scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PARODIYA VA PASTISH TUSHUNCHALARINING ADABIY NAZARIYASI

Bafoyeva Roxila Valijonovna; Qurbonboyeva Moxinur

Abstract

Ushbu tezis parodiya va pastish tushunchalarining nazariy asoslari, ularning shakllanish jarayoni hamda adabiy jarayondagi funksional ahamiyatini tahlil qilishga bag’ishlangan. Tadqiqot parodiya va pastish hodisalari zamonaviy adabiyotshunoslikning muhim kategoriyalari sifatida ko‘rib chiqib, ularning matnlararo munosabatlar tizimidagi o‘rni yoritadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida parodiyaning tanqidiy va dialogik xususiyatlari, pastishning esa estetik va madaniy xotirani saqlashga qaratilgan jihatlari aniqlandi.

Full text

Dekabr, 2025-Yil 186 PARODIYA VA PASTISH TUSHUNCHALARINING ADABIY NAZARIYASI Bafoyeva Roxila Valijonovna Ilmiy rahbar. Osiyo xalqaro universiteti “Xorijiy til va ijtimoiy fanlar” kafedrasi assistent o‘qituvchisi. Qurbonboyeva Moxinur Izlanuvchi. Osiyo xalqaro universiteti 1-bosqich magistratura talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18002856 Annotatsiya. Ushbu tezis parodiya va pastish tushunchalarining nazariy asoslari, ularning shakllanish jarayoni hamda adabiy jarayondagi funksional ahamiyatini tahlil qilishga bag’ishlangan. Tadqiqot parodiya va pastish hodisalari zamonaviy adabiyotshunoslikning muhim kategoriyalari sifatida ko‘rib chiqib, ularning matnlararo munosabatlar tizimidagi o‘rni yoritadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida parodiyaning tanqidiy va dialogik xususiyatlari, pastishning esa estetik va madaniy xotirani saqlashga qaratilgan jihatlari aniqlandi. Kalit so‘zlar: parodiya, pastish, adabiy nazariya, matnlararo munosabat, ikki ovozli nutq, tanqidiy farq, postmodernizm, dialogik, estetik strategiya. Kirish. Zamonaviy adabiyotshunoslik va madaniyatshunoslikda parodiya va pastish tushunchalari badiiy matnlarning tarixiy rivoji, estetik tafakkuri hamda madaniy xotira bilan uzviy bog‘liqligini anglashda muhim nazariy kategoriya sifatida qaraladi. Ushbu tushunchalar adabiyotning o‘z-o‘zini refleksiya qilishi, ya’ni mavjud an’analar, janrlar va uslublar bilan qayta muloqotga kirishish jarayonini ifodalaydi. Parodiya va pastish orqali mualliflik pozitsiyasi, intertekstual aloqalar, estetik davomiylik va yangilanish muammolari ochib beriladi. Mazkur tezisning asosiy maqsadi parodiya va pastish tushunchalarining nazariy mazmunini keng ko’lamda yoritish, ularning tarixiy shakllanish jarayonini tahlil qilish hamda adabiy jarayondagi vazifa va mafkuraviy farqlarini yetakchi adabiyotshunos olimlar qarashlari asosida ilmiy jihatdan asoslab berishdan iborat. Asosiy qism. Parodiya va pastish ko‘pincha taqlidga asoslangan hodisalar sifatida umumlashtiriladi, biroq ularning mohiyati va vazifalari bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi. Parodiya adabiy matnning avvalgi shakllar bilan tanqidiy muloqotga kirishish usuli bo‘lib, kinoya va baholash orqali yuzaga kelgan nutq faoliyatini qayta talqin qiladi. Ushbu jarayonda muallif va manba matn o‘rtasida tanqidiy masofa vujudga keladi. M. Baxtinning dialogizm nazariyasiga ko‘ra, parodiya ikki ovozli nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Bunda parodiya qilinayotgan matn bilan yangi matn o‘rtasida dialogik munosabat yuzaga kelib, natijada yangi semantik qatlamlar shakllanadi. Linda Hutcheon tomonidan ilgari surilgan “tanqidiy farq bilan takrorlash” nazariyasi parodiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Ushbu yondashuvga ko‘ra, parodiya manba matnni qayta ishlash orqali unga nisbatan baholovchi munosabatni ifodalaydi. Pastish esa tanqidiy yoki kinoyaviy maqsaddan xoli bo‘lgan uslubiy taqlid shakli hisoblanadi. F. Jeymsonning postmodernizm haqidagi nazariyalarida pastish tarixiy uslublarning neytral holatda qayta tiklanishi sifatida izohlanadi. Pastishda estetik shakl va uslubiy aniqlik asosiy o‘ringa chiqadi, mafkuraviy baholash ikkinchi o’ringa qo’yiladi. Dekabr, 2025-Yil 187 Zamonaviy tadqiqotlarda pastish madaniy xotirani saqlash va badiiy merosni davom ettirish vositasi sifatida baholanadi. U tarixiy uslublarni yangi matnda qayta namoyon etish orqali adabiy jarayonning uzviyligini ta’minlaydi. Shu bois pastish adabiyotda faol emas, balki muhim estetik strategiya sifatida qaraladi. Tarixiy rivojlanish jarayonida parodiya va pastish turli davrlarda turlicha funksiyalarni bajargan. Antik va o‘rta asr adabiyotida parodiya ijtimoiy va madaniy tanqid vositasi bo‘lgan bo‘lsa, uyg‘onish va ma’rifat davrlarida u intellektual tafakkur shakliga aylangan. Pastish esa asosan an’anaviy shakllarni saqlash va qayta tiklash vazifasini bajargan. Postmodern adabiyotda parodiya va pastish o‘rtasidagi chegaralar nisbiylashib, ular ko‘pincha bir matn doirasida uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi. Bu holat zamonaviy adabiyotning matnlararo bog’liqlikni va birlashtirish xususiyatini ko‘rsatadi. Xulosa. Tadqiqot natijasida parodiya va pastish adabiy jarayonni tushunishda muhim nazariy kategoriyalar ekanligi aniqlandi. Parodiya tanqidiy va dialogik yo‘nalishga ega bo‘lib, mavjud adabiy va mafkuraviy modellarni qayta ko‘rib chiqishga xizmat qiladi. Pastish esa estetik shakllarni saqlash, madaniy xotirani mustahkamlash va badiiy an’analarning davomiyligini ta’minlashga qaratilgan. Xulosa qilib aytganda, parodiya va pastish badiiy matnning tarixiy an’ana bilan munosabatini, estetik transformatsiyalarni va intertekstual aloqalarni tahlil qilishda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Ushbu tushunchalarni chuqur o‘rganish zamonaviy, xususan postmodern adabiyotdagi uslubiy va semantik jarayonlarni yanada aniqroq talqin qilish imkonini beradi. Adabiyotlar ro’yxati: 1. Bakhtin, M. M. The dialogic imagination: Four essays (M. Holquist, Ed.; C. Emerson & M. Holquist, Trans.). University of Texas Press, 1981. – 480 p. 2. Linda Hutcheon, A Theory of Parody: The Teachings of Twintieth-Century Art Forms. New York et Londres, Methuen, 1985. – 143 p. 3. Jameson, Fredric. Postmodernism, or, The Cultural Logic of Late Capitalism. Durham, NC: Duke University Press, 1991. – 314 p. 4. Dentith, S. Parody: The New Critical Idiom. New York: Routledge, 2002.- 224 p. 5. Hoesterey, I. Pastiche: Cultural Memory in Art, Film, Literature., 2001.- 138 p.