scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSTAQILLIKNING DASTLABKI DAVRIDA TARIXIY-MADANIY MEROSGA BO`LGAN MUNOSABATDAGI TUB O'ZGARISHLAR

Shojonov Ma'rufjon To'ymurodovich

Abstract

Ushbu maqolada Mustaqillikdan oldin sobiq sovet davridadagi madaniy meros hamda mustaqillikning dastlabki davrida tarixiy-madaniy merosga bo`lgan munosabatlar, bu borada amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar haqida fikr boradi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 796 MUSTAQILLIKNING DASTLABKI DAVRIDA TARIXIY-MADANIY MEROSGA BO`LGAN MUNOSABATDAGI TUB O‘ZGARISHLAR Shojonov Ma’rufjon To’ymurodovich O`zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti doktoranti (PhD) Sergeli tuman 264-maktab o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari. https://doi.org/10.5281/zenodo.17985675 Annotatsiya. Ushbu maqolada Mustaqillikdan oldin sobiq sovet davridadagi madaniy meros hamda mustaqillikning dastlabki davrida tarixiy-madaniy merosga bo`lgan munosabatlar, bu borada amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar haqida fikr boradi. Kalit so‘zlar: Milliy istiqlol, mafkura, Xalqaro islom tadqiqot Markazi,5 tashabbus, kommunistik aqidalar, Respublika Baynalmilal Madaniy markazi. RADICAL CHANGES IN THE ATTITUDE TOWARDS HISTORICAL AND CULTURAL HERITAGE IN THE EARLY PERIOD OF INDEPENDENCE Abstract. This article discusses the cultural heritage of the former Soviet period before independence and the relationship to historical and cultural heritage in the early period of independence, as well as the fundamental changes that have been made in this regard. Keywords: National independence, ideology, International Islamic Research Center, 5 initiatives, communist beliefs, Republican International Cultural Center. KIRISH Mustaqillikga erishgach O‘zbekiston ma‘naviy hayotida, madaniyat taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi deb aytsak siraham yanglashmagan bo’lamiz. Istiqlol tufayli xalqimiz ma‘naviyat zug‘umlaridan ozod bo‘ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo‘l ochildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalarining haqiqiy sof ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish dolzarb masala bo‘lib kelmoqda. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurani yaratishni taqozo etuvchi sabablar bu, bir tomondan sovetlar davrida totalitar tuzum manfaatlarini himoya qiladigan kommunistik mafkuradan butunlay voz kechishi va sovet davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos bo‘lish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuyg‘usini kamol toptirish Ikkinchi tomondan mafkuraviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, millat sifatida o‘zligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta‘minlash, shuningdek bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafkuraviy tazyiqlarning oldini olish, ta‘bir joiz bo‘lsa, o‘zigaxos mafkuraviy immunitet hosil qilish kerak. Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati mafkuraviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulug‘vor g‘oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar qilish va o’sib kelayotgan yosh avlodni xalqimizni millatparvar Vatanparvarlik tuyg’usida tarbiyalash zarurdir. Mustabid tuzumi davrida ana shu xususiyat milliy madaniy taraqqiyot o’zani begona madaniy oqim tomonga burib yuborildi. Natijada milliy madaniyat o’zining hayotbaxsh manbayidan, milliy e’tiqod va histuyg’ularidan ajratib qo’yildi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 797 Madaniy-tarixiy hodisa g’oyaviylashtirildi, hukmron mafkura va hukmron sinf manfaatlariga bo’ysundirildi va sotsialistik lagerga kirmaydigan begona davlatlar madaniy hayoti bilan milliy madaniyatlar o’rtasidagi tabiiy aloqadorlikka rahna solindi. Bu esa milliy madaniyatlarning umumbashariy madaniyatlardan uzilib qolishi va begonalashuviga olib keldi. Bu davrning salbiy tomoni badiiy ijodiy jarayonning bir qadar cheklanganligi bilan xarakterlanadi. Ijodiy erkinlik hukmron mafkura ko’rsatmasi asosida qurildi. Badiiy ijod shaklan milliy, mazmunan sotsialistik uslubda bo’lishi shart qilib qo’yildi. Bu esa avlodlardan avlodlarga qonuniy tarzda o’tuvchi yaxlit jarayonning buzilishiga sabab bo`ldi. Hozirgi o`ta notinch va murakkab zamonda bebaho boyligimiz bo`lgan tinch osoyishta hayotni ko`z qorachig`idek saqlash, jamiyatimizda millatlar va dinlararo hamjihatlik o`zaro hurmatva mehr oqibat muhitini yanada mustahkamlash bizning eng muhim va ustuvor vazifamiz bo`lib qoladi.[1] Mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida madaniyatimiz katta zarar ko’rdi. Ayniqsa kommunistik mafkura maddohlari xalqimiz madaniyatini yo’q qilishga zo’r berdilar. O’zbek xalqi katta yo’qotishlarga qaramasdan o’zligini, o’z milliy madaniyatini saqlab qola bildi. Ma’naviy madaniyati yuksak, uning ildizlari baquvvat xalqning ijtimoiy ongidan shu xalq madaniyatini hech qachon tamomila yo’q qilish mumkin emas. Demak madaniy merosni tiklash, uni yanada yuksak darajaga ko’tarish uchun imkoniyat saqlab qolingan edi. [2] Sovet mustabid tuzumi davri madaniyati o’zining qarama - qarshi tomonlari va xususiyatlari bilan boshqa davrlar madaniy taraqqiyotidan farq qiladi. Bu davrning asosiy xususiyati hayotning barcha sohalari, jumladan, ma’naviy madaniyat sohasining kommunistik mafkuraga tobeligi bilan tavsiflanadi. Ma’lumki, milliy madaniyat milliy e’tiqod va milliy histuvg’ular asosida rivojlanadi.[3] Shuning uchun ham mustaqillik yillarida o’zbek milliy tarixi, O’zbekiston xalqlari tarixini holisona ravishda o’rganishga ustuvor ahamiyat berildi. O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov bu haqda shunday deydi: “Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, sa’nati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixini tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”.[4] Madaniyat va san’at aslida insoniyatning ilk ibtidoiy davrlarda yaratgan “g’oya” lari asosida shakllangan an’analardan iboratdir. Shu o’rinda alohida ta’kidlash lozimki, bunday an’ana dunyoning bir mintaqasida bir vaqtning o’zida, bir “zarb” bilan paydo bo’lmagan, shakllanmagan. Mazkur an’analar pirovard natijada insoniyatning ming-minglab yillar davomida paydo bo’lgan va shakllangan sivilizatsiyalari tarzida namoyon bo’ladi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng demokratik fuqarolik, odil jamiyat qurish maqsad qilib olindi. Madaniyat komil insonni shakllantirishga xizmat qila boshladi. Bu borada ulkan tarixiy va jahonshumul ishlar amalga oshirildi. Jumladan: — qadimiy tariximizning haqqoniy, chuqur va har tomonlama o’rganilishi, tarixiy mavzulardagi sovet davrida taqiqlangan asarlaming chop etilishi xalqimiz ilmiy-tarixiy ongini shakllantirishda muhim rol o’ynamoqda; — sho`rolar davrida man qilingan yoki cheklangan madaniy qadriyatlar: ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 798 tarixiy xotira, milliy ong, milliy ruh, diniy e’tiqodlar, xalq odatlari, davlat tili, xalq ijodi, milliy o’yinlar, tarixiy me’morchilik san’ati, ko’pgina an’anaviy ijod turlari tiklandi; xalq odatlari, marosimlari va bayramlari (Navro’z, Ro’za hayiti, Qurbon hayiti kabilar)ning tiklanishi va yangi bayramlar (Mustaqillik kuni! O’qituvchi va murabbiylar kuni, Xotira va qadrlash kuni kabilar)ning joriy etilishi xalq ma’naviy hayotiga yangi ruh va mazmun bag’ishlamoqda; — diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta’mirlanishi, yangilarining barpo etilishi, diniy adabiyotlar nashr etishiga keng imkoniyatlar yaratilishi respublikamizda vijdon erkinligini ta’minlamoqda; — о’zbek tilining davlat tili darajasiga ko’tarilishi dilni quvontirmoqda. O’z navbatida, jahon tillarini o’rganish ehtiyoji bizni olamga “yuz tutishimiz”ga, jahon hamjamiyatiga qo’shilishga, umuminsoniy qadriyatlarini yanada kengroq o’zlashtirishimizga yordam bermoqda; — xalq ijodi, milliy amaliy san’atimiz jonlanib, rivoj topib, vatandoshlarimiz va xorijliklarni lol qoldirmoqda. Xalq ijodi bo’yicha respublika va xalqaro anjumanlarning o’tkazilishi, ajdodlarimiz merosi, milliy-axloqiy madaniyat durdonalari yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo’lmoqda. Mustaqillik tufayli Respublikamizda madaniyat sohasining yangi tizimi vujudga kela boshladi. Jumladan, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi, “Ta’lim markazi”, “O’zbekkino”, “O’zbeknavo”, “O’zbekraqs”, “O’zbekmuzey”, “O’zbekteatr”, Badiiy akademiya, Milliy madaniy markazlar kabi ko’plab madaniyma’rifiy tashkilotlarning tuzilishi respublika ma’naviyati asosiy sohalarining ravnaq topishiga zamin bo’ldi. Mustaqillik yillarida o’tkazilayotgan ko’rik-tanlovlar “Yangi avlod”, “Kelajak ovozi”, “Vatan yagonadir”, “Vatan bittadir”, “Yangi nomlar” va boshqa tanlovlaming o’z yo’nalishi, o’ziga xos maqsad va vazifalari bor Eng avvalo, ajdodlarimiz merosini tiklash bo’yicha qilinayotgan keng ko’lamli ishlarimizni jahon hamjamiyati tan olmoqda. Bu boradagi olamshumul ishlarimizni o’rganish uchun dunyoning ko’pgina mamlakatiari, chunonchi, Amerika, Norvegiya, Gollandiya, Fransiya, Germaniya, Turkiya kabilardan tashrif buyurgan mutaxassis olimlar ham amalga oshirilayotgan ishlarga tahsin aytmoqdalar. Birinchi Prezident I.Karimovning 1992 yil 7 martidagi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. 27 mart kuni O‘zbekistonPrezidentining “Ro‘za Xayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida” farmon e’lon qilindi.1992 yildan boshlab har yili mamlakatimizda ro‘za xayiti umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Shuningdek, qurbon hayiti ham yurtimizda dam olish kuni va bayram qilib nishonlanadigan bo‘ldi. Eng muhimi, xalqimiz o‘z tarixida birinchi marta bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish sharafiga muyassar bo‘lmoqda.1995 yil 19 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori bilan Toshkentda xalqaro islom tadqiqot Markazi tashkil etildi. O’zbekistonda istiqomat qilayotgan ko’p millatli xalqlarning madaniy taraqqiyoti, ularning o’zliklarini anglash jarayonlariga bo’lgan intilishlarini qonuniy-huquqiy asosda qondirish masalalari ham mamlakat hukumati oldidagi eng muhim vazifalardan biri bo’ldi. Shu o’rinda 1989 yili madaniyat vazirli gihuzurida respublika millatlararo madaniy markazning tashkil etilishini alohida ta`kidlash lozimdir. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 799 Agarda 90-yillarning boshlarida O’zbekistonda 12 ta milliy-madaniy markaz faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib ularning soni 80 dan ortdi. Mustaqillik yillarida milliymadaniy markazlar faoliyati ustidan muvofiqlashtiruvchi ishlarning ko’lami ham ortdi va 1992 yil yanvar oyida hukumat qarori bilan Respublika Baynalmilal Madaniy markazi tashkil etildi. Shuning uchun ham O’zbekiston hukumati madaniyatdagi milliylik va baynalmilallik nisbatini saqlashga muhim vazifasifatida munosabatda bo’la boshladi. Ayni paytda 130 ga yaqin millat va elat yashayotgan O’zbekistonda har bir millat ravnaqi, uning barqaror taraqqiyoti, xavfsizligi va yashash kafolotlarigahar qanday tahdidlarning oldini olish, u yoki bu millatga mansub kishilar guruhining xudbinlik kayfiyatlarini muqarrar tarzda boshqa millat, xalq imkoniyatlarini zo’ravonlik va zug’um bilan chegaralab qo’yadigan davlat siyosatining ishlab chiqilishi bu boradagi amaliy ishlarning samarasini oshirdi. Yurtimizda ma’naviy merosni tiklashga bag‘ishlab amalga oshirilgan ulkan ishlardan biriAhmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik, Imom Ismoil alBuxoriyning 1225 yilligi 3 hamda Amir Temurning 660 yilligi yubileylari tantanalarini nishonlash, ularning faoliyatini va ijodini to‘liq yoritib xalqimizga bayon etish hamda nomlarini abadiylashtirish bo‘ldi. Hukumatimiz qarori bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Uning yubiley tantanalari nafaqat O‘zbekistonda balki xalqaro miqyosda ulkan ko‘tarinkilik bilan nishonlandi. Amir Temurning hayoti, faoliyatiga doir bir necha o‘nlab asarlar yaratildi.O‘zi tug‘ilgan Shaxrisabzda hamda Toshkentning markazida ulkan haykali o‘rnatildi. SHuningdek, nihoyatda xashamatli tarzda Temuriylar muzeyi binosi qad ko‘tardi. Amir Temur nishoni ta’sis etildi. Bu qilingan ishlar shuni bildiradiki, mustaqillik sharofati bilan ko‘plab haqiqatlar yuzaga chiqdi, ya’ni, shulardan eng yirigi-sho‘rolar davrida g‘irt bosqinchi, kallakesar, gazanda degan nomlar bilan niqoblanib kelingan Amir Temur nomi o‘zining haqiqiy yirik tarixiy shaxs, intizomli iqtidorli hukmdor, yetuk sarkarda, bunyodkor, yirik, markazlashgan turkiy davlat asoschisi degan haqiqiy obro‘-e’tibori va mavqeini topdi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent. Qo'qon, Shahrisabz kabi shaharlarda ulug' ajdodlarimizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar o'zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta'mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Toptalgan tariximiz, qutlug' qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta'mirlandi, qayta tiklandi. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg'oniy, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug' allomalarimizning sha'nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko'tardi. Bugungi kunda mamlakatimizda 7000 dan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me'moriy obida, 2700 ta dan ortiq monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal'a qo'riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro'yxatiga kiritildi yillarda bunyod etilgan Oqmasjidi istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka, oʻzaro ahil va hamjihat ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 800 bo'lishga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan to’rt mingdan ziyod moddiyma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida 4 YUNESKO ro’yhatiga kiritilgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodidan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming minglab qo’lyozmalargacha bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta me’rosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi. Mustaqillik yillarida yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish,ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotinqizlar bandligini oshirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. XULOSA Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash kerakki, Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng O’zbekiston rahbariyati, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzuistaklarini hisobga olib, azaliy bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e’tibor berildi. Mustaqillik-yillarida milliy kino, teatr, muzey san’atining moddiy-texnik bazasini mustahkamlandi ular orqali o’tmishni, tarixni ko’rish, eslash, sezish, o’rganish va shuning bilan birga o’zbek xalq ijodining tiklanish va ravnaq topish jarayoni jadal sur’atlar bilan amalga oshirildi. Shuningdek, o’lkamiz tarixini ommaga yetkazish yoshlarimizda tushuncha xosil qilish uchun “O’zbekiston tarixi” telekanali faoliyati yo’lga qo’yildi. Mustaqillik aynan shunday ezgu ishlarni amalga oshirishga, madaniy rivojlanishga imkoniyat yaratib berdi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan madaniy islohotlaming barchasi inson kelajagiga, ma’naviyatiga mamlakatimiz yoshlari kamolotiga xizmat qilmoqda REFERENCES 1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.:O`zbekiston, 2017 2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. —T.: Ma’naviyat, 2008. 3. Mansurov U., To‘xtaboyev A. “O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi” O‘quv qo‘llanma TOSHKENT: “O‘z kitob savdo nashryoti matbaa ijodiy uyi”, 2021. 4. www.my.gov.uz 5. www.madaniymeros.uz 6. www.ziyonet.uz 7. www.arxiv.uz