scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING KREATIV KO'NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA ONA TILI DARSLARINING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Qurbonnazarova, Ziyoda; Sh.N.Xazratkulova

Abstract

Mazkur maqolada ona tili mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarda kreativ qobiliyat va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga oid dolzarb jihatlar ko‘rib chiqiladi. Jumladan, o‘quvchilarning erkin fikrlashini rag‘batlantiruvchi innovatsion yondashuvlar, faol o‘rgatish metodlari hamda ijodkorlikni yuzaga chiqaruvchi topshiriqlarning samarali natijalari tahlil etiladi.Bundan tashqari, darslarda ijodiy muhitni yaratish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi g‘oyalar ishlab chiqishga undash hamda til kompetensiyalarini shakllantirish bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratiladi.Maqola boshlang‘ich ta’lim bosqichida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi va zamonaviy ta’lim jarayonida ijodiy yondashuvlarning tutgan o‘rnini ochib beradi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 98 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KREATIV KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA ONA TILI DARSLARINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Qurbonnazarova Ziyoda Abdukarim qizi Termiz davlat pedagogika instituti 2-bosqich magistranti Sh.N.Xazratkulova Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi Annotatsiya.Mazkur maqolada ona tili mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarda kreativ qobiliyat va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga oid dolzarb jihatlar ko‘rib chiqiladi. Jumladan, o‘quvchilarning erkin fikrlashini rag‘batlantiruvchi innovatsion yondashuvlar, faol o‘rgatish metodlari hamda ijodkorlikni yuzaga chiqaruvchi topshiriqlarning samarali natijalari tahlil etiladi.Bundan tashqari, darslarda ijodiy muhitni yaratish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi g‘oyalar ishlab chiqishga undash hamda til kompetensiyalarini shakllantirish bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratiladi.Maqola boshlang‘ich ta’lim bosqichida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi va zamonaviy ta’lim jarayonida ijodiy yondashuvlarning tutgan o‘rnini ochib beradi. Kalit so‘zlar: ona tili, kreativ ko‘nikmalar, innovatsion metodlar, interfaol usullar, ijodiy tafakkur, lingvistik kompetensiya, mustaqil fikrlash, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik yondashuv. Kreativlik — inson ma’naviy olamining ajralmas bo‘lagi bo‘lib, shaxsning har tomonlama yetuklikka erishishida muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu sifat insonning o‘zini anglash, o‘z ustida muttasil ishlash va mustaqil rivoqlanish jarayoniga turtki beruvchi asosiy ichki resurs hisoblanadi. Kreativlik shunchaki mavjud bilimlar doirasi bilan cheklanmaydi, balki yangicha fikrlash, bor g‘oyalarni qayta ko‘rib chiqish, noan’anaviy yondashuvlar orqali muammoni o‘zgacha hal etish qobiliyatida aks etadi. Kreativ tafakkur innovatsion faoliyatning negizi hisoblanadi. O‘qituvchi ijodiy ishlashi uchun nafaqat fani bo‘yicha yangiliklarni kuzatib borishi, balki zamonaviy ijtimoiy, madaniy va texnologik o‘zgarishlardan muntazam boxabar bo‘lishi talab etiladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 99 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Shuningdek, pedagog yangi g‘oya va innovatsion texnologiyalarni o‘z amaliy faoliyatida to‘g‘ri qo‘llay olishi lozim. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi har qanday dars jarayonida eng mos va samarali yechimni tanlab, uni o‘quvchilarga sodda, tushunarli va ta’sirchan shaklda yetkazish — bu ham kreativlikning muhim ko‘rinishlaridan biridir. Bunday yondashuv o‘quv jarayonini yanada mazmunli tashkil etib, yosh o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Ta’lim tizimining asosiy vazifasi — o‘quvchilarga jamiyatda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni berishdir. Lukas va Spenser ta’kidlaganidek, “kreativ fikrlash bugungi avlodning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalardan biridir”. Ularning fikriga ko‘ra, ushbu ko‘nikma shiddat bilan o‘zgarayotgan globallashuv jarayoniga moslashish, yangi texnologiyalar bilan ishlash, hali shakllanmagan kasblarda faoliyat yuritish, mashinalar bajara olmaydigan murakkab vazifalarni ado etish va global muammolarga noodatiy yechim topish imkonini beradi. Boshlang‘ich sinflarda kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirishning pedagogikpsixologik va gender xususiyatlarini o‘rganib chiqqan F.A. Xayitova o‘z izlanishlarida kreativ o‘qish — istalgan fan doirasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dastlabki bilimlar majmui ekanini ta’kidlaydi. Tadqiqotchi “boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ o‘qish madaniyatini shakllantirish” deganda noodatiy yondashuvni singdirish, turli o‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida yangi g‘oya va qarashlarni erkin ifodalash, tasavvur kengligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni tushunadi. Uning fikricha, kreativ o‘qish madaniyati — o‘zgaruvchan ijtimoiy-madaniy sharoitlarda masalalarni original fikrlash asosida hal etishga tayyor bo‘lgan shaxs pozitsiyasidir. Xayitovaning qarashlarini davom ettirgan holda aytish mumkinki, ona tili darslarida o‘quvchilarning kreativ kompetensiyalarini shakllantirish turli topshiriqlar, muammoli vaziyatlar, noodatiy yechim talab qiladigan mashqlar orqali yana-da samarali kechadi. Biz ana shunday pedagogik imkoniyatlardan maqsadga muvofiq foydalanib, o‘quvchilarda erkin fikrlash, yangicha qarash bildirish va tasavvur boyligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jarayonni tashkil etdik. Ona tili ta’limida evristik qobiliyatni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot olib borgan R. Xurramov og‘zaki mashqlar o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, og‘zaki mashqlar voqealar mohiyatini tezda anglash, uni izohlash va tushunish imkonini beradi. Yozma mashqlar esa o‘quvchilardan ko‘proq vaqt va kuch talab etgani sababli bunday natijani har doim bera olmaydi. Demak, og‘zaki mashqlarni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirib INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 100 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us qo‘llash o‘quvchilarning fikrlash jarayonini faollashtiradi va dars samaradorligini oshiradi. Boshlang‘ich sinflarda kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirishda fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash alohida ahamiyatga ega. Xususan, ona tili faniga oid to‘garak va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni kreativ topshiriqlar bilan boyitish o‘quvchilarga o‘z ijodiy salohiyatini real vaziyatda sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Bunday integrativ yondashuv muammoli holatlarni turli nuqtai nazardan tahlil qilish, noodatiy yechimlar ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu boisdan, ona tili darslarida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning modellashtirilgan mexanizmini ishlab chiqish zarurdir. Bunday model o‘quvchilarga ma’lumotning haqqoniyligi, dalil va fikrlarning mantiqiyligi hamda ilgari surilgan g‘oyaning real hayotga mosligini baholash imkonini beradi. Modelni yaratishda pedagogika, psixologiya, didaktika va metodika bilan bir qatorda kreativ tafakkurning shakllanish bosqichlari, unga ta’sir etuvchi omillar ham inobatga olinishi kerak. Boshqa fanlardan olingan modellardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish esa har doim samarali bo‘lmasligi mumkin, shu bois ular ona tili ta’limining o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib moslashtirilishi lozim. Ona tili darslarida kreativlikni rivojlantirish modeli o‘quvchilarda yangi g‘oya yaratish, mavjud stereotiplarni yangicha talqin qilish, masalalarni noodatiy yo‘l bilan hal etish, tasavvurni boyitish, ichki motivatsiyani kuchaytirish kabi jarayonlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu model shuningdek o‘quvchilarning kreativ g‘oyalarda ishtirok ulushi, ilgari surilgan fikrning yangiligi va amaliy ahamiyati, ularga bildirgan munosabatlarini ham qamrab oladi. Mazkur modellashtirishni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish natijasida samarali pedagogik shart-sharoitlar, o‘quvchilarda kreativ ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi eng maqbul metodlar, vositalar va yondashuvlar aniqlandi. Bu o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik darajasi va o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Ayni paytda, kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar o‘quv jarayonining natijadorligini oshirish, yangilangan metodik tizimni yaratish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, muloqot, o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantirishga e’tibor qaratgan. Zero, kreativ fikrlovchi yoshlarni ijtimoiy faollikka jalb qilish, innovatsion yondashuvlar asosida ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quv jarayonini mediata’lim vositalari bilan boyitish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar mazkur jarayon samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 101 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Lucas, B. and E. Spencer (2017), Teaching Creative Thinking: Developing Learners Who Generate Ideas and Can Think Critically., Crown House Publishing, https://bookshop. canterbury.ac.uk/Teaching-Creative-ThinkingSternberg, R. (2006), “The nature of creativity”, Creativity Research Journal, Vol. 18/1, pp. 87-98. 2. Muxtarova, L. A. (2018). Развитие и формирование критического мышления у школьников начальных классах. Гуманитарный трактат. (24), 13-14. 3. Xayitova Firuza Abdullaevna. Boshlangʻich sinflarda kreativ oʻqish madaniyatini shakllantirish texnologiyalari. Avtoreferat. Toshkent 2023 yil. 28 – b. 4. Xurrаmоv R.S. Ona tili darslarida oʻquvchilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda etnopedagogikadan foydalanish metodikasini takomillashtirish. Avtoreferat. Termiz. 2024 yil. 48 – b.