Transport Corridors and Economic Development. — ADB Working Paper, 2019. 9. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi. Trans-Afg‘on transport yo‘lagi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar. — Toshkent, 2023. 10. Rahmonov S. Xalqaro transport koridorlarining mintaqaviy iqtisodiyotga ta’siri // Transport iqtisodiyoti. — 2021. — №2.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 697 11. Afghanistan–Pakistan–Uzbekistan Railway Project (APU). Project Overview and Economic Impact Assessment. — 2022. 12. https://railway.uz/ru/ 13. https://sogdianatrans.uz/about.php