scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NABI JALOLIDDINNING "UMAR XAYYOM" ROMANIDA AKSLAR FALSAFASI VA UNING POETIK TALQINI

Rahima, Sattarova

Full text

94 3 5 NABI JALOLIDDINNING “UMAR XAYYOM” ROMANIDA AKSLAR FALSAFASI VA UNING POETIK TALQINI Rahima Sattarova Тoshkent tibbiyot universiteti assistenti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18001639 Annotatsiya.Ushbu maqolada yozuvchi va shoir Nabi Jaloliddin qlamiga mansub ikki tomondan iborat roman-diologiyasi “Umar Xayyom” haqidagi asari xusussida soʻz yuritiladi. Xayyom falsafasi Аbu Homid G‘azzoliy bilan kechgan ziddiyatlar, olam hamda odam xususidagi oʻxshatishlari, Аllohni tanishga olib boruvchi mushohadali badiiy chizgilariga oydinlik kiritiladi. Kalit soʻzlar: obraz, falsafa, roman-dioloogiya, tasvir, uslub, shakl, mazmun, ifoda, poetika. Annotation. This article discusses the work of the writer and poet Nabi Jalaliddin, a two-part noveldiology about “Umar Xayyom”. Xayyom’s philosophy, conflicts with Abu Hamid Ghazali, his comparisons of the world and man, and his observational artistic lines leading to the knowledge of Allah are clarified. Keywords: image, philosophy, novel-diology, image, style, form, content, expression, poetics. Аннотация. В данной статье рассматривается творчество писателя и поэта Наби Джалалуддина, двухтомный роман-диалог об Умаре Хайяме. Разъясняются философия Хайяма, его конфликты с Абу Хамидом Газали, его сравнения мира и человека, а также его наблюдательные художественные линии, ведущие к познанию Аллаха. Ключевые слова: образ, философия, роман-диалог, образ, стиль, форма, содержание, выражение, поэтика. Kirish. Malumki, insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan, nafaqat oʻz davrida, balki bugungi dorulomon zamonimizda ham inso boʻlishlik mohiyati yagona Allohni tanishga da’vat etuvchi хilma-xil ruboiylari bilan shuhrat qozongan Umar Xayyom haqida soʻz aytish uchun yozuvchining katta mahorati, tafakkuri, ibtido va intiho oralig‘idagi shoir oʻyxayollari bilan uyg‘unlashish, kashf etish borasida matonat, mehnat zarur boʻladi. Oʻzbek adabiyotida ana shunday betakror va savobli ishlarga qoʻl urgan taqniqli yozuvchi Nabi Jaloliddin oʻzining qator hikoya va qissalari, romanlari bilan oʻziga xos oʻrin tutadi, desak mubolag‘a qilmagan boʻlamiz. Roman janrining poetik konstruksiyasi e’tibor beradigan boʻlsak, eposdan oʻsib chiqqan va uning qonuniy vorisi ekanligini adabiyothunoslar e’tirof etishadi. Roman haqida ayrim mulohazalar haqida soʻz yuritilsa, koʻz oʻngimizga darrov “Oʻtkan kunlar” keladi. Tadqiqotimiz hikoyadan – qissaga, romanga olib boruvchi makon va zamon haqida boʻlgani bois mulohazalarimizni roman tabiatdagi muammolar xususida oydinlashtirishni maqsad qildik. Adabiyotlar tahlili. Professor D.Quronovning “Roman haqida ayrim mulohazalar” nomli maqolasida yozishicha: “Aslida, romanning ildizlari juda qadim davrlarga borib taqaladi. Romanga bag‘ishlan ilk maxsus tadqiqotlardan biri – “Romanlarning paydo boʻlishi haqida risola” (1666)ning muallifi Per-Daniel Yue janrning ibtidosini Provans yo Italiyadan izlash xatoligini, uning ildizlarini juda qadimdan, uzoq oʻlkalardan qidirish kerakligini 95 3 5 ta’kidlaydi. Uning yozishichа, roman antik davrlarda yuzagа kelgan va uzoq аsrlar davomidagi rivojlanish jarayonida hozirgi holiga kelgan. Masalaga tarixiy taraqqiyot nuqtayi nazaridan qaragani uchun ham Yue oʻz davriga kelib “roman janri” tushunchasi oʻzgarganini nazarda tutadi va endilikda roman deganda “oʻquvchilarga zavq berish orqali nasihat qilish maqsadida toʻqib chiqarilgan sevgi tarixini nasrda mahorat bilan tasvirlangan” asar tushunilishini ta’kidlaydi. “Roman oʻqish – vaqtni behuda sovurish” qabilidagi qarashga qarshi oʻlaroq, Yue romanning bosh maqsadi har vaqt ezgulikning taqdirlanishi, yovuzlikning jazolanishini koʻrsatish orqali yozuvchiga saboq berish” deb biladi [2:5]. Binobarin, professor D.Quronovning mana shu talqinida haqiqatdan ham, romanning oʻzi bir vaqtlar huddi zavqva shavq berish uchun toʻqib chiqarilgan (uydirma, latifa)lar ekanligini ham koʻpchilik G‘arb olimlari aytishgan. Undagi voqealar oʻquvchini ishontirishi juda murakkab ekankligini tan olishgan. Shunday boʻlsa-da, romanlar yozilgan, oʻqilgan, ulardagi hayotiy deb bilgan qahramonlarga esa ergashishgan. Tadqiqot metodologiyasi. Asar qahramonlaridagi ibratli xarakterlar, voqealar, hikmotomuz mushohadali munozaralar oʻquvchi “boʻshlig‘ini”, tafakkurini boyitishga xizmat qilgan. Ayni tamoyil har bir qahramonning inson oʻlaroq yashashi, vaqtlar va zamonlar oʻtishi bilan katta bir umumlashma hosil qilishga yoʻnaltirilganini taqozo qiladi. Romanning bir davrda boshqacha ifoda qilinishini fan-texnikaning taraqqiyoti deb qabul qilish lozim. Ruboiylari bilan shuhrat qozongan hamda hozirgi kunga qadar yaratgan asarlari bilan yashab kelayotgan Umar Xayyom badiiy olamini nasriy yoʻsinda kashf qilish katta matonat va mehnat talab qilarkan. Maqolamizda yozuvchining poetik tafakkuri, Xayyomni oʻz olami bilan kashf etish metamorfozasini anglab yetamiz. Chunki Umar Xayyom va imom G‘azzoliyni koʻpchilik bir-biriga qarama-qarshi qaoʻyib kelgan davrlar silsilasidagi tushunmovchiliklarga barham berishga intilgan yozuvchi, oʻzi ayrganidek, “G‘azzoliy va Xayyomni аsarda doʻstlashtirdim” deya baralla iqrorini keltirib oʻtadi. Asarda akslar falsafasi ikki yoʻsinda yuzaga chiqadi. Tahlillar va natijalar. Birinchi aks: “Оraliq” deb nomlanib, undа Umar Xayyomning tug‘ilishi, olam va odamni tanishi, Allohga boʻlgan ulkan muhabbatining paydo boʻlishi, tadrijiy takomili haqida soʻz boradi. Mazkur аkslar falsafasi yozilganidan oʻn yetti yil oʻtib ikkinchi kitobga qoʻl uriladi va bir yil davomida yozib tugallanadi. Ikkinchi aks: “G‘ayb ostonasida” ikkinchi asardagi Umar Xayyomning fikri-zikri tiniqlashuvi, olam sirlarini tanqidiy koʻz bilan koʻrishi, botinidagi nafsini yengishi, avvalgi Umardan asar ham qolmaganligi, oʻz-oʻzini anglagani sayin Allohni anglay borish darojotlari inkishof qilinadi. Mana shu roman-diologiya oʻzbek adabiyotida tarixiylik nuqtai nazaridan oʻziga xos yangilik boʻldi desak, aslo mubolag‘a qilmagan boʻlamiz. Yana shuni qayd qilish joizki, oʻzbek adabiyotida roman-diologiya yozish har kimga ham nasib etavermagan. Romanning birinchi aksidagi ushbu mulohazaga e’tibor qaratamiz: 96 3 5 “Namoz nihoyalagach, masjiddan avvalroq chiqqan Umar Xayyom oʻzini bir chetga olib, ulug‘ vazir Nizom ul-Mulk janoblarining chiqishini kuta boshladi… Olam mudom osuda, havo musaffo, illo bu goʻzal vа fayzli xilqatlar kishi umriga barokat berayotgandek tuyuladi. Tabiatdagi bu tiniqlik оdamlar shuuriga ham koʻchgan va ular shuurilaridagi tiniqligu tonggi ibodatni ilohiy ta’siri hamda subhidam tarovatidan oʻzlarini oʻzgacha, balki yengilroq his etadilar. Namozdan turgan va masjidning naqshinkor hashamatli eshiklaridan chiqayotgan ahli taqvodorning yoʻtalishlari va hatto tomoq qirishlari ham bomdodiy sokinlik qoʻynida misli temirchi bolg‘asining tovushiday quloqqa yoqimsiz eshitiladi.. Odamlarning labidan uchgan ojiz shipshishlar yoxud bir og‘iz soʻz ham chor-atrofga aks-sadoday sochiladi... Mana, nihoyat maqsurada (mehrob yonidagi arkoni davlat namoz oʻqiydigan joy) boʻlgani uchun kechroq chiqqan vaziri a’zam ham koʻrindi. U xonaki va odmi boʻlsa-da, ozoda hamda оhorli libosda boʻlib, koʻrinishidan bu libosini faqatgina namoz uchun kiyishini sezish mumkin edi” [3:9]. Mazkur birinchi aksdan olingan ushbu parchada yozuvchi Umar Xayyomnining ulug‘ vazir Nizom ul-Mulk bilan tanishuvi, uning bilan diydorlashuvi, xalq hayoti, vatan uchun, Alloh yoʻlidagi suhbatlarning ibtidosi ekanligini chiroyli tashbehlar, oʻxshatishlar bilan tasvirlaydi. Yozuvchi badiiy toʻqimaga shu qadar mahorat bilan nisbat beradiki, oʻqiganinggizda beixtiyor oʻsha vaziyatdagi shoir va vazir uchrashuvidagi xolis diydorning nafaqat guvohi, balki ishtirokchisi, hammaslagi sifatida tasavvur eta olamiz. Tiniqlik va shaffoflik bilan berilgan ushbu ta’rifu tavsifga akslar falsafasining organik modusini his etish mumkin boʻladi. Umar Xayyom va Gʻazzoliy haqidagi yirik falsafiy-estetik maqolasida Аbdulla Sher shunday yozadi: “Xayyom murakkab faylasuf-shoir, uning merosigа faqat bir tomonlama yondashish mumkin emas. Ayniqsa, uning ruboiylar muallifi ijodiy tafakkur vа dunyoqarashning koʻpqirraliligidan dalolat betadi. Shunisi muhimki, Xayyomning falsafiy qarashlari risolalaridan koʻra ana shu ruboiylaridа teranroq ifodalangan. U fikrlarini oʻziga xos estetik shaklda – goʻzallik va xunuklik, fojiaviylik vа kulgililik mezoniy tushunchalari prizmadidan oʻtkazib taqdim etgan” [1:36]. Keltirilgan manbaga tayanadigan boʻlsak olim Xayom toʻg‘risida mulohaza yuritganda qiyoslashlar, solishtirishlar, tarixiy shart-sharoit, u yashagan davr nafasini anglamasdan turib fikr aytish nojoiz ekanligidan shahodatdir. Chunki yozuvchi badiiy toʻqima orqali Xayyom va G‘azzoliy kashf etish yoʻlidan bormoqda. Xatto masjidga kirib namoz oʻqiyotgan Xayyomni koʻrib, oʻrnidan turib ketdi degan G‘azzoliyning ushbu mulohazalari tarixiy asarlarda aniq belgilab qoʻlgan. “Muazzin peshin namoziga chaqirganida Imom Gazzoliy‘: “Haqiqat keldiyu bema’nilik yutdi”, deb oʻrnidan turib masjidni tark etadi” [3:26] Endi badiiy asardagi yozuvchi Nabi Jaloliddinning Xayyom hamda G‘azzoliy oralaridagi ziddiyatlarni yumshatishi, qayta kashf etishi haqidagi tafakkuri butun anglashilmovchiliklarga barham berishga arziydi. Yozuvchi oʻta murakkab nuqtalarga, Xayyomga qilingan tuhmatlar, yolg‘izlik girdobida qolgan benazir shoir ruhiyatidagi 97 3 5 og‘riqlar, iztiroblarga Allohning unga bergan noyob iste’dodi, Qur’onga, Islomga boʻlgan munosabatinuqtai nazaridan turib yondoshganligini anglab yetamiz. Romandagi ikkinchi aks haqida soʻz borganda, shuni qayd etish mumkinki, yozuvchi buni “G‘ayb ostonasida” deya nomlaydi. Roman-diologiyaning ikkinchi kitobi bilan birinchi kitob orasida oʻn uch yil farq bor. Аdib oʻzi bu оraliqda Xayyom va uning hayotiga daxldor tarixiy, ijtimoiy, fizik, astranomik, din, falsafa va boshqa qator aniq hamda gumanitar ilmlar borasida katta izlanishlar olib borganligini koʻramiz. Quyida Xayyomni bezovta qilgan, Yoshi bir joyga brogan olim va shoirning tuyg‘ularini yozuvchi shunday tasvirlaydi: “Xayyom koʻl tomonga oʻgirildi. Har yoqdan turfa jonzotlar shayxning chaylasi sari tushib kelishar edi. Ammo endi koʻngildagi hayrat va mayl soʻnib boʻlgan, shuurida esa yangi satrlar jilva qila boshlagandi: Sotardik xon taxti, toji Kay boʻlsa, Salla, choponni ham agar nay boʻlsa. Firibning lashkari boʻgan tasbehni, Birdan sotar edik qultum may boʻlsa”. [4:461] Bu mulohazalar Xayyom va Shayx orasidagi kechgan ziddiyatli кечган suhbatdan tug‘iladi. Abu Hoim G‘azzoliy bu yerga kelib, Shayxga dunyo va oxirat haqidagi qarashlarini tushuntirsin degandek oʻy oʻtadi Xayyom qalbidan. Shayxning muhabbati shubhali ekanligini uning xatti-harakatllaridan payqagan shoir yuqoridagi ruboiyni keltirgani bejiz emas. Sotish-manfaat koʻrish. Diniy aqida va ulamolarning nazirlari, kitoblaridagi asl ma’noni anglamay anglamay turib Alloh jamoliga qanday yetishish mumkin degan g‘oyani ilgari surmoqda yozuvchi. Bu ikkinchi aksdagi oʻta kulminatsion jihatlardan. Xulosa. Xulosa shuki, roman-diologiyaning ikkita aksdagi bir-birini toʻldiruvchi mohiyati shundan iboratki, shoir va olim, tarixchi, faylasuf Umar Xayyomni biz boshqatdan kashf qilamiz. Yozuvchi nuqtai nazari, idroki, qarashlari, ilmiy va falsafiy dunyoqarashidagi badiiylik shartlariga toʻlaqonli muvofiq keladi. Xayyomni ideal, Abu Hoim G‘azzoliy bilan ziddiyatli hayotini doʻstlashtirishida, aniq yechimgа, mohiyatgha olib boruvchi sirlar, bilimlarga aniqlik kiritishda qabarib koʻrinadi. Mana shu idrok va tasvir koʻp qirraliligi Umar Xayyomga boʻlgan ulkan va betakror muhabbatning badiiy solnomasi ekanligini dalolatlaydi. Zotan, kitobni oʻqigan oʻquvchi Umar Xayyom olami bilan yanada birga boʻlishlikni, yaxshilik qilib, hayotda zavqu shavq, “toʻgarak jahonning” sirlaridan voqif boʻlib yashashini istab qolishiga shak-shubha yoʻq! Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Abdulla Sher. Abadiyat nur. –Т.: Faylasuflar, 2017. 2. Quronov D. Zavqimdan bir shingil. –Т.: Akademnashr, 2012. 3. Омар Хайям. Трактаты. –Москва. Наука. 1961. 4. Nabi Jaloliddin. Umar Xayyom. Roman-diologiya. –Т.: Yangi asr avlodi, 2024.