OʻZBEK TILIDA INKOR IFODALASHNING PARALINGVISTIK VOSITALARI ("O'tgan kunlar" asari misolida)
Abstract
Mazkur maqola o’zbek tilida mavjud bo’lgan paralingvistik vositalarni “O’tgan kunlar” asari misolida tahlil qilib, to’plangan materialda qo’llangan eng serunum inkor ifodalovchi paralingvistik vositalarni tadqiq etishga qaratilgan.
Full text
721 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 OʻZBEK TILIDA INKOR IFODALASHNING PARALINGVISTIK VOSITALARI (“O’tgan kunlar” asari misolida) Inxomjonova Xilola Andijon davlat universiteti Lingvistika:o’zbek tili yo’nalishi 1-kurs magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.18001103 Annotatsiya. Mazkur maqola o’zbek tilida mavjud bo’lgan paralingvistik vositalarni “O’tgan kunlar” asari misolida tahlil qilib, to’plangan materialda qo’llangan eng serunum inkor ifodalovchi paralingvistik vositalarni tadqiq etishga qaratilgan. Kalit so’zlar: imo-ishoralar, paralingvistik vositalar, verbal, noverbal, ekstrolingvistik, inkor. Til kishilar o‘rtasida eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy mohiyat kasb etadi. Til vositalariga funksional tomondan yondashish tamoyili tabiiy ravishda nutq vositalarining qamrovini kengaytirishni talab qiladi. Aloqa jarayonida ektralingviatik vositalarga nisbatan paralingvistik vositalar, ayniqsa, keng qoʻllanadi. Odamlar gapirishdan oldin, odamlar bir-birlari bilan muloqot qilishi uchun imo-ishoralar va tana harakatlari kabi og‘zaki bo‘lmagan vositalardan foydalanganlar. Xususan, L.S.Vigotskiy nutq san’atini egallashning boshlang‘ich bosqichida imo-ishora va tilning murakkab aralashib ketishini ibtidoiy odamlarda imo-ishoralarni tasvirlovchi hamda ifodalovchi juda ko‘p so‘zlarning mavjudligi bilan izohlaydi. Soʻzlovchining ogʻzaki nutqi bilan birgalikda qoʻllanib, tinglovchilar bilan bevosita aloqa qilishda nutq mazmunini toʻldiradigan, uning jozibadorligi, taʼsirchanligini oshiradigan imo-ishoralarning oʻzaro aloqadorligini va farqlarini tadqiq qilish maqsadida til va nutqni sistemali o‘rganish lozim bo‘lmoqda. Ana shunday amaliy talab bilan nutqning bu yordamchi vositalarini oʻrganuvchi maxsus fan sohasi maydonga keldi. Hozirgi kunda bu fan sohasi “paralingvistika” nomi bilan tilshunoslikdan mustahkam oʻrin oldi. Paralingvistika fanda ikki xil maʼnoda ifodalanadi: 1. Lisoniy (verbal) vositalar bilan hamrohlikda ishlatiluvchi nolisoniy (noverbal) vositalarni o`rganuvchi tilshunoslikning bir bo`limi. 2. Nutqda, o`zaro muloqot jarayonida ishlatiluvchi nolisoniy vositalar umumlashmasi. Paralingvistika nutq vaziyatida yuzaga keladigan imo-ishora, mimika kabi fikriy tana harakatlarini o’rganadi. Paralingvistikada aloqa aralashuvida, muomalada muhim vazifa bajaradi. Agar nutq ushbu vositalar ko’magisiz tinglovchiga ifodalanilsa fikr unchalik ham ta’sirchan bo’lmaydi. Aytiladigan ma’lumot quruqligicha qolaveradi. Shuni ta’kidlamoqchimizki, har qanday fikrning o’z ta’sirchanligiga, jozibadorligiga, mushohada tabiatiga bo’lishi talab etiladi. Ko’rinadiki, imo-ishoralar so’z ma’nosi bilan birgalikda reallashadi. Shu jihatidan kelib chiqib, paralingvistik vositalar ham xilma-xil bo’lib, turli vaziyatda rang-barang kommunikativ vazifalar bajaradi. Nutq jarayonida fikr ifodalash uchun qarshilik qancha kuchli bo’lsa, paralingvistik vositalar shunchalik ko’p ishlatiladi. Imo-ishora, mimika, badan harakatlari, ovozdagi turli holatlar kommunikatsiyada ishtirok etuvchi qo’shimcha vositalar sanaladi va ular uzatish, mazmunan to’ldirish, aniqlik kiritish vazifalarni bajaradi. Kishi jonli so’zlashuv nutqida ma'lumotni qisqa va lo’nda ifodalashga, fikrning emotsionalligi va ta'sirchanligini oshirishda holat va sharoitdan kelib chiqib tilga yondosh bo’lgan noverbal vositalardan foydalanadi. Quyida biz paralingvistik vositalarning verbal tasvirini kuzatib chiqamiz. 1. Otabek Raxmatning so’zini ixlos bilan eshitdi va “sen nima deysan?”
722 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 degandek qilib Homidga qaradi. (A.Qodiriy,”O’tkan kunlar”) Ushbu olingan misolda “tikilib qarash” ostida “sen nima deysan?” degan savol ma’nosi nazarda tutiladi va ijodkor buni chiroyli qilib ochib berganBiz bunday buzuqilar yolgʻiz Toshkanddagi Azizbek bilan uning yoʻlboshchisi boʻlgan Yusufbek hoji, deb bilar edik. Biroq ularning urugʻi bizning Margʻilongʼa ham sochilgʻan ekan. Qoʻrboshining koʻzi ola-kula keldi: – Nima deysan? Kim ekan Margʻilonda?! Ushbu parchada Qoʻrboshining koʻzini ola-kula kelishi hayrat va shubha ifodasini anglatadi. 2.Otabek bir so‘z aytmay sukut qildi. Qutidor «chora yo‘qmi?» degandek qilib kuyaviga qaradi. Bu parchada umidsizlik va yordam izlash ohangi koʻz bilan ifodalangan. 3. Hasanali kelib ko‘rishdi, Yusufbek hoji ko‘rishar ekan, Azizbekka dedi: — Bu bizning kishimiz taqsir, Marg‘ilondan keladir. Azizbek labini tishlab qoldi. Chunki darboza taqillatib, otini hurkitkan Hasanalini jallodg‘a topshirish niyati, albatta yo‘q emas edi. Ushbu parchada labini tishlab qoldi gʻazab va shashtidan qaytishni ifodalagan. 4. Pochchangiz ila jiyaningizning bu ishka oralashib qolg‘anlari yomon bo‘ldi-da. Bu so‘zdan Homidning yuziga qayg‘irish alomati chiqdi va e’tibor bilan qo‘rboshining og‘zig‘a qaradi. Ushbu parchada esa ogʻziga qarshi, biror narsa aytishini kutish degan maʼnoda kelgan. 5. Homid tag‘in bir mulohazaga tushkan edi. Uning bu holini kuzatib turg‘an qo‘rboshi: — Endi ortiq o‘ylamangiz, mulla Homid, — dedi, — orada siz qo‘rqarliq hech bir ish yo‘q. Homid nimadir aytmakchi bo‘lar edida, o‘ng‘aysiz-lanib to‘xtar edi. Bir kuni qayta og‘zini jo‘plab qarasa ham yana so‘zlay olmadi. Qo‘rboshi uning bu holidan xabar topdi: — Gapuring, gapuring, munda yot kishi yo‘q. Bu yerda sukut – ikkilanish alomatini bildirgan. 6. — Mumkin, o‘zingiz tushsangiz yana yaxshi. Homid boshini chayqadi: — Otabek ila qutidorlarninggina emas, hatto pochcham ila jiyanimning ham manim bu ishlarda ishtirokim borlig‘ini bilmasliklari kerakdir. Bu yerda " bosh chayqadi " birikmasi inkor maʼnoni bildiradi. 7. — Hukm majlisida bo‘lmaslig‘imni uhdangizga ololmaysizmi? — Uhdaga olmoq qiyin, — deb bosh chayqadi qo‘rboshi, — ammo bu bir ehtimolginadir, chunki, qushbegining bir narsaga qaror bergach, ortiq tekshirib o‘lturadirgan odati yo‘qdir. Bu yerda ham " bosh chayqamoq " inkor maʼnoni anglatadiʼ. 8. Bir xotin kishi arzim bor deydir, kirsinmi? Qushbegi qo‘rboshig‘a ruxsat ishorasini berib, Pirmatka dedi: — Kirsin. 9. «Majlisda manim ruxsatimdan boshqa so‘zlashingiz otangiz bilan eringizning o‘limlarini tilashingizdir, tushundingizmi?» Kumush qabul ifodasini bergandan so‘ng qushbegi dahlizda qarab turg‘an qo‘rboshig‘a «Kirsinlar» dedi." 10. " Qo‘lingizdag‘i maktub bilan ehtimol biz oqlan-g‘an chiqarmiz? — Qushbegidan tasdiq ishorasini olib davom etdi."
723 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 11." Otabek bu cho‘ltog‘ supurgini tanidi va uning isteh-zolarini payqadi. U bundan so‘ngg‘i ko‘rguligini tamom ma’nosi bilan onglab, ma’nosiz bu savollarga javob berib o‘lturishdan sukutni xayrlik topdi. Go‘yo o‘zining bu sukuti bilan Musulmonqulg‘a ma’nolik bir javobni ifoda qilar edi. Chindan ham Musulmonqul bu sukutdan tahqirlandi, tutuni ko‘kka ko‘tarilar ekan baqirdi: — Nega javob bermaysan?! " 12. " O‘zbek oyim yuqoridag‘i o‘zining itob va xitobiga eridan bir iljayib qo‘yish javobini olib dami ichiga tushadilar va chor-nochor o‘ttuz kunlab bir zamonni o‘zicha marg‘ilonliqni qarg‘ash bilan kechiradir. " 13." Kechqurun uyga qaytib bu aytkan so‘zini hikoya qilg‘an edi, hoji labini tishlab qoldi va: «Sanga sira aql bitmay ketar ekan-da», dedi. " Bu yerda " labini tishlab qoldi " birikmasi gʻazab, hayrat va norozilikni ifodalagan. 14. Hoji o‘g‘lining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilishni bilmay qoldi. Istehzo aralash xotinig‘a qarab oldi. Yana orag‘a jimjitlik kirdi. Bu yerda " yerga qaradi " ifodasi orqali Yusufbek hojining oʻgʻli oldida uyalishi aks etgan. 15. Otabek onasig‘a bir og‘iz so‘z demay, ma’nolik qilib otasig‘a qarab oldi. Hoji uyatliksumon «shundog‘» deb qo‘ydi. Paralingvistik vositalardan foydalanish fikrni suhbatdoshga yetkazishdan tashqari adresant tomonidan adresatni boshqarib ham boradi. Insonning doimiy ravishdagi mashg’uloti uning jismiga, ruhiyatiga, demakki, muloqot xulqiga ham, albatta, ta'sir etadi. Shuning uchun ham har bir kasb egasining o’z lug’at boyligi, o’ziga xos so’zlash uslubi bo’ladi. Bundan tashqari, muloqot xulqi bevosita yosh bilan bog’liq jihatlari bilan ham xoslanadi. O’smirlarning gapirishi, tahsin aytishi, tanbeh berishi, uydirma to’qishi, gap ohanggi aql-hushini yig’ib olgan odamlarga yoqmaydi. Chunki ular baland ovozda, boz ustiga, bo’g’iq va noaniq ohangda, xuddi minoraning ichida turgan odamga o’xshab, bo’shliqqa qarab gapiradilar. Qolaversa, o’smirlarning aksariyat o’y-fikrlari o’zlarining hayotiy tajribalaridan kelib chiqmaydi, balki yonatrofidagi o’y-fikrlari gap-so’zlarning, tahsinu-tanbehlarning aks-sadolari yoki nusxasi bo’ladi, xolos. Keksalik, qarilik chog’ida tovushda halimlik, yumshoq, ayrim hollarda esa dag’allik, nordonlik, kinoya paydo bo’ladi. Qanday bo’lishidan qat'inazar, umuman, o’zbeklar tabiatida kamtarlik va kamsuqumlik, andisha va mulohazakorlik, qolaversa, inson ko’nglini har narsadan ustun qo’yishlik mavjuddir. Nutqda noverbal vositalarning qo’llanishi shaharlik ziyolilarga nisbatan qishloqda yashovchi kishilar nutqida o’z aksini yaqqolroq topadi. So’zlovchi tinglovchining holatini, nutq jarayoniga munosabatini uning ayrim xattiharakatlaridan, yuzidan biladi. Adresantning jonli xatti-harakatlari, paralingvistik vositalari: ovoz tempi, qosh chimirishi, qo’l harakati, yuz ifodasi va hokazolar tinglovchi diqqatini o’ziga tortishi, adresantni zerikishdan saqlashga xizmat qiladi. Biroq paralingvistik vositalarning me'yordan ortiqchaligi ham zararli, chunki me’yordan ko’p xatti-harakatlar, imoishoralar tinglovchi diqqatini chalg’itadi, uni tinglovchiga emas, balki tomoshabinga aylantirib qo’yadi. Nutq o’z maqsadiga erishmaydi. Shuning uchun adresant (xususan, so’zlovchi, ya'ni ma'ruzachi) o’z nutqi mavzusi, uning tayanch tushunchalari, algoritm haqida o’ylaganda "ijro payti"dagi paralingvistik vositalarini ham o’ylab ko’rishi lozim. Suxandonlarning nutqida, san'atkorlarning nutqida boshqa shu kabilarning chiqishlarida ovoz tempi, o’quv tezligi, qo’l yoki bosh harakatlari, tana holati kabi paralingvistik vositalar nutq mazmuni, maqsadi, tinglovchi saviyasi va holati bilan muvofiqlashtiriladi.
724 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Xulosa Xulosa qilib aytganda, jamiyatdan tashqari til va tilsiz jamiyat bo’lmaganidek, tilning ijtimoiy mohiyati va muloqotning eng asosiy vositasi doimo insoniyatning diqqat markazida bo’lishi tabiiydir. Zero, jahonda hukm surayotgan bozor iqtisodiyotida muloqotning o’rni bundan buyon ham ortib borishini davrning o’zi taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqadigan boʻlsak, paralingvistik vositalar fikr ifodalashda eng sodda, eng tejamli vositalardan hisoblanadi, shuningdek, ekspressivlikni ta’minlash, chalkash maʼlumotlarga aniqlik kiritishga yordam beradi, bu esa muloqot sharoitida lingvistik vositalardan tejamkor foydalanishga olib keladi. Oʻzbek tilshunosligida nutqning noverbal vositalar bilan ifodalanishi birmuncha mukammal ishlangan. Paralingvistik vositalar ma’lum bir xabar tashishda lingvistik vositalarga yordam beradi, ba’zi o‘rinlarda hatto lingvistik vositalar vazifasini ham bajaradi. Demak, muayyan bir tilni o‘rganayotganda faqat shu til strukturasini (leksika, fonetika, grammatikani) o‘rganishning o‘zi yetarli emas. Paralingvistik vositalarni o‘rganish madaniy aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘yishga xalqlarning o‘zaro bir-birlarini yaxshi tushunishiga, tarjima ishlarining sifatini ko‘tarishga, kishilarning dunyo xalqlari urf-odatlari, hayotiy tajribalarini atroflicha bilishga, inson madaniy saviyasining ko‘tarilishi, xalqlar haqidagi tasavvurlarning kengayishi, tilshunoslikning boshqa fanlar orasidagi o‘rnini, qimmatini oshirishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Abdullayev A. Oʻzbek tilida inkor kategoriyasi. 1986. N.6, 61-65 b. 2. Abdulla Qodiriy. Oʻtkan kunlar. — Toshkent, 2019. 3. Нурмонов А. Ўзбек тилининг паралингвистик воситалари. – Андижон, 1980. 4. Нурмонов А. Танланган асарлар. III жилдлик. I жилд. 5. Академнашр, 2012, 213-бет. 6. Нурманов А. Тасдиқ ва инкор конструкцияларининг сигнифинатив оппозициялари // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1981. – №6, 28–31 б. 7. Тоирова Г. Ўзбек нутқий мулокотида системавийлик ва информативлик: Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. − Тошкент, 2017. − Б.42. 8. Искандарова Ш. Ўзбек нутқ одатининг мулокот шакллари: Филол. фан. номз. ...дисс. − Самарканд, 1993. − Б.105.