BO'LAJAK INFORMATIKA O'QITUVCHILARINI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIGA TADBIQ QILISH
Full text
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 190 BO’LAJAK INFORMATIKA O’QITUVCHILARINI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIGA TADBIQ QILISH Axmedov Shavkatbek Baltaboyevich Matematika va informatika kafedrasi katta o’qituvchisi Maripova Marjona Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 2-bosqich 201-guruh talabasi [email protected]om https://doi.org/10.5281/zenodo.18002039 Annotatsiya: Ushbu maqolada bo’lajak informatika o’qituvchilarini tayyorlash jarayonida axborot texnologiyalarini fanlarga samarali tadbiq etish masalalari yoritiladi.Ta’lim jarayonida zamonaviy raqamli vositalardan o’quvchilarning bilim olish faolligini oshirish, darslarning samaradorligini ta’minlash va pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.Shuningdek, bo’lajak o’qituvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan ongli va maqsadli foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishning ahamiyatini asoslab beradi. Kalit so’zlar: Axborot texnologiyalari, ta’lim, raqamli texnologiyalar, axborot, axboro kommunikatsiya, texnologi, elektron, Annotation: This article discusses the issues of effective application of information technologies in subjects in the process of training future computer science teachers. It is substantiated that modern digital tools in the educational process serve to increase the activity of students in acquiring knowledge, ensure the effectiveness of lessons, and develop pedagogical competencies. It also substantiates the importance of forming skills in the conscious and purposeful use of information and communication technologies in future teachers. Keywords: Information technologies, education, digital technologies, information, information communication, technologist, electronic Абстрактный: В данной статье рассматриваются вопросы эффективного применения информационных технологий в предметах процесса подготовки будущих учителей информатики. Обосновывается, что современные цифровые инструменты в образовательном процессе способствуют повышению активности учащихся в усвоении знаний, обеспечивают эффективность уроков и развивают педагогические компетенции. Также обосновывается важность формирования у будущих учителей навыков осознанного и целенаправленного использования информационнокоммуникационных технологий. Ключевые слова: Информационные технологии, образование, цифровые технологии, информация, информационнокоммуникационные технологии, технолог, электроника, Bugungi kunda ta’lim tizimida axborot texnologiyalarining o’rni beqiyos bo’lib, ularni o’quv jarayonlariga samarali tatbiq etish zamon talabi hisblanadi. Shuni takidlash lozimki, bo’lajak informatika o’qituvchilarini tayyorlash jarayonida axborot texnologiyalarida to’g’ri va maqsadli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki informatika o’qituvchisi nafaqat o’z fanini, balki boshqa fanlarga ham axborot texnologiyalarini integratsiya qila oladigan yetuk mutaxassis bo’lishi lozim. Axborot texnologiyalarini fanlarga tadbiq etish orqali dars
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 191 jarayonining samaradorligi oshadi, o’quvchilarning nustaqil fikrlashi va ijodiy yondashuvi rivojlanadi. Multimedia vositalari, electron darsliklar, virtual labarotoriya va interaktiv platformalardan foydalanish o’quv materiallarini yanada tushunarli va qiziqarli tasgkil etish imkonini beradi. Bu esa o’quvcilarning bilimlarini chuqurroq o’zlashtirishga xizmat qiladi. Bo’lajak informatika o’qituvchilarini tayyorlashda ularning axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bo’yicha kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Oliy ta’lim muassasalarda nazariy bilimlar bilan bir qatrda amaliy mashg’ulotlarga alohida e’tibor qaratilishi, zamonaviy dasturiy vositalar bilan ishlash ko’nikmalari rivojlantirlishi zarur. Bu kelajakda o’qituvchilarning dars jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etishiga yordam beradi. Ta’lim muassasalarida (AKT) ning ro’li shundan iboratki, u ta’lim jarayonidao’qitish va o’rganishni samarali qilish uchun muhim vositadir. Ular yordamida o’quv jarayoni interaktiv, indevedual va innovatsion shaklda olib boriladi. O’qituvchilarni tayyorlash dasturida AKT bo’yicha trening modullarini kiritish ularning pedagogik faoliyatida texnologik vositalarni samarali qo’llash kompetensiyasini shakllantiradi. Bu nafaqat nazariy bilimni, balki amaliy ko’nikmani ham shakllantirish imkoniga egadir. 1 Kasbiy kompetensiya-bu o‘qituvchining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va pedagogik tajribasining uyg‘unligidir. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida axborot texnologiyalari bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi 2 : zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish; elektron o‘quv resurslarini yaratish va ulardan foydalanish; ta’lim jarayonida interaktiv metodlarni qo‘llash; o‘quvchilarning axborot bilan ishlash madaniyatini shakllantirish. Oliy ta’lim muassasalarida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratilishi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshiradi. Axborot texnologiyalarini fanlarga tatbiq etishda didaktik tamoyillarga amal qilish muhimdir. Texnologiyalar darsning maqsadiga mos holda tanlanishi va qo‘llanilishi lozim. 3 Masalan, multimediali vositalar murakkab mavzularni vizual tarzda tushuntirishga xizmat qilsa, onlayn platformalar o‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlaydi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida AKTdan foydalanishga yo‘naltirilgan maxsus metodikalar ishlab chiqilishi va ularni amaliyotda sinovdan o‘tkazish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ta’limiy kompetentsiyalar tayanch (umumiy) va maxsus(fangaoid) kompetentsiyalarga bo’linadi.Tayanch kompetentsiyalar kommunikativ kompetentsiya, axborot bilan ishlash kompetentsiyasi, shaxs sifatida o’z-o’zin irivojlantirish kompetentsiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi, umummadaniy kompetentsiyalar, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetentsiyasi kabilardan tashkil topadi. Kommunikativ kompetentsiyaning asosiy mazmuni jamiyatda o’zaro muloqotga kirishish uchun onatili va biror xorijiy tilni mukammal o’zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish,o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarl ibayon qila olish, 1 Bo’lajak informatika o’qituvchilarini pedagogik tayyorlash modeli 2 Unesco. ICT in teacher Education: Policy, Open Educational Resources and Partnership.-Paris,2011 3 Po’lat,E.S”Pedagogik texnologiyalar va ta’limda AKT”. Moskva 2018
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 192 mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish va javob berish, ijtimoiy moslashuvchanlik ,o’zaro muloqotda muomala madaniyatig aamal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlayolish, muloqotd asuhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish, turli ziddiyatli vaziyatlarda o’z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur bo’lgan qarorlarni qabul qila olish kabilardan iborat. 4 Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi mavjud axborot manbalari internet materiallari, televizor, radio, audio-video yozuvlar, telefon, kompyuter, elektron pochta va boshqalardan foydalana olish, multimedia vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qaytaishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish,ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish, kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish masalan, tabriknomalar yoza olish, anketalarni to’ldirish, mehmonxona ro’yxatida o’zi to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi va boshqalarda o’z aksini topadi. Axborotlarni elektron vositalarda yig’ish kompetentsiyasining mazmuni Informatika fanining asosiy tushunchasi bo’lgan axborot tushunchasini bilish, axborotolish, axborotberish, axborotturlarini bilish, axborot manbalarin ibilish, axborotlarni saralash, axborotni tasvirlash, axborotni kodlash, axborotli modellashtirish, axborotni qayta ishlash vositalari, ta’limiy axborot resurslari, Internet, Internetdan ma’lumotlarni olish usullari, axborot bilan ishlashda odob-axloq qoidalari, multimedia texnologiyalari, hujjatyaratish, elektron pochta orqali muloqot qila olish va kompyuter viruslaridan axborotni himoya eta olish layoqatini hosil qilish kabilardan iborat. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentlilik insonlar uchun muhim kompetentsiya hisoblanib, ukompyuter, telekommunikatsiya vositalari va Internet imkoniyatlaridan foydalangan holda turli muammo va masalalarni hal etishda namoyon bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida axborot texnologiyalarini fanlarga tatbiq etish muhim pedagogik vazifa hisoblanadi. Zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga, dars jarayonining samaradorligini oshirishga va ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bois oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlashda axborot texnologiyalarini keng joriy etish va ularni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish dolzarb ahamiyatga ega. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. UNESCO. ICT in Teacher Education: Policy, Open Educational Resources and Partnership. – Paris, 2011. 2. Polat, E.S. Pedagogik texnologiyalar va ta’limda AKT. – Moskva, 2018. 3. Tojiev M. va boshq.Ta’lim jarayonida zamonaviy axboro ttexnologiyalari.-T.:2001.-148 b. 4. Bo’lajak informatika o’qituvchilarini pedagogik tayyorlash modeli. 5. Roblyer, M. D. Integrating Educational Technology into Teaching. – Pearson Education, 2015. 4 Tojiev M. va boshq.Ta’lim jarayonida zamonaviy axboro ttexnologiyalari.-T.:2001.-148b
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 193