TIBBIY TERMINLAR SEMANTIKASI
Abstract
Mazkur maqolada tibbiy terminlarning semantik xususiyatlari, ularning ma’no tuzilishi, shakllanish manbalari hamda zamonaviy tibbiy nutqdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tibbiy terminlarning leksik-semantik guruhlari, ko‘pma’nolilik, sinonimiya va xalqaro terminlar masalasi ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijalari tibbiy tilni o‘rganish, tarjima jarayonlari va mutaxassislararo muloqotni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Full text
781 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 TIBBIY TERMINLAR SEMANTIKASI Isoyeva Lobar Baxtiyorovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 1-bosqich magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.18001898 Annotatsiya. Mazkur maqolada tibbiy terminlarning semantik xususiyatlari, ularning ma’no tuzilishi, shakllanish manbalari hamda zamonaviy tibbiy nutqdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tibbiy terminlarning leksik-semantik guruhlari, ko‘pma’nolilik, sinonimiya va xalqaro terminlar masalasi ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijalari tibbiy tilni o‘rganish, tarjima jarayonlari va mutaxassislararo muloqotni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: tibbiy termin, metafora, semantika, terminologiya, leksik ma’no, xalqaro terminlar, tibbiy nutq, tibbiy diskurs. СЕМАНТИКА МЕДИЦИНСКИХ ТЕРМИНОВ Аннотация. В данной статье анализируются семантические особенности медицинских терминов, их смысловая структура, источники формирования, а также их роль в современном медицинском дискурсе. С научно-теоретической точки зрения рассматриваются лексико-семантические группы медицинских терминов, проблемы многозначности, синонимии и международной терминологии. Результаты исследования имеют важное значение для изучения медицинского языка, процессов перевода и совершенствования профессионального междисциплинарного общения. Ключевые слова: медицинский термин, метафора, семантика, терминология, лексическое значение, международные термины, медицинская речь, медицинский дискурс. SEMANTICS OF MEDICAL TERMS Abstract. This article analyzes the semantic features of medical terms, their meaning structure, sources of formation, and their role in modern medical discourse. From a scientific and theoretical perspective, the study examines lexical-semantic groups of medical terms, issues of polysemy, synonymy, and international terminology. The research findings are of significant importance for studying medical language, translation processes, and improving interdisciplinary professional communication. Keywords: medical term, metaphor, semantics, terminology, lexical meaning, international terms, medical speech, medical discourse. Zamonaviy tilshunoslikda terminologiya masalasi, xususan, tibbiy terminlarning semantik xususiyatlarini o‘rganish dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Tibbiyot sohasi inson salomatligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgani sababli unda qo‘llaniladigan terminlarning aniq, bir ma’noli va tushunarli bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Tibbiy terminlar nafaqat ilmiy nutqda, balki kundalik hayotda ham keng qo‘llanilmoqda, bu esa ularning semantik mohiyatini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Aniq fanlarning rivojlanishi tilga, uning rivojlanish qonunlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi va sohada butunlay yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, psixolingvistika, kompyuter lingvistikasi, semiotika kabi zamonaviy yo‘nalishlar tafakkur va til o‘rtasidagi barcha cheklovlarning olib tashlashni talab qildi, tilni ilmiy va nazariy bosqichlarda evristik vositaga aylantirdi. Til – shaxs yoki umuman jamiyatda sodir bo‘layotgan barcha murakkab kognitiv, psixologik va ijtimoiy jarayonlarning mahsulidir. Bu, shubhasiz, tilshunoslikda ilmiy bilish paradigmasining o‘zgarganligiga borib taqaladi.
782 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Bugun tilning tuzilishi va tarkibiga asosiy e’tibor beradigan strukturalizm tushunchasi antropotsentrikaga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Bu esa til egalarini til fanining markazida, barcha narsalarning o‘lchovi sifatida tekshirish imkonini berdi. Tibbiyot bilan bog‘liq terminologik qatlam A. Qosimov (farmatsevtika bo‘yicha), Z. Mirahmedova (anatomiya bo‘yicha), A.Husanov (kasallik va simptom nomlari) tomonidan tadqiqqa tortilgan. Ularda tibbiy ilmiy diskursda atamalarning shakllanishi, tarkibi, terminlarning hosil bo‘lishida prefiksli va suffiksli usullar an’anaviy yo‘nalishda ishlab chiqilgan. Bizning fikrimizcha, ularning ishlarida metaforaning termin hosil qilishdagi o‘rni e’tibordan chetda qolgan. Bugungi kunda nafaqat tilshunoslik, balki falsafa, psixologiya kabi bir qator fanlar ham “Zamonaviy ilm-fan metafora orqali nimani bayon qiladi?” degan savolga javob topish uchun harakat qilinmoqda. Bu hodisaning tabiatini tushunish, birinchi navbatda, uni qanday o‘rganishimiz kerakligiga bog‘liq bo‘ladi. Ehtimol, bu alohida e’tibor insonning nutqiy tafakkuri va dunyoni bilishining o‘zi tabiiy metaforik ekanligini anglashdan kelib chiqadi. Tilshunoslikdagi metaforani stilistik vosita yoki badiiy qurilma sifatida talqin etuvchi, uni idrok etishning stereotipi mavjudligini qayd etib bo‘lmaydi. Hodisaning psixologik va antropotsentrik xususiyatini ta’kidlovchi yangicha yondashuv shakllanmoqda. Gap shundaki, bu atama tilshunoslikda turlicha talqin qilinishiga qaramay boshqa ko‘plab fanlarda keng qo‘llanilmoqda va ma’nosini kengaytirmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy tilda, turli xil diskurslarda: siyosatdan professionalgacha metaforizatsiyaning negizida muayyan tilning semantik birliklari va qoidalari orqali yaratilgan insonning yoki uning tana a’zolarini turli xil ko‘rinishlaridagi, rollaridagi qiyofasi yotadi. Masalan, tibbiy professional diskursda: yot tana – yara-chaqa, jarohatlar yoki tabiiy teshiklar orqali to‘qimalarga, a’zo yoxud tana bo‘shliqlariga kirib joylashib olgan organizm uchun mutlaqo begona narsa-predmetlar; bulardan tashqari, yana organizm o‘z ichida bunyodga kelgan konkrementlar – toshlar, endoparazitlar va boshqalar bunga misol bo‘la oladi; bachadon bo‘yni – bachadonni qinga botib turgan quyi, toraygan qismi; yurak o‘ynashi, sin. dil o‘ynashi – yurak faoliyatining (urishining) tezlashishi yoki kuchayishi; miya oyoqchalari – o‘rta miyaning eng katta qismini tashkil qiladigan miya to‘qimasining bir qismi. So‘nggi bir necha o‘n yilliklar mobaynida kognitiv tilshunoslik, gender lingvistikasi, psixolingvistika, lingvokulturologiya va boshqa yo‘nalishlar yangi mustaqil fanlar sifatida paydo bo‘ldi va shakllandi. An’anaviy “til” tushunchasi o‘z chegarasidan chiqib ketdi. U nafaqat qoida va me’yorlar majmui, balki uning atrofidagi ekstralingvistik omillar sifatida ham o‘rganila boshlandi. Bu esa o‘z navbatida uni o‘rganishga antropotsentrik yondashuvni keltirib chiqardi. Qarashlarning tubdan o‘zgarishi, Lakoff va Djonsonning «Biz bilan birga yashayotgan metaforalar» asarining paydo bo‘lishi metaforaga yangi hayot bag‘ishladi. An’anaviy badiiy usul aniq fan olamida ham tan olindi. Tibbiy metaforalar insonning tibbiy hodisaga, kasallikka yoki davolanishga o‘z munosabatini bildira olish imkoniyatini to‘liq amalga oshiradi. Aynan metafora orqali muallif tibbiy hodisa va jarayonlarga baho beradi, o‘z his-tuyg‘ularini ifodalaydi, ongli yoki ongsiz ravishda o‘zining madaniy munosabatini bildiradi va meros qilib qoldiradi. Tibbiy metaforaning kelib chiqishi negizida nafaqat ilmiy faktlar va xulosalar majmuasi, balki hayotiy, ko‘proq madaniy, tajribasi asosida, kognitiv operatsiyalar orqali yangi tushunchaga ega bo‘lgan emotsional munosabat yotadi.
783 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Dunyoning lisoniy manzarasida maxsus atamalar yoki sodda so‘zlarni ishlatish o‘rtasida chegara yo‘q. Metaforalar ilmiy atamalar boshqa sohadan kundalik nutqqa o‘tib o‘z mavqeini yo‘qotishi mumkinligini ko‘rsatadi. Atama o‘zining ilmiy ta’rifini yo‘qotadi, asl nusxasining bir qismini yoki ma’nosini saqlaydi. Shuningdek, kundalik tildan olingan so‘zlar metaforaning bir qismi sifatida ilmiy atamaga o‘tishi mumkin. Shunday qilib, inson va olam bir-biriga o‘zaro ta’sir etib, shaxsning atrofdagi voqelikka munosabatidan dunyoning lisoniy manzarasi hosil bo‘ladi va dunyoning mana shu tasviri voqelikning inson tomonidan idrok etilishiga olib keladi. “Ko‘pchilik tadqiqotchilar buni alohida bir shaxs ongida dunyoning maxsus modeli sifatida tushunadilar. Bir millat vakillarining atrofdagi voqelik haqidagi o‘xshash tasavvurlari dunyoning lingvistik manzarasini shakllantiradi, barcha madaniyatlar uchun universal bilim dunyoning ilmiy ta’rifini beradi”.(Serebrennikov Ye.S.) V. Gak metaforani quyidagicha ta’riflagan: “Metaforada ham universallik, ham o‘ziga xoslik mavjud, chunki bir tomondan, u fikrlash va o‘rganish uchun vosita, boshqa tomondan ‒ fundamental milliy-madaniy dunyoqarashga va ularga mos bo‘lgan muayyan subkultura doirasidagi individual qadriyatlar tizimiga asoslangan”. (Gak V. G. 1988, 289 b.) Tibbiyotda qachondir yozilgan kitoblar orasida eng ahamiyatlisi sifatida “Tib qonunlari” tan olingan. Kitobning o‘rganilgan kardiologiya terminlari tarkibi ko‘proq lotin va yunon terminlardan tashkil topgan. Ta’kidlash joiz, kitob muallifi Abu Ali ibn Sino ba’zilariga o‘zining ta’riflari va o‘zgartirishlarini keltirgan. Shuningdek, arab tilidan olingan terminlar ham mavjud, ularning aksariyatini ibn Sino o‘zi kiritgan. Ushbu kitobning eng katta ilmiy hissasi ko‘plab xalqaro terminlarning saqlab qolingani, tartibga keltiringani va to‘liq izohlarining berilganidadir. Tilni tadqiq qilishdagi antropotsentrik yondashuv ilmni yangi pog‘onaga olib chiqdi. Endi tilni o‘rganish bevosita odam, uning tarixi va atrof-muhiti bilan bog‘liq holda olib borilmoqda. Bu va kognitiv tilshunoslikning rivojlanishini olimlingvistlar tomonidan metaforani ilmiy diskursda ommaviy qabul qilishlarining boshlang‘ich nuqtasi deb hisoblasa bo‘ladi. Bizning tadqiqotimiz natijalari yana bir bor metafora-termin haqidagi nazariyaning asosliligini isbotladi, ya’ni ilmiy 64 diskursdagi metafora ilmiy terminga qo‘yiladigan barcha talablarga: qisqalik, asoslilik, ta’rifga egalik, obyektivlik va boshqalarga javob bera oladi. Tibbiy diskursda metaforaning qo‘llanilishi nomutaxassislar uchun oson anglash va o‘zlashtirish, o‘rganuvchilarga oson eslab qolish va topish uchun, bemor va yaqinlarining psixologik xotirjamligini ta’minlash uchun zarurdir. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, o‘zbeklar jamiyati ongida tibbiyot sohasi asosan salbiy assotsiatsiyalar orqali qabul qilinadi. Tilda ijobiy bahoga ega yoki sog‘ayish to‘g‘risidagi metaforalar deyarli yo‘q. Shuningdek, profilaktik tibbiyotda ham metaforalar soni juda kam. Aksariyat tibbiy metaforalar rus tilidan kalka qilingan. Masalan: issiqlik urishi, zond, Lyushko vilkasi, zang balg‘am, limfatik o‘zan va h.k. Bu, umuman olganda, jamiyat ongida chora-tadbirlar tibbiyotining amaliyoti shakllanmagani haqida ma’lumot beradi. Ikkinchi bir tomondan tibbiy metaforalarni tushunish va amalda qo‘llash jamiyatda shakllangan tibbiy ong, tibbiy ma’lumot, tibbiy ko‘nikma va shu kabilarga borib taqaladi. O‘zbek tilining o‘ziga xos lingvokognitiv xususiyatlarini aniqlash bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi. O‘zbek tibbiy terminologiyasida sinonimiyaning haddan tashqari asossiz ko‘payib ketishi ushbu tizimda o‘zbek tilida muqobili bo‘lishiga qaramasdan juda ko‘p xorijiy so‘zlarning o‘zlashtirilishi milliy terminologik tizim asosida lingvomadaniy manzarani yaratishga to‘sqinlik qilmoqda.
784 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Buning sababi kalka yo‘li bilan betartib tarjima qilish va tub o‘zbek nomlarini bilmaslik yoki pisand qilmaslikdadir. Ushbu masalalar, albatta, lingvokulturologiya va tarjima nazariyasi yo‘nalishlarida alohida tadqiqotni va chuqur o‘rganishni talab qiladi. Dunyoning lisoniy xaritasini tuzish metodlarini tibbiy metaforalar orqali o‘rganish tibbiyot bilan tilshunoslikning uyg‘unlashuvini ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida tibbiyot va tilshunoslik oralig‘ida uchinchi fanning – tibbiy lingvistikaning shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. Tibbiy lingvistika esa inson organizmi, uning sog‘lom va kasal holatidagi ruhiy kechinmalari, bemor shaxsning jamiyatga, davolovchi vrachlarga, o‘z navbatida jamiyatning bemorga bo‘lgan munosabatlarini oydinlashtirishga yaqindan yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abdullayev A. O‘zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi. – T.: Fan, 1883. – B. 88. 2. Ashurova D. U. Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim. – T., 2021. №3.Баранов А.Н. О типах совместимости метафорических моделей / А. Баранов // Вопросы языкознания. – М., 2023, – № 2, – 348 с. 3. Sodiq SAYHUN. Tilning mavqei - elning mavqei. El. manba www.shifokorvahayot.uz. 23 oktyabr 2022 y. 4. Tursunov U., Muhtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T.: O‘zbekiston, 1992. – 399 b. 5. Qobuljonova G.K., Metaforaning sistemaviy lingvistik talqini: Filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi. – T., 2021 6. Qosimov A. O‘zbek tilida tibbiy atamalarning xosil bo‘lish usullari: Filologiya fanlari doktori... dis. - Toshkent, 2024 7. Xudayberganova D.S. O‘zbek tilidagi badiiy matnlarning antropotsentrik talqini: Filol. fan. dok-ri diss. avtoref. – Toshkent, 2023 8. Husanov A. Nazvaniye bolezney i ix simptomov v uzbekskom yazike: Dis. kand.fil.nauk. – Tashkent, 1982Sobirov A. О 'zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. Filologiya fanlari doktori dissertasiyasi. – Toshkent, 2022.