ASAKA TUMANI ERGONIMLARINING LINGVISTIK TADQIQI
Abstract
Mazkur maqola Asaka tumanida joylashgan sanoat korxonalari, avtomobilsozlik, savdo korxonalari, ta’lim muassasalari, ovqatlanish korxonalari nomlarini ifodalovchi ergonimlar bilan tanishish va ularni lingvistik tadqiq etish, ergonimlarni sistem-struktur va antroposentrik jihatdan tahlil qilish, tadqiqot natijasida avvaldan mavjud bo’lgan va yuzaga kelgan muammolarga yechim toppish kabi amaliy masalalarga qaratilgan.
Full text
712 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 ASAKA TUMANI ERGONIMLARINING LINGVISTIK TADQIQI Turg’unboyeva Mo’tabarxon Ozodbek qizi Andijon davlat universiteti Lingvistika:o’zbek tili yo’nalishi 1-kurs magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17999698 Annotatsiya. Mazkur maqola Asaka tumanida joylashgan sanoat korxonalari, avtomobilsozlik, savdo korxonalari, ta’lim muassasalari, ovqatlanish korxonalari nomlarini ifodalovchi ergonimlar bilan tanishish va ularni lingvistik tadqiq etish, ergonimlarni sistemstruktur va antroposentrik jihatdan tahlil qilish, tadqiqot natijasida avvaldan mavjud bo’lgan va yuzaga kelgan muammolarga yechim toppish kabi amaliy masalalarga qaratilgan. Kalit so’zlar: ergonimlar, sanoat korxonalari, tashkilot nomlari, Asaka tumani, lingvistik tahlil, identifikatsiya. Kirish Ma’lumki, ergonim termini ilk marta N.V.Podolskayaning 1978-yilda chop etilgan “Rus onomastik terminlari lug‘ati”da qayd etilgan. 1 Ergonimlarni ilmiy muammo sifatida tadqiq etish masalasi o‘tgan asrning so‘nggi choragidan boshlab rus tilshunosligida o‘rtaga tashlandi. 2 XXI asr boshlariga kelib ergonimlarni struktur-semantik aspektda tadqiq etish boshlab berildi. Xususan, T.N.Aliyeva, I.V.Kryukova, A.M.Yemelyanova, Z.T.Tanayeva tadqiqotlarida ergonimlarning struktursemantik, derivatsion xususiyatlari yoritildi, leksik-semantik tasnifi amalga oshirildi. 3 M.Y.Kryuchkova ergonimlarning orfografik xususiyatlarini tahlil qildi. 4 Keyingi yillarda amalga oshirilgan N.V.Shimkevich, E.A. Trifonova, N.V. Nosenko, M.G. Qurbonova tadqiqotlarida rus tilidagi ergonimlarning struktursemantik, poetik, pragmatik hamda lingvokulturologik xususiyatlari ochib berildi. 5 Ta’kidlash lozimki, mamlakatda sodir bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va o’zgarishlar natijasida shaharlar infrastrukturasining kengayishi nafaqat shahar makoni obyektlari nomlari (onimlar), balki ushbu obyektlar turlarining nomlari (apellyativlar)ning ham o’sishiga olib keldi. Chunki avtomobilsozlik sohasida korxonalar obyekti nominatsiyasini strukturaviy modeli ikkita komponentdan, ya’ni nomenklatura birligi va obyektning atoqli otidan 1 Подольская Н.В. Словарь русской ономастической терминологии. – Москва: Наука, 1988. 2 Суперанская А.В. Общая теория имени собственного. –М., 1985; Прокуровская Н. А. Город в зеркале своего языка (на яз. материале г. Ижевска). – Ижевск: Изд-во Удмурт. ун-та, 1996; Голомидова М. В. Искусственная номинация в русской ономастике: Автореф. дисс. докт. филол. наук. – Екатеринбург, 1998; Романова Т. П. Проблемы современной эргонимии // Вестник Cамарского государственного университета. – Cамара, 1998. – № 1 (7). – С. 82-90. 3 Алиева Т.Н. Аббревиатурные неологизмы современного русского языка конца 90-х годов XX–XXI веков: семантико-деривационный аспект: Автореф. дисс. ... д-ра филол. наук. – Спб., 2003; Крюкова И.В. Рекламное имя: от изобретения до прецедентов: Дисс. … д-ра филол. наук. – Волгоград, 2004; ЕмельяноваА.М. Эргонимы в лингвистическом ландшафте полиэтнического города (на примереназваний деловых, коммерческих, культурных, спортивных объектов г. Уфы): Дисс. … канд. филол. наук. – Уфа, 2007; Танаева З.Т. Аббревиатурные эргонимы г. Махачкалы как многоуровневая система: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. – Махачкала, 2012. 4 Крючкова М.Я. Многокомпонентные эргонимы в аспекте орфографии: проблема совершенствования нормы правописания: Дисс. … канд. филол. наук. - Волгоград, 2003. 5 Шимкевич Н.В. Русская коммерческая эргонимия: прагматический и лингвокультурологический аспекты: Автореф. дисс. ... канд филол. наук. – Екатеринбург, 2002; Трифонова Е.А. Названия деловых объектов: семантика, прагматика, поэтика: на материале русских и английских эргонимов: Дисс. … канд. филол. наук. – Волгоград, 2006; Носенко Н.В. Названия городских объектов Новосибирска: структурносемантический и коммуникативно-прагматический аспекты: Дисс. … канд. филол. наук. – Новосибирск, 2007; Курбанова М.Г. Эргонимы современного русского языка: семантика и прагматика: Дисс. ... канд. филол. наук. – Волгоград, 2015; va boshqalar.
713 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 iborat birlikni ifodalaydi. Masalan, "Asaka Metall Konstruksiyalari" zavodi, "Andijon Avtokompressori" MCHJ, "Asaka Textile" to'qimachilik korxonasi va boshqalar. Asosiy qism Asaka Andijon viloyatining sanoat markazlaridan biri hisoblanadi va O'zbekiston avtomobilsozlik sanoatining muhim qismi hisoblanadi va biz aynan Asaka tumanida joylashgan avtomobilsozlik sanoati bilan bog’liq ergonimlarni tadqiq etishni o’zimizga maqsad qilganmiz. Ularga quyigagi korxonalar misol bo’la oladi: 1. "UzAuto Motors" (avvalgi nomi "GM Uzbekistan") - O'zbekistondagi eng yirik avtomobil ishlab chiqarish korxonasi 2. "UzAuto Motors Powertrain" - avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish zavodi 3. "UzAuto Components" - avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish korxonasi 4. "O'zavtosanoat" kompaniyasi tarkibidagi boshqa ishlab chiqarish birlashmalari Avtomobilsozlik bilan bog’liq ergonimlar o’zining chet el so’zlari bilan birgalikda yoki aynan chet el so’zlari bilan nomlanishida, rasmiy mazmun anglatishida, korxona funksiyasi, o’zi ishlab chiqaradigan maxsulot nomi bilan mutanosibligi, sodda, tushunarli, ravon tanlanganligi, milliy mentalitetga moslanganligi va yana iste’molda noqulaylikni bartaraf etish maqsadida abreviaturalardan foylanilganligi bilan xarakterlidir. Hozirgi kunda savdo korxonalari va ovqatlanish korxonalari ergonimiyasida faol qo’llanayotgan ayrim xorijiy tillardan o’zlashgan terminlarning qo’llanish xususiyatlari haqida to’xatalamiz va bu holat Asaka mikromaydonida qanchalar o’zini namoyon etganligi uni boshqa o’ziga raqobatdosh korxonalardan ustunligi yoki zararli oqibatlari to’g’risida so’z yuritamiz. Quyida Asaka tumani ovqatlanish markazlari ergonimiyasi bo‘yicha asosiy kuzatuvlar va ilmiy tahlil uchun asos bo‘ladigan jihatlar keltirilgan: 1. Ergonimlarning tarkibiy tuzilishi Asaka tumanidagi ovqatlanish markazlarining nomlari, odatda, quyidagi tarkibiy modellarga ega: • Shaxs nomi asosida: Ziyodbek oshxonasi, Anvar fast food — egasining yoki tashkilotchining ismi yoki u hurmat qilgan o’zi uchun qadrli bo’lgan shaxslar nomi orqali nomlangan (“Mohlaroy” shifo, “Robiya” savdo va stomatologiya markazi) • Mahalliylik yoki geografik joy nomi asosida: “Asaka taomlari”, “Anhor” milliy taomlari, “Cho’ntak” choyxonasi, “Aylanish somsa”— joy nomi bilan bog‘langan, bu joyga xoslikni bildiradi. Bu kabi ergonimlar o’zining presuppozitsiyasida lokatsiya haqida ma’lumot toshiydi, shuningdek, qo’llanganda ham boshqa turdagi ergonimlardan reklamaviylik tomonidan ustunlik beradi. Ammo nom tanlashda mahalliylik va geografik nomni doim ham qo’llab bo’lmaydi, uning qo’llanishi faqat shahar va shahar oldi, hamma uchun qulay va mashhur bo’lgan lokatsiyalar bilan birgalikda qo’llanishi lozim bo’ladi. • Oziq-ovqat turi asosida: Shashlik uyi, Lag‘monxona, Somsa markazi — taqdim etilayotgan asosiy mahsulot asosida nomlanadi va balkim ana o’sha markazdagi ergonimlik darajasida ko’tarilgan o’sha tovar sifatining yuqoriligi bilan belgilanadi. Bu esa maxsulotga xaridorgirlikni oshiradi. • Estetik va ijobiy obrazlar asosida: Afsona, Bahor, Oqtepa, Lazzat, Navro‘z — hissiy-estetik yuklamaga ega bo‘lgan, xaridorni jalb etuvchi ergonimlar.
714 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Ovqatlanish obyektlari uchun tanlangan ergonimlar ko‘p hollarda o‘zbek tilida bo‘ladi, ammo rus va ingliz tilidagi nomlar ham uchraydi. Masalan, “Burger Time”, “Royal Pizza”… Biz kuzatish olib borgan mikromaydon hududida gibrid nomlarga ham duch keldik: Shahzoda Food, Asaka Doner, Shahnoz cookies. Bu kabi nomlarning paydo bo’lishi qancha tilni aralashtirib gibrid holda qo’llashiga qarab ana o’sha tillarga bo’lgan e’tiborsizlik va balkim hurmatsizlik sifatida ham ko’ramiz. Til va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog’liqlikda yasharkan, o’zini va tilini qiymatini to’g’ri anglab shunga yarasha foydalanish kerak. Vaholanki, shu va shu kabi nomlar ortida na bir jo’yali vaj va na bir vaziyatni oqlay oladigan oqlov mavjud emas. Mazkur holat va nomlanish tilshunoslikdagi hech bir yo’nalish uchun na obyekt na predmet bo’la oladi. Ikkinchi turi savdo korxonalari va ovqatlanish korxonalarining nomlanishi bilan bog’liq reja esa alohida ahamiyatga molik. Chunki yuqoridagi va quyidagi reja uchun tanlab olingan toponim(ergonim)larga nisbatam anchagina son va nom bo’yicha turlichalik kasb etadi. Bu kabi tashkilot va korxonalar nomini o’rganish va tadqiq etish menda anchagina chalkashliklar keltirib chiqardi desam aslo mubolag’a bo’lmas. Asaka shahri va tumani ichida savdo korxonalari, asosan oziq –ovqat rastalari va ovqatlanish markazlari nomi bilan bog’liq xususiyatlarni jamladik va xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, zamonaviy ovqatlanish maskanlari asoschilari milliy ovqatlanish markazlarini ochgan insonlardan yosh jihatdan ancha kichik va ularning aksariyati hozirgi zamon tili bilan aytganda “y” va “z” avlod vakillaridir. Ularning yoshligi, ta’limi va ulg’ayishida chet tillarining o’rni salmoqli bo’lib, bu ularnoing hozirgi faoliyatiga juda katta ta’dsir o’tkazgan. Mustaqillik davri va undan keyin ochilgan(2015-yilga qadar) savdo komplekslari, ovqatlanish korxonalari nomida lingvokultrologik belgilarning salmog’i 20152020-yillarda tashkil topganlarinikidan ancha yuqori. Birinchi davr: “Shukrona” milliy taomlari, “Al-Aziz” ovqatlanish maskani, “Dadajon” shirinliklari, “Dadajon” mazar markazi, “Cho’ntak” choyxonasi, “Me’ros” non markazi, “Sahovat”go’sht va go’sht maxsulotlari, “Obi Rohat” kafesi… Ikkinchi davr: “Makro” supermarket, “Korzinka” supermarket, “SultonSaroy” kafesi, “Globus” savdo markazi, “Grillo” grill markazi, “Texnomart” savdo markazi va hk. Asaka tumanidagi ta’lim muassasalari nomlarini tahlil qilganda ularning ko‘pchiligi rasmiy, davlatga oid nomlar bilan bog‘langanini ko‘rish mumkin. Ular orasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kollejlar, litseylar va boshqa maxsus o‘quv muassasalari mavjud. Asaka aslida juda kichik, ammo aholisi zich joylashgan hudud bo’lganligi uchun undagi ta’lim muassasalarining soni ko’p. Mikromaydon miqiyosida jami 62ta umumiy o’rta ta’lim maktabi, 64ta davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari, 22ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi, 3 ta kollej, 4 ta xususiy maktab, 30 ga yaqin o’quv markazi va bitta oliy ta’lim muassasasi mavjud. Masalan, “Asaka tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi”, “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktab”, “1-sonli Bolalar musiqa maktabi”, “Barkamol avlod” markazi Ushbu nomlar odatda quyidagi komponentlardan tashkil topadi: 1. Tashkilot turi (maktab, litsey, kollej va h.k.) 2. Hududiy ko‘rsatkich (Asaka tumani) 3. Raqam yoki shaxs nomi 4. Sohaga oid belgi yoki ixtisoslik (IT, musiqa, sport)
715 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Davlat tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari bizda chet eldagi singari maxsus familiyalar yoki aytarli nomlar bilan nomlanmagan. Ularning ergonimiyasi mavjud emas. Maktablar bir-biridan o’zlariga berilgan tartib raqamlar orqali farqlanadi, masalan, 1umumta’lim maktabi, 59-umumta’lim maktabi…va yana shu kabi ikkita chuqurlashtirilgan maktab ham mavjud bo’lib, ularning nomlanishi ham umumta’lim maktablaridan zarracha farqlanmagan. Ta’lim muassasalari nomini ifodalovchi ergonimlarga maxsus to’xtalishga hojat yo’q. Ta’lim muassasalari insonning yoshiga qarab beshta asosiy guruhni tashkil etishini bildik 1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti 2. Umumiy o’rta ta’lim maktablari 3. Xususiy ta’lim tashkilotlari va muassasalari 4. Kollej, litsey va tehnikumlar 5. Oliy va professional ta’lim Xulosa Tadqiqotlarning o’rganish natijasida savdo va umumiy ovqatlanish munosabatlari sohasida faoliyat yurituvchi yangi ergonomik terminlarni yaratishning eng samarali lingvistik vositalaridan biri bu xorijiy tillardan olingan birliklardan foydalanish bo’lib qolganligini kuzatish mumkin. Yuqoridagi ergonimlarda reklamachilik omili, xorijiy birliklar ishtiroki, zamonaviy brendlarga taqlid aniq seziladi. Bu holat lingvistik jihatdan nomning e’tiborni tortuvchi, esda qoluvchi va funksional bo‘lishini ta’minlaydi, biroq ayrim hollarda milliylik, soddalik va aniqlik talablari buziladi. Foydalangan adabiyotlar ro’yxati: 1. Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим масалалари. – Тошкент: Фан, 1977. – 2. Эргашходжаева Ш. Инновацион маркетинг. Ўқув қўлланма. – Тошкент: ТДИУ, Иқтисодиёт, 2014. – 177 б. 3. Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. – Тошкент: O‘qituvchi, 2007. – 170 б. 4. Иброҳимов С. Фарғона шеваларининг касб-ҳунар лексикаси. – Тошкент: ЎзФА, 1959. – 315 б. 5. Lutfullayeva D., Saparniyazova M., Davlatova R.. O‘zbek tilida nom yaratishning lingvistik-me’yoriy asoslari. Monografiya. – Toshkent: MALIK PRINT CO, 2022. – 6. Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги миллий кутубхона, 2007. – 188 б. 7. Saparniyazova M., O‘rozov. J. O‘zbek tilida nom yaratishning lingvomadaniy xususiyatlari. Monografiya. – T.: Ishonchli hamkor, 2021. – 130 b. 8. Турсунова Т. Ўзбек тили амалий санъати лексикаси. – Тошкент: Фан, 1978. – Б. 6971. 9. Йўлдошев Б.. Ўзбек ономастикаси масалалари. – Самарқанд, 2011. –Б. 22-23. – 112 б.