scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NOSIR AL-MUTARRIZIY MEROSIDA TARJIMA NAZARIYASI VA DIDAKTIKASI: "RISALATUN FIN-NAHV" ASARI VA ZAMONAVIY TARJIMA TA'LIMI INTEGRATSIYASI

Raxmonov, Azimjon Komilovich

Full text

150 3 5 NOSIR AL-MUTARRIZIY MEROSIDA TARJIMA NAZARIYASI VA DIDAKTIKASI: “RISALATUN FIN-NAHV” ASARI VA ZAMONAVIY TARJIMA TA’LIMI INTEGRATSIYASI Raxmonov Azimjon Komilovich, Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti Tillarni o‘qitish markazi rahbari Sharqshunoslik Universiteti mustaqil izlanuvchisi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18001731 Annotatsiya. Mazkur maqolada XI–XII asrlarda Movarounnahrda faoliyat yuritgan yirik arab tilshunosi Nosir al-Mutarriziyning grammatik qarashlari zamonaviy tarjima nazariyasi va tarjima didaktikasi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Asosan “Risalatun fin-nahv” asarida bayon etilgan morfologik va sintaktik kategoriyalarning tarjima jarayonidagi funksional ahamiyati ochib beriladi. Muṭarriziyning til birliklariga ma’no–shakl–vazifa birligi asosida yondashuvi bugungi kunda chet tillarini o‘qitish va tarjimon tayyorlashda muhim metodologik manba bo‘la olishi ilmiy asoslanadi. Shuningdek, klassik arab grammatik merosini zamonaviy tarjima ta’limiga integratsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Nosir al-Mutarriziy, tarjima nazariyasi, tarjima didaktikasi, arab grammatikasi, klassik tilshunoslik, tarjimon tayyorlash. Аннотация. В данной статье рассматриваются грамматические взгляды выдающегося арабского лингвиста Насира аль-Мутарризи, осуществлявшего научную деятельность в Мавераннахре в XI–XII веках, с точки зрения современной теории и дидактики перевода. Анализируется функциональная значимость морфологических и синтаксических категорий, изложенных в труде «Рисалaтун фин-нахв», в переводческом процессе. Научно обосновывается, что подход аль-Мутарризи к языковым единицам, основанный на единстве значения, формы и функции, может служить важным методологическим ресурсом в обучении иностранным языкам и подготовке переводчиков. Также рассматриваются возможности интеграции классического арабского грамматического наследия в современное переводческое образование. Ключевые слова: Насир аль-Мутарризи, теория перевода, дидактика перевода, арабская грамматика, классическое языкознание, подготовка переводчиков. Abstract. In this article, the grammatical views of the prominent Arabic linguist Nāṣir al-Muṭarrizī, who was active in Transoxiana during the 11th–12th centuries, are analyzed from the perspective of modern translation theory and translation didactics. The functional significance of morphological and syntactic categories presented in the work Risāla fī al-naḥw is examined in relation to the translation process. It is scientifically substantiated that Muṭarrizī’s approach to linguistic units based on the unity of meaning, form, and function can serve as an important methodological resource in foreign language teaching and translator training today. In addition, the possibilities of integrating classical Arabic grammatical heritage into modern translation education are considered. Keywords: Nāṣir al-Muṭarrizī, translation theory, translation didactics, Arabic grammar, classical linguistics, translator training. Kirish. Bugungi globallashuv sharoitida tarjima nazariyasi va amaliyoti nafaqat tilshunoslik, balki fan, ta’lim va madaniyatlararo muloqotning muhim tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xususan, jahon tillari vositasida ilmiy bilimlarni uzatish, tarixiymadaniy merosni zamonaviy ilmiy muomalaga kiritish jarayonida tarjimaning roli yanada ortib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan tarjima jarayonini faqat texnik ko‘nikma sifatida 151 3 5 emas, balki chuqur lingvistik va metodologik tayyorgarlikni talab qiluvchi ilmiy faoliyat sifatida baholash dolzarb hisoblanadi. Tarjima nazariyasining shakllanishida klassik tilshunoslik maktablari, ayniqsa arab grammatik tafakkuri muhim o‘rin tutadi. Movarounnahr ilmiy muhitida yetishib chiqqan yirik allomalardan biri — Nosir al-Mutarriziy (XI–XII asr) o‘zining “Risalatun fin-nahv” asari orqali arab tilining morfologik va sintaktik tizimini chuqur ilmiy asosda yoritgan. Ushbu asar nafaqat grammatika nazariyasi, balki mazmun–shakl–funksiya munosabatlarini tahlil qilish jihatidan ham muhim ilmiy manba hisoblanadi. Mazkur maqolaning maqsadi — Nosir al-Muṭarriziyning “Risalatun fin-nahv” asarida keltirilgan qoidalarni lingvistik qarashlarini zamonaviy tarjima nazariyasi, metodologiyasi va didaktikasi bilan bog‘liq holda tahlil qilish hamda ushbu merosning bugungi tarjimon tayyorlash tizimi, xususan, sun’iy intellekt asosidagi tarjima texnologiyalari bilan metodologik uyg‘unlik jihatlarini ochib berishdan iboratdir. Metodlar va o‘rganilish darajasi. Nosir al-Mutarriziyning ilmiy merosi arab tilshunosligi tarixida muhim o‘rin tutsa-da, uning asarlari asosan an’anaviy grammatika doirasida o‘rganilgan. Klassik manbalarda Mutarriziy arab nahviy maktabining vakili sifatida til birliklarini tizimli va mantiqiy asosda tahlil qilgan olim sifatida tilga olinadi. Zamonaviy tadqiqotlarda Mutarriziyning “Risalatun fin-nahv” asari grammatik terminologiya, morfologik va sintaktik masalalar nuqtayi nazaridan tahlil qilingan bo‘lsa-da, uning qarashlarini tarjima nazariyasi va tarjima didaktikasi bilan bog‘liq holda o‘rganishga yetarli darajada e’tibor qaratilmagan. Mazkur tadqiqotda ilmiy bilishning zamonaviy va an’anaviy metodlaridan kompleks tarzda foydalanildi. Jumladan, Nosir al-Mutarriziyning “Risalatun fin-nahv” asari asosiy manba sifatida tanlanib, uning grammatik qarashlari tarjima nazariyasi va tarjima didaktikasi nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida deskriptiv metod yordamida Mutarriziyning morfologik va sintaktik qarashlari izohlandi hamda ularning tarjima jarayonidagi funksional xususiyatlari ochib berildi. Qiyosiy-tahliliy metod asosida klassik arab grammatik kategoriyalari bilan zamonaviy tarjima nazariyasida qo‘llaniladigan ekvivalentlik va adekvatlik tushunchalari o‘rtasidagi uyg‘unlik tahlil qilindi. Shuningdek, lingvistik tahlil metodi orqali til birliklarining shakl–ma’no–vazifa birligi tarjima jarayonidagi ahamiyati asoslab berildi. Didaktik yondashuv asosida esa Muṭarriziy merosidan tarjimon tayyorlash va chet tillarini o‘qitishda foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Bundan tashqari, tadqiqotda klassik arab tilshunosligi qarashlari zamonaviy sun’iy intellekt tarjimasi texnologiyalari bilan bog‘liq holda tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari. Nosir al-Mutarriziy arab tilshunosligi tarixida grammatik tizimni mantiqiy va funksional asosda izohlashga intilgan olimlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Uning ilmiy yondashuvida til birliklari faqat shakliy jihatdan emas, balki ularning nutqiy vazifasi va semantik yuklamasi bilan birgalikda tahlil qilinadi. Bu holat tarjima nazariyasida 152 3 5 muhim bo‘lgan adekvatlik, ekvivalentlik va funksional moslik tushunchalari bilan bevosita bog‘liqdir. Muṭarriziy grammatik kategoriyalarni izohlashda sabab–natija munosabatiga tayangan holda, sintaktik bog‘lanishlarning nutq ma’nosiga ta’sirini alohida ta’kidlaydi. Masalan, e’rob (egalik, to‘ldiruvchilik va hol munosabatlari) tizimini sharhlash jarayonida u gapdagi har bir unsur ma’nosining o‘zgarishi grammatik holat bilan uzviy bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Bu esa tarjimada so‘zma-so‘z yondashuvdan ko‘ra, mazmuniy-funksional yondashuv ustuvor bo‘lishi lozimligini ilmiy asoslaydi. Klassik arab tilshunosligida shakllangan ushbu qarashlar bugungi tarjima nazariyasida keng qo‘llanilayotgan dinamik ekvivalentlik va kommunikativ tarjima tushunchalariga yaqin turadi. Mutarriziy til strukturasi orqali ma’no yetkazish tamoyilini ilgari surgan holda, tarjimonning vazifasi faqat til birliklarini almashtirish emas, balki manba matndagi grammatik va semantik munosabatlarni to‘liq anglab, maqsad tilida mos shaklda ifodalash ekanini bilvosita ko‘rsatadi. Shu jihatdan qaralganda, Nosir al-Mutarriziyning grammatik qarashlari zamonaviy tarjima metodologiyasi uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa, murakkab ilmiy va diniy matnlarni tarjima qilishda klassik arab grammatik tafakkurining ahamiyati yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Nosir al-Mutarriziyning “Risalatun fin-nahv” asari klassik arab grammatik tafakkurining muhim namunasi bo‘lib, unda til birliklari o‘rtasidagi munosabatlar tizimli va izchil tarzda yoritiladi. Asarda fe’l va ism kategoriyalarining izohi tarjima jarayonida muhim metodologik yo‘nalish sifatida qaralishi mumkin. Xususan, fe’lning zamon, nisbat va shaxs kategoriyalarini aniqlashda Mutarriziy ma’noga alohida urg‘u beradi. Bu yondashuv tarjimada grammatik transformatsiyalarni to‘g‘ri amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan nazariy asosni ta’minlaydi. Masalan, Mutarriziy “واو” yuklamasining faqat "va" ma’nosini emas, balki birgalikni ham ifodalashini ta’kidlaydi. Bu holatda u yuklama sifatida fe’l bilan bog‘langan tushum kelishigidagi so‘zni talab qiladi. اَهَتَلي ِ صَف َو ُةَقاَّنلا ِتَكِ رُت (Tuya bolasi bilan birga tashlab ketildi.) Bu yerda:“ ِتَكِ رُت” — fe’l (majhul). “ اَهَتَلي ِ صَف َو ”— واو bilan bog‘langan va tushum kelishigida kelgan. Bu “ةيعملا واو” bo‘lib, birgalik ma’nosini ifodalaydi. Tarjimon uchun gap bo‘laklarining grammatik holatini tushunish manba matn mazmunini to‘g‘ri talqin qilish imkonini beradi. Ayniqsa, ilmiy, diniy va huquqiy matnlar tarjimasida ushbu yondashuvning ahamiyati yuqori. Shuningdek, “Risalatun fin-nahv” asarida til birliklarining o‘zaro bog‘lanishi mantiqiy tizim sifatida yoritiladi. Bu holat tarjima metodologiyasida matnning ichki strukturasi va konseptual yaxlitligini saqlash masalasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Muṭarriziy qarashlari tarjimonni alohida so‘zlar darajasida emas, balki butun matn miqyosida tahlil olib borishga undaydi. 153 3 5 Natijada, Muṭarriziyning grammatik konsepsiyasi tarjima jarayonida lingvistik tahlilning chuqur bosqichini tashkil etadi. Ushbu asar tarjimon tayyorlashda nazariymetodologik asos sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lib, u tarjima sifatini oshirishga xizmat qiladi. Zamonaviy tarjima didaktikasida nazariya va amaliyotning uyg‘unligi muhim metodik tamoyil sifatida qaraladi. Bu jarayonda klassik lingvistik manbalardan foydalanish tarjimon tayyorlashning nazariy poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi Tarjima didaktikasida matn bilan ishlash jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Klassik arab matnlari asosida olib borilgan tarjima mashg‘ulotlari talabalarda nafaqat til bilimini, balki analitik tafakkurni ham rivojlantiradi. Muṭarriziy asarlaridan foydalanish orqali talabalar manba matnning grammatik strukturasini anglash, mazmuniy bo‘laklarga ajratish va ularni maqsad tilida funksional jihatdan mos shaklda qayta ifodalashni o‘rganadilar. Shuningdek, Muṭarriziy yondashuvi tarjima jarayonida xatoliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Grammatik shakl va semantik vazifa o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglagan tarjimon so‘zma-so‘z tarjimadan qochib, matn mazmunini to‘liq yetkazishga intiladi. Bu esa tarjima sifatini oshirish bilan birga, talabalarda professional mas’uliyat hissini shakllantiradi. Mutarriziy o‘z asarida ىّتح va ىلإ old ko‘makchilarining ma’no va ishlatilish nuqtai nazaridan farqlarini ochiq-ravshan tavsiflaydi. U bu so‘zlarning maqsadni ifodalashdagi sintaktik rolini misollar orqali asoslaydi. Olim quyidagi misollarni keltiradi:  اهِسْأَر ىَّتح َةَكمَّسلٱ ُتْلكَأ – ‘Akaltu al-samakata ḥattā ra’sihā – «Baliqni boshigacha yedim»;  ِحاَبَّصلٱ ىَّتَح َةَحِ راَبلٱ ُتْمِن – Nimtu al-bāriḥata ḥattā al-ṣabāḥi – «Kechasi tonggacha uxladim». Bu misollarda ىّتح old ko‘makchisi oxirgi nuqtani bildiradi: baliqning boshi — yeb tugatish nuqtasi, tong — uxlash vaqtining chekka nuqtasi. Mutarriziy ta’kidlaganidek, agar nutqda “yarmigacha” yoki “uchdan biriga qadar” kabi ma’lum miqdor bildiradigan ma’no ifoda etilganida, ىّتح qoidasi qo‘llanilmagan bo‘lar edi. Demak, ىّتح faqat mukammal tugallik nuqtasini anglatuvchi ҳollarda ishlatiladi. Mutarriziy, shuningdek, ىلإ va ىّتح so‘zlarining mustaqil ishlatilish qoidalarini ҳam ajratib ko‘rsatadi. Natijada, Nosir al-Mutarriziyning lingvistik merosi tarjima didaktikasida nazariy tayanch va metodik vosita sifatida qo‘llanishi mumkin. Klassik grammatik bilimlar asosida tashkil etilgan tarjima mashg‘ulotlari zamonaviy auditoriya ehtiyojlariga mos holda yuqori samaradorlikka ega bo‘ladi. So‘nggi yillarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari tarjima amaliyotida muhim o‘rin egallab bormoqda. Neyron tarmoqlar asosida ishlovchi avtomatik tarjima tizimlari tezkorlik va hajm jihatidan katta imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, ular grammatik va semantik nozikliklarni har doim ham to‘liq anglay olmaydi. Shu nuqtayi nazardan klassik tilshunoslik merosi, xususan, Nosir al-Muṭarriziyning lingvistik qarashlari sun’iy intellekt asosidagi tarjima tizimlari uchun muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 154 3 5 Zamonaviy ta’lim platformalarida klassik arab matnlarini avtomatik tahlil qilish, grammatik strukturalarni vizuallashtirish va tarjima variantlarini solishtirish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bu jarayonda Mutarriziy ishlab chiqqan grammatik konsepsiyalar nazariy tayanch vazifasini bajaradi. Zamonaviy tarjimon tayyorlash tizimi nafaqat til kompetensiyasini, balki chuqur lingvistik tahlil, kontekstni anglash va madaniyatlararo tafakkurni ham talab etadi. Shu nuqtayi nazardan Nosir al-Mutarriziyning grammatik merosi tarjimon tayyorlash jarayonida muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Mutarriziy asarlarida til tizimi qat’iy mantiqiy asosda qurilgan bo‘lib, bu yondashuv talabalarda analitik fikrlashni shakllantiradi. Tarjima jarayonida manba matnni grammatik, semantik va funksional jihatdan tahlil qilish ko‘nikmasi aynan shu asosda rivojlanadi. Ayniqsa, arab–o‘zbek yoki arab–ingliz tarjimalarida kelishik tizimi, fe’l zamonlari va sintaktik bog‘lanishlarni to‘g‘ri anglash tarjima sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda tarjimon tayyorlashda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalari faol qo‘llanilmoqda. Klassik grammatik merosni ushbu texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish tarjima ta’limining samaradorligini oshiradi. Masalan, Muṭarriziy nazariyasi asosida ishlab chiqilgan grammatik tahlil modullari talabalar uchun avtomatik tahlil va solishtirma tarjima imkoniyatlarini yaratadi. Shunday qilib, Nosir al-Mutarriziy merosidan foydalanish zamonaviy tarjimon tayyorlashda an’anaviy ilmiy asos va innovatsion texnologiyalarni uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Xulosa. Mazkur maqolada Nosir al-Mutarriziyning lingvistik merosi zamonaviy tarjima nazariyasi, metodologiyasi va didaktikasi bilan uzviy bog‘liq holda tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Muṭarriziy tomonidan ilgari surilgan shakl–ma’no–funksiya birligi tamoyili bugungi tarjima amaliyoti uchun ham dolzarb ahamiyatga ega. “Risalatun fin-nahv” asari tarjima metodologiyasi uchun muhim nazariy manba bo‘lib, u tarjimada ekvivalentlik va adekvatlik masalalarini chuqur anglash imkonini beradi. Shuningdek, Mutarriziy qarashlari tarjima didaktikasida klassik matnlar asosida ta’lim berish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Sun’iy intellekt va tarjima integratsiyasi sharoitida klassik arab grammatik tafakkurining metodologik ahamiyati yanada ortmoqda. Muṭarriziy merosini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish tarjima sifatini oshirish va professional tarjimonlar tayyorlashda muhim ilmiy-amaliy natijalarga olib kelishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Nosir AlMutarriziy. وحنلا يف ةلاسرRisalatun fin-nahv. O‘zRFAShI. Qo‘lyozma № 1679. 2. Qosimova S. XI-XIII asrlarda Movarounnahr tilshunoslarining arab grammatik nazariyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari. Filol. fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya – T.: 2020. – B. 161 3. Azimjon, R. (2025). Language Teaching Methods in al-Mutarrizi’s Risalatun fi’n Nahw. Problems of Foreign Language Research and Teaching, 5(20), 131–135. https://doi.org/10.5281/zenodo.14875439 155 3 5 4. Azimjon, R. (2025). Abul Fath Burhan al-Din Nasir al-Mutarrizi – A Bright Representative of Medieval Eastern Scholarly Heritage. Journal of Oriental Philology, 5(03), 549–560. https://supportscience.uz/index.php/ojp/article/view/2086 5. Raxmonov, A. (2025). Manbalar asosida Mitarriziy va Mutarriz ilmiy faoliyatining o‘rganilishi. Til va adabiyot, (12), 247–248.