SAYLOV HUQUQI VA DEMOKRATIK JARAYONLAR KAFOLATLARI
Abstract
O’zbekistob Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchining huquqi qonun bilan kafolatlanadi.
Full text
694 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 SAYLOV HUQUQI VA DEMOKRATIK JARAYONLAR KAFOLATLARI Nomonjonov Mashrabjon Fyrqatjon o’g’li Andijon shaxar Yuridik texnikum Yuridik xizmat 1-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17999263 Annotatsiya. O’zbekistob Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchining huquqi qonun bilan kafolatlanadi. Kalit so’zlar: Konstitutsiya, demokratik, huquq, saylov, Oliy Majlis, kengash. Kirish: Saylov huquqi har bir mustaqil va demokratik 1 davlatda konstitutsiya va saylov to’g’risidagi maxsus qonunlar bilan belgilanadi. Bu huquq aslida: davlat boshlig’i, vakillik organlari va boshqani saylash tartibini belgilab beruvchi huquqiy normalar yig’indisidir. Xo’sh bu huquqiy jarayonlar bizning davlatda qay darajada kafolatlangan? O’zbekiston Raspublikasida Saylov huquqi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ”O’zbekiston Respublikasi Prezidentining saylovi toʻgʻrisida" (1991-yil, 18 noyabr), "Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida" (yangi taxriri, 2001-yil 30 avgust), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida" (yangi taxriri, 2003-yil 29 avgust), "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov toʻgʻrisida" (1994-yil 5 may), "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (1999-yil 14 aprel), "Fuqorolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida" (1994-yil 5 may), "Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chakirib olish tartibi toʻgʻrisida"gi (1996-yil 26 aprel) qonunlar va boshqa hujjatlarda oʻz ifodasini topgan; 2) Fuqaroning saylovda ovoz berishda ishtirok etish, saylash huquqi (faol Saylov huquqi) va saylov asosida tashkil etiladigan davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini uzi boshqarish organlariga saylanish huquqi (passiv saylov huquqi). Oʻzbekistonda fuqarolarning faol saylov huquqi umumiy, teng, toʻgʻridan toʻgʻri va yashirin ovoz berish prinsiplari asosida amalga oshirilishi belgilangan. Oʻzbekistonda saylash huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan, 18 yoshga yetgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari egadirlar. Bu umumiy ovoz berish huquqi hisoblanadi. Teng saylov huquqida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng ovoz berishda ishtirok etishi tushuniladi. Toʻgʻridan toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylovda shaxsan oʻzi ishtirok etib, biron bir shaxsning koʻrsatmasisiz oʻz xohish irodasini ifoda etib ovoz berishi taʼminlanadi. 1. Demokratiya - (yunoncha –xalq hokimiyati, tenglik. Yashirin ovoz berish Saylov huquqida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylovda ovoz berayotganda boshqa biron bir shaxsning ishtirokisiz oʻz xohishini yashirin bildirish imkoniyati taʼminlanishi tushuniladi. Oʻzbekiston fuqarolarining passiv Saylov huquqi quyidagicha belgilangan: fuqarolar xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatligiga saylanish uchun 21 yoshga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga va Senatga saylanish uchun
695 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Asosiy qisim: 25 yoshga, respublika Prezidentligiga saylanish uchun esa 35 yoshga yetgan boʻlishi kerak. Prezident boʻlib saylanish uchun nomzod saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashagan boʻlishi va davlat tilini yaxshi bilishi, Oliy Majlisning quyi va yuqori palatalariga deputatlikka saylanish uchun kamida soʻnggi 5 yilda Oʻzbekistonda doimiy yashagan, jinoyat qonunchiligi boʻyicha oldin ogʻir jinoyat sodir etib sudlanmagan boʻlishi kerak.Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining raisligi (oqsoqol)ga tavsiya etilayotgan shaxs, qoida tariqasida, oliy maʼlumotli boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, rahbar lavozimida ish tajribasiga, aholi oʻrtasida hurmat va obroʻ-eʼtiborga ega boʻlmogʻi zarur. Davlatimiz rahbari uzoqni koʻzlab yuritayotgan oqilona siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri Oʻzbekiston fuqarolarining qayerda yashab turganidan qatʼi nazar, davlat himoyasida boʻlishi, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan. 2019-yildagi saylovlarda xorijda istiqomat qilib turgan saylov yoshidagi barcha vatandoshlarimiz uchun ilk bor ovoz berish imkoniyati yaratilgani ana shunday yuksak eʼtiborning amaldagi ifodasi boʻldi. Taʼkidlash oʻrinliki, avvallari bunday siyosiy tadbirlarda faqat konsullik vakolatxonalaridan rasman roʻyxatdan oʻtgan oʻzbekistonliklar oʻzlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan. Oʻtgan saylovda esa Oʻzbekistonning 38 mamlakatda tashkil etilgan 55 saylov uchastkasida chet elda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan 112 411 nafar saylovchimiz ovoz berdi. Fuqarolarimiz xorijda zich yashaydigan joylarda koʻchma saylov qutilari orqali 89 807 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berishi tashkil qilindi. Saylov kodeksining chet davlatlarda istiqomat qilib turgan Oʻzbekiston fuqarolarini diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, saylovchilar roʻyxatiga kiritish tartibi, xorijiy mamlakatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida koʻchma qutilar orqali ovoz berishning huquqiy asoslari mustahkamlandi. Endilikda Oʻzbekistonning chet mamlakatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida saylovchilarning roʻyxati mazkur muassasalar boshliqlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tuzilishi belgilab qoʻyildi. Tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda yashab turgan fuqarolarni saylovchilar roʻyxati bilan tanishish usuli, joyi va vaqti toʻgʻrisida xabardor qiladi. Xorijda yashab turgan fuqarolar oʻzlarini saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida saylovdan 15 kun oldin yozma shaklda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalariga yoki Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin. Oʻzbekistonning diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda yashab turgan fuqarolarning ularni saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi murojaatida koʻrsatilgan shaxsga doir maʼlumotlarni tekshiradi va fuqaroni saylovchilar roʻyxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi. Saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi. Tashqi ishlar vazirligi saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadi. Oʻzbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan
696 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkazilishining Saylov kodeksida aniq belgilab qoʻyilishi ham xorijda yashab turgan saylovchilar uchun yaratilgan yana bir qulaylikdir. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezident Islom KarimovOliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida ta'kidlaganidek, «ilk borikki palatali parlamentga bo'lib o'tgan saylovlar O'zbekistonning yangi tarixida alohida, g'oyat muhim o'rin egalladi». Zero, demokratiyaning eng ta'sirchan mexanizmi ham saylovlardir. Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o'zaro birlashib ketgan. Aslida ham, saylov – demokratiya degani, demokratiya –bu saylov, demakdir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yig'ilishida davlatimiz rahbari uqtirganidek, deputat degan yuksak ishonchga sazovorhar qaysiinson avvalo o'zi uchun ovoz bergan odamlar haqida o'ylashi ham demokratiyaning yana bir belgi-alomati hisoblanadi. I.Karimov e'tirof etganidek, «Fuqarolarimiz saylovlarga mamlakatimiz hayotidagi eng muhim, jamiyatimizningbarcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga, demakki, har bir saylovchi taqdiriga ta'sir ko'rsatadigan siyosiy voqea sifatida yondashdilar. Saylovlar bevosita jamiyatning siyosiy tizimini aks ettiradi va o'z tomonidan unga ta'sir ko'rsatadi. Ularning tashkil etilishi va ovoz berishning yakunlarini aniqlash tartibiga tegishli barcha jarayonlar siyosiy partiyalar bilan yaqindan bog'liqdir. Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Aynan saylov paytida partiyalar o'zining asosiy va ustuvor fikr-qarashlarini, hayotni qanday yaxshilash, islohotlarni qanday amalga oshirish, O'zbekiston deb atalmish mustaqil davlatning ertangi hayotini qanday barpo etish borasidagi g'oyalarini ilgari suradi”. Saylovlar fuqarolarga hokimiyat uchun kurashayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarini haqiqiy mazmun-mohiyatini anglashga imkoniyat beradi. Faqatgina saylovlar orqali xalqning ko'pchiligining irodasi aniqlanadi, uning asosida esa demokratik hokimiyat yaratiladi. Erkin saylovlarni o'tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og'ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning e'tiroficha, «demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o'zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya –bu saylov degani». Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo'ladi. Proporsional saylov tizimi ovoz berish natijalarini aniqlashning birmuncha murakkab tartibi boʻlib, bunda mandatlar oʻz nomzodlarini vakillik organlariga qoʻygan siyosiy partiyalar va boshqa ommaviy harakatlar oʻrtasida ular tomonidan olgan ovozlarning soniga mos ravishda taqsimlanadi. Proporsional saylov tizimida katta-katta saylov okruglari tuzilib, ularda har bir partiya oʻz vakillarining roʻyxatini ilgari suradi, saylovchilar esa tegishli partiyalar yoki ommaviy harakatlar tomonidan koʻrsatilgan vakillarning ruyxati uchun ovoz beradi. Ovoz berish natijalarini aniqlash uchun saylov mezoni (yoki kvota), yaʼni bir deputatlik mandatini olish uchun zarur boʻlgan ovozlar miqdori (odatda, kamida 4—5% qilib) oʻrnatiladi. Bunda, shartga koʻra, muayyan jamoat birlashmalarining nomzodlari ana shu belgilangan ovozlarni olgandan keyingina mandatlarni taqsimlashda qatnashadi. Avvalo saylovchilar bergan ovozlar miqdori deputatlik oʻrinlarining soniga boʻlinadi. Shunda bitta mandat doirasidagi ovozlar soni maʼlum boʻladi. Keyin har bir partiya olgan ovozlar alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Bu miqdor deputatning bir mandati uchun zarur boʻlgan ovozlar miqdoriga boʻlinadi. Shunda mazkur siyosiy partiya yoki ommaviy harakatga berilgan deputatlik oʻrinlari soni kelib chiqadi. Bunday tizimda saylovchi amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi.
697 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Saylovchilarning ovozi belgilangan meʼyor doirasida va mutanosib ravishda deputatlar mandatlari sonini keltirib chiqaradi. Bu oʻrinlar partiya rahbar organlari tomonidan partiyaviy roʻyxatning bosh qismidan joy olgan nomzodlarga beriladi. Proporsional saylov tizimi Isroil, Vengriya, Avstriya, Daniya, Ispaniya, Polsha va boshqa mamlakatlarda mavjud. Xulosa O‘zbekiston Respublikasida saylov huquqi va demokratik jarayonlar kafolatlari Konstitutsiya, Saylov kodeksi va xalqaro standartlar asosida ta’minlanadi, bu fuqarolarga erkin saylash va saylanish imkoniyatini beradi. Konstitutsiyaviy asoslar O‘zbekiston Konstitutsiyasining 117-128-moddalari fuqarolarga davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqini kafolatlaydi, har bir saylovchi bir ovozga ega bo‘lib, ovoz berish erkinligi va tengligi qonun bilan himoyalanadi. Saylov huquqlari sud orqali himoya etilishi, shikoyatlar berish imkoniyati mavjud. Saylov kodeksi kafolatlariSaylov kodeksi yashirin ovoz berishni ta’minlaydi, saylovchilarning erkinligini nazoratsiz qilishni taqiqlaydi va nogironlar uchun qulay sharoitlar yaratadi. Qamoqxonalar va ijtimoiy xavfi past jinoyatchilarga ham saylov huquqi berilgan, yagona elektron ro‘yxat ishlatiladi. Demokratik jarayonlar xususiyatlari Saylovlar ochiq, adolatli va teng huquq asosida o‘tadi, xalq irodasini ifodalaydi, xalqaro paktlar bo‘yicha so‘z erkinligi va ma’lumot olish huquqi himoyalanadi. Bu jarayonlar fuqarolarning siyosiy ishtirokini kuchaytirib, demokratik davlat rivojiga xizmat qiladi. Adabiyot ro’yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (117-128-moddalar) – saylov huquqining konstitutsiyaviy asosi. 2. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi (25.06.2019 y., № ZRU-537) – saylov jarayonlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat. 3. “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun (05.05.1994 y., № 1051-XII) – huquqlarning maxsus kafolatlari. 4. Qo‘shimcha qonunlar va hujjatlar 5. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun (1991 y., 18-noyabr) – prezident saylovlariga oid.“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun – referendum jarayonlari.“O‘zbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi to‘g‘risida”gi Qonun (1996 y., 26-aprel) – deputat mas'uliyati.