O`ZBEK VA INGLIZ MAQOLLARINING TARIHIY QADRIYATI VA UNING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada o`zbek va ingliz tilidagi maqollarning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr mulohaza va millatlararo tarbiyaning o`xshashlik va farqli jihatlari ko`rib chiqiladi. Hayotiy tajriba umummilliyligi natijasida o`zbek va ingliz maqollarida mazmun jihatdan yaqin bo`lgan birliklar mavjudligi haqida gapiriladi.
Full text
Dekabr, 2025-Yil 188 O`ZBEK VA INGLIZ MAQOLLARINING TARIHIY QADRIYATI VA UNING AHAMIYATI Bafoyeva Roxila Valijonovna Ilmiy rahbar. Osiyo xalqaro universiteti “Xorijiy til va ijtimoiy fanlar” kafedrasi assistent o‘qituvchisi. Masharipova Malohat Davlatboyevna Izlanuvchi. Osiyo xalqaro universiteti 1-bosqich magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.18002875 Annotatsiya. Ushbu maqolada o`zbek va ingliz tilidagi maqollarning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr mulohaza va millatlararo tarbiyaning o`xshashlik va farqli jihatlari ko`rib chiqiladi. Hayotiy tajriba umummilliyligi natijasida o`zbek va ingliz maqollarida mazmun jihatdan yaqin bo`lgan birliklar mavjudligi haqida gapiriladi. Kalit so'zlar: maqollar, lingvomadaniy tadqiqotlar, o'zbek maqollari, ingliz maqollari, xalq donoligi, madaniy qadriyatlar, qiyosiy tilshunoslik, xalq og`zaki ijodi. Kirish. Xalq yaratgan ma’naviy madaniyatning yaxlit bir butunligi bu albatta o‘sha xalqning maqollari hisoblanadi. Maqol bu xalq og`zaki ijodi janri. Maqollarda avlod ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg`ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Ingliz va o‘zbek xalq maqollari ham ana shunday ming yillar ichida yig‘ilib, sayqal topgan ilmiy-badiiy tafakkur hosilasi sifatida yuzaga kelgan, xalq orasida aytilib, puxtalanib, avloddan avlodga eng yaxshi ma’naviy meroslardan biri bo‘lib o‘tib keladi. O‘tmishda yaratilib va ishlatilib kelinayotgan eng yaxshi maqollar, xalq donishmandlarining namunasi sifatida, hozir ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bunday maqollar va hikmatli so‘zlar har bir xalqning ma’naviy boyligining qimmatbaho xazinasini tashkil etadi Asosiy qism. Alisher Navoyi, Bobur, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Lutfiy kabi shoir va yozuvchilar xalqqa tushinilishi oson bo‘lsin deb xalq ijodidan samarali foydalanganlar. yozuvchi M.Gorkiy ham maqollarga yuksak baho berib: “Eng ulug‘ donolik so‘zning soddaligadadir. Maqollar va qo‘shiqlar har vaqt qisqa bo‘ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo‘ladi” degan edi. Maqollarni chuqurroq tahlil etish va ularning turli tillardagi milliy-ma’daniy hamda umumbashariy qadriyatlarini aks etishi orqali o‘rganish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammosi bo‘lib kelmoqda. Qiyoslab o‘rganadigan bo‘lsak, dunyodagi barcha tillar o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin va aynan shu fenomen turli tillarni bir-biridan ajratadi. Lekin shu narsa ma’lumki, til o‘rganuvchilar o‘ziga begona bo‘lgan tilni ona tili va shu til o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik asosida o‘zlashtiradi. Bu tillar ma’lum bir kategoriyalar ostida birlashadi. Bu kategoriyalarda grammatik kategoriyalar, leksik-semantik kategoriyalar, funksiyanal kategoriyalarga o‘xshagan insoniy belgilar kiradi. Demak, umumlashtiruvchi kategoriyalar tillardagi universallikni ta’minlaydi. shu asnoda, maqollar har bir tilda uchraydigan o‘ziga xos til birligi ekan, ularda ham umumiylik mavjud. shu haqda G. L. Permiakov quyidagicha fikr yuritadi: holatlarni umumiylashtirish xususiyati ya’ni bir xil yoki o‘xshash holatlarni birlashtirish turli xalqlar maqollarida uchraydi. Maqollardagi shu bir xillik universallikni ta’minlaydi va ko‘p holatlarda alohida mantiqiy ma’noga ega bo‘ladilar.
Dekabr, 2025-Yil 189 Bundan kelib chiqadiki, maqol dunyosi jahon sivilizatsiyasi bilan bog‘liqdir, uni faqat bir millatga tegishli deyish mutlaqo noto‘g‘ri. Maqollardagi universallik paremiologiyaning asosiy qirrasi bolib, u maqollardagi o‘xshash va bir xil xolatlarni umumlashtiradi va hatto qarindosh bo‘lmagan tillarda, ularning tarixiga, etnosiga qaramay uchraydi1. Shuni aytib o‘tish kerakki, ko‘plab maqollarning har xil tillardagi shakllarida ham shaklan, ham ma’no jihatdan yoki umumiy bajarayotgan funksiyalaridan o‘xshashlik topsa bo‘ladi. O‘zbek tilidagi ayrim maqollar ingliz maqollariga funksional jihatdan mos keladi. Masalan, First think, then speak maqolini o‘zbek tilidagi muqobil varianti Avval o‘yla - keyin so‘yla maqoliga to‘g‘ri keladi, chunki bu maqol har ikkala tilda aynan bir xil ma’noga ega hamda uning grammatik tizimi ham ancha yaqin. Shu bilan birga, ma’lum bir tildan ikkinchi tilga berilgan o‘girishlarda maqollarning aynan o‘xshashini topish qiyin bo‘ladi. Shunda izohlarga yoki ikkinchi bir variantga murojaat qilinadi. O‘zbek tilidagi maqollarning ingliz tilida yoki ingliz tilidagi maqollarning o‘zbek tilidagi muqobil variantini topish ancha mushkul, bu borada maqollarga o‘rni kelganda izoh berib o‘tish tarjimaga putur yetkazmaydi balki uni to‘ldiradi va boyitadi. Xulosa. O‘zbek va ingliz maqollari har ikki xalqning tarixiy tajribasi, dunyoqarashi va madaniy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan muhim og‘zaki meros hisoblanadi. Maqollar asrlar davomida shakllanib, jamiyatning ijtimoiy tuzumi, mehnat faoliyati, axloqiy me’yorlari va hayotiy tajribalarini avloddan avlodga yetkazib kelgan. Ular xalq tarixining yozma manbalarda aks etmagan jihatlarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek maqollari ko‘proq jamoaviylik, mehnatsevarlik, sabr-toqat va oilaviy qadriyatlarga urg‘u bersa, ingliz maqollarida individual mas’uliyat, vaqt qadri va amaliy tafakkur yetakchi o‘rin tutadi. Shunga qaramay, har ikki tilda ham halollik, donolik va hayotiy tajribaga asoslangan o‘xshash g‘oyalar mavjud bo‘lib, bu insoniyat uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlarning tarixiy davomiyligini ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek va ingliz maqollari nafaqat til boyligini, balki xalq tarixini, mentalitetini va madaniy rivojlanishini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Ularni qiyosiy o‘rganish xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni chuqurroq anglashga va tarixiy merosni asrab-avaylashga xizmat qiladi. Adabiyotlar ro'yxati 1. O`zbek xalq maqollari.T.Mirziyoyev,A.Musaqulov.Toshkent 2. Norrick N.R. How Proverbs Mean: Semantic Studies in English Proverbs. – Berlin: Mouton, 1985. – 235 p. 3. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press, 1980. – 242 p. 4. Honeck R.P. A Proverb in Mind: The Cognitive Science of Proverbial Wit and Wisdom. – Mahwah: Lawrence Erlbaum Associates, 1997. – 341 p. 5. Grzybek P. Foundations of Semiotic Proverb Study // Proverbium.- 1987. – Vol. 4. – P. 39-85. 6. Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh. O'zbek xalq maqollari. – Toshkent: O'qituvchi, 1990. – 456 b. 7. Simpson J., Roud S. A Dictionary of English Folklore. – Oxford: Oxford University Press, 2000. – 411 p