Full text
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 798 ORKESTRLARDA DIRIJYORLIK HARAKATLARINING O‘ZIGA XOSLIGI Xoltoyeva Shaxlo Shuxrat qizi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 2-bosqich magistranti xolt[email protected] +998931214455 Annotatsiya: Maqolada orkestrlarda dirijyorlik harakatlarining nazariy va amaliy asoslari batafsil tahlil qilingan. Dirijyorlik san’atida ritm, temp, dinamika, jumla tuzilishi va badiiy obrazlarning ijrochilik jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Turli orkestr turlarida — simfonik, kamer, xalq cholg‘ulari, estrada, jaz va harbiy orkestrlarda — dirijyorlik harakatlarining o‘ziga xosligi va texnik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Mashhur xorijiy va o‘zbek dirijyorlarning ijodiy faoliyati misolida dirijyorlik san’atining tarixiy rivojlanishi, zamonaviy tendensiyalari tahlil qilingan. Maqola dirijyorlik harakatlarining ijrochilik sifatiga ta’siri, orkestr ijrosida badiiy obraz va jumlaning roli, shuningdek, turli janr va ansambllarda o‘ziga xosliklarni ochib beradi. Tadqiqot ilmiy va amaliy jihatdan orkestr san’ati, musiqiy pedagogika va ijodiy metodika uchun muhim manba hisoblanadi. Kalit so‘zlar: dirijyorlik san’ati, orkestr, ijrochilik, ritm, temp, dinamika, jumla, badiiy obraz, simfonik orkestr, xalq cholg‘ulari orkestri, estrada, jaz, harbiy orkestr. Аннотация: В статье подробно проанализированы теоретические и практические основы дирижёрских движений в оркестрах. Рассмотрена роль ритма, темпа, динамики, построения музыкальной фразы и художественного образа в процессе исполнения. Особое внимание уделено специфике дирижёрских жестов в различных типах оркестров: симфоническом, камерном, народных инструментов, эстрадном, джазовом и военном. На примере деятельности известных зарубежных и узбекских дирижёров исследуется историческое развитие дирижёрского искусства и современные тенденции. Статья раскрывает влияние дирижёрских движений на качество исполнения, роль художественного образа и музыкальной фразы в оркестровой игре, а также выявляет особенности различных жанров и ансамблей. Работа имеет значительную научную и практическую ценность для изучения оркестрового искусства, музыкальной педагогики и творческих методик. Ключевые слова: дирижёрское искусство, оркестр, исполнительство, ритм, темп, динамика, музыкальная фраза, художественный образ, симфонический
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 799 оркестр, оркестр народных инструментов, эстрада, джаз, военный оркестр. Abstract: The article provides a detailed analysis of the theoretical and practical foundations of conducting gestures in orchestras. It examines the role of rhythm, tempo, dynamics, musical phrasing, and artistic expression in the performance process. Special attention is given to the specificity of conducting techniques in various types of orchestras, including symphony, chamber, folk instruments, pop, jazz, and military orchestras. Using examples from the work of prominent foreign and Uzbek conductors, the paper explores the historical development of conducting art and current trends. The study highlights the influence of conducting gestures on performance quality, the role of artistic expression and musical phrasing, and the stylistic features of different genres and ensembles. This research holds significant scientific and practical value for orchestral art, music pedagogy, and creative methodology. Key words: conducting art, orchestra, performance, rhythm, tempo, dynamics, musical sentence, artistic expression, symphony orchestra, folk instruments orchestra, jazz, military orchestra. Musiqa san’atida orkestrlarning badiiy ifodasi va ijrochilik darajasi ko‘p jihatdan dirijyorning mahoratiga bog‘liqdir. Dirijyor – orkestrning yuragi, ijrochilarning yagona musiqiy tanaga birlashuvini ta’minlovchi shaxsdir. U nafaqat texnik jihatdan aniq harakatlarni bajaradi, balki asarning g‘oyaviy-badiiy mohiyatini tinglovchiga yetkazishda asosiy vositachi hisoblanadi. Shunday ekan, dirijorlik harakatlarining o‘ziga xosligi, ularning nazariy va amaliy jihatdan tahlili musiqashunoslik va ijrochilikda muhim masalalardan biridir. Dirijyorlik san’atining tarixiy taraqqiyoti Dirijyorlik san’ati shakllanishi uzoq tarixga ega. Biroq zamonaviy ma’nodagi dirijorlik XIX asrda simfonik orkestrlarning kengayishi va murakkab musiqiy asarlarning paydo bo‘lishi bilan yuzaga keldi. F. Mendelson, R. Vagner, G. Miller kabi dirijyorlar o‘z maktabini yaratdi va yangi dirijyorlik uslubini shakllantirdi. XX-asrda esa G. Karayan, E. Mravinskiy, L. Stokovskiy kabi mashhur dirijyorlar – asarlarning badiiy talqini va qo‘llardagi texnik mahoratni uyg‘unlashtirish orqali butun dunyoda katta mashhurlikka erishdi. O‘zbekistonda esa dirijyorlik san’ati XX asrning ikkinchi yarmida jadal rivojlandi. Toshkent davlat konservatoriyasi asosida o‘zbek dirijyorlik maktabi shakllandi. Dirijyorlik kasbi rivojlanishi borasida yurtimizda ham ushbu kasbning malakali, yetuk mutaxassislari yetishib chiqdi. M.Ashrafiy, S.Aliev, M.Nasimov, K.T.Azimov, D.Abdurahmonova, Z.Xaqnazarov, Q.Usmonov, Е. Jivaеv va hozirgi
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 800 kunda ham ijodlarini davom ettirayotgan F.Shukurova, F.Abdurahimova, M.Akmaljonova, J.Shukurov, D.Mutalov, A.Ikromov va boshqalar shular jumlasidandir. Ular kompozitorlar tomonidan qayta ishlangan o‘zbek xalq kuylari, kompozitorlik ijodi namunalari bilan birgalikda, jahon mumtoz musiqasi va zamonaviy musiqalarini ijro etib tomoshabinlar hukmiga havola etib kelmoqdalar. Mustaqillikdan so‘ng milliy orkestrlar repertuarida o‘zbek bastakorlarining asarlari keng o‘rin ola boshladi, bu esa dirijyorlik san’atining yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Orkestrlarda dirijyorlik harakatlarining asosiy nazariy asoslari Dirijyorlik harakatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra orkestrni boshqarish vositasidir. Ularning asosiy nazariy tamoyillari quyidagilardan iborat: - Ritm va tempni (sur’at) boshqarish – dirijyorning eng muhim vazifasi orkestrni yagona ritmik uyg‘unlikda ushlab turishdir. - Dinamika va ovoz balandligi – qo‘lning kengligi, tezligi va kuchiga qarab musiqaning ovoz balandligi boshqariladi. - Jumlalar – qo‘lning yumshoqligi yoki keskinligi musiqiy ohanglarning badiiy hamda ifodali bo‘lishini ta’minlaydi. - Qo‘l harakatlari shakllari – taktsiz harakatlar, ko‘rsatish ishoralari, doira chizish yoki chiziqli ifodalar. - Badiiy obrazning yaratilishida – dirijyorning mimikasi, tana harakati, ko‘z qarashi ham orkestr bilan muloqotda muhim vositadir. Turli orkestr turlarida dirijyorlik harakatlarining xususiyatlari Dirijyorlik harakatlarining o‘ziga xosligi orkestr turiga bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi: - Simfonik orkestr – katta tarkib sababli aniq, keng qamrovli va qat’iy harakatlar talab qilinadi. Simfonik orkestrda dirijyorlik texnikasi - musiqiy tafakkur kengligi va katta masshtabdagi ansamblni boshqarish ko‘nikmasini talab qiladi. Dirijyorning harakati aniq, ishonchli va barqaror bo‘lishi kerak. Simfonik orkestrda asardagi temp, dinamik o‘zgarishlar va fakturaning murakkabligi katta ahamiyatga ega. Shu bois dirijyor ko‘pincha aniq va ritmik harakatlardan foydalanadi. Har bir imo-ishora orkestr muvozanati hamda musiqiy-dramatik rivojlanishni boshqarishga xizmat qiladi. Masalan, Gerbert fon Karayan yoki Yevgeniy Mravinskiy kabi buyuk dirijyorlarning qo‘l harakatlari uyg‘unligi va chuqur musiqiy sezgisi simfonik orkestr dirijyorligi maktabining yuksak namunasi hisoblanadi. - Kamer orkestr – kichik tarkib bo‘lgani uchun dirijyor ko‘pincha iҳcham, nozik ishoralar bilan boshqaradi. Kamer orkestrlarida dirijyorlik harakatlari yanada kam kenglik, nozik va nafis bo‘ladi. Kichik tarkibda ijro etiladigan asarlar ijrochilarning
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 801 o‘zaro “ko‘z bilan aloqa” si orqali boshqariladi, shuning uchun dirijyor ko‘proq badiiy ifoda, jumla va tempning erkin o‘zgarishiga e’tibor beradi. Kamer orkestrida dirijyor ba’zan musiqa talqini jarayonida faol ishtirokchi sifatida, ya’ni fortepiano yoki skripka ijro etib, boshqaruvni amalga oshiradi. - Xalq cholg‘ulari orkestri – milliy ohangni ifodalashda qo‘lning plastiklik (harakatlar uyg‘unligi) va ritmik ifodasi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, ushbu orkestrda dirijyorlik harakatlari milliy musiqaning ritmik va ohangdorlik tabiatiga moslashadi. Bu orkestrda doira, dutor, nay, surnay, g‘ijjak kabi cholg‘ularning turli tembrlari uyg‘unlashganligi sababli, dirijyorlik harakati yanada nozik va ifodali bo‘lishi zarur. Dirijyor qo‘l harakatlari orqali nafaqat tempi, balki milliy uslub, raqs ritmlari va emotsional (hissiy) holatni ham boshqaradi. Masalan, o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrida dirijyor ko‘pincha nafas bilan boshqarish (ichki impuls) va yumshoq qo‘l egilishlari orqali ansambl uyg‘unligini ta’minlaydi. - Estrada-jaz orkestri – erkinroq, improvizatsiyali xarakterdagi harakatlar qo‘llaniladi. Shuningdek, hozirgi kun zamonaviy orkestr dirijyorligida qo‘l harakatlaridan tashqari yuz ifodalari va tana plastikasiga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu orkestr bilan emotsional muloqotni kuchaytiradi. Bunday orkestrlar uchun qat’iy akademik qolipdan ko‘ra, ritmik elastiklik, swing, groove kabi tushunchalar muhimdir. Dirijyor ko‘pincha ko‘z bilan aloqa, tanani yengil ritmik harakatlantirish yoki qo‘l bilan improvizatsion ishoralar orqali musiqachilarni boshqaradi. Bu usul orkestrning jonli ovoz berishiga va har bir ijrochining individual ijodiy ifodasiga imkon beradi. Shuningdek, estrada-jaz orkestrida zarbli cholg‘ular ijrochiligi muhim bo‘lganligi sababli, dirijorning asosiy vazifasi — ritmik markazni aniq ushlab turish va cholg‘ulardagi jarang muvozanatlarini saqlashdir. -- Estrada-simfonik orkestri – musiqa ijrochiligi san’atining turli yo‘nalish hamda tamoyillarini o‘z dasturlarida birlashtira oladigan cholg‘uchilarning katta jamoasidir. Ushbu orkestr tarkibida damli, torli, zarbli, elektron cholg‘ular hamda ritm guruhi bir butun tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Estrada orkestrining asosiy vazifasi — musiqaning melodik, ritmik va garmonik qatlamlarini rang-barang tembrlarda ifodalashdir. An’anaviy simfonik orkestrdan farqli ravishda, estrada orkestrida elektr gitaralar, bas-gitaralar, sintezatorlar keng qo‘llanadi. Orkestrda ko‘pincha qatlamli, ritmik-energetik asosga ega bo‘lib, estrada musiqasining dinamik xarakterini ochib beradi. Aranjirovka jarayonida orkestr bo‘limlari o‘rtasida tembrlar kontrasti va ritmik sinkopalar muhim o‘rin tutadi. Estrada orkestri vokal ijrochilikni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallanganligi bilan ham boshqa orkestrlardan ajralib turadi. Undagi garmoniyalar ko‘proq jazz, pop, rok kabi janrlarning akkord qurilishlariga tayanadi. Dirijyorlik
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 802 texnikasi esa simfonik orkestrga nisbatan ritmik aniqlik, sinkopalar va pop-faktura uyg‘unligini boshqarishga yo‘naltirilgan. Shu bois estrada-simfonik orkestri o‘zining moslashuvchan tembr palitrasi, zamonaviy ritmika va texnologik imkoniyatlari bilan boshqa orkestrlardan tubdan farq qiladi. Hozirgi kunda Alisher Ikromov rahbarligidagi Milliy estrada-simfonik orkestri estrada va simfonik asarlarni jonli etish orqali O‘zbekiston musiqiy madaniyatini rivojlantirish va yosh avlodni milliy san’atga jalb qilishda muhim rol o‘ynamoqda. Xulosa Orkestrlarda dirijyorlik harakatlarining o‘ziga xosligi orkestr turi, asar janri va ijro sharoitiga bog‘liq holda turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Dirijyorning texnik mahorati bilan bir qatorda uning badiiy didi, ijodiy yondashuvi va psixologik sezgirligi orkestr ijrosining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shu bois dirijyorlik san’ati faqat texnik boshqaruv emas, balki ijodiy jarayon sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Amaliy jihatdan qaralganda, dirijyorlik san’atining rivoji orkestr ijrochiligining yuksalishiga, milliy musiqiy merosning keng targ‘ib etilishiga hamda jahon musiqasi bilan integratsiyaаshishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Karimov, O. Dirijorlik san’ati asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015. 2.Raximov, A. Simfonik orkestr va dirijorlik maktabi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2019. 3.Safarov, B. Musiqa ijrochiligi nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 4.Karayan G. Musiqa va talqin. – Moskva: Muzyka, 1987. 5.Mravinskiy E. Dirijyorlik san’ati haqida. – Leningrad: Iskusstvo, 1975. 6.Stokovskiy L. Orkestr tovushi. – Nyu-York, 1947. 7. Tojiboyev M. Orkestr madaniyati va dirijorlik mahorati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. 8. Kabdurahmonov A. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri tarixi. – Toshkent: Fan, 2010. 9.Qodirov F. Zamonaviy dirijyorlik amaliyoti. – Toshkent: San’at, 2020. 10. Xorijiy maqolalar to‘plami: The Art of Conducting. – London: Oxford Press, 2018. 11. Umarov Sh. Dirijyorlik. - Toshkent: “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi” nashriyoti 2024.