DINIY LEKSIKANING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR
Abstract
Mazkur maqolada insoniyatning o‘z-o‘zini anglashi uchun xizmat qiluvchi, uning muayyan e’tiqod doirasidagi dunyoqarashini shakllantirishiga ko’mak beruvchi diniy leksemalarning leksik-semantik xususiyatlariga oid fikrlar bildirildi. Kundalik muloqot jarayonida, diniy matnlarda mazkur guruhga kiruvchi leksikaning ma’no nozikliklariga jiddiy e’tibor qaratish kerakligi haqidagi mulohazalar ayrim misollar yordamida izohlandi.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1013 DINIY LEKSIKANING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR Choriyeva Charos, Termiz davlat universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti Annotatsiya: Mazkur maqolada insoniyatning o‘z-o‘zini anglashi uchun xizmat qiluvchi, uning muayyan e’tiqod doirasidagi dunyoqarashini shakllantirishiga ko’mak beruvchi diniy leksemalarning leksik-semantik xususiyatlariga oid fikrlar bildirildi. Kundalik muloqot jarayonida, diniy matnlarda mazkur guruhga kiruvchi leksikaning ma’no nozikliklariga jiddiy e’tibor qaratish kerakligi haqidagi mulohazalar ayrim misollar yordamida izohlandi. Kalit so‘zlar: teolingvistika, diniy leksika, ekzotizmlar, umumdiniy leksika, Lavh ul-mahfuz, diniy marosim nomlari, nomai a’mol, mahshar kuni. XXI asr tilshunosligida boshqa yo‘nalishlar qatorida teolingvistika sohasida ham qimmatli tadqiqotlar yaratildi. Insonning botiniy his-tuyg’ularini, o‘zini qurshab turgan olamni anglashga bo‘lgan doimiy sa’y-harakatlari til va din bog’liqligini o‘rganishga bag’ishlangan ishlar uchun asos vazifasini o‘tadi. Til va din o’rtasidagi aloqalar, diniy birliklarning, tushunchalarning tilda aks etish holatlari, diniy matnlarning nutqda yuzaga chiqishi kabi qator muammolarni tadqiq etish asnosida teolingvistika tilshunoslikdagi yangi yo’nalish sifatida paydo bo’ldi. V.Postovalovaning fikricha, “Zamonaviy tilshunoslik fanlari qatoriga ilohiyot, diniy antropologiya va tilshunoslik chorrahasida shakllanayotgan yangi soha teolingvistika ham kiradi 1 . Ushbu sohada jahon tilshunosligida, ayniqsa, rus tilshunosligida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Tilshunos N.B.Mechkovskaya bashariyat madaniyatining ibtidosi sifatida ikki muhim asos – til va dinni ajratadi. Shuningdek, olima mazkur asoslarni o‘zaro muloqot jarayonida bevosita kuzatiluvchi xususiyatlar sifatida qayd etadi hamda ularni muayyan til sohibi ongida aks etuvchi dunyoqarashni ifodalashiga ishora beradi 2 . N.B.Mechkovskayaning “Язык и религия” asari bugungi davr teolingvistika soha mutaxassislari uchun til va madaniyat bog’liqligini, til-din-milliy mentalitet bog’liqligini izohlashda muhim dasturilamal sifatida xizmat qiladi. Diniy leksikani turli yo‘nalishlarda o‘rganish zarurati har qaysi davrda ham tilshunoslar diqqat markazida bo‘lgan, negaki leksik qatlamning muttasil ravishda o‘zgarib, yangi so‘zlar bilan boyib borishida ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalar bilan bir qatorda diniy qarashlarning ham o’rni muhim. O’zbek tilshunosligida teolingvistika yo‘nalishidagi tadqiqotlarning aksar qismi yurtimiz mustaqillikka erishganidan keyin amalga oshirildi. Diniy leksika eng qadimgi ibtidoiy dinlarning paydo bo‘lish davridan boshlab to bugungi jahon dinlarigacha bo‘lgan uzoq tarixiy davr mobaynida muttasil ravishda boyib borishda davom etdi va o‘z navbatida, davr nuqtayi nazaridan ma’lum bir semantik ma’nolarga ega bo‘ldi. Tilshunoslikda diniy leksikani leksik-semantik xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratishda olimlar turlicha yondoshadilar. Jumladan, Z.R.Xafizova boshqird tilining diniy leksikasini tadqiq qilar ekan, ularni quyidagicha mavzuiy guruhlarga bo‘lib tasniflaydi: 1.Din bilan bog’liq mavjudotlar va hodisalar 1 Постовалова В.И. Теолингвистика в современном религиозном дискурсе// Научно-педагогический журнал Восточной Сибири Magister Dixit. 2012. –№ 4. –С. 56-103 2 Мечковская Н.Б. Язык и религия. – М.: Агентство «ФАИР», 1998. – С. 5. (352 с.)
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1014 nomlari; 2.Insonlarning e’tiqodi,diniy maslak va qarashlariga nisbatan nomlari;3.Diniy lavozimlar nomlari;4.Diniy marosimlar va ular bilan bog’liq tushunchalar nomlari; 5.Geortonimlar(bayramlar nomlari); 6.Ibodat va diniy amallar uchun mo‘ljallangan predmet nomlari; 7. Ibodat va diniy amallar uchun mo‘ljallangan bino va inshootlar, predmetlar hamda ularning qismlari nomlari; 8.Diniy matnlar nomlari; 9.Diniy kiyimlar nomlari; 10.Diniy komponentli antroponimlar; 11.Diniy mazmunga ega bo‘lgan mavhumlashgan tushunchalar; 12.Diniy komponentli turg’un birikmalar; 13.Diniy aqidalar, diniy tashkilotlar va birlashmalar; 14.Birlamchi ma’nosini yo‘qotgan diniy leksemalar. 3 Z.Xafizovaning ushbu tasnifi nafaqat boshqird tili, balki boshqa qardosh xalqlar diniy leksikasi uchun ham mukammal tasniflardan sanaladi. Negaki, yuqorida keltirilgan 14 ta semantik guruh diniy leksemaning barcha ma’no qirralarini hisobga olgan holda, aniq nomlar asosida guruhlarga ajratilgan. O‘zbek tilshunosligidagi teolingvistika haqidagi dastlabki tadqiqot N.Uluqovga tegishli bo‘lib, tilshunos mavzu doirasi va vazifaviy xususiyatiga ko’ra ekzotizmlarni quyidagi yirik mavzuiy guruhlarga ajratadi: 1)Ekzotik so’zlar; 2)Ekzotik atoqli otlar; 3)Ekzotik frazeologiya. Ushbu tasnif keng ma’nodagi umumiy tasnif bo’lib, olim ekzotik so’zlarni kichik mavzuiy guruhlarga bo’lib ham tasniflagan. Ular quyidagilar: 1)Inson tushunchasi bilan bog’liq ma’no ifodalaydigan ekzotizmlar (keyingi o’rinlarda E.); 2)Hayvonlar nomini bildiruvchi E. 3) Kiyimkechaklar va taqinchoqlar nomini bildiruvchi E. 4)Diniy tushuncha va tasavvurlar bilan bog’liq ma’no ifodalovchi E. 5)Daraxtlar va giyohlar nomini bildiruvchi E. 6)Taomlar va ichimliklar nomini bildiruvchi E. 7)Kasalliklar va ular bilan bog’liq tushunchalarni ifodalovchi E. 8)O’lchov, miqdor tushunchalarini ifodalovchi E. 9)Musulmon huquqi bilan bog’liq tushunchalarni ifoda etuvchi E. 10) Diniy, mahalliy soliq va turli to’lovlar nomini bildiruvchi E. 4 N.Uluqovning tasnifi o‘zlashma so‘zlar misolidagi tasnif bo‘lgani sababli boshqa tasniflardan farqli xususiyatlarga ega, bir qaraganda diniy mazmunga ega bo‘lmagan so‘zlar ham guruhlarga ajratilgandek taassurot qoldirsa ham, biroq mavzuiy guruhga kiruvchi so‘zlar tahlil qilinganda, ularning diniy mazmunga ega so‘zlar ekanligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Jumladan, inson tushunchasi bilan bog’liq ma’no ifodalaydigan ekzotizmlarga muloanat (zino qilganlikda ayblangan), ansoriy (yordamchi safdosh), mayyit, badaviy, sahoba kabi so‘zlar kiritilgan. Kiyim-kechaklar va taqinchoqlar nomini bildiruvchi ekzotizmlarga esa ehrom−hojilar libosi, izor−tanani beldan pastini berkituvchi kiyim kabi so‘zlar izohlangan. M.R.Galiyeva izlanishlarida islom, xristianlik, buddaviylik, hinduizm, zardushtiylik tushunchalarini ifodalovchi diniy mifologik markerlangan leksik birliklarni denotativ-signifikativ mansublik tamoyiliga asosan quyidagicha 6 ta makroguruhga bo‘lib tasniflashni taklif qiladi: 1. Umumdiniy leksika; 2. Dinlar, konfessiyalar, ta'limotlar va aqidalar nomlari; 3.Ibodat tarzi xarakteridagi terminologiya; 4Diniy marosimlarni nomlovchi leksikasi; 5.Umumdiniy mavhum (irreal) leksika; 6.Diniy markerlangan antroponim va toponimlar. Ushbu makroguruhlar ham o‘z ichida yana kichik guruhlarga bo‘linadi va barcha dinlar uchun universal hisoblanadi. Olimaning 3 Хафизова З.Р. Тематическая классификация религиозных лексем в башкирском языке. УФА, Вестник Башкирского университета. 2018. Т. 23. №1 – 206с. 4 Улуқов Н. Ўзбекча диний матнлар экзотик лексикаси: Филол. фан. ном. диссер. автореферати. - Тошкент, 1997.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1015 fikricha, din ildizlari tarixning eng qadimgi davriga borib taqalgan va u borliqning odamlar tomonidan mifologik anglanishi natijasida vujudga kelgan jamoaviy ongning shakllaridan biridir. 5 Tilshunos olima Sh.Amonturdiyeva ham tadqiqotlarida diniy matnlarda qo‘llanilgan so’zlarni leksik-semantik xususiyatlariga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘lib o‘rganish mumkinligini, bu so‘zlar din, mazhab, shariat, diniy ijtimoiy nufuz, amal, joy nomlarini, shuningdek, g’ayb dunyosi bilan bog’liq mavhum tushunchalarni ifodalashini aytadi. Jumladan, 1.Alloh, din, mazhab kabi tushunchalar bilan bog’liq so‘zlar; 2.Shariat bilan bog’liq so‘zlar; 3.Diniy ijtimoiy nufuz, mansab, bajaradigan amallar bilan bog’liq so‘zlar; 4.Diniy joy nomlarini ifodalovchi so‘zlar; 5.Diniy kitoblar, qog’oz bilan bog’liq so‘zlar;6.Kiyim-kechaklarni ifodalovchi so‘zlar;7.G’ayb dunyosini bildiruvchi tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar; 8.G’ayb mavjudotlari nomlarini bildiruvchi so‘zlar;9.Diniy marosimlar nomlarini ifodalovchi so‘zlar. 10.His-tuyg’u, munosabat ifodalovchi so‘zlar. 6 Mazkur tasnifga asosan diniy marosimlar nomini ifodalovchi so‘zlarga janoza, iftor, mavlud, xudoyi kabi so‘zlar kiritilgan. Ushbu tasnifning so’nggi his-tuyg’u, munosabat bildiruvchi so‘zlar qismiga Allohu akbar, alhamdulillah, astag’firulloh, inshoolloh, subhonolloh kabilar kiritilgan. Diniy matnlarni lingvopragmatik jihatdan o‘rgangan Sh.Yusupova esa Alixonto‘ra Sog’uniyning “Tarixi Muhammadiy” asari misolida diniy tushunchalarni ifodalovchi leksemalarni quyidagicha mavzuiy guruhlarga ajratadi: 1.Asosiy diniy tushunchalarni ifodalovchi so‘z va leksemalar; 2. Yaratganni, payg’ambarlarni va Muhammad alayhissalomni ifodalovchi so‘z va birikmalar; 3. Muqaddas kitob nomlari va ularga oid so‘zlar; 4.Ibodat va diniy amallarga oid leksemalar; 5. Dinga oid shaxs nomlari; 6. Oxirat bilan bog’liq nomlar; 7. Chuqur diniy e’tiqod, valiylik bilan bog’liq so‘z va iboralar; 8. Islom dini bilan bog’liq joy nomlari. 7 Sh.Yusupovaning tasnifiga to‘xtalar ekanmiz, aynan bir asar, ya’ni “Tarixi Muhammadiy” asaridagi leksemalar asosidagi mavzuiy guruhlarga taqsimlangani sababli nisbatan tor doiradagi tasnif sanaladi. Yuqoridagi tasniflarni ko‘rib chiqib shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, diniy mazmundagi so‘z va birikmalarni qo‘llashda hamda ularning asl istilohiy ma’nolarini sharhlashda ma’lum bir mavzuiy guruhlarga bo‘lib o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Deyarli barcha tasniflarda g’ayb dunyosi, ya’ni inson tafakkur qila olmaydigan, yolg’iz Yaratgan uchun ayon bo‘lgan dunyo va undagi mavjudotlarni bildiruvchi so‘zlar mavjud. Islom dinida musulmonlarning iymon keltirishidagi yetti farz tarkibida ham Allohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg’ambarlarga, qiyomat kuniga, taqdirga va oxirat kuniga ishonish aks etgan. Taqdirga ishonish deganda “nomai a’mol”, “taqdiri azal”, “peshonasiga yozilgani”, “qazoi qadar” kabi birikmalar yodimizga tushadi. Biz qiyomat kuni unga ochiq holda ro‘baro‘ bo‘ladigan bir kitobni (nomai a’molini) ko‘rsaturmiz. (Isro surasi,13-oyat) Azaldan loyimni qorganda xudo, Bilardi – fe’limdan ne bo‘lur paydo. Hukmidan tashqari emas gunohim, Xo‘sh, nega mahsharda beradi jazo. (Umar Xayyom) 5 Galieva M.R. Teolingvistika. Istoki, napravleniya, perspektivi. Izd-vo «VneshInvestProm», T.: 2018. – ss. 64-86 6 Aмонтурдиева Ш. Ўзбек диний матнининг функционал-стилистик тадқиқи. Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. –Термиз, 2018, 79-б 7 Юсупова Ш. Диний матнларнинг лингвопрагматик тадқиқи: Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. –Фарғона, 2020, 70-154 б.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1016 Islom dini ta’limotiga ko‘ra insonning taqdiri hali tug’ilmasidan ilgari yozilgan bo‘ladi va ana shu yozuvlar aks etgan kitob “Lavxul-mahruz” nomi bilan yuritiladi. Mazkur birikma adabiyotlarda “Lavh ul-mahfuz” shaklida ham uchraydi. “Ma’rifiy-irfoniy istilohlar izohli lug’ati”da ushbu birikma so‘zma-so‘z tarjima qilinganda “lavh” − yozuv taxtachasi, mahfuz − muhofaza qilingan, saqlangan, berkitilgan kabi ma’nolarni anglatsa-da, diniy istiloh sifatida “taqdirnoma”, “azalnoma” (azaliy bitik), ya’ni inson ruhi yaratilgan kun (almisoq)danoq uning taqdiri, nomai a’moli qudrat qalami-la yozib qo‘yilgan umumkitob (kitoblarning onasi) deya ta’riflanadi. 8 Mahshar kunining kelishi ham islom diniga e’tiqod qiluvchilar uchun muqarrar. O‘TILda unga quyidagicha izoh berilgan: mahshar arabcha –to‘planadigan joy, maydon, to‘planish, olomon. Diniy e’tiqodga ko‘ra, dunyo tamom bo‘lgandan keyin – oxiratda butun o‘lgan kishilar tirilib, o‘rnidan turib (qiyomat) to‘planadigan va so‘roq qilinadigan kun. Ollo, deb yig’ladim qorong’u tunda, Sharmanda bo‘lmayin mahshar kunida. “Yusuf va Ahmad”. Afsuslar chekaman Mahshargacha to, Unutdim o‘z arkim kungurasini. Nima deyarimni bilmasdan hatto, Chaldim birovlarning do‘mbirasini. (A.Oripov, Everest va ummon). 9 Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, teolingvistikada diniy leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Negaki, ma’lum bir guruhlarga bo‘lib o‘rganish orqali diniy leksikaning ham leksik, ham semantik xususiyatlari yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi. Diniy leksemaning ma’nosini puxta o‘rganish va tahlil qilish orqali uni og’zaki muloqotda yoki diniy matnda qo‘llash mazkur guruhga kiruvchi so‘zlarning emotsional ta’sirchanligini, hissiy jihatdan mukammal ifoda imkoniyatlarini ochishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Постовалова В.И. Теолингвистика в современном религиозном дискурсе// Научнопедагогический журнал Восточной Сибири Magister Dixit. 2012. –№ 4. –С. 56-103 2. Мечковская Н.Б. Язык и религия. – М.: Агентство «ФАИР», 1998. – С. 5. (352 с.) 3. Хафизова З.Р. Тематическая классификация религиозных лексем в башкирском языке. УФА, Вестник Башкирского университета. 2018. Т. 23. №1 – 206с. 4. Религиозная лексика в башкирском языке: Дисс. автореф. канд. филол. наук. – УФА, 2020. – 24с. 5. GalievaM.R.Teolingvistika.Istoki,napravleniya, perspektivi. Izd-vo «VneshInvestProm», T.: 2018. – s 86 6. Улуқов Н. Ўзбекча диний матнлар экзотик лексикаси: Филол. фан. ном. диссер. автореферати. - Тошкент, 1997. 7. Aмонтурдиева Ш. Ўзбек диний матнининг функционал-стилистик тадқиқи. Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. –Термиз, 2018, 79-б 8 Омонтурдиев Ж., Омонтурдиев А. Маърифий-ирфоний истилоҳлар изоҳли луғати. – Тошкент: Mumtoz so’z, 2014, 225-249 б. 9 O‘zbek tilining izohli lug‘ati/ A.Madvaliev, D.Xudoyberganova tahriri ostida. 6 jildlik, uchinchi jild -Т.: G’afur G’ulom, 2022. 81-843 b.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1017 8. Sayfullayeva R., Mengliyev B. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, 2020, 460 b. 9. Юсупова Ш. Диний матнларнинг лингвопрагматик тадқиқи: Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. –Фарғона, 2020, 154 б. 10. Омонтурдиев Ж., Омонтурдиев А. Маърифий-ирфоний истилоҳлар изоҳли луғати. – Тошкент: Mумтоз сўз, 2014, 249 б. 11. O‘zbek tilining izohli lug‘ati/ A.Madvaliev, D.Xudoyberganova tahriri ostida. 6 jildlik, uchinchi jild -Т.: G’afur G’ulom, 2022, 843 b.