"KONSTITUTSIYA – BARQAROR TARAQQIYOT GAROVI"
Abstract
Ushbu maqolada Respublika Konstitutsiyasining har bir moddasidagi millat qadriyatlarini mavjudligi, namjyon bo`lishi va fuqarolarning burch, erkinliklarini qay darajada bilishi xaqida batafsil yoritildi. Konstitutsiya atamasining lug‘aviy hamda istelohiy ma’nolari ham alohida yoritilgan.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 182 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com “KONSTITUTSIYA – BARQAROR TARAQQIYOT GAROVI” Abdullayeva Sevara Mashrabboyevna Fan va texnologiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi Tar-M 1/25 1-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: Raximbabayeva Nigora Abdurasulovna Fan va texnologiyalar universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsent., f.f.n [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada Respublika Konstitutsiyasining har bir moddasidagi millat qadriyatlarini mavjudligi, namjyon bo`lishi va fuqarolarning burch, erkinliklarini qay darajada bilishi xaqida batafsil yoritildi. Konstitutsiya atamasining lug‘aviy hamda istelohiy ma’nolari ham alohida yoritilgan. Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, burch, modda, majburiyat, O‘zbekiston, qonunlar, erkinliklar, dasturlar, xalq. Konstitutsiya - davlatning asosiy qonuni sifatida, faqat huquqiy tizimning tayanch nuqtasi emas, balki millatning erkinlik va farovonlik yo‘lidagi boshqaruv yuragi hamdir. U jamiyatning asosi, turli ehtiyojlarni tartibga soluvchi va muvozanatni ta’minlovchi inshoot sifatida faoliyat yuritadi. Biroq, konstitutsiya faqatgina qonunlar to‘plami emas. U davlat va uning fuqarolari o‘rtasidagi mustahkam ko‘prikdir, bu ko‘prik orqali haq-huquqlar, erkinliklar va farovonlikka olib boradigan eng muhim qadriyatlar uzatiladi. Shu jihatdan Konstitutsiya atamasining lug‘aviy hamda istelohiy ma’nolariga ham alohida to‘xtaladigan bo‘lsak: lug‘aviy ma‘noda "konstitutsiya" so'zi lotin tilidagi "constitutio" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, bu so'z "tartibga solish", "asoslash", "tashkil etish" yoki "qaror chiqarish" degan ma’nolarni anglatadi. Bu o'ziga xos huquqiy asosni belgilovchi hujjatni ifodalash uchun ishlatiladi. Lug‘atda bu so’z biror tizimni, tashkilot yoki tuzilmani shakllantirish va tartibga solish bo‘yicha umumiy qoidalarni bildiradi. Istelohiy ma’noda esa "konstitutsiya" atamasi davlatning asosiy qonunlarini, yuridik hujjatni yoki davlatning huquqiy tizimini belgilovchi tamoyillarni anglatadi. Konstitutsiya – bu davlatni boshqarish tizimini tashkil etuvchi va uning asosiy prinsiplari, hokimiyatni taqsimlash, fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va erkinliklarini ta’riflovchi hujjatdir. U har bir davlat uchun alohida bo‘lishi mumkin, lekin u har doim davlatning qonunlar va boshqaruv tizimining "yangi" yoki "eng yuqori" qoidalarini ifodalaydi.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 183 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com Qisqacha qilib aytganda, konstitutsiya - bu davlatning huquqiy tizimining asosi, uning boshqaruv tartibini belgilovchi, fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi va davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjatdir. Erkinlik va adolat garovi sifatida ham Konstitutsiyaning muhim vazifalaridan biri – erkinlikni himoya qilishdir. Biroq, erkinlik deganda, har bir insonning xohishiga ko‘ra harakat qilish imkoniyati emas, balki boshqalar huquq va erkinliklarini hurmat qilish, adolatli va mas’uliyatli yashashdir. Konstitutsiya bu muvozanatni ta’minlaydi. U fuqarolarni ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy erkinliklar bilan ta’minlaydi, shu bilan birga, davlatni bu erkinliklarni himoya qilishga majbur qiladi. Erkinlik va adolat bir-birini to‘ldiradigan tushunchalardir. Konstitutsiya, aslida, erkinlikni, bu erkinlikdan har bir inson teng va adolatli foydalanish huquqini kafolatlaydi. Shu o‘rinda konstitutsiyaviy huquqlar hamda erkinliklar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ajratish qiyin. Konstitutsiya erkinlikka, uning chegaralariga aniqlik kiritadi va fuqaro uchun aniq yo‘riqnomalar beradi. Bu esa insonlar o‘rtasida tartibni va o‘zaro hurmatni ta'minlaydi. Agar konstitutsiya bu erkinliklarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri tartibga solmasa, jamiyatda beqarorlik va nizolar yuzaga kelishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir moddasining tub zamirida inson manfaatlari aks ettirilgan.Fuqorolar erkinligi,burch va majburiyatlariga esa alohida e’tibor qaratilgan.Bu albatta davlatimizda fuqorolarning emin-erkin yashashligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasining 19-moddasi, inson huquqlari va erkinliklari,kafolatlari va tengligi tamoyillarini taqdim etadi: O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi. Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari deganimizda ,O‘zbekiston xalqaro huquqga, jumladan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha hujjatlariga (masalan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi) ham rioya qilishini anglatadi. Shu bilan birga, Konstitutsiya hamda milliy qonunlar o‘rtasida hamohanglik mavjud. Ushbu moddada, inson huquqlarining O‘zbekiston Konstitutsiyasida ham tasdiqlanganligini ta’kidlaydi, bu esa har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kafolatlaydi. Inson huquqlari tug‘ilganidan boshlab, biror kishi tomonidan orttirib bo‘lmaydigan huquqlar ekanligi aytiladi. Insonlarning asosiy huquqlari, masalan, hayotga, erkinlikka va xavfsizlikka bo‘lgan huquq, har bir kishiga teng beriladi.Teng huquqlilik O‘zbekiston fuqarolari, qanday millat, irq, jinsi yoki diniy e’tiqodi borligidan qat’i nazar, qonun oldida teng huquqlidir. Bu prinsip, diskriminatsiyaga qarshi kurashish va barcha fuqarolarni teng hisoblashni ta’minlaydi.Jinsi, irqi, millati, tili, dini va ijtimoiy
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 184 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com kelib chiqishi, insonning o‘ziga xos xususiyatlariga (jins, irq, din va hokazo) qarab unga huquqiy farq qo‘yilmasligini anglatadi. Fuqarolarga faqat qonun asosida, ya’ni parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar doirasida imtiyozlar berilishi mumkin. Bu, istalgan ijtimoiy guruhga yoki odamga bevosita nohaqlik yoki ayirboshlashni taqiqlaydi. Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog‘liq. Imtiyozlar keng qamrovli ravishda taqdim etilmoqda. Aynan qadriyatlarga, ilm olishga alohida imtiyozlar mavjud. Xususan,Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini, Toshkent shahrida esa Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etilishi ham biz yoshlar uchun eng katta imtiyozlardan biridir. Bu ishlarni kimgadir ko‘z-ko‘z qilish uchun amalga oshirayotgani yo‘q. Maqsad – islom dinining haqiqiy insonparvarlik mohiyatini, ma’rifiy islomni yoshlar ongiga singdirish. Shu yo‘lda bizning buyuk ajdodlarimiz qanday ulug‘ ishlarni amalga oshirganlari haqida ular ana shunday maskanlarga kelib o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan eng muhim bo‘lgan bilim va tasavvurlarga ega bo‘lishligi. Eng asosiysi, bizning qalbimizda boy tariximiz, madaniy merosimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi kamol topadi. Konstitutsiyaning bosh maqsadi deganimizda faqat iqtisodiy holatning yaxshilanishigina tushunish kerak emas. Farovonlikni kengroq anglashimiz lozim. Bu ijtimoiy tenglik, ta'lim, sog‘liqni saqlash, ekologik xavfsizlik va nihoyat, madaniy erkinliklar kabi bir qator omillarni o‘z ichiga oladi. Farovon hayot sharoitlarini yaratishda konstitutsiya o‘zining muhim vazifalarini bajaradi. Konstitutsiya fuqarolarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash, adolatli ish bilan band bo‘lish kabi imkoniyatlar yaratishni ta'minlaydi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy siyosatini va resurslar taqsimotini to‘g‘ri tashkil qilishga qaratilgan tamoyillarni belgilaydi. Masalan, mehnat huquqlari, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash tizimining yaxshilanishi konstitutsiyaviy kafolatga ega bo‘ladi. Farovonlikning yana bir asosiy omili – ijtimoiy xavfsizlikdir. Konstitutsiya davlatni fuqaro xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy adolatni o‘rnatishda, huquqni muhofaza qilish organlarini samara bilan ishlashga undaydi. Tinchlik, xavfsizlik, farovonlik bir-biriga bog‘liqdir. Agar fuqarolar o‘zini xavfsiz his qilmasa, ular erkinlikni ham to‘la qadrlay olmaydi.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 185 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com Konstitutsiya, ayniqsa, zamon o‘zgargan sari, yangi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sharoitlarga moslashish zaruriyatini ham o‘zida aks ettiradi. konstitutsiya, tarixiy tajriba, madaniyat va umumbashariy qadriyatlarni inobatga olgan holda, jamiyatning yangi ehtiyojlariga javob beradi. Masalan, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar va zamonaviy demokratik qadriyatlar davlatning konstitutsiyasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Faqat shu yo‘l bilan jamiyatda erkinlik va farovonlikni ta’minlash mumkin. Yangi texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar, global iqtisodiyotning o‘zgarishi konstitutsiya orqali ifodalangan qadriyatlarni yangilashni va ularni joriy etishni talab qiladi. Shunday qilib, konstitutsiya nafaqat jamiyatning bugungi holatini aks ettiradi, balki uning kelajakdagi muvaffaqiyatli va farovon rivojlanishining kafolatidir. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotning garovi sifatida millatning oldinga siljishining asosiy va muhim omili ekanligiga yaqqol guvohmiz. Erkinlik va farovonlikning birgalikda mavjud bo‘lishi, jamiyatning barqarorligini ta’minlaydi. Konstitutsiya nafaqat huquqiy asos yaratadi, balki jamiyatning barcha qatlamlarini erkin va adolatli hayotga yetaklaydi. Yangi sharoitlarda yashash va rivojlanayotgan jamiyatni yanada farovon, erkin va adolatli qilish yo‘lida yuksak maqsadlarga erishishga xizmat qiladi. Barchamiz uchun nafaqat huquqlarini kafolatlaydigan hujjat, balki jamiyatda o'z o'rnimizni topish, davlat rivojiga hissa qo'shish va kelajakda barqaror, adolatli va xavfsiz jamiyat qurish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati : 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2. https://constitution.uz/oz/clause/index 3. http://www.insonhuquqlari.uz/oz/news/m14205 4. Rasulov Rustambek Odilovich. Cultural basics of education and the role of youth in it. Philosophy And Life International Journal. ISSN 2181-9505. Doi jurnal 10.26739/2181-9505. https://www.tadqiqot.uz/index.php/philosophy/article/view/11321 5. O.Tursunov, R.O. Rasulov. Zamonaviy dasturlash muhitida arifmetik amallarni avtomatlashtirish: C# WinForms asosida kalkulyator modeli. — Academic Research in Modern Science, International scientific-online conference, 2023. — B. 27. 6. Rasulov Rustambek Odilovich. Yoshlar bilan ishlashda tarbiyaning mafkuraviy asoslari. — Falsafa va Huquq jurnali, 2023, Tom 3, B. 116–121.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 186 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com 7. R.Rasulov. Yangi O‘zbekistonda yoshlar bilan ishlash tizimida ularning ijtimoiy faolligi va ma’naviy salohiyatini rivojlantirishning o‘ziga xos mexanizmlari. — Научно-теоретический журнал “Ma’mun Science”, 2022. — B. 45. 8. Rasulov Rustambek Odilovich. Yoshlar bilan ishlash tizimida ma’naviy-mafkuraviy omillarning yoshlar ongiga ta’siri. — International Journal of Scientific Research, 2023, Tom 2, B. 147–152. 9. R.O. Rasulov. Ommaviy kommunikatsiyalarning yoshlar ijtimoiy siyosiylashuviga ta’siri bilan bog‘liq g‘oyaviy tendensiyalar. “Falsafa va hayot” ilmiy jurnali. Tom 3. №3. B. 47-54. 10. Rasulov Rustambek Odilovich. Jamiyat va yoshlar bilan ishlash tizimida ta’lim va tarbiyaning madaniy asoslari (Ijtimoiy-falsafiy tahlili). — O‘zbekiston Milliy Universiteti Xabarlari jurnali, 2023, B. 119–121. 11. Rasulov Rustambek. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmlari. — Management and Future Technologies Scientific Journal, June 2025, Volume 2, Issue 2, B. 353–364. 12. Rasulov Rustambek Odilovich - The Essence of Political Socialization Processes and their Role in Social Development. Spanish Journal of Innovation and Integrity, ISSN: 2792-8268, Volume: 37, Dec-2024. https://sjii.es/index.php/journal/article/view/106/150 13. Rasulov, R. . (2024). The importance of education and upbringing in forming political socialization in the worldview of youth. Академические исследования в современной науке, 3(48), 124–132. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/61938 14. Rasulov Rustambek Odilovich. The importance of youth-oriented structures established in the country in the political socialization of youth Vol. 3 No. 12 (2024): INTERNATIONAL JOURNAL OF EUROPEAN RESEARCH OUTPUT (IJERO). http://ijero.co.uk/index.php/ijero/article/view/417