BADIIY ADABIYOTDA IDENTITET INQIROZI VA O'ZLIKNI ANGLASH JARAYONI
Abstract
Ushbu maqola badiiy adabiyotda o’zlikni anglash jarayoni va identitet inqirozining badiiy-falsafiy talqinini tahlil qilishga bag’ishlanadi. Maqolada shaxsiy identitetning shakllanishi, ijtimoiy-madaniy sharoitlar ta’sirida yuzaga kelayotgan muammolar, ichki ziddiyatlar va o’zini qayta anglash jarayonida yuzaga keladigan holatlar o’rganilib chiqiladi. Ushbu ish adabiyotshunoslikda identitet muammosini chuqurroq anglashga xizmat qilib, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarining badiiy aksini ochib berishga qaratilgan.
Full text
Dekabr, 2025-Yil 190 BADIIY ADABIYOTDA IDENTITET INQIROZI VA O’ZLIKNI ANGLASH JARAYONI Bafoyeva Roxila Valijonovna Ilmiy rahbar. Osiyo xalqaro universiteti “Xorijiy til va ijtimoiy fanlar” kafedrasi assistenti o’qituvchisi. Normurodova Moxinur Murodovna Izlanuvchi. Osiyo xalqaro universiteti 1-bosqich magistratura talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18002893 Annotatsiya. Ushbu maqola badiiy adabiyotda o’zlikni anglash jarayoni va identitet inqirozining badiiy-falsafiy talqinini tahlil qilishga bag’ishlanadi. Maqolada shaxsiy identitetning shakllanishi, ijtimoiy-madaniy sharoitlar ta’sirida yuzaga kelayotgan muammolar, ichki ziddiyatlar va o’zini qayta anglash jarayonida yuzaga keladigan holatlar o’rganilib chiqiladi. Ushbu ish adabiyotshunoslikda identitet muammosini chuqurroq anglashga xizmat qilib, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarining badiiy aksini ochib berishga qaratilgan. Kalit so’zlar: o’zlikni anglash, identitet, identitet inqirozi, badiiy obraz, gumanitar, zamonaviy adabiyot, shaxsiy identitet, falsafiy talqin, subyektivlik, transfarmatsiya, migratsiya, globalizatsiya. Kirish. Hozirgi yangi davr adabiyotida shaxsiy identitet va o’zlikni anglash masalalari zamonaviy jamiyatning eng dolzarb gumanitar muammolaridan biri sifatida qaralib kelinmoqda. Hozirgi globalizatsiyalashgan davrda texnologik rivojlanishlar va ijtimoiy transformatsiyalar, migratsiya jarayonlari hisobiga inson o’zligini anglash, shaxsiy identitetni saqlash va shakllantirish kabi jarayonlar murakkablashgan. Shu sababdan ham insonning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari, ichki ziddiyatlar va o’zlikni anglashga yordam berguvchi badiiy adabiyot muhim omil sifatida sanalinib kelinmoqda. Ushbu mavzuning dolzarbligi shundan iboratki o’z ichiga adabiyotshunoslik balki psixologiya, sotsiologiya va madaniyatshunoslik kabi sohalarni ham o’z ichiga qamrab oladi va bu shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatni yana ham yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Asosiy qism. Badiiy adabiyotda identitet shaxsning ichki dunyosi, uning ichki kechinmalarini va jamiyat bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarini namoyon etuvchi vosita hisoblanadi. Asarlardagi matnlar orqali kitobxon qahramonlarning ichi his-tuyg’ulari, ichki ziddiyatlari va o’z o’zini anglash jarayonida duch keladigan qiyinchiliklarini vizual hamda simvolik tarzda kuzatib borishi mumkin. Hozirgi zamonaviy adabiyotda identitet tushunchasi nafaqat badiiy asarlar va adabiyot orqali balkim psixologik, sotsiologik va falsafiy kontekstlarda ham o’rganilsa bo’ladi. Bunga yaqqol misol tariqasida Erik Eriksonning rivojlanish nazariyasi shaxsiy identitetning shakllanishi va inqirozga uchrashi jarayonini tushuntirishda muhim rol tutganini aytib o’tsak bo’ladi. Bundan tashqari Albert Kamyuning “Begona” (The Stranger) romanida esa Merso obrazi orqali identitet inqirozi ijtimoiy me’yorlarga befarqlik va hissiy sovuqqonlik shaklida namoyon bo‘ladi.
Dekabr, 2025-Yil 191 Mersoning jamiyat qadriyatlariga moslashmasligi uni “begona”ga aylantiradi va natijada u o‘z mavjudligini sud jarayoni orqali anglashga majbur bo‘ladi. Bu holat shaxsning o‘zligini anglash jarayonining keskin va fojeaviy shaklini ifodalaydi. Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romanida Raskolnikov obrazi identitet inqirozi va o‘zlikni anglashning murakkab psixologik jarayonini aks ettiradi. Qahramon o‘zini “oddiy inson” va “alohida shaxs” o‘rtasida ko‘rishi uning ichki ziddiyatiga sabab bo‘ladi. Jinoyatdan keyingi ruhiy azob va pushaymonlik orqali Raskolnikov o‘zligini qayta anglaydi va axloqiy poklanishga intiladi. O‘zbek adabiyotida ham identitet va o‘zlik masalalari muhim o‘rin tutadi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida Otabek obrazi an’anaviy qadriyatlar va yangilanayotgan ijtimoiy qarashlar o‘rtasida qolgan shaxs sifatida tasvirlanadi. Uning ichki ikkilanishlari milliy va shaxsiy identitet inqirozining badiiy ifodasi hisoblanadi. Otabekning adolat va yangilikka intilishi o‘zlikni anglash jarayonining Xulosa. Xulosa qilib shuni aytsa bo’ladiki, badiiy asarlar shaxsiy identitetning shakllanishi, inqirozga uchrashi va qayta anglanishi jarayonlarini estetik hamda psixologik kontekstda yorituvchi muhim manba hisoblanadi. Tahlil qilingan adabiy namunalar (F. Dostoyevskiy, A. Qodiriy asarlari) asosida shuni aytsa bo’ladiki identitet inqirozi qahramonlarning begonalashuvi, ichki ziddiyatlari, jamiyat me’yorlariga moslasha olmasligi va axloqiy tanlovlari orqali namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘zlikni anglash jarayoni ko‘pincha ruhiy azob, ichki kurash va hayotiy sinovlar orqali amalga oshadi hamda shaxsning ma’naviy yetilishi bilan yakun topadi. Adabiyotlar ro’yxati 1. Dostoyevskiy,F. Jinoyat va Jazo,1866 2. Erikson, E. Identity: Youth and Crisis.New York: W.W.Norton, 1968 3. Kamyun,A. The stranger, 1942 4. Kafka,F.The Trial.London: Penguin Classics, 2009 5. Qodiriy,A. O’tkan Kunlar, 1925