IQLIM O'ZGARISHI YOSHLARNING PSIXOLOGIK SALOMATLIGIGA TA'SIRI VA UNI YENGILLASHTIRISHGA QARATILGAN PSIXOLOGIK USULLAR TIZIMI
Abstract
Mazkur maqolada iqlim (ekologik) o‘zgarishining yoshlar ruhiy salomatligiga ta’siri va uni yengillashtirishga qaratilgan psixologik usullar tizimi yoritilgan. Tadqiqotda ekologik omillar (issiq havo, qurg‘oqchilik, havoning ifloslanishi) yoshlar orasida xavotir, tushkunlik va kelajakdan qo‘rqish hissini kuchaytirishi qayd etilgan. Ushbu salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida eko-psixologik treninglar, kognitiv-behavioral terapiya elementlari, shuningdek, yoshlarni ekologik ijtimoiy loyihalarga jalb etish muhim omil sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Full text
Dekabr, 2025-Yil 173 IQLIM O'ZGARISHI YOSHLARNING PSIXOLOGIK SALOMATLIGIGA TA'SIRI VA UNI YENGILLASHTIRISHGA QARATILGAN PSIXOLOGIK USULLAR TIZIMI Isroilova Ra'no O'zMU ning Psixologiya yo'nalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18002772 Annotatsiya. Mazkur maqolada iqlim (ekologik) o‘zgarishining yoshlar ruhiy salomatligiga ta’siri va uni yengillashtirishga qaratilgan psixologik usullar tizimi yoritilgan. Tadqiqotda ekologik omillar (issiq havo, qurg‘oqchilik, havoning ifloslanishi) yoshlar orasida xavotir, tushkunlik va kelajakdan qo‘rqish hissini kuchaytirishi qayd etilgan. Ushbu salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida eko-psixologik treninglar, kognitiv-behavioral terapiya elementlari, shuningdek, yoshlarni ekologik ijtimoiy loyihalarga jalb etish muhim omil sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Kalit so‘zlar: Iqlim o‘zgarishi, yoshlar psixologik salomatligi, stress, xavotir, ekopsixologik trening, kognitiv-behavioral terapiya, ijtimoiy faollik. ВЛИЯНИЕ ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА НА ПСИХИЧЕСКОЕ ЗДОРОВЬЕ МОЛОДЕЖИ И СИСТЕМА ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ МЕТОДОВ, НАПРАВЛЕННЫХ НА ЕГО ОБЛЕГЧЕНИЕ Аннотация. В статье рассматривается влияние климатических (экологических) изменений на психическое здоровье молодежи и психологические методы снижения тревожности. Отмечается, что экологические факторы (жаркая погода, засуха, загрязнение воздуха) усиливают чувство тревоги, депрессии и страха перед будущим у молодежи. Для преодоления данных проблем предлагаются эко-психологические тренинги, элементы когнитивно-поведенческой терапии, а также вовлечение молодежи в экологические социальные проекты. Ключевые слова: изменение климата, психическое здоровье молодежи, стресс, тревожность, эко-психологические тренинги, когнитивно-поведенческая терапия, социальная активность. THE IMPACT OF CLIMATE CHANGE ON YOUTH MENTAL HEALTH AND A SYSTEM OF PSYCHOLOGICAL METHODS AIMED AT ALLEVIATING IT Annotation. This article explores the impact of climate (environmental) change on youth mental health and psychological methods to reduce anxiety. The study emphasizes that ecological factors (heat waves, drought air pollution) intensify feelings of anxiety, depression, and fear of the future among young people. To mitigate these effects, eco-psychological trainings, cognitivebehavioral therapy elements, and youth involvement in environmental social projects are proposed. Key words: climate change, youth mental health, stress, anxiety, eco-psychological training, cognitive-behavioral therapy, social engagement. So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi global miqyosda eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Issiq havo, qurg‘oqchilik, havoning ifloslanishi nafaqat jismoniy sog‘liq, balki yoshlarning psixologik salomatligiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
Dekabr, 2025-Yil 174 Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, ekologik inqirozlar yoshlar orasida xavotir, tushkunlik, kelajakdan umidsizlik kabi hissiyotlarni kuchaytirib, ularning o‘qishdagi samaradorligi, ijtimoiy faolligi va sog‘lom turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Olim Britt Wray - psixologik ta’sirlar va jamoaviy moslashuv ustida ishlagan. Wray yaratgan ishlar, qo’llagan metodikalar asosan G‘arb jamiyatlarida (AQSh, Kanada, Yevropa) o‘tkazilgan bo‘lsa, shunga o’xshash yokida aynan u iqlim o’zgarishi natijasida insonlarda paydo bo’layotgan psixologik muommolarga qarshi qo’llagan metodikalarini o’zimizning madaniy kontekstlarga O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyo hududidagi yoshlarga tadbiq etish orqali yoshlarning psixologik salomatligini yengillashtirish bir muncha yaxshilanishi mumkin. Bu kabi muommolarni yechishda quyidagi usullarni qo’lashimiz maqsadga muvofiq. Birinchi navbatda eko-psixologik treninglar – bu treninglar asosan yashil maydonlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar, meditatsiyalar bo’lib, tabiat bilan muloqot qilish orqali stressni kamaytirishga hissa qo’shadi. Keyingisi kognitiv-behavioral terapiya (CBT) – terapiyaning asl maqsadi yoshlarning salbiy fikrlarini aniqlash, ularni ijobiy fikrlashga yo‘naltirish va iqlimga oid xavotirni boshqarishni o‘rgatish bo’lib, bu orqali biz insonlardagi eko xavotirni ijobiy qarashlarga bir muncha o’zgartirishga harakar qilsak bo’ladi. Bilamizki insonlarning tabiat uchun qilingan barcha harakatlari: daraxt ekish, chiqindi yig‘ish, ekologik kampaniyalarda qatnashishi, ijtimoiy loyihalarda ishtirok etishi bularning barcha o‘zlarini o‘zgartirish ysrstuvchisi sifatida his qilidiradiga bu esa yoshlarning psixologik salomatligini yengillashtirishni mumkin. Yuqoridagi harakatlarni qo'llashda metodikalardan ham foydalansa bo'ladi. Bularga: So‘rovnoma – yoshlar orasida iqlim o‘zgarishiga oid xavotir darajasini aniqlash. Eksperiment – psixologik mashg‘ulotlardan oldin va keyin stress darajasini solishtirish orqali usullar samaradorligini baholash. Kognitiv-behavioral tajribalar va yondashuvlarlarga kelsak ba’zi psixologlar yoshlar orasida eko-anxiety (ya’ni iqlim o‘zgarishi tufayli kelajakdan qo‘rqish, umidsizlik, stress) ni o‘rganib, unga kognitiv qayta tuzish mashqlari qo‘llashgan. Misol: talabalarga “havoning ifloslanishi meni butunlay zaiflashtiradi” degan salbiy fikrni aniqlash topshirilgan, so‘ng “men kichik hissa qo‘shsam ham, muhitni yaxshilashga yordam bera olaman” kabi ijobiy variantlar ishlab chiqilgan. Natijada xavotir darajasi kamaygan. Masalan CBT asosidagi guruh treninglarida esa guruh shaklida meditatsiya, nafas mashqlari, va salbiy fikrlarni qayta ko‘rib chiqish mashqlari qo‘llangan. Eksperimentlarda ko‘rilgan: mashg‘ulotdan oldin va keyin o‘lchangan stress darajalari sezilarli darajada pasaygan. Ba’zi tadqiqotlarda faqat psixologik mashqlar emas, balki ekologik faoliyat (daraxt ekish, chiqindi yig‘ish) bilan birga olib borilgan. Bu jarayonda yoshlar “faoliyat orqali nazorat hissini tiklash” imkonini topishgan. So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi tufayli kelajakdan xavotirlanadigan yoshlar uchun onlayn psixologik trening platformalari yaratilgan. Ularda salbiy avtomatik fikrlarni aniqlash, ongli ravishda ularni qayta tahlil qilish, oddiy “stress jurnalini yuritish” mashqlari qo‘llangan. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham iqlim o‘zgarishi va stress, xavotir o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha ayrim tadqiqotlar olib borilgan.
Dekabr, 2025-Yil 175 Iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan stressning yoshlarning diqqat jarayonlari va psixik barqarorligiga ta’siri tahlil qilingan. Ekologik beqarorlik tashqi stress omili sifatida xavotirni kuchaytirishini, bu esa ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini ilmiy asoslab bergan. Ushbu maqolada stressni kamaytirish usullari sifatida mindfulness, tabiiy muhitdan foydalanish va kognitiv mashqlar keltirilgan bo‘lib, ular kognitiv-behavioral yondashuv elementlariga mos keladi. Talabalarda stressga bardoshlilikni oshirishning psixologik mexanizmlari o‘rganishda esa stressni kamaytirishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, relaksatsiya texnikalari, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish muhim. Ushbu yondashuv bevosita iqlim stressiga qaratilmagan bo‘lsa-da, umumiy psixologik yordam mexanizmlarini tushuntirish orqali u muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Iqlim stressi, ruhiy salomatlik va uni yengillashtirish yo‘llari bo‘yicha qator tadqiqotlar mavjud. Ulardan biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqlim o‘zgarishi va psixologik oqibatlarni tahlil qilsa, ikkinchisi esa umumiy stressga bardoshlilikni oshirish masalalarini yoritadi. Ikkalasi ham yoshlar ruhiy salomatligini mustahkamlash va kognitivbehavioral yondashuvni mahalliy sharoitda qo‘llash imkoniyatini ko'rsatib beradi. Iqlim o‘zgarishi sharoitida yoshlarning psixologik salomatligi jiddiy xavf ostida qolmoqda. Psixologik yordamning samarali usullarini ishlab chiqish nafaqat individual sog‘lomlik, balki butun jamiyat barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Eko-psixologik treninglar, kognitiv-behavioral terapiya va ijtimoiy faollikni oshirish orqali yoshlarni kelajakdan umidvor, faol va ruhiy jihatdan barqaror shaxs sifatida shakllantirish va ekologik muommolarni to’g’irlash mumkin. 1 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Babajanov M. va Amongaldiyeva I. “Iqlim stressining diqqat va psixik reaktivlikka integrativ ta’siri” Urganch, 2025, 22–32-betlar 2. Abduraximova Sh. “Stressga bardoshlilikni shakllantirishda ijtimoiy-psixologik yordamning ahamiyati” Andijon, “IQRO” jurnali, 2025, 01-son, 127–131-bet 3. Marks, Elizabeth & Hudson, Kelsey. Cognitive Behavioral Principles for Conceptualizing Young People’s Eco-Emotions and Eco-Distress. In: Clayton, Susan & Manning, Christie (eds.) Climate Change and Youth Mental Health. Cambridge. 2024, 105–123 bet 4. Manassis, Katharina. Kognitiv behavioral bolalar bilan terapiya New York: Routledge, 2016. – 214 bet 5. Friedberg, Robert D., Brad J., Anusha, Trafalis, Sandra. Yoshlarda kognitiv behaviaral terapiya: Cham: Springer, 2020. 412 bet 1 Ziyoda Abidova Доктор философии по психологическим наукам, доцент, Национальный университет Узбекистана Verified email at nuu.uz социальная психология доказательная психология