scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOLA NUTQINING PSIXOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI (CHINGIZ AYTMATOVNING "OQ KEMA" ASARI MISOLIDA)

Qo'chqorova Mushtariy Sodiqjon qizi; O. Tursunova

Abstract

Mazkur maqolada bola nutqining psixolingvistik xususiyatlari Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asari misolida tahlil qilinadi. Asardagi bosh qahramon — bola obrazining nutqiy faoliyati psixologik holat, kognitiv rivojlanish, emotsional tajriba va ijtimoiy muhit bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. Tadqiqotda psixolingvistik, kognitiv va diskursiv tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bolaning nutqi uning ichki kechinmalari, yolg‘izlik, orzu va real hayot o‘rtasidagi ziddiyatni aks ettiruvchi muhim psixolingvistik indikator hisoblanadi.

Full text

777 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 BOLA NUTQINING PSIXOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI (CHINGIZ AYTMATOVNING “OQ KEMA” ASARI MISOLIDA) Qo‘chqorova Mushtariy Sodiqjon qizi Andijon davlat universiteti, magistratura bo‘limi Lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nalishi magistranti. O. Tursunova Ilmiy rahbar. https://doi.org/10.5281/zenodo.18001849 Annotatsiya. Mazkur maqolada bola nutqining psixolingvistik xususiyatlari Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asari misolida tahlil qilinadi. Asardagi bosh qahramon — bola obrazining nutqiy faoliyati psixologik holat, kognitiv rivojlanish, emotsional tajriba va ijtimoiy muhit bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. Tadqiqotda psixolingvistik, kognitiv va diskursiv tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bolaning nutqi uning ichki kechinmalari, yolg‘izlik, orzu va real hayot o‘rtasidagi ziddiyatni aks ettiruvchi muhim psixolingvistik indikator hisoblanadi. Kalit so‘zlar: bola nutqi, psixolingvistika, ichki nutq, kognitiv rivojlanish, neyrolingvistik tahlil, oq kema, ona bug’u. Абстрактный. В данной статье анализируются психолингвистические особенности детской речи на примере произведения Чингиза Айтматова «Белый корабль». Речевая деятельность главного героя произведения – ребенка – изучается в тесной связи с психологическим состоянием, познавательным развитием, эмоциональным опытом и социальной средой. В исследовании использованы методы психолингвистического, познавательного и дискурсивного анализа. Результаты показывают, что речь ребенка является важным психолингвистическим индикатором, отражающим конфликт между его внутренними переживаниями, одиночеством, мечтами и реальной жизнью. Ключевые слова: детская речь, психолингвистика, внутренняя речь, когнитивное развитие, нейролингвистический анализ, белый корабль, мать-олень. Abstract. This article analyzes the psycholinguistic features of children's speech using the example of Chingiz Aitmatov's work "The White Ship". The speech activity of the main character in the work - the child - is studied in close connection with the psychological state, cognitive development, emotional experience and social environment. The research used psycholinguistic, cognitive and discursive analysis methods. The results show that the child's speech is an important psycholinguistic indicator reflecting the conflict between his inner experiences, loneliness, dreams and real life. Keywords: child speech, psycholinguistics, inner speech, cognitive development, neurolinguistic analysis, white ship, mother deer. KIRISH So‘nggi yillarda psixolingvistika fanida bola nutqini o‘rganish masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Chunki bola nutqi nafaqat til tizimining shakllanish jarayonini, balki shaxsning psixologik, kognitiv va emotsional rivojlanish bosqichlarini ham aks ettiradi. L.S. Vigotskiy ta’kidlaganidek, nutq va tafakkur o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ayniqsa bolalik davrida ichki nutq shaxsning ruhiy olamini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bola nutqining psixolingvistik jihatdan tadqiq etilishi bolaning ijtimoiy muhitga moslashuvi, kommunikativ 778 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 kompetensiyasi hamda emotsional barqarorligini aniqlash imkonini beradi. Ayniqsa, bolalar adabiyoti va badiiy asarlarda tasvirlangan bola obrazlari nutqini tahlil qilish real hayotdagi psixologik jarayonlarni bilvosita ochib berishga xizmat qiladi. Shu jihatdan badiiy matnlar psixolingvistik tadqiqotlar uchun muhim empirik manba hisoblanadi. Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asari jahon adabiyotida bola ruhiyati va uning nutqiy dunyosini nihoyatda nozik tasvirlagan asarlardan biridir. Asarning bosh qahramoni bo’lgan bola qahramonning nutqi va ichki monologi uning yolg‘izligi, ruhiy iztirobi, afsonaviy tafakkuri hamda kattalar olami bilan ziddiyatini ochib beradi.Ch.Aytmatov ijodining eng sermahsul davrida yaratilgan qissalaridan biri bo‘lgan bu asar muallifning an‘anaviy uslubiga xos tarzda yaratilgan va rivoyat asosida bayon etilgan. Yozuvchining bu uslubdan borishiga sabab, uning bolaligida buvisidan eshitgan afsona va rivoyatlar taʼsiri bo‘lsa kerak. “Haqiqiy asarindividuallik va ijtimoiylik, ma’naviy axloqiy izlanish va zehnidrok mevasi. Unda ijodkor iqrori, dil izhori, hayot tasviri chambarchas bog‘lanib ketadi. Yozuvchi konsepsiyasi asrdagi g‘oyaviy-hissiy sistema va voqelikning plastik ko‘rinishi shaklida namoyon bo‘ladi. Asar mazmuni voqea-hodisalarga, qahramonlarga nisbatan izchil munosabat baholash bilan uzviy birlikni tashkil etadi” 1 .Adibning har qaysi asari syujet qurilishida, kompozitsiyasida, xarakter yaratishda, asarning o‘ziga xos koloritini (uyg‘unlik kasb etishi) ta’minlashda rivoyatlardan foydalanishi uning o‘z uslubini shakllantirgan. Mazkur tadqiqotning maqsadi — “Oq kema” asaridagi bola nutqining psixolingvistik xususiyatlarini aniqlash va tahlil qilishdir. Vazifalar quyidagilardan iborat: • bola nutqining psixolingvistik jihatlarini aniqlash; • ichki nutq va monologning badiiy vazifasini tahlil qilish; • bola tafakkurining kognitiv xususiyatlarini ochib berish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, asardagi bola nutqi psixolingvistik va kognitiv yondashuv asosida kompleks tarzda tahlil qilinadi. TADQIQOT METODLARI Mazkur maqolada quyidagi metodlardan foydalanildi: Psixolingvistik tahlil — bolaning nutqiy birliklari orqali ruhiy holatini aniqlash; Kognitiv-lingvistik metod — bola tafakkuri va nutqining o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish; Diskursiv tahlil — bolaning ichki va tashqi nutqini kontekstda o‘rganish; Badiiy matn tahlili — nutqiy birliklarning estetik va semantik funksiyasini aniqlash Neyrolingvistik tahlil — bu til va nutq jarayonlarining inson miyasida qanday shakllanishi, boshqarilishi va amalga oshirilishini o‘rganuvchi tahlil turi bo‘lib, u lingvistika, neyropsixologiya va kognitiv fanlar kesishmasida joylashgan. Tadqiqot materiali sifatida Ch. Aytmatovning “Oq kema” qissasi tanlandi. NATIJALAR Yozuvchi asarda qahramonlar xarakterlarini qaysidir ma’noda metaforik obrazlarda ham aks ettiradi. Masalan, kumushrang supurgi o‘tlar harakatlari tasviridagi ayrim jihatlar Mo‘min chol obrazini eslatadi. Masalan, Mo‘min chol obrazidagi itoatgo‘ylik va erksizlik. Ushbu qahramon yuqoridagi sifatlari bilan bola obrazidan farq qiladi. Chunki bolada erkka tashnalik, juratlilik va qattiyat nisbatan kuchliroq holda tasvirlanadi. Mo‘min cholda faqat bir o‘rindagina erksizlikka qarshi isyon aks etgan. O‘rozqul bilan sodir bo‘lgan bu voqeaning ohiri uning otini egarlab, choptirib ketishi bilan yakunlanadi. Ammo keyinroq Mo‘min chol yana supurgi o‘tlar singari shamolning hukmida qoladi. 1 A.Rasulov. Tanqidchilik ufqlari.Gʻ.Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1985. 25-bet. 779 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Bu bilan muallif bobo va nabira xarakterlarini yoritishda faqat ijobiy sifatlarga to‘xtalmaganini, natijada bu qahramonlarning xaqqoniy qiyofasini aks ettirishda muhim ahamiyat kasb etganini ko‘ramiz. Tahlillar natijasida quyidagi psixolingvistik xususiyatlar aniqlandi: 1. Ichki nutqning ustuvorligi. Asardagi bola ko‘proq ichki monolog orqali fikrlaydi. Bu uning ijtimoiy izolyatsiyasi va yolg‘izligini ifodalaydi. Ichki nutq qisqa, emotsional va ramziy xarakterga ega. 2. Afsonaviy tafakkur va nutq. Bolaning nutqi ko‘pincha afsona va mifologik obrazlar bilan bog‘liq. Bu holat bolaning real hayotdan qochib, tasavvur olamiga kirib borishini ko‘rsatadi.Masalan: "Uning g‘alati orzusi bor: u baliqqa aylanib qolishni va uzoquzoqlarga suzib ketishni xayol qilardi”. (146-bet) 3. Emotsional-ekspressiv birliklarning ko‘pligi Nutqda takrorlar, hissiy undovlar va obrazli ifodalar ko‘p uchraydi. Bu bolaning emotsional beqarorligini ko‘rsatadi. 4. Dialogik nutqning cheklanganligi Bola kattalar bilan kam muloqot qiladi, bu esa uning nutqining asosan monologik shaklda rivojlanishiga olib kelgan. MUHOKAMA Asardagi bola nutqining ramziy va metaforik xarakteri uning yoshiga xos bo‘lgan abstrakt tafakkur shakllanish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq. Bola real voqelikni to‘g‘ridanto‘g‘ri mantiqiy izohlash o‘rniga, afsona va timsollar orqali anglaydi. Bu holat psixolingvistik nuqtayi nazardan bolaning nutqi hali to‘liq ijtimoiylashmaganini, biroq intensiv ichki semantik yukga ega ekanini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, asarda bola nutqining yetarlicha dialogik muhitga ega emasligi uning kommunikativ kompetensiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Kattalar tomonidan e’tiborsiz qoldirilish va tushunilmaslik bolaning nutqini ichki monolog shakliga yo‘naltiradi. Bu esa psixolingvistik jihatdan nutqning kompensator funksiyasi kuchayganidan dalolat beradi. Bola nutqidagi sukunat ham faol kommunikativ birlik sifatida qaraladi. Bola nutqida afsonaviy tafakkur muhim o‘rin egallaydi. Xususan, Ona bug‘u haqidagi rivoyatni bola o‘z nutqida ideallashtirib, uni adolat va mehr timsoli sifatida tasvirlaydi. Bu nutqiy hodisa psixolingvistik nuqtayi nazardan bolaning kognitiv rivojlanish bosqichiga xos bo‘lgan ramziy tafakkur bilan bog‘liq. Bola real hayotdagi zo‘ravonlik va shafqatsizlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholay olmagani sababli, afsona orqali voqelikni qayta modellashtiradi. Demak, afsonaviy nutq bolaning psixologik himoya mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, asarda bola nutqida tez-tez sukunat va tugallanmagan fikrlar kuzatiladi. Bola ko‘pincha gapirmaydi, balki o‘ylaydi, tasavvur qiladi. Neyropsixolingvistik talqinga ko‘ra, bunday holat kuchli emotsional zo‘riqish va travmatik tajriba natijasida tashqi nutqning tormozlanishi bilan bog‘liq. Sukunat bu yerda kommunikativ bo‘shliq emas, balki chuqur mazmunga ega psixolingvistik birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Bolaning kattalar bilan dialogga kam kirishishi ham uning nutqiy rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kattalar tomonidan tushunilmaslik bolaning nutqini monologik shaklga yo‘naltiradi. Psixolingvistik jihatdan bu holat nutqning kompensator funksiyasi kuchayganidan dalolat beradi, ya’ni bola tashqi muloqot o‘rnini ichki nutq orqali to‘ldiradi. Umuman olganda, asardagi bola nutqi psixologik holat, kognitiv rivojlanish va ijtimoiy muhit o‘rtasidagi murakkab munosabatlarning lingvistik ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. 780 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Bu esa “Oq kema” asarini bola nutqini psixolingvistik jihatdan o‘rganish uchun muhim ilmiy manbaga aylantiradi. XULOSA Yuqorida aytilgan fikrlardan koʻrinib turibdiki, asardagi bola nutqining monologik va ramziy xarakterga ega bo‘lishi uning ijtimoiy muhit bilan to‘laqonli kommunikatsiya o‘rnatolmaganini anglatadi. Bu holat bolaning nutqiy rivojlanishida ijtimoiy omillarning hal qiluvchi ahamiyatga egaligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, bola nutqida afsonaviy obrazlar va metaforik birliklarning ustuvorligi bolaning ruhiy himoya mexanizmlaridan biri sifatida talqin qilinadi. Nutq orqali bola o‘zining ichki kechinmalarini, qo‘rquv va umidsizliklarini bilvosita ifodalaydi. Ushbu holat psixolingvistik tahlilning badiiy matnlarni talqin etishdagi samaradorligini namoyon etadi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, “Oq kema” asari misolida olib borilgan mazkur tadqiqot bola nutqini psixolingvistik, kognitiv va neyropsixolingvistik yondashuvlar asosida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari tilshunoslik, psixologiya hamda adabiyotshunoslik sohalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida bolalar nutqini travmatik tajriba va ijtimoiy muhit omillari bilan bog‘liq holda chuqurroq tadqiq etish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Aytmatov Ch. Oq kema. — Toshkent: Adabiyot, 1989 2. Леонтьев А.А. Основы психолингвистики. — М.: Смысл, 2003. 3. Vygotsky L.S. Thought and Language. — Cambridge: MIT Press, 1986. 4. Ахманова О.С. Психолингвистика. — М.: Наука, 2004. 5. Iskandarova Sh. Bola nutqi psixologiyasi. — Toshkent, 2018.