scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Azimov Akbarjon Niyozidin o'g'li

Azimov, Akbarjon Niyozidin o'g'li

Full text

89 3 5 TILSHUNOSLIKDA NUTQIY JANRLAR VA ULARNING O‘RGANILISH MASALASI Azimov Akbarjon Niyozidin o‘g‘li Andijon davlat pedagogika instituti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17986520 Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda tilshunoslikning eng yangi sohalaridan biri bo‘lgan nutqiy janrlar hamda ularning tasnifi masalalari haqida fikr bidlirildi. Jahon va o‘zbek tilshunos olimlari tomonidan nutqiy janrlarning tasniflashga doir bo‘lgan nazariy firklar umumlashitirilib, ular o‘rtasidagi mushtarak jihatlar tahlil qilindi. Kalit so‘zllar: antroposentrizm, nutqiy janrlar, nutqiy aktlar, lokutiv akt, illokutiv akt, perlokutiv akt, nutqiy janrlar turlari, diniy nutqiy janrlar. Аннотация. В данной статье представлены размышления о речевых жанрах, которые на сегодняшний день считаются одной из наиболее новых и актуальных областей современной лингвистики, а также о проблемах их классификации. Обобщены теоретические взгляды мировых и узбекских лингвистов, посвящѐнные классификации речевых жанров, и проведѐн анализ их общих черт. Ключевые слова: антропоцентризм, речевые жанры, речевые акты, локутивный акт, иллокутивный акт, перлокутивный акт, типы речевых жанров, религиозные речевые жанры. Abstract. This article discusses speech genres, which are considered one of the newest and most relevant areas of modern linguistics, as well as the issues related to their classification. The theoretical views of both international and Uzbek linguists on the classification of speech genres are summarized, and the common features among these theories are analyzed. Keywords: anthropocentrism, speech genres, speech acts, locutionary act, illocutionary act, perlocutionary act, types of speech genres, religious speech genres. Kirish. Dunyo tilshunosligida lisoniy birliklarning pragmatik xususiyatlariga e‘tibor qaratilishi natijasida nutqiy aktlar va ular asosida yuzaga keluvchi diskurs masalasi, nutqiy aktlarning intensional xususiyatlari bilan bog‗liq nutqiy janrlar masalasi kun tartibidagi ustuvor masalaga aylandi. Dunyoning ko‗plab lingvistik markazlari, xususan, Rossiyaning nutqiy janrlar maktablari, Avstraliyaning sistem-funksional tilshunoslik maktabi, Buyuk Britaniyaning amaliy tilshunoslik: maxsus maqsadlar uchun ingliz tili yo‗nalishi, AQSHning korpus lingvistikasi va ritorik janrlar tadqiqi markazlarining tadqiq obyekti aynan nutqiy janrlardir. Bugungi zamonaviy tilshunoslikning yangi tadqiqotlaridada bizni qurshab turgan olamni anglash uchun jamiyatdagi axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniga ega bo‗lgan inson omilini markazga qo‗yib, tilshunoslikda antropotsentrik tadiqoqotlarning ustuvorlik kasb etishiga xizmat qilmoqda. Antroposentrik tadqiqotlar jarayonida nutqiy janrlar masalasi tobora ommaviylashib borayotgan o‗ziga xos ilmiy yo‗nalish sifatida namoyon bo‗lmoqda. Nutqiy janrlar nazariyasi xususida so‗z borganda uning markaziy masalasi nutqiy aktlarning 90 3 5 janr xususiyatlarini aniqlash hamda nutqiy janrlarning lingvistik va pragmatik aspektlarini tekshirishdan iborat ekanini ta‘kidlash zarurdir. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur maqolani yozishda qiyoslash, analiz, sintez, umumlashtirish, tavsiflash kabi bir qator metodlaridan foydalanilgan holda umumiy xuloslar berildi. Adabiyotlar tahlili. O‗tgan asr tilshunosligining rivojlanish jarayoni semiotika va pragmatikaning shakllangan nazariy asoslari bilan boyib, yangi ilmiy yo‗nalishlarning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Ana shunday yo‗nalishlardan biri – lingvistik janr nazariyasi – XX asrning 50-yillaridan boshlab shakllana boshlagan ilmiy konsepsiya hisoblanadi. Rus tilshunosi M. Baxtinning nutqiy tuzilmalarning tabiatini anglashda ―janr‖ kategoriyasini lingvistik tadqiqotlarga ham tatbiq etish zarurligi haqidagi falsafiy mulohazalari ushbu tushunchaning mazmun doirasini keskin kengaytirdi. [1.S.428-472] Hozirgi zamon tilshunosligida nutqiy (yoki lingvistik) janr deb muayyan kommunikativ vazifa, barqaror kompozitsion model va uslubiy uyg‗unlik asosida shakllanuvchi yaxlit nutqiy birlik tushunilmoqda. Aslida til tizimidagi yaxlit nutqiy shakllarni mustaqil tadqiq etish zaruriyatini ilmiy nuqtai nazardan asoslab bergan aynan Baxtin yondashuvidir. Shu boisdan uning nutqiy maqsad, struktura barqarorligi va uslubiy belgilanganlik haqidagi konseptual qarashlari bugungi kunda lingvistik janrlar nazariyasining asosiy metodologik tayanchlaridan biri sifatida qabul qilinadi. [2.S.584] Nutq janrining kompozitsion tuzilishi yaxlit tizim sifatida namoyon bo‗ladi. M. Baxtin ta‘rifiga ko‗ra, u quyidagi tarkibiy ko‗rinishlarga bo‗linadi: 1. nutq butunining boshlang‗ich qurilish modellari; 2. yakunlovchi strukturalari; 3. so‗zlovchining suhbat jarayonidagi boshqa ishtirokchilarga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi turlari. Baxtin qarashlarida nutq janrlari aytimning tipik shakli sifatida talqin qilinadi va ular nutqiy muloqotning zanjirini tashkil etuvchi alohida bo‗g‗inlar sifatida namoyon bo‗ladi. Uning fikricha: ―Har qanday aytim – muloqot jarayoni zanjirining uzviy bo‗lagi bo‗lib, unda so‗zlovchining muayyan mazmun-voqeiy sohadagi faol nuqtayi nazari ifodalanadi. Til vositalari hamda nutq janrining tanlanishi aynan shu mazmuniy-kommunikativ vazifalar bilan belgilanadi‖.[1.S.187] M.M. Baxtin ta‘kidlashicha, til tizimini mukammal egallash mumkin, biroq muayyan nutq janrini bilmaslik kishini noqulay ahvolga solib qo‗yadi. Bu holat shuni anglatadiki, nutq me‘yorlari so‗zlovchining o‗zi tomonidan yaratilmaydi, aksincha unga tayyor holda beriladi. Baxtin buni quyidagicha izohlaydi: ―Nutq janrlari bizga deyarli ona tilimiz singari tayyor holda beriladi… Gapirishni o‗rganish – bu aytim tuza bilishni o‗rganish demakdir. So‗zlovchining nutqiy irodasi, avvalo, ma‘lum bir nutq janrini tanlashda namoyon bo‗ladi‖. [1.S.187] 91 3 5 V.V. Dementyev nutq janri haqidagi ilmiy qarashlarni uch asosiy konsepsiyaga ajratadi: 1. Aristotelning klassik falsafiy qarashlari; 2. kollokvialist (nutqshunoslik) yondashuvi; 3. Baxtinning janrshunoslikka oid nazariy qarashlari. Baxtin maktabiga mansub rus tilshunoslari nutqiy janrlarni ikki asosiy yo‗nalishda tadqiq etganlar. Ularning ishlari semantika-sintaktika-pragmatikaning semiotik paradigmasiga tayangan holda olib borilgan. Birinchi yo‗nalish asosan semantika va sintaktika asosida izlanishlar olib borgan bo‗lsa, ikkinchi yo‗nalish sintaktika–pragmatika asosida nutqiy janrlarni tahlil qilgan. Demak, semantika sintaktik asosga tayanadi, sintaktik tahlildan esa pragmatika bosqichiga o‗tiladi. Yuqorida ko‗rib o‗tilgan ilmiy manbalar tahlili shuni ko‗rsatadiki, nutqiy janrlar nazariyasi XX asr tilshunosligining eng muhim paradigmalardan biriga aylangan hamda ushbu yo‗nalishning shakllanishi semiotika, pragmatika va diskurs tahlilining rivojlanishi bilan bevosita bog‗liqdir. M. Baxtin tomonidan ilgari surilgan konseptual g‗oyalar lingvistik janrlarni nutqiy muloqotning barqaror, funksional va ijtimoiy shartlangan tuzilmalari sifatida talqin qilishga ilmiy asos yaratdi. Keyingi davrlarda ushbu asos turli lingvistik maktablar, jumladan, rus, yevropa va amerika tadqiqotchilari tomonidan kengaytirilib, nutqiy janrlar semantika, sintaktika va pragmatika kesishmasida ko‗p qirrali obyekt sifatida o‗rganila boshlandi. Adabiyotlarda qayd etilgan yondashuvlar janr tushunchasining faqat formal-kompozitsion model sifatida emas, balki kommunikativ maqsad, nutqiy strategiya, ijtimoiy rol, madaniy kontekst kabi omillar bilan uyg‗un holda qaralishini taqozo qiladi. Shuningdek, V.V. Dementyev taklif etgan konseptual tasnif nutqiy janrlarning falsafiy ildizlari, nutq amaliyoti bilan bog‗liq xususiyatlari va Baxtin maktabi asoslagan lingvistik yondashuvlar o‗rtasidagi ilmiy aloqadorlikni chuqur ochib beradi. Xorijiy va mahalliy ilmiy manbalar tahlili shuni ko‗rsatadiki, zamonaviy tilshunoslikda nutqiy janrlarni o‗rganish antropotsentrik paradigma doirasida yangi ilmiy bosqichga ko‗tarilgan. Inson omili, kommunikativ ehtiyoj va diskursiv faoliyat butun tadqiqotning ichki harakatlantiruvchi kuchi sifatida maydonga chiqmoqda. Bu esa nutqiy janrlar tabiati, ularning shakllanish mexanizmlari, strukturaviy-mantiqiy xususiyatlari hamda funksional imkoniyatlarini yanada chuqurroq tahlil qilish zarurligini ko‗rsatadi. Shunday qilib, mavjud adabiyotlar nutqiy janrlarni ko‗p omilli lingvistik hodisa sifatida talqin etuvchi ilmiy asosni shakllantirgan bo‗lib, ular keyingi bo‗limlarda olib boriladigan tadqiqotlar uchun mustahkam nazariy poydevor vazifasini bajaradi. Adabiyotlar tahlilidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki: nutqiy janrlar lingvistik tadqiqotning alohida obyektiga aylangan, ularning o‗rganilishi esa kommunikativ faoliyatni anglashda fundamental metodologik ahamiyatga ega. Muhokama va natijalar. Adabiyotlarda ko‗rsatilgan yondashuvlar shuni ko‗rsatadiki, nutqiy janr tushunchasi faqat formal-kompozitsion model sifatida emas, balki kommunikativ maqsad, nutqiy strategiya, ijtimoiy rol va madaniy kontekst bilan uyg‗un holda qaralishi zarur. Bu esa nutqiy janrlarni o‗rganishda ko‗p qirrali yondashuvni talab qiladi. V.V. 92 3 5 Dementyevning konseptual tasnifi nutqiy janrlarning falsafiy ildizlari, nutq amaliyoti bilan bog‗liq xususiyatlari va Baxtin maktabi asoslagan lingvistik yondashuvlarni ilmiy jihatdan bog‗laydi. Shu orqali nutqiy janrlarni o‗rganish jarayoni nafaqat til tizimini tushunish, balki muloqotning ijtimoiy-madaniy aspektlarini ham chuqur o‗rganish imkonini beradi. Zamonaviy tilshunoslikda nutqiy janrlar antroposentrik paradigma doirasida o‗rganilib, inson omili va kommunikativ ehtiyojlar tadqiqotning markaziga qo‗yiladi. Bu esa nutqiy janrlarni muloqot jarayonida ijtimoiy faoliyatni tashkil etuvchi, madaniy kontekst bilan uzviy bog‗liq, ko‗p qirrali lingvistik hodisa sifatida baholash imkonini beradi. Natijalar shuni ko‗rsatadiki: 1. Nutqiy janrlar tilshunoslik tadqiqotlarining alohida obyektiga aylangan, ularning o‗rganilishi lingvistik va pragmatik tahlilning mustahkam ilmiy poydevorini yaratadi. 2. Nutqiy janrlarni semantika, sintaktika va pragmatika kesishmasida o‗rganish ularning shakllanish mexanizmlari, strukturaviy va funksional xususiyatlarini chuqurroq aniqlashga imkon beradi. 3. Lingvistik janr nazariyasi muloqot jarayonidagi nutqiy aktlarning barqarorlik, uslubiy belgilanganlik va ijtimoiy shartlanganlik tamoyillarini ilmiy asosda ochib beradi. Shu bilan birga, tahlil shuni ko‗rsatadiki, nutqiy janrlarni o‗rganish faqat til tizimining ichki qonuniyatlarini tushunish bilan cheklanmaydi; ular orqali muloqotning kommunikativ samaradorligi, madaniy kodlar va ijtimoiy rolning realizatsiyasi ham aniqlanadi. Nutqiy janrlarning tarkibiy va funksional xususiyatlarini ilmiy asosda aniqlash, ularni diskurs tahlili, ijtimoiy lingvistika va pragmatika bilan uzviy bog‗lash orqali, tilshunoslik tadqiqotlarida yangi metodologik imkoniyatlar ochiladi. Shunday qilib, mavjud ilmiy manbalar va nazariy qarashlar nutqiy janrlarni ko‗p qirrali lingvistik-hodisalar sifatida talqin qilish imkonini beradi. Bu yondashuv nafaqat ilmiy tadqiqotlar uchun mustahkam nazariy poydevor yaratadi, balki tilshunoslikning amaliy sohalarida — muloqotni optimallashtirish, til ta‘limi, korpus tahlili va madaniyatlararo kommunikatsiya tadqiqotlarida ham qo‗llanilishi mumkin. Natijalar asosida xulosa qilish mumkinki, nutqiy janrlar lingvistik tadqiqotlarning alohida va mustahkam obyektiga aylangan, ularni o‗rganish metodologik jihatdan tilshunoslikning rivojlanishi va amaliy qo‗llanilishida asosiy rol o‗ynaydi. Xulosa. Nutqiy janrlar nazariyasiga doir ilmiy manbalar ko‗rsatadiki, mazkur yo‗nalish zamonaviy tilshunoslikning eng faol rivojlanayotgan paradigmalardan biri sifatida shakllanmoqda. M. Baxtin tomonidan asoslangan konseptual yondashuvlar janrni nafaqat kompozitsion qolip, balki kommunikativ maqsad, nutqiy strategiya, ijtimoiy rol va madaniy kontekstning uyg‗unlashuvi sifatida talqin qilish imkonini berdi. Keyingi tadqiqotlarda semantika, sintaktika va pragmatikaning kesishgan nuqtasida nutqiy janrlarni qamrab oluvchi ko‗p qirrali ilmiy model vujudga keldi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‗rsatdiki, nutqiy janrlarni o‗rganish faqat til tizimining ichki strukturasi bilan cheklanmaydi; aksincha, ular jamiyatning kommunikativ ehtiyojlari, madaniy tajribasi, ijtimoiy rollari va diskursiv faoliyatini 93 3 5 anglashda muhim metodologik vosita vazifasini bajaradi. V.V. Dementyev taklif etgan tasnifiy model janrlarning falsafiy ildizlari, nutq amaliyotiga xos jihatlar va Baxtin maktabining lingvistik qarashlari o‗rtasidagi ilmiy uzviylikni ochib beradi. Bu yondashuv natijasida nutqiy janrlar muloqotning barqaror, funksional va ijtimoiy shartlangan tuzilmalari sifatida baholanadi. Ushbu tadqiqot asosida quyidagi umumiy xulosalarga kelish mumkin. Nutqiy janrlar zamonaviy tilshunoslikning alohida va mustahkam ilmiy obyektiga aylangan bo‗lib, ularning o‗rganilishi nutqning pragmatik va kommunikativ mohiyatini ochib berishda katta ahamiyat kasb etadi. Janrlarni semantika–sintaktika–pragmatika o‗qi bo‗yicha tadqiq etish ularning shakllanish mexanizmlari, tuzilishi, ijtimoiy vazifasi va funksional imkoniyatlarini keng qamrovda yoritish imkonini beradi. Antroposentrik paradigma doirasida olib borilayotgan izlanishlar nutqiy janrlarni inson faoliyati, kommunikativ ehtiyoj va madaniy kontekst bilan chambarchas bog‗lab, tadqiqotni yangi metodologik bosqichga ko‗tarmoqda. Shu bois nutqiy janrlar nazariyasi tilshunoslikda nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb yo‗nalish bo‗lib, muloqot jarayonining tabiati, struktura va funksiyalarini anglashda fundamental metodologik asos yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Бахтин М.М. Проблема речевых жанров Литературно-критические статьи. – М.: Художественная литература, 1986. – С. 428-472 2. Дементьев В.В. Теория речевых жанров (Коммуникативные стратегии культуры). – М., 2010. – С. 584 3. Шмелева Т.В. Модель речевого жанра // Жанры речи. Вып. 1. – Саратов, 1997. – С. 88–98. 4. Вежбицка А. Речевые акты // Новое в зарубежной лингвистике. Вып. 16. – М., 1985. – C. 251-275. 5. Иркабаева. М.В. Речевые акты и речевые жанры: соотношение понятии // Вестник Башкирского университета. – 2010. Т. 15, – №3. – C. 636-640.