KIMYOVIY ELEMENTLARNING INSON ORGANIZMDAGI ROLI VA AHAMIYATI
Abstract
Mazkur ilmiy ishda kimyoviy elementlarning inson organizmidagi roli va ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Unda makro va mikroelementlarning fiziologik jarayonlardagi ishtiroki, ularning yetishmasligi yoki ortiqchaligining sog‘liq uchun oqibatlari, shuningdek, metabolizm va immun tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada kimyoviy elementlarning oziq-ovqat manbalari, ularni muvozanatli saqlash orqali sog‘lom turmush tarzini ta’minlash hamda profilaktik tibbiyotda ularning ahamiyatini oshirishga doir zamonaviy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.
Full text
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 299 DOI: https://10.5281/zenodo.18003111 KIMYOVIY ELEMENTLARNING INSON ORGANIZMDAGI ROLI VA AHAMIYATI Xalmuratova Dilnoza Baxrom qizi Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Chirchiq filiali Davolash ishi yo‘nalishi D2510 a guruh talabasi Saydullayev Abduhalim Abdusalim o‘g‘li Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Chirchiq filiali “Tibbiy-biologik kimyo” kafedrasi mudiri, PhD ANNOTATSIYA Mazkur ilmiy ishda kimyoviy elementlarning inson organizmidagi roli va ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Unda makro va mikroelementlarning fiziologik jarayonlardagi ishtiroki, ularning yetishmasligi yoki ortiqchaligining sog‘liq uchun oqibatlari, shuningdek, metabolizm va immun tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada kimyoviy elementlarning oziq-ovqat manbalari, ularni muvozanatli saqlash orqali sog‘lom turmush tarzini ta’minlash hamda profilaktik tibbiyotda ularning ahamiyatini oshirishga doir zamonaviy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘z: Kimyoviy elementlar, inson organizmi, sog‘liq, metabolizm, makroelementlar, mikroelementlar, oligobiogen, biologik muvozanat, oziqlanish, tibbiyot, profilaktika. Inson organizmi murakkab biologik tizim bo‘lib, uning tuzilishi va faoliyati kimyoviy elementlar ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Hayot uchun zarur bo‘lgan ushbu elementlar kimyoviy elementlar deb ataladi. Kimyoviy elementlar oqsillar,
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 300 yog‘lar, uglevodlar, nuklein kislotalar kabi organik birikmalarning asosini tashkil etadi va moddalar almashinuvi, energiya hosil bo‘lishi, fermentlar faoliyati kabi jarayonlarda bevosita ishtirok etadi. Ular hayotiy jarayonlarning asosiy ishtirokchilari bo‘lib, hujayralarning tuzilishi, moddalar almashinuvi, nerv va qon aylanish tizimlarining faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, kalsiy – suyak va tishlarning mustahkamligini ta’minlaydi, temir – qon tarkibidagi gemoglobinning asosiy qismi bo‘lib, kislorod tashishda ishtirok etadi, kaliy va natriy – yurak hamda mushak faoliyatini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Qoʻrgʻoshin - asab tizimini zararlaydi, gemoglobin sintezini toʻxtatadi. Bariy - asab-mushak impulslarini toʻxtatadi va undan zaharlanish mushak falaji, yurak toʻxtashi kabi kasalliklarni keltirib chiqarish mumkin. Surma - jigarni zararlaydi, qon hosil boʻlishini toʻxtatadi. Kumush - uning haddan ziyod organizmda koʻp toʻplanishi argiriya kasalligi ya’ni unda teri kulrang-koʻkimtir rangga kirib qolishi mumkin. Kumush biologik boʻyoq sifatida teri rangini oʻzgartiradi lekin sogʻlomlashtirmaydi. Alyuminiy - asab hujayralarida toʻplanadi va ularning nobut bo‘lishiga sabab boʻladi va xotira, kognitiv qobiliyatlarning bosqichma-bosqich pasayishi yani altsgeymer kasalligiga ham sabab bo‘ladi Agar organizmda muayyan element yetishmasa yoki ortiqcha bo‘lsa, bu sog‘liq muammolariga olib keladi. Masalan, temir yetishmasligi kamqonlikni keltirib chiqaradi, yod tanqisligi qalqonsimon bez kasalliklariga sabab bo‘ladi, rux va magniy yetishmasligi esa immun tizimini zaiflashtiradi. Shu bois inson to‘g‘ri va muvozanatli oziqlanish orqali kimyoviy elementlar balansini saqlab turishi zarur. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda kimyoviy elementlarning rolini anglash muhim. Ularni oziq-ovqat, suv va havodan to‘g‘ri miqdorda olish insonning umumiy salomatligini ta’minlaydi. Shuningdek, atrof-muhitning ifloslanishi natijasida og‘ir metallar va zaharli moddalar tanaga kirib, turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, kimyoviy xavfsizlikni ta’minlash, ekologik muhitni toza saqlash ham inson salomatligini asrashning muhim shartlaridan biridir.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 301 XULOSA Kimyoviy elementlar inson hayotining ajralmas qismidir. Ular organizmning barcha biologik jarayonlarida ishtirok etib, sog‘lom yashash, to‘g‘ri o‘sish va rivojlanish uchun zarur sharoit yaratadi. Har bir elementning o‘ziga xos vazifasi mavjud: biri suyak va mushaklarni mustahkamlaydi, boshqasi qon tarkibini yaxshilaydi yoki asab tizimini me’yorda ushlab turadi. Shu bois, inson o‘z organizmidagi elementlar muvozanatini saqlash uchun to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzini olib borish va ekologik muhit tozaligiga e’tibor berishi lozim. Kimyoviy elementlar balansining buzilishi sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Shu sababli, tibbiyotda, ekologiyada va oziq-ovqat xavfsizligida ushbu masalaga ilmiy yondashuv zarur. Inson sog‘lomligi – bu uning tanasidagi kimyoviy uyg‘unlik natijasidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Qodirov A., Rasulov M. Biokimyo asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018. 2. G‘ulomov S., Tursunov B. Inson fiziologiyasi va biokimyo. – Toshkent Fan, 2020. 3. Hasanov A. Tibbiy kimyo asoslari. – Toshkent: Innovatsiya, 2019. 4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 5. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) ma’lumotlari – www.who.int 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy sayti – www.ssv.uz