Full text
“CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. December 2025 245 KORRUPSIYA: MOHIYATI, KO‘RINISHLARI VA OʻZBEKISTONDA UNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK ASOSLARI Normamat Ramazonovich Mallayev Yuridik fanlar nomzodi, dotsent. Qayumova Etibor Haydar qizi Termiz davlat universiteti Advokatlik faoliyati mutaxasisligi tinglovchisi ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada korrupsiyaning ijtimoiy-huquqiy mohiyati, uning davlat boshqaruvi samaradorligiga, iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga va jamiyatdagi adolat tamoyillariga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri tahlil qilingan. Korrupsiyaning asosiy ko‘rinishlari – pora olish va berish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, manfaatlar to‘qnashuvi, nepotizm kabi shakllarning vujudga kelish omillari qisqa va aniq izohlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasida shakllantirilgan huquqiy baza, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, Jinoyat kodeksidagi tegishli normalar, davlat xizmatini isloh qilishga qaratilgan islohotlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vakolat va funksiyalari chuqur yoritilgan. Maqolada raqamlashtirish, jamoatchilik nazorati, ochiqlik siyosati, davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi kabi innovatsion mexanizmlarning korrupsiyani kamaytirishdagi roli ilmiy-analitik tarzda baholangan. Yakunda O‘zbekiston tajribasi asosida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha xulosa va takliflar bildirilgan. KALIT SO‘ZLAR. Korrupsiya, pora, suiiste’mol, manfaatlar to‘qnashuvi, davlat boshqaruvi, halollik, oshkoralik, korrupsiyaga qarshi siyosat, Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonun, Jinoyat kodeksi, davlat xizmati, deklaratsiya, jamoatchilik nazorati, raqamlashtirish, profilaktika. CORRUPTION: ITS ESSENCE, FORMS, AND THE LEGAL FRAMEWORK AIMED AT PREVENTING IT IN UZBEKISTAN. ANNOTATION. This article analyzes the socio-legal essence of corruption and its negative impact on the effectiveness of public administration, economic development processes, and the principles of justice within society. The main forms of corruption— such as bribery, abuse of official powers, conflict of interest, and nepotism—are briefly and clearly explained along with the factors contributing to their emergence. The article also thoroughly examines the legal framework established in the Republic of Uzbekistan
“CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. December 2025 246 in the field of combating corruption, including the Law “On Combating Corruption,” relevant provisions of the Criminal Code, public service reform initiatives, and the powers and functions of the Anti-Corruption Agency. Furthermore, the role of innovative mechanisms—such as digitalization, public oversight, transparency policies, and the system of asset and income declaration for public officials—in reducing corruption is evaluated through a scientific and analytical approach. In conclusion, based on Uzbekistan’s experience, the article presents recommendations for strengthening anticorruption efforts. KEYWORDS. Corruption, bribery, abuse of power, conflict of interest, public administration, integrity, transparency, anti-corruption policy, Law on Combating Corruption, Criminal Code, public service, declaration, public oversight, digitalization, prevention. Korrupsiya zamonaviy jamiyatlar rivojlanishiga eng katta tahdid soluvchi ijtimoiy illatlardan biridir. U davlat boshqaruvi samaradorligini pasaytiradi, iqtisodiy o‘sishni sustlashtiradi, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yemiradi hamda adolat tamoyillarining buzilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ko‘plab davlatlar qatori Oʻzbekiston ham korrupsiyaning ildizlarini yo‘q qilish, uni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf etish va korrupsiyaga qarshi barqaror huquqiy mexanizmlarni shakllantirishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Korrupsiya lotincha corruptio — “buzilish, sotilish” degan ma’noni anglatadi. Uning mazmuni mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish bilan bog‘liq noqonuniy xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi. Korrupsiyaning eng keng tarqalgan shakllari quyidagilardan iborat: • Pora olish va berish – mansabdor shaxs o‘z vakolatlarini suiste’mol qilgan holda moddiy manfaat evaziga qaror qabul qilishi. • Tamagirlik – ma’muriy yoki fuqarolik-huquqiy muomalalarda vakolatni pullash. • Mansab vakolatini suiste’mol qilish – shaxsiy manfaat uchun davlat mulkiga zarar yetkazish yoki adolatsiz qarorlar chiqarish. • Nepotizm va mahalliychilik – mansabga tayinlash yoki imtiyoz berishda qarindoshurugʻchilik manfaatlarini ustun qoʻyish. • Davlat xaridlari va tenderlardagi korrupsion sxemalar – buzib ko‘rsatilgan xarajatlar, soxta tanlovlar, manfaatlar to‘qnashuvi.
“CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. December 2025 247 Korrupsiya kengaygan hududlarda nafaqat iqtisodiy yo‘qotishlar yuzaga keladi, balki hokimiyatning legitimligi zaiflashadi, ijtimoiy tenglik izdan chiqadi va fuqarolarning huquq hamda erkinliklari cheklanadi. Shu sababli ham davlat korrupsiyaga barham berish va uni oldini olish choralarini davlat dasturi darajasiga ko’tarish keying o’n yil ichida keskin rivojlandi. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Unga muvofiq 2-yo’nalishi bo’lgan qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yoʻnaltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini toʻlaqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash negizida korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish borasi bo’yicha chora tadbirlar o’tqazilib korrupsiyani oldini olish va unga barham berish davlat ma’muriy organlarida shaffoflik va hallolikga roiya qilish kabi samarali tadbirlar amalga oshirildi. “O’zbekiston — 2030” Strategiyasi to’g’risida PF—158son farmoni asosida 2026-2030yillarga mo’ljallangan unga ko’ra, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish bu borada “Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan eʼlon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksidakamida 50 pogʻonaga koʻtarilishga erishish. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini 2 barobarga kamaytirishga erishish. Davlat xaridlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshirishda mablagʻlarni talon-toroj qilish holatlari, tovar va xizmatlarning narxi bozor qiymatidan oshib ketishining oldini olish boʻyicha jamoatchilik nazoratini toʻlaqonli joriy qilish, 100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilishini taʼminlash. Bundan tashqari Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish mustahkam huquqiy baza asosida olib borilmoqda. Eng muhim normativhuquqiy hujjatlar quyidagilardir: 1. “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun (2017-yil 4-yanvar O’RQ-419son). Mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari, davlat organlarining vakolatlari, profilaktika choralari va javobgarlik mexanizmlarini belgilab
“CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. December 2025 248 beradi. Unda korrupsiya tushunchasi aniq ifodalangan bo‘lib, davlat xizmatida ochiqlik, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, jamoatchilik nazoratini kengaytirish kabi mexanizmlar mustahkamlangan. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. Korrupsion jinoyatlar JKning bir qator moddalarida nazarda tutilgan: • JK 210-moddasi – pora olish; • JK 211-moddasi – pora berish; • JK 212-moddasi – vositachilik qilish; • JK 205-moddasi – mansab vakolatini suiiste’mol qilish; • JK 209-moddasi – soxta hujjatlar tayyorlash. Mazkur moddalar korrupsiya bilan bogʻliq harakatlar uchun ogʻir javobgarlik choralarini belgilagan. 3. “Davlat fuqarolik xizmatini isloh qilish toʻgʻrisida”gi Prezident farmonlari. Davlat xizmatchilarining ochiqligi, halolligi va kasbiy mas’uliyatini oshirish maqsadida: • malaka darajalari, • ochiq tanlovlar orqali ishga qabul qilish tizimi, • deklaratsiya (daromad va mol-mulkni ko‘rsatish) tizimini joriy etish bo‘yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. 4. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2020-yil 29-iyunda tashkil topgan. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdor hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadigan direktor tomonidan boshqariladi. Korrupsion xavfxatarlarning oldini olish boʻyicha „E-Antikorrupsiya“ loyihasi ishga tushirildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29-iyun 2020-yildagi PF-6013-son Farmoniga muvofiq belgilangan unda keltirishicha, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini taʼminlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi; oʻz faoliyatini qonuniylik,
“CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. December 2025 249 xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Bugungi kunda korrupsiyani kamaytirish uchun quyidagi tamoyillar asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda, raqamlashtirish, elektron hukumat, davlat xizmatlari yagona portali, “ochiq budjet” tizimi va elektron tenderlar. Bu jarayon inson omilini kamaytirib, korrupsiyaga sharoit tug‘diruvchi bo‘shliqlarni qisqartiradi. Shu o’rinda jamoatchillik nazoratini amalga oshirish orqali ham korrupsiyani kamaytirish choralari ko’rilmoqda xususan, “Korrupsiyasiz soha” loyihalari, blogerlar va OAV monitoringi, “halollik do‘konlari” hamda ochiq majlislar – aholining davlat boshqaruvida ishtirokini kengaytiradi. Jamiyatda korrupsiyani rad etish madaniyatini shakllantirish eng muhim omillardan biridir. Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning zararli oqibatlari bo‘yicha muntazam targ‘ibot olib borilmoqda. Bundan tashqari tizimda yangillik sifatida xodimlarning daromadi va mulkini deklaratsiya qilish orqali ham korrupsiyaga qarshi kurashilmoqda. Bu tizim nima va bizga korrupsiyaga qarshi kurashishda qanaqa yordam beradi? Bu tizim davlat xizmatchilarining moliyaviy faoliyati ustidan shaffoflikni oshiradi va noqonuniy boyishning oldini oladi. Bundan tashqari, 2024-yil 21-iyundagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-228-son “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisi”dagi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Bosh prokuraturasining aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasini 2025-yil 1yanvardan joriy etish haqidagi taklifi ilgari surildi. O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O’zbkekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 2024-yil 30-oktabrda tasdiqlangan qaroriga muvofiq “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” tashkil etildi. Virtual akademiyada bazaviy va maxsus o’quv kurslari tashkil etilgan bo’lib, bazaviy o’quv kurslarida barcha taʼlim oluvchilar uchun bepul va unda istalgan vaqtda va cheklanmagan miqdorda foydalanish mumkin. Virtual akademiyaning maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish toʻlov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Maxsus oʻquv kurslarida toʻlov-shartnoma asosida malaka oshirish uchun toʻlov miqdorlari Akademiyaning Vasiylik kengashi tomonidan Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bazaviy va
“CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. December 2025 250 maxsus oʻquv kurslari ishdan ajralmagan holda, asinxron rejimida masofadan turib elektron taʼlim resurslarini mustaqil ravishda oʻzlashtirish asosida amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytganda, korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va huquq ustuvorligiga jiddiy tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-huquqiy hodisa hisoblanadi. U nafaqat iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi, balki fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, adolat va qonuniylik tamoyillarining buzilishiga olib keladi. Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish so‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan bo‘lib, bu borada mustahkam huquqiy baza shakllantirildi, institutsional mexanizmlar yaratildi hamda profilaktik choralarga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Xususan, qonunchilikni takomillashtirish, davlat xizmatini isloh qilish, raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va davlat xizmatchilarining daromad hamda molmulkini deklaratsiya qilish tizimini joriy etish korrupsion xavf-xatarlarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashda faqat jazolash choralariga tayanib qolmasdan, jamiyatda murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, ta’lim va targ‘ibot ishlarini tizimli ravishda olib borish zarur. Zero, korrupsiyadan xoli jamiyatni barpo etish davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va har bir fuqaroning birgalikdagi mas’uliyati va faol ishtirokini talab etadi. Korrupsiya har qanday jamiyat taraqqiyoti uchun jiddiy to‘siqdir. Uning ildizini yo‘q qilish uchun faqat jazolash choralari emas, balki fuqarolar ongida kompleks huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy mexanizmlarda ishlab chiqilgan huquqiy savodxonlik zarur. Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar davlat boshqaruvi ochiqligi va halolligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Huquqiy ong va madaniyatning yuksalishi, raqamlashtirish jarayonlarining kengayishi korrupsiyaning kamayishida muhim omil bo‘lib qolmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023. 2. Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni. 2017-yil 4-yanvar, O‘RQ–419-son. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, amaldagi nashr. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni “2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”.
“CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH” Volume 02. Issue 09. December 2025 251 5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining **“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”**gi Farmoni, PF–158-son. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF–6013-son Farmoni “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil etish toʻgʻrisida”. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ–228-son Qarori “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”. 8. Transparency International. Corruption Perceptions Index (xalqaro hisobot materiallari). 9. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy materiallari.