MOLIYA-KREDIT TIZIMIDA ISLOHATLARNI JADALLASHTIRISH,SOHADA XIZMATLAR BOZORI HAJMINI OSHIRISH VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH:MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Full text
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 37 MOLIYA-KREDIT TIZIMIDA ISLOHATLARNI JADALLASHTIRISH,SOHADA XIZMATLAR BOZORI HAJMINI OSHIRISH VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH:MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI Abdusalomova Dilshoda Yoqub qizi Normurodova Dinora Odil qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Email: [email protected] [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17990761 Annotatsiya: Ushbu maqolada moliya-kredit tizimida olib borilayotgan islohatlarning asosiy yo`nalishlari,ularni jadallashtirish zarurati hamda ushbu sohada yuzga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari va raqobatni rivojlantirish,moliya-kredit tizimining samarali foaliyat yuritilishi,raqamli yechimlar joriy etilishi va raqobatni kuchaytirish orqali iqtisodiyotni barqaror o`sishiga erishish mumkinligi haqida xulosa chiqariladi Kalit so`zlar:moliya-kredit tizimi,islohatlar,innavatsiya,raqobat,investitsiyalar,bank tizimi,iqtisodiy rivojlanish,raqamli texnologiyalar Kirish So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida olib borilayotgan islohotlar jarayonida moliyakredit tizimining o‘rni beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Bu tizim mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlaydigan, investitsiyalarni jalb etadigan va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydigan asosiy mexanizmdir. Shu sababli moliya-kredit sohasida islohotlarni jadallashtirish, xizmatlar bozorini kengaytirish va raqobatni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Asosiy qism 1.Moliya-kredit tizimidagi islohatlarni jadallashtirish Moliya tizimida hali ham kredit ajratishdagi murakkablik,axborat tizimlarining to‘liq avtomatlashtirilmaganligi kabi kamchiliklar bank xizmatlarining samaradorligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda.Islohatlarni jadallshtirish uchu,xizmatlar sifatini oshirishimiz va innavatsion yechimlarni joriy etishimiz,raqamli texnalogiyalarni keng qo‘llashimiz,axborotkommunikatsiya texnologiyalari yordamida shaffoflik va tezkorlikni ta‘minlashimiz, tizimidgi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq strategiyalar ishlab chiqishimiz lozim bo‘ladi. Bularning barchasi moliya tizimining samaradorligini oshiradi va aholiga qulay moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga zamin yaratadi. 2. Xizmatlar bozori hajmini oshirish Bozor iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlarning hajmini kengaytirish-iqtisodiy o‘sish , ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini yaxshilashning muhim omillaridan biridir. Bozor hajmining kengayishi moliya institutlari faoliyatining samaradorligini oshiradi, yangi raqobat muhiti vujudga keltiradi va iqtisodiyotning real sektoriga kapital oqimini kuchaytiradi. Bugungi global iqtisodiyot sharoitida moliaviy xizmatlar faqat an‘anaviy bank amaliyotlari bilan cheklanib qolmasligi kerak . Zamonaviy talab shundan iboratki, moliya institutlari turli toifadagi mijozlarga moslashtirilgan , innovatsion va qulay xizmatlarni taklif etishi lozim. Ya‘ni mikrokreditlar va iste‘mol kreditlari orqali aholining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, investitsiya va sug‘urta mahsulotlarini taklif etish orqali aholi jamg‘armalarini iqtisodiyotga
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 38 yo‘naltirish kerak. Bu kabi innovatsion xizmatlar nafaqat mijozlarga qulaylik yaratadi, balki moliya bozorining o‘sish sur‘atlarini tezlashtiradi . 3.Raqobatni rivojlantirish Raqobat – bozor iqtisodiyotining yuragi hisoblanib, iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi kuchi va xizmatlar sifati hamda samarodorligini oshiruvchi asosiy omildir. Moliyakredit tizimida sog‘lom raqobat muhitini yaratish esa nafaqat iqtisodiy o‘sishni,balki moliya tashkilotlarini yangi xizmat turlarini joriy etishga,xizmatlar sifatini oshirishga va mijozlarga qulay shartlar yaratishga majbur qiladi.Ammo O‘zbekistonda moliya tizimi so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotgan bo‘lsa-da,ayrim muammolar hali ham raqobatni cheklab turibdi.Masalan: Yirik davlat banklarning ustun mavqei-ular ko‘p hollarda kichik banklar bilan teng sharoitda raqobat qila olmaydi Tartibga solishdagi byurotik to‘siqlar-litsenziya olish,yangi xizmat joriy etish jarayonlarining murakkabligi Kredit resurslarining notekis taqimsimlanishi-kichik banklarga kamroq imkoniyat berilishi Innavatsion moliyaviy texnologiyalar sohasining yetarlicha rivojlanmagani Aholining moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi,bu esa raqobatni rag‘batlantirmaydi Bu omillarni bartaraf etmasdan turib,moliya bozorida sog‘lom raqobat muhitini yaratish qiyin kechadi. Taklif 1. Bank tizimida xususiy sektor ulushini oshirish Davlat ulushi yuqori bo‘lgan banklarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish, xususiy kapitalni jalb etish va xorijiy investorlar uchun qulay muhit yaratish lozim. Bu sog‘lom raqobatni kuchaytirib, xizmatlar sifatini oshiradi. 2. Kredit siyosatini liberallashtirish va soddalashtirish Tadbirkorlik sub’yektlari, ayniqsa kichik biznes uchun kredit olish jarayonlarini soddalashtirish, garov talablari va foiz stavkalarini maqbullashtirish zarur. Mikrokredit va onlayn kreditlash tizimini kengaytirish iqtisodiy faollikni oshiradi. Xulosa Moliya-kredit tizimini isloh qilish,xizmatlar bozozrini kengaytirish va raqobatni rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishida muhim ahamiyat kasb etadi.Sohaning samaradorligini oshirish uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish,xususiy sektor ulushini kengaytirish,byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va investitsion jozibadorlikning ortishiga olib keladi.shu orqali moliya tizimi milliy iqtisodiyotning ishonchli tayanchiga aylanadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. — Toshkent, 2020-yil. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. “O‘zbekiston moliya sektori barqarorligi to‘g‘risidagi yillik hisobot”. — Toshkent, 2023-yil. 3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. “Iqtisodiy islohotlar natijalari va istiqbollari to‘g‘risida tahliliy ma’lumot”. — Toshkent, 2024-yil.
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 39 4. Xodjayev B., Jo‘rayev A. “Moliya va kredit asoslari”. — Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2022-yil. 5. Mamatqulov S. “Bank tizimini modernizatsiya qilishda raqamli texnologiyalarning o‘rni”. — “Iqtisod va jamiyat” jurnali, 2023-yil, №4. 6. Karimova G. “O‘zbekiston moliya bozorida raqobatni rivojlantirish omillari”. — TDIU ilmiy maqolalar to‘plami, 2022-yil.