TRANSFORMATORLARNING ELEKTR TA'MINOT TIZIMIDA TUTGAN O'RNI
Abstract
Ushbu maqola elektr ta’minot tizimida transformatorlarning ahamiyati, ularning elektr energiyasini uzatish va taqsimlashdagi o‘rni, samaradorligi va ishonchliligini oshirishga oid ilmiy tahlillarga bag‘ishlangan. Tadqiqotda transformatorlarning asosiy parametrlariga, ularning kuchlanishni oshirish va pasaytirish funksiyalariga, hamda modernizatsiya jarayonida qo‘llanilayotgan texnologiyalarga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, transformatorlarning ekspluatatsiya jarayonida energiya isroflarini kamaytirish, yuklamalarni optimallashtirish va ularning xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 709 TRANSFORMATORLARNING ELEKTR TA’MINOT TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI Yusupov Odilbek Otabek o’g’li https://doi.org/10.5281/zenodo.17984423 Annotatsiya. Ushbu maqola elektr ta’minot tizimida transformatorlarning ahamiyati, ularning elektr energiyasini uzatish va taqsimlashdagi o‘rni, samaradorligi va ishonchliligini oshirishga oid ilmiy tahlillarga bag‘ishlangan. Tadqiqotda transformatorlarning asosiy parametrlariga, ularning kuchlanishni oshirish va pasaytirish funksiyalariga, hamda modernizatsiya jarayonida qo‘llanilayotgan texnologiyalarga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, transformatorlarning ekspluatatsiya jarayonida energiya isroflarini kamaytirish, yuklamalarni optimallashtirish va ularning xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: transformator, yuklama, eskirgan transformator, energiya uzatish, texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar, statistika, modernizatsiya, transformator punkti, konturli yerga ulagich. Аннотaция. Статья посвящена исследованию роли трансформаторов в системе электроснабжения, их значения в процессах передачи и распределения электроэнергии, а также повышению надежности и эффективности работы. В работе анализируются основные параметры трансформаторов, их функции повышения и понижения напряжения, а также современные технологии, применяемые в процессе модернизации. Кроме того, разработаны практические рекомендации по снижению потерь электроэнергии, оптимизации нагрузок и увеличению срока службы трансформаторного оборудования. Ключевые слова: трансформатор, нагрузка, устаревший трансформатор, передача энергии, технические и экономические показатели, статистика, модернизация, трансформаторный пункт, контурное заземление. Annotasion. This article is devoted to the study of the role of transformers in the power supply system, their importance in electrical energy transmission and distribution, and increasing operational efficiency. The research focuses on the main parameters of transformers, their voltage regulation functions, and modern technologies used in the modernization process. Practical recommendations are developed to reduce energy losses, optimize loads, and extend the service life of transformer equipment. Keywords: transformer, load, obsolete transformer, energy transmission, technical and economic indicators, statistics, modernization, transformer substation, grounding contour. Kirish Elektr energiyasini iste’molchilarga uzluksiz va sifatli yetkazish bugungi kunda har bir davlatning texnologik rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy elektr ta’minoti tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan transformatorlar kuchlanishni o‘zgartirish, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish, yuklamani muvozanatlashtirish va iste’molchilarni barqaror quvvat bilan ta’minlashda beqiyos ahamiyatga ega. Transformatorlarning samarali ishlashi elektr energiyasining ishlab chiqarish manbaidan tortib, yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan butun uzatish zanjirining ishonchliligini belgilaydi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 710 O‘zbekistonning elektr energetika tarmog‘i oxirgi yillarda jadal modernizatsiya qilinmoqda. Aholi sonining ortishi, sanoat korxonalarining kengayishi, yangi issiqlik va quyosh elektr stansiyalarining ishga tushirilishi elektr ta’minoti tizimining yuklamasini sezilarli oshirdi . Bu esa quvvat transformatorlari, taqsimlovchi transformatorlar hamda podstansiya jihozlarining yangilanishi va ularni xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish zaruratini kuchaytirmoqda. Bugungi kunda respublika bo‘yicha 0,4–500 kV diapazonidagi minglab transformator punktlari va yuzlab yirik podstansiyalar faoliyat yuritadi. Elektr tarmoqlaridagi eskirgan transformatorlarning ulushi yuqori bo‘lgani sababli, energiya yo‘qotishlari va avariyaviy holatlar ehtimoli ortishi kuzatilmoqda. Shu bois, transformatorlarning texnik parametrlari, yuklama rejimlari, xizmat muddati va ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini ilmiy jihatdan tahlil qilish dolzarb vazifaga aylangan. O‘zbekiston Energetika vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Elektr tarmoqlarini modernizatsiya va raqamlashtirish” dasturida ham transformatorlar asosiy modernizatsiya obyektlari qatoriga kiritilgan . Transformatorlarning samaradorligini oshirish nafaqat elektr energiyasini iqtisod qilish, balki iste’molchilarga sifatli quvvat yetkazib berish va butun elektr tarmog‘ining texnik barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Shu jihatdan mazkur tadqiqotda transformatorlarning elektr ta’minot tizimidagi ahamiyati, ularning turli kuchlanish darajalaridagi funksional vazifalari, energiya yo‘qotishlariga ta’siri va elektr tarmog‘ining umumiy ishonchliligiga qo‘shadigan hissasi o‘rganiladi. Asosiy qism Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va iste’molchiga yetkazib berish jarayonida kuchlanish darajasini moslashtirish eng muhim texnologik bosqich hisoblanadi. Mazkur jarayonni amalga oshiruvchi asosiy qurilma transformatorlar bo‘lib, ular yordamida elektr energiyasi uzoq masofalarga yuqori kuchlanishda, kam yo‘qotishlar bilan uzatiladi. Elektr stansiyalarida hosil bo‘lgan 6–20 kV kuchlanish darajasi uzatish liniyalari uchun yetarli bo‘lmagani sababli uni 110– 500 kV gacha oshirish talab etiladi. Yuqori kuchlanishli uzatish tizimi tok kuchining kamayishiga olib keladi, bu esa I²R yo‘qotishlarining sezilarli ravishda qisqarishini ta’minlaydi. Iste’molchilar zonasiga yaqinlashganda, transformatorlar kuchlanishni qayta pasaytirib, 0,4 kV gacha tushiradi. Shuning uchun har bir shaharda, tumanlarda va sanoat mintaqalarida yuzlab transformator punktlari mavjud bo‘lib, ularning ishonchliligi butun energiya ta’minoti tizimining barqarorligini belgilaydi. O‘zbekiston bo‘yicha oxirgi yillarda yuklamaning sezilarli ortgani kuzatilmoqda. 2023-yil yakuniga ko‘ra, iste’molchilar soni va sanoat quvvatining oshishi natijasida transformatorlarga tushayotgan o‘rtacha yuklama 15–20% ga oshgan. Yuklamaning bunday tez o‘sishi ularning ishlash harorati, energiya samaradorligi va xizmat muddati bilan bog‘liq qo‘shimcha talablarni keltirib chiqarmoqda. Elektr ta’minoti tizimida transformatorlar bir nechta texnologik vazifalarni bajaradi va ular konstruktsiyasi hamda qo‘llanishiga qarab quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: 1. Kuch transformatorlari – 35–500 kV diapazonidagi uzatish tarmoqlarida ishlatiladi. Ular katta quvvatni masofaga samarali yetkazish uchun mo‘ljallangan. 500 kV “Talimarjon–Toshkent” uzatish liniyalarida 250–500 MVA quvvatli yirik kuch transformatorlari ekspluatatsiya
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 711 qilinmoqda. 2. Taqsimlovchi transformatorlar – 6–10/0,4 kV ko‘rinishida bo‘lib, aholi punktlari va korxonalarning energiya ta’minotida asosiy bo‘g‘inni tashkil qiladi. O‘zbekistonda hozirda 70 mingdan ortiq taqsimlovchi transformatorlar mavjud. 3. O‘lchov transformatorlari – rele himoyasi, avtomatika va hisob-kitob tizimlari uchun zarur bo‘lgan aniqlikdagi tok va kuchlanish signallarini ta’minlaydi. 4. Avtotransformatorlar – 220/110/35 kV kuchlanish pog‘onalarida qo‘llaniladi, ularda mis sarfi kamroq bo‘lgani sababli ular energiya samaradorligiga ega. 5. Quruq transformatorlar – yong‘inga chidamliligi sababli bino ichida joylashgan tarmoqlarda foydalaniladi. Ular universitetlar, savdo markazlari va tibbiyot muassasalarida uchraydi. Transformatorlarni tanlash jarayonida yuklama grafigi, qo‘llaniladigan iqlim sharoiti, izolyatsiya turi va energiya samaradorligi kabi omillar hisobga olinadi. Masalan, sanoat zonalarida yuklamaning noqonuniy (tengmas) taqsimlanishi tufayli sovitish tizimi va issiqlik rejimi eng muhim texnik mezonga aylanadi. O‘zbekiston elektr energetika tizimi transformatorlar parkida modernizatsiyaga muhtoj bo‘lgan qurilmalar ulushi yuqori bo‘lib qolmoqda. 110 kV va undan yuqori kuchlanishdagi transformatorlarning taxminan 40% dan ortig‘i 25–30 yildan beri ishlamoqda va eskirish darajasi sezilarli ekanligi qayd etilgan. Eskirgan transformatorlar izolyatsiya eskirishi, dielektrik yog‘ sifati pasayishi va yuqori harorat sababli ko‘proq energiya yo‘qotishlariga olib keladi. Elektr tarmoqlarida uchrayotgan asosiy muammolar quyidagilardan iborat: issiqlik yuklamalarining normadan oshishi; yog‘ izolyatsiyasining dielektrik xususiyatlari pasayishi; yuklamaning fazalar bo‘yicha nomutanosib taqsimlanishi; transformatorlarning haddan tashqari qizishi natijasida samaradorlikning kamayishi. Modernizatsiya dasturlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda transformatorlar parkini yangilash bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirildi. Jumladan: 2020–2024-yillarda respublika bo‘yicha 500 dan ortiq yangi transformator o‘rnatildi, 1000 dan ziyod transformator kapital ta’mir qilindi, yirik podstansiyalar uchun 250–500 MVA quvvatli zamonaviy transformatorlar xarid qilindi. Ushbu chora-tadbirlar elektr tarmoqlarining barqarorligini oshirdi, avariyaviy o‘chirishlar sonini kamaytirdi va energiya yo‘qotishlarini qisqartirishga xizmat qilmoqda. Adabiyotlar tahlili So‘nggi yillarda O‘zbekiston elektr energetika tizimini modernizatsiya qilish, transformatorlar parkini yangilash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator ilmiy izlanishlar, rasmiy hisobotlar va tahliliy materiallar chop etilgan. Mazkur adabiyotlar transformatorlarning elektr ta’minot tizimidagi o‘rni va ularga qo‘yiladigan texnik talablar bo‘yicha muhim ilmiy-amaliy xulosalarni taqdim etadi. Energetika vazirligining 2020–2024-yillarga oid modernizatsiya bo‘yicha hisobotlarida elektr tarmoqlaridagi asosiy muammolar qatorida transformatorlarning eskirish darajasi, yuklama ortishi va energiya yo‘qotishlarining oshgani qayd etilgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 712 Ushbu ma’lumotlar transformatorlarning holatini muntazam monitoring qilish va ularni almashtirish zaruriyati mavjudligini ko‘rsatadi. “Hududiy Elektr Tarmoqlari” AJ tomonidan chiqarilgan yillik texnik-analitik hisobotlarda transformatorlarning ekspluatatsiya muddati, dielektrik yog‘ sifatining pasayishi, issiqlik rejimining buzilishi va yuklama nomutanosibligi eng dolzarb muammo sifatida qayd etilgan. Ushbu materiallar tarmoqdagi umumiy energiya yo‘qotishlarining 8–12% qismi aynan eskirgan transformatorlar bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. “Milliy Elektr Tarmoqlari” AJ tomonidan tayyorlangan kuchlanish pog‘onalari bo‘yicha texnik tahlillarda 110–500 kV kuchlanish darajasidagi transformatorlarning 40% dan ortig‘i 25–30 yildan beri ishlayotgani, ularning izolyatsiya darajasi va issiqlik chidamliligi normativ talablar darajasiga mos kelmasligi ta’kidlangan. Bunda ayniqsa, yuklamaning mavsumiy tebranishlari va avariyaviy ortiqcha yuklamalar transformatorlarning xizmat muddatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan. TATU olimlari tomonidan chop etilgan ilmiy maqolalarda transformatorlarning energiya samaradorligini oshirish, sovitish tizimini takomillashtirish va yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan bir qator innovatsion yondashuvlar taklif etilgan. Jumladan, quruq turdagi transformatorlarning yong‘in xavfsizligi, xizmat muddati va texnik xizmat ko‘rsatishdagi qulayliklari tufayli urbanizatsiya darajasi yuqori hududlarda tobora ko‘proq qo‘llanishi asoslab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligining energetika bo‘yicha yillik ma’lumotlarida transformatorlar parki holati, yangi o‘rnatilgan jihozlar soni, elektr uzatishdagi texnik yo‘qotishlar miqdori va ularning yillar bo‘yicha dinamikasi batafsil yoritilgan. Bu ko‘rsatkichlar transformatorlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlarning real natijasini baholash uchun muhim statistika manbai hisoblanadi. Shuningdek, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan taqdim etilgan ilmiy-texnik hisobotlarda zamonaviy energiya tejamkor transformatorlar, yuqori samarali izolyatsiya materiallari, avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari va IoT asosidagi masofaviy diagnostika texnologiyalari tarmoq samaradorligini sezilarli oshirishi ko‘rsatilgan. Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston elektr ta’minoti tizimida transformatorlar nafaqat energiya uzatishning ajralmas bo‘g‘ini, balki butun tarmoq barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi strategik qurilma sifatida e’tirof etiladi. Ularning samaradorligi va ishonchliligi butun elektr energetika tizimining texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Usullar va materiallar Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston elektr ta’minot tizimidagi transformatorlarning ishlash samaradorligini o‘rganish va energiya yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsad qilindi. Tadqiqot quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat: Tadqiqotda quyidagi ma’lumotlar ishlatildi: Toshkent viloyati podstansiyalari bo‘yicha transformatorlarning texnik ma’lumotlari (quvvat, kuchlanish, ishlash muddati, texnik holat). Milliy Elektr Tarmoqlari va Energetika vazirligining 2020–2024-yillik hisobotlari. Transformatorlarning real ishlash sharoitlari bo‘yicha mutaxassislar bilan intervyu va maydon tadqiqotlari.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 713 O‘zbekistonning so‘nggi 5 yillik ilmiy maqolalari va texnik ishlanmalari. Tadqiqotda quyidagi usullar qo‘llandi: Texnik monitoring – transformatorlarning ishlash ko‘rsatkichlari (quvvat, kuchlanish, tok, issiqlik) o‘lchandi. Energetik audit – transformatorlarda energiya yo‘qotishlari va texnik kamchiliklar aniqlandi. Statistik tahlil – quvvat, ekspluatatsiya muddati va yo‘qotishlar o‘rtasidagi bog‘liqlik hisoblandi. Kvantitativ baholash – transformatorlarning energiya samaradorligi va optimal yuklama koeffitsienti aniqlandi. Tavsiyalar ishlab chiqish – mavjud va yangi transformatorlarning samaradorligi solishtirilib, energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Tadqiqot jarayoni Podstansiyalar ro‘yxati tuzildi va ularning texnik ko‘rsatkichlari yig‘ildi. Transformatorlarning ishlash holati o‘lchandi va rasmiy hisobotlar bilan solishtirildi. Energiya yo‘qotishlarining asosiy sabablari aniqlanib, kamaytirish chorasi ishlab chiqildi. Transformatorlarning samaradorligi bo‘yicha tahlil va tavsiyalar tayyorlandi. Tahlil va takliflar Transformator punktlari (TP) va ularning elektr ta’minot tizimidagi ishlash holati tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, TP va liniyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha bir nechta asosiy tavsiyalar mavjud. 1. 0,4 kV TP liniyalarini optimallashtirish 365 ta TPdan 314 tasi 600 metrdan ortiq uzunlikdagi liniyaga ega. Bu yiliga taxminan 1,46 mln. kVt•soat elektr energiyasining isrof bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Tavsiya etiladi: liniya uzunligini qisqartirish va qo‘shimcha TP o‘rnatish. Bu energiya yo‘qotishlarini kamaytiradi va kuchlanish barqarorligini oshiradi. 2. Konturli yerga ulagichlarni o‘rnatish TP liniyalarida me’yoriy talab bo‘yicha har 200 metrda bitta konturli yerga ulagich o‘rnatilishi kerak. Bu elektr tizimidagi ortiqcha kuchlanish xavfini kamaytiradi va tizimning ishonchliligini oshiradi. 3. Qayta tiklanuvchi manbalarni joriy etish Bazaviy stansiyalarning elektr ta’minotini qisman quyosh panellari orqali ta’minlash tavsiya etiladi. Bu TP yuklamasini kamaytiradi, transformatorlarning ortiqcha ishlashini oldini oladi va energiya samaradorligini oshiradi. 4. Monitoring va avtomatlashtirilgan nazorat tizimi Transformator punktlari va liniyalardagi kuchlanish, oqim va energiya sarfini real vaqt rejimida kuzatish tizim samaradorligini oshiradi. Bu energiya yo‘qotishlarini aniqlash va ularni kamaytirish imkonini beradi. 5. TP va liniyalarni modernizatsiya qilish Eskirgan transformatorlar va uzun liniyalarni zamonaviy TP va izolyatsiyalangan liniyalar bilan almashtirish tavsiya etiladi. Bu energiya samaradorligini oshiradi va tizim ishonchliligini yaxshilaydi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 714 Transformator punktlari va ularning elektr ta’minot tizimidagi ishlashi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish va tizim samaradorligini oshirish uchun bir necha muhim chora-tadbirlar mavjud. Jumladan, 0,4 kV TP liniyalarini optimallashtirish va qo‘shimcha transformator punktlarini o‘rnatish, konturli yerga ulagichlarni to‘g‘ri joylashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, transformator punktlari va liniyalarni real vaqt rejimida monitoring qilish hamda eskirgan TP va liniyalarni modernizatsiya qilish orqali elektr energiyasi yo‘qotishlarini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Ushbu tavsiyalar nafaqat transformatorlarning ishlash muddatini uzaytiradi, balki tizim ishonchliligini oshiradi, energiya samaradorligini yaxshilaydi va mamlakat bo‘ylab elektr ta’minot tizimini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. 1-jadval Tahliliy jadaval № Tavsiya TP/Liniya holati Natija/foyda 1 0,4 kV liniyalarni qisqartirish 314 ta uzun liniya Yiliga 1,46 mln. kVt•soat energiya tejaladi 2 Konturli yerga ulagichlar Yetarli emas Kuchlanish xavfi kamayadi, tizim ishonchliligi oshadi 3 Quyosh panellari Yo‘q TP yuklamasi kamayadi, energiya samaradorligi oshadi 4 Monitoring tizimi Yo‘q Real vaqt kuzatuv, energiya yo‘qotishlari aniqlanadi 5 TP va liniyalarni modernizatsiya Eskirgan TP va liniyalar Energiya samaradorligi va tizim ishonchliligi oshadi 1-rasm. Transformator punktlarining 6 oylik energiya sarfiga nisbatan ulushi Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, transformator punktlari va ularning elektr ta’minot tizimidagi ishlashi tizim samaradorligi va energiya tejash borasida muhim ahamiyatga ega.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 715 0,4 kV liniyalarni optimallashtirish, qo‘shimcha transformator punktlarini o‘rnatish, konturli yerga ulagichlarni to‘g‘ri joylashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, monitoring va avtomatlashtirilgan nazorat tizimini tashkil etish hamda eskirgan TP va liniyalarni modernizatsiya qilish orqali elektr energiyasi yo‘qotishlarini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Ushbu tavsiyalar nafaqat transformatorlarning ishlash muddatini uzaytiradi, balki tizim ishonchliligini oshiradi, energiya samaradorligini yaxshilaydi va mamlakat bo‘ylab elektr ta’minot tizimini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tahliliy jadval va diagrammalar transformator punktlarining energiya iste’moli taqsimotini vizual ko‘rsatib, qaror qabul qilish va strategik rejalashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Umuman olganda, bu tavsiyalar elektr ta’minoti tizimini yanada samarali boshqarish va energiya resurslarini oqilona ishlatishga xizmat qiladi. Xulosa Ushbu maqolada transformator punktlari va ularning elektr ta’minot tizimidagi roli ilmiy asosda tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, transformatorlar tizim samaradorligi, energiya samaradorligi va elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. 0,4 kV liniyalarni optimallashtirish, qo‘shimcha transformator punktlarini o‘rnatish, konturli yerga ulagichlarni to‘g‘ri joylashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, monitoring va avtomatlashtirilgan nazorat tizimini tashkil etish hamda eskirgan TP va liniyalarni modernizatsiya qilish orqali tizim samaradorligi oshiriladi va energiya yo‘qotishlari sezilarli darajada kamayadi. Shuningdek, tahliliy jadval va diagrammalar transformator punktlarining elektr energiyasi iste’moli taqsimotini vizual ko‘rsatib, boshqaruv va rejalashtirish jarayonlarini qo‘llabquvvatlaydi. Shu bilan birga, amalga oshirilgan tavsiyalar transformatorlarning ishlash muddatini uzaytiradi, tizim ishonchliligini oshiradi va elektr ta’minot tizimini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, transformatorlarning samarali ishlashi va tizimning optimallashtirilishi elektr energiyasini tejash, elektr ta’minot sifati va tizim barqarorligini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. “Elektr energetika tizimining modernizatsiyasi va transformator punktlarini yangilash bo‘yicha 2020–2024-yillar Hisobot.” – Toshkent, 2024. 2. “Hududiy Elektr Tarmoqlari” AJ. Yillik texnik-analitik ma’lumotnoma: elektr tarmoqlarining holati va transformatorlarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlari. – Toshkent, 2023. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. “Elektr energetikasini rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi.” PQ–4799-son, 2020-yil. 4. “Milliy Elektr Tarmoqlari” AJ. Elektr uzatish tarmoqlarida energiya yo‘qotishlari va transformatorlarning yuklama rejimlari bo‘yicha tahliliy hisobot. – Toshkent, 2022. 5. Saidov A., Rahmonov U. “O‘zbekiston elektr ta’minot tizimida kuchlanishni boshqarish va transformatorlarning ishonchliligi.” – Toshkent: TATU nashriyoti, 2021. 6. Energetika vazirligi Axborot xizmati. “O‘zbekiston elektr energetika infratuzilmasini
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 716 raqamlashtirish: natijalar va rejalar.” – Rasmiy axborot byulleteni, 2022-yil. 7. TATU ilmiy jurnali. “Transformatorlarning energiya samaradorligini oshirishning zamonaviy texnologiyalari.” – №4, 2023. 8. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. “Energetika sektori bo‘yicha statistika yilligi: elektr ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol.” – Toshkent, 2022. 9. Xojayev O., Ergashev B. “O‘zbekistonning 0,4–110 kV elektr tarmoqlarida transformatorlarning ekspluatatsion muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari.” – “Energetika va sanoat” ilmiy jurnali, 2021. 10. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi. “Yuqori samarali transformatorlar texnologiyasini joriy etish bo‘yicha ilmiy-texnik hisobot.” – Toshkent, 2023.