RIVOJLANISHIDA NUQSONLARI BO'LGAN BOLALARNI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA QILISH ORQALI KORREKSION TA'LIMNI TASHKIL ETISH YO'LLARI
Full text
67 3 5 RIVOJLANISHIDA NUQSONLARI BO‘LGAN BOLALARNI PSIXOLOGIKPEDAGOGIK DIAGNOSTIKA QILISH ORQALI KORREKSION TA’LIMNI TASHKIL ETISH YO‘LLARI Sabirova Zebo Ilxamjanovna, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Logopediya kafedrasi o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18001866 Annotatsiya. Mazkur maqolada Respublikamizda so‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, xususan, nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlashning me’yoriyhuquqiy va psixologik-pedagogik asoslari yoritilgan. Maktabgacha ta’lim tizimini qamrab olish darajasini oshirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Maqolada nutqiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni erta aniqlash, psixologik-pedagogik va differensial diagnostika asosida ularning individual rivojlanish imkoniyatlarini baholash, samarali tuzatish-pedagogik ishlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati, mutaxassislar hamkorligi va individual yondashuvning ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, maxsus pedagogika, nutq nuqsonlari, psixologik-pedagogik diagnostika, differensial diagnostika, korreksion ishlar, maktabga tayyorlash, individual yondashuv. Аннотация. В данной статье рассматриваются нормативно-правовые и психологопедагогические основы совершенствования системы образования в нашей Республике в последние годы, в частности, подготовки к школе детей с тяжелыми нарушениями речи. Анализируются приоритетные направления государственной политики, направленные на расширение охвата системы дошкольного образования, развитие качества образования на основе международных стандартов и воспитание гармоничного поколения. Особое внимание уделяется вопросам ранней диагностики детей с нарушениями речи, оценки их индивидуальных возможностей развития на основе психолого-педагогической и дифференциальной диагностики, а также организации эффективной коррекционно-педагогической работы. Научно и теоретически обосновываются деятельность специальных дошкольных образовательных учреждений, важность сотрудничества специалистов и индивидуальный подход. Ключевые слова: дошкольное образование, специальная педагогика, нарушения речи, психологопедагогическая диагностика, дифференциальная диагностика, коррекционная работа, подготовка к школе, индивидуальный подход. Annotation. This article discusses the normative-legal and psychological-pedagogical foundations of improving the education system in our Republic in recent years, in particular, the preparation of children with severe speech disorders for school. The priority areas of state policy aimed at increasing the coverage of the preschool education system, developing the quality of education based on international standards, and raising a harmonious generation are analyzed. The article pays special attention to the issues of early identification of children with speech disorders, assessing their individual development opportunities based on psychological-pedagogical and differential diagnostics, and organizing effective corrective and pedagogical work. The activities of special preschool educational institutions, the importance of specialist cooperation, and an individual approach are also scientifically and theoretically substantiated. Keywords: preschool education, special pedagogy, speech disorders, psychological-pedagogical diagnostics, differential diagnostics, corrective work, preparation for school, individual approach. Kirish. Respublikamizda so‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish va barkamol avlodni tarbiyalash, xususan, nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlashning me’yoriy asoslari yaratilmoqda. “Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini
68 3 5 yangi bosqichga olib chiqarish”,… 2022/2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024/2025-o‘quv yili yakunigacha 100 foizga yetkazish rejalashtirish” vazifasi sifatida belgilandi. Natijada, maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Bugun Yangi Oʻzbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar haqida toʻlqinlanib soʻzlamaslikning iloji yoʻq. 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib chiqish maqsad qilib olindi. Umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishida ularning har taraflama rivoj topishi juda katta ahamiyatga ega. Maktabgacha maxsus pedagogikaning eng dolzarb masalalaridan biri nutqiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilish faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etish erta aniqlab korreksion tizimda ish olib borish hamda ularni savodga o‘rgatishdan iboratdir. Bola yoshligidan atrofdagi kishilar bilan muloqotda bo‘lib, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydi. U dastlab oila sharoitida va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, keyinchalik umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya oladi. Bu bosqichlarda bolalarga ta’lim-tarbiya berishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish va uni egallash nutq orqali amalga oshiriladi. Adabiyotlar tahlili. Rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarni psixologik-pedagogik diagnostika qilish va ularning asosida korreksion ta’limni tashkil etish masalasi maxsus pedagogika va maxsus psixologiya sohasida yetakchi ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mazkur muammo bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar bolalardagi birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning bilish faoliyati va nutqiy rivojlanishiga ta’siri masalalarini yoritishga qaratilgan. L.S. Vygotskiy asarlarida nuqsonli rivojlanishning ijtimoiy tabiati, birlamchi nuqson asosida yuzaga keluvchi ikkilamchi buzilishlar hamda kompensator imkoniyatlarning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Olimning fikricha, to‘g‘ri tashkil etilgan ta’limtarbiya jarayoni bolaning mavjud imkoniyatlarini faollashtirish va rivojlantirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ushbu yondashuv zamonaviy psixologik-pedagogik diagnostikaning nazariy asosini tashkil etadi. N.N. Malofeev, E.L. Goncharova, O.S. Nikolskaya va boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus ta’lim konsepsiyalarida rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni differensial diagnostika qilish, ularning individual ehtiyojlariga mos ta’lim sharoitlarini
69 3 5 yaratish zarurligi ta’kidlanadi. Mualliflar ta’lim standartlarini ishlab chiqishda psixologikpedagogik diagnostika natijalariga tayanish muhimligini ko‘rsatib o‘tadilar. T.A. Basilova va N.A. Aleksandrova tadqiqotlarida murakkab rivojlanish nuqsoniga ega bolalarni erta aniqlash, oilaviy muhit va mutaxassislar hamkorligining ahamiyati yoritilgan. Ularning fikricha, samarali korreksion ishlar faqatgina kompleks va tizimli yondashuv asosida amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston olimlari, xususan L.R. Mo‘minova hamda Z.I. Sabirova tadqiqotlarida nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, psixologik-pedagogik diagnostika asosida individual rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish masalalari keng yoritilgan. Ushbu tadqiqotlar maktabgacha ta’lim muassasalarida logopedik va korreksion ishlarni tashkil etishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarni samarali o‘qitish va tarbiyalashda psixologik-pedagogik diagnostika yetakchi o‘rin tutadi hamda individual yondashuvga asoslangan korreksion ta’limni tashkil etish zaruratini belgilaydi. Metodologiya. Mazkur maqolada rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarni psixologik-pedagogik diagnostika qilish va korreksion ta’limni tashkil etish masalasini yoritishda nazariy tahlil, psixologik-pedagogik diagnostika, differensial diagnostika hamda taqqoslash va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Ushbu metodlar bolalarning nutqiy va bilish rivojlanishidagi nuqsonlarni aniqlash, ularning individual psixofizik xususiyatlarini baholash va diagnostika natijalariga asoslangan korreksion-ta’lim yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi. Natijalar va muhokama. Ta’limni oldiga qo‘ygan maqsadlaridan biri, maktabgacha ta’lim tashkilotlari turlarini ko‘paytirish va rivojlantirish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish eng dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Ayniqsa, maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari nutqni tushunish uni idrok etishda bir muncha qiyinchiliklarga uchraydilar. Bu esa, bolaning boshlang‘ich maktabda o‘qish hamda yozish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelishiga olib keladi. Bolada fonematik idrokini yaxshi rivojlanmaganligi, uning aqliy, nutqiy taraqqiyotiga, umumiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarning har bir toifasi o‘ziga xos psixologik-pedagogik xususiyatlarga ega, ularni psixologik-pedagogik o‘rganish strategiyalarini aniqlash muhim. Birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar natijasida anomal rivojlanishning shakllanishi murakkab bo‘lib, u bir tomondan har bir bola uchun individual nuqsonlar, ikkinchidan esa shunga o‘xshash nuqsonlar bilan tavsiflanadi. Bu o‘ziga xoslik rivojlanish nogironligining har bir turiga taalluqlidir va bolalarning psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus ta'lim sharoitlarini aniqlashga yordam beradi. Shunday qilib, rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan shaxslarning zamonaviy psixodiagnostikasi nazariy va uslubiy tizimlarga asoslanadi, ular quyidagilardan iborat. Rivojlanish buzilishining har bir turi o‘ziga xos psixologik tuzilishga ega. Ushbu
70 3 5 tuzilma birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan belgilanadi. Rivojlanish buzilishining har bir turi o‘ziga xos kamchiliklarga ega. Dizartriyada miyaning turli joylarida jarohatlanishlarni aniqlash mumkin. Masalan, miya yarimsharining chap va o‘ng tomonida, yetti tuxumsimon markazdan o‘tuvchi sistemada, asab tugunchalari qobig‘ida, diensefal doirada, to‘rt tepaligida, ko‘prik, cho‘zinchoq va orqa rniyada kuzatilishi mumkin. Ammo klinikada ishlovchi tadqiqotchilar bu masalaga kam e’tibor beradilar. Rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxislash umumiy va maxsus qonunlarga asoslanadi. Rivojlanishdagi nuqsonlarning diagnostikasi nafaqat ularning umumiy xususiyatlariga, balki bolaning ijobiy xususiyatlariga va salohiyatiga ham asoslanishi kerak. Rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan odamlarni tashxislash natijalari psixologik-pedagogik diagnostika yo‘li bilan belgilanadi, rivojlanish buzilishining turi bilan cheklanmaydi. U bolaning rivojlanishining individual psixofizik xususiyatlarini ishlab chiqishni, shuningdek, individual tuzatish ishlari dasturlari bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Psixologik-pedagogik diagnostika nuqsonni ifodalash darajasini murakkablashtiradigan yetakchi nuqsonlarning rivojlanishini aniqlaydi va ular bo‘yicha zarur tuzatish-pedagogik ishlarni amalga oshirishga qaratilgan. Agar test bola maktabga borishdan oldin o‘tkazilsa, bolaning qaysi maktabga maxsus tuzatish yoki umumiy ta'lim maktabiga tayyorligi aniqlanadi. Psixodiagnostika rivojlanishdagi nuqsonlarni va ularning o‘ziga xos psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlaydi. Boladagi bu xususiyatlarni bilish maktabgacha va maktab ta'lim dasturini, ta'lim muassasasining turini, bolaning qobiliyatiga mos keladigan individual tibbiy psixologikpedagogik dasturni ishlab chiqishga yordam beradi. Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni samarali ta’lim, tarbiyalash va ijtimoiy moslashuvi ularning rivojlanish imkoniyatlari va xususiyatlarini to‘g‘ri baholashga bog‘liq. Rivojlanishdagi nuqsonlarni har tomonlama psixologik-pedagogik diagnostika qilish orqali bu vazifaga erishish mumkin. Psixologikpedagogik diagnostikada rivojlanish nuqsonlari bo‘lgan bolalardagi kamchiliklarni aniqlash bolaning psixo-fizik xususiyatlarini hisobga olgan holda unga individual psixologikpedagogik yondashuvni ta'minlaydi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim va maktab muassasalari mavjud. Ushbu bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun ta'lim sharoitlari yaratilgan. Bunday sharoitlar birinchi navbatda har bir bolaning xususiyatlarini hisobga olgan holda individual yondashuvni talab qiladi. Ushbu yondashuv zarur tibbiy, profilaktika va davolash tadbirlarini, maxsus ijtimoiy yordamni, maxsus mutaxassislarni texnik va ilmiy-uslubiy ta'minlash uchun maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar, psixologlar, defektologlar va boshqalar bilan birgalikda maxsus dastur, usul, zarur maxsus texnik vositalarni ta'minlaydi. ta’lim muassasalari kiradi. Bugungi kunda maxsus ta'lim muassasalarining ko‘plab turlari mavjud. Bolalarni sinchiklab tanlash natijasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi maxsus ta’lim muassasalari bilan bir qatorda turli reabilitatsiya markazlari, rivojlanish markazlari, aralash guruhlar va huquqlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
71 3 5 Differentsial diagnostika rivojlanish nuqsonini aniqlaydi va uning natijalari bolaning qobiliyatiga xos bo‘lgan ta'lim shakllarini aniqlaydi. Differentsial diagnostikaning vazifalari quyidagilardan iborat: - bolaning rivojlanishidagi aqliy, og‘zaki va hissiy nuqsonlarning tabiati va darajasini aniqlash; - birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni aniqlash va buzilishni tizimli tahlil qilish; -harakat - tayanch-harakat a’zosi, ko‘rish, nutqida aqliy zaiflik xususiyatlarini baholash; - pedagogik tashxisni aniqlash va asoslash. Ushbu ma'lumotlarga asoslanib, tuzatish-pedagogik jarayonni, ta'lim dasturini, ta'lim muassasasining turini aniqlash va tashkil etish mumkin. Differensial tashxis psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyada amalga oshiriladi. Mutaxassislar guruhi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani kompleks tarzda tekshiradi va tashxisni kelishib oladi. Ish bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda aniq tizimda tuzilgan. Rivojlanish nuqsonlarining differensial diagnostikasi hozirgi vaqtda bir qator muammolarga duch kelmoqda. Ma'lumki, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan har bir turdagi bolalarda psixologik xususiyatlarning o‘xshash tomonlari mavjud. Misol uchun, rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan deyarli barcha odamlarda nutq yoki o‘rganishda nuqsonlar mavjud. Rivojlanish nuqsoni darajasini aniqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlar differensial tashxisning asosidir (VI Lubovskiy). Buning sababi shundaki, hozirgi vaqtda maxsus psixologiyada anomal rivojlanishni taqqoslash xususiyatiga ega bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar mavjud emas. Bunday ilmiy ishlarni olib borish differensial diagnostika imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolani chuqur psixologik-pedagogik o‘rganish tashxis natijalari asosida tuzatish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan. Bu, asosan, ta'lim va ba'zan maslahat muassasalarida o‘rganish uchun vaqt talab etadi. Bunday tadqiqotning o‘ziga xos vazifalari ko‘p qirrali va turli yosh guruhlari uchun o‘ziga xosdir. Ular orasida: - Bolaning individual psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlash; - Individual rivojlanish va ta'lim tuzatish dasturini ishlab chiqish; - Oiladagi ichki munosabatlarni o‘rganish va tarbiya sharoitlarini aniqlash; - Qiyin ta'lim sharoitida yordam. Mutaxassislar tomonidan u yoki bu funksiya yetishmagan yoki rivojlanmagan hollarda samarali tavsiyalar beriladi, lekin boladagi ijobiy xususiyatlarni, ayniqsa, bolaning shaxsiyati, ya’ni tasavvuri, nutqi, ijtimoiy va shaxsiy muammolarini aniqlash borasidagi ishlar yetarli darajada rivojlanmagan. Biroq, samarali tuzatish-pedagogik jarayon nafaqat salbiy omillarga, balki birinchi navbatda bolaning individual psixologik va pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan. Shunday qilib, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolaning psixologik-pedagogik diagnostikasining muhim vazifalari quyidagilardan iborat: -bolalarda rivojlanish nuqsonlarini erta aniqlash; -nuqsonning sababi va xususiyatini aniqlash; -bolaning pedagogik yo‘nalishini bolangizning individual psixologik xususiyatlarini aniqlash; -ta'lim va rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish.
72 3 5 Xulosa. Xulosa qilib aytganda, nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash masalasi bugungi kunda maktabgacha maxsus pedagogikaning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim qamrovini to‘liq ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish va inklyuziv yondashuvni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ushbu toifadagi bolalar bilan ishlash uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Nutqiy va bilish faoliyatidagi kamchiliklarni erta aniqlash, ularni psixologik-pedagogik diagnostika asosida chuqur tahlil qilish hamda individual korreksion dasturlarni ishlab chiqish bolalarning keyingi ta’lim bosqichlarida muvaffaqiyatli o‘qishini ta’minlaydi. Shuningdek, maxsus mutaxassislar logoped, psixolog, defektolog va pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyati bolaning ijtimoiy moslashuvi va har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali jalb etish, ularning imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ilmiy asoslangan yondashuvlarni takomillashtirish dolzarb vazifa bo‘lib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Ўзбекистон Республикаси Мактабгача таълим Вазирлиги “Илк қадам” мактабгача таълим муассасасининг ўқув дастури. 2. Басилова Т.А., Н.А. Александрова Как помочь малышу со сложным нарушением развития: Пособие для родителей / Т.А.Басилова, Н.А. Александрова. - М., 2008. -112с 3. Малофеев Н.Н., Гончарова Е.Л., Кукушкина О.И., Никольская О.С. Специальный федеральный государственный стандарт общего образования детей с ограниченными возможностями здоровья: Основные положения концепции. - М., 2002. — 13 с 4. Выготский Л.С. Проблемы общей психологии // Собр. соч.: В 6 т. -М., 1982. Т. 2.-504 с. 5. Выготский Л.С. Основные проблемы современной дефектологии // Психология детей с отклонениями и нарушениями психического развития / Сост. и общ. Ред. В.М. Астапова, И.В. Микадзе. - СПб., 2002. С. 10 – 47 6. L.R. Mo‘minova. Nutqida kamchiligi bor bolalarning psixologik-pedagogik diagnostikasi. — Т., 2012. 7. Sabirova Z.I. Maktabgacha yoshdagi og‘ir nutq nuqsoniga ega bolalarni maktab ta’limiga tayyorligini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari. //Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari Respublika ilmiy-amaliy konferensiya Toshkent: O‘z MG Jamoat xavfsizligi universiteti - 2022-yil 20-may // Б. 153-162 8. Sabirova Z.I. Model of preparing children with delayed mental development to school in conditions of preschool educational institutions. //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal https://saarj.com Февраль 2021 йил 10.5958/2249-7137.2021.00403.1// Б.724-730. (Impact Factor: SJIF 2021 = 7.492)