SUFIYLIK FALSAFASIDA KOMIL INSON KONSEPSIYASI
Abstract
Mazkur maqolada tasavvuf falsafasida muhim o‘rin tutgan Komil inson (al-insān al-kāmil) konsepsiyasi keng qamrovli falsafiy tahlil qilinadi. Tadqiqot Mahmud Shabistariy, Ibn al-Arabiy va ʿAziz ad-Din Nasafiy asarlari asosida olib boriladi [1–4]. Komil inson mavjudot olamining ontologik maqsadi, ilohiy ism va sifatlarning to‘liq tajassum etuvchisi sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, maqolada mazkur konsepsiyaning gnoseologik chegaralari, estetik xususiyatlari va «nur» ramzi orqali bilish muammosi chuqur yoritiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 102 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us SUFIYLIK FALSAFASIDA KOMIL INSON KONSEPSIYASI (ontologik, gnoseologik va estetik tahlil) Yokubov Suxrob Firdavsovich SamDCHTI doktoranti Annotatsiya. Mazkur maqolada tasavvuf falsafasida muhim o‘rin tutgan Komil inson (al-insān al-kāmil) konsepsiyasi keng qamrovli falsafiy tahlil qilinadi. Tadqiqot Mahmud Shabistariy, Ibn al-Arabiy va ʿAziz ad-Din Nasafiy asarlari asosida olib boriladi [1–4]. Komil inson mavjudot olamining ontologik maqsadi, ilohiy ism va sifatlarning to‘liq tajassum etuvchisi sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, maqolada mazkur konsepsiyaning gnoseologik chegaralari, estetik xususiyatlari va «nur» ramzi orqali bilish muammosi chuqur yoritiladi. Kalit so‘zlar: sufiylik, tasavvuf, Komil inson, falsafiy antropologiya, ontologiya, gnoseologiya, nur, ilohiy go‘zallik. Kirish.Islom falsafasi tarixida inson masalasi doimo markaziy o‘rinda bo‘lib kelgan. Ayniqsa sufiylik an’anasida inson nafaqat axloqiy sub’ekt yoki diniy mas’uliyat sohibi sifatida, balki butun borliqning ma’naviy mohiyatini mujassam etuvchi mavjudot sifatida talqin qilinadi [2]. Tasavvuf mutafakkirlari insonni «kichik olam» (mikrokosm) deb ataydi va unda butun koinotning mazmuni mujassam, deb hisoblaydilar. Shu ma’noda Komil inson konsepsiyasi sufiylik falsafiy antropologiyasining eng yuksak nazariy natijasi sifatida shakllangan. Bu konsepsiya inson kamolotini axloqiy yoki diniy doira bilan cheklamay, uni ontologik, gnoseologik va estetik darajada tahlil qilish imkonini beradi. Komil inson — bu muayyan shaxs emas, balki insoniy mavjudot uchun eng yuqori kamolot modeli hisoblanadi. Komil inson g‘oyasining falsafiy-ontologik asoslari. Tasavvuf ontologiyasiga ko‘ra, mavjudot tasodifiy emas, balki muayyan maqsad sari yo‘naltirilgan tizim hisoblanadi. Bu tizimda har bir borliq darajasi o‘zining eng mukammal holatiga intiladi [3]. Ana shu umumiy qonuniyat insonga nisbatan Komil inson g‘oyasida ifodalanadi. Mahmud Shabistariy asarlarida borliq bosqichma-bosqich takomillashuv jarayoni sifatida tasvirlanadi [1]. U jonsiz tabiatdan tiriklikka, tiriklikdan insonga va insondan ruhiy kamolotga erishgan yakka shaxsgacha bo‘lgan uzluksiz jarayonni ta’riflaydi. Bu jarayonda insonlar ko‘p, ammo Komil inson yagona bo‘lib, u butun mavjudotning ma’naviy maqsadini ifodalaydi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 103 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Shabistariyning fikricha, butun olam komil insonning vujudga kelishi uchun zarur shart-sharoitni ta’minlaydi. Bu yerda inson olamning markazi emas, balki Komil inson insonning o‘zidagi eng oliy imkoniyat sifatida qaraladi. Demak, barcha insonlar kamolot yo‘lida vosita, Komil inson esa natija hisoblanadi. Komil inson va involyusiya–evolyusiya g‘oyasi. Tasavvuf falsafada borliq harakati ikki yo‘nalishda amalga oshadi: involyusiya (nisxojdenie) va evolyusiya (vosxojdenie) [4]. Ilohiy nur avvalo moddiy olamga tushadi, keyin esa inson orqali yana ilohiy manbaga qaytishga intiladi. Komil inson ana shu qayta ko‘tarilish jarayonining eng yuqori nuqtasidir. U nafs, shahvat va moddiy bog‘liqliklardan xoli bo‘lib, ilohiy sifatlarni o‘z zotiga jamlay oladi. Shu sababli Komil inson nafaqat axloqiy namuna, balki kosmik jarayonning yakuniy halqasi hisoblanadi [2]. Komil inson va kosmik ierarxiya masalasi. Aziz ad-Din Nasafiy ta’limotida borliq qat’iy ierarxiya asosida tashkil etilgan [3]. U avliyolar ierarxiyasi g‘oyasini ilgari suradi va bu ierarxiyaning eng yuqori pog‘onasida yagona shaxs — komil inson turadi. Nasafiyga ko‘ra, Komil inson olamning «ustuni» hisoblanadi. Uning mavjudligi tufayli kosmik muvozanat saqlanadi. Agar bu maqomdagi shaxs dunyodan ketsa va uning o‘rnini bosuvchi bo‘lmasa, borliq o‘z ma’naviy asosini yo‘qotadi [3]. Bu qarash sufiylikda insonning naqadar yuksak ontologik maqomga ega ekanini ko‘rsatadi. Inson bu yerda passiv maxluq emas, balki ilohiy iroda amalga oshadigan markazdir. . Ibn al-Arabiy ta’limotida Komil inson timsoli. Ibn al-Arabiy Komil insonni ilohiy ism va sifatlarning eng mukammal aks etuvchisi sifatida talqin qiladi [2]. Uning fikricha, Xudo O‘z go‘zalligini aynan Komil inson orqali mushohada qiladi, chunki faqat u borliqning barcha darajalarini o‘z ichiga jamlay oladi. Ibn al-Arabiy Komil insonni «oina» deb ataydi. Bu oina oddiy aks ettiruvchi emas, balki ilohiy mohiyatni anglaydigan va qayta namoyon qiladigan ongli mavjudotdir. Shu sababli Komil inson Xudo bilan olam o‘rtasidagi vositachidir. V. Komil inson va gnoseologik muammo Tasavvuf gnoseologiyasida bilish masalasi markaziy o‘rin tutadi. Komil insonning asosiy xususiyati — haqiqiy bilimga egalik qilishidir. Biroq bu bilim ratsional yoki hissiy emas, balki ilohiy ilhom va ichki mushohada orqali qo‘lga kiritiladi [4]. Mahmud Shabistariy bilish jarayonini «nur» ramzi orqali izohlaydi [1]. Kamolot yo‘lida inson turli darajadagi nurlarni idrok etadi. Eng yuqori bosqichda esa nur shu qadar kuchli bo‘ladiki, u inson uchun zulmat sifatida namoyon bo‘ladi. Bu holat bilishning chegaralarini ifodalaydi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 104 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Komil inson va estetik o‘lcham. Komil inson go‘zalligi tashqi emas, balki ichki va ruhiy xususiyatga ega. Tasavvuf mutafakkirlar bu go‘zallikni «maxfiy go‘zallik» sifatida talqin qiladilar [1; 3]. U oddiy inson uchun ko‘rinmas, faqat ma’naviy kamolotga erishganlar uchun ochiladi. Bu yerda estetika axloq va gnoseologiya bilan uzviy bog‘liq. Go‘zallikni anglash uchun inson o‘z ichki olamini poklashi lozim. Shu ma’noda Komil inson estetik ideal ham hisoblanadi. Xulosa Tasavvuf falsafasida Komil inson konsepsiyasi inson haqidagi eng chuqur va mukammal ta’limotlardan biri hisoblanadi. U insonni butun borliqning ma’naviy markazi, ilohiy go‘zallikning eng to‘liq in’ikosi sifatida talqin qiladi [1–4]. Bu konsepsiya inson kamolotini individual axloq doirasidan chiqarib, uni kosmik va ontologik darajaga ko‘taradi. Shu jihatdan Komil inson g‘oyasi zamonaviy falsafa, dinshunoslik va antropologiya uchun ham katta nazariy ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mahmud-i Shabistari. Majmuʿa-yi āthār. Tehran. 2. Ibn al-ʿArabī. Fuṣūṣ al-ḥikam. Beirut. 3. ʿAziz al-Din Nasafi. Al-Insān al-Kāmil. Tehran. 4. Ibn al-ʿArabī. Al-Futūḥāt al-Makkiyya. Cairo. 5. Chittick, W. The Sufi Path of Knowledge. SUNY Press.