scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SANOAT TARAQQIYOTI VA STRUKTURAVIY O'ZGARISHLAR

Niyozmetov Doniyor

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida sanoat tarmog‘ining 2019–2024 yillardagi rivojlanish tendensiyalari rasmiy statistik ma’lumotlar asosida ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot Statistika agentligining “Industry-2” bo‘limida e’lon qilingan sanoat mahsulotlari hajmi, o‘sish sur’atlari hamda tarmoqlar bo‘yicha struktura ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Tahlil natijalari sanoat ishlab chiqarishida barqaror o‘sish mavjudligini, biroq yuqori texnologiyali tarmoqlar ulushining nisbatan pastligini ko‘rsatadi.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 193 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SANOAT TARAQQIYOTI VA STRUKTURAVIY O‘ZGARISHLAR Ma’mun universiteti iqtisodiyot kafedrasi PhD, Datsenti Niyozmetov Doniyor Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida sanoat tarmog‘ining 2019–2024 yillardagi rivojlanish tendensiyalari rasmiy statistik ma’lumotlar asosida ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot Statistika agentligining “Industry-2” bo‘limida e’lon qilingan sanoat mahsulotlari hajmi, o‘sish sur’atlari hamda tarmoqlar bo‘yicha struktura ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Tahlil natijalari sanoat ishlab chiqarishida barqaror o‘sish mavjudligini, biroq yuqori texnologiyali tarmoqlar ulushining nisbatan pastligini ko‘rsatadi. Аннотация. В статье проводится научный анализ развития промышленного сектора Республики Узбекистан за 2019–2024 годы на основе официальных статистических данных Агентства по статистике. Использованы показатели объёма промышленного производства, темпов роста и отраслевой структуры раздела «Industry-2». Результаты свидетельствуют об устойчивом росте промышленности при сохраняющемся преобладании низкои среднетехнологичных отраслей. Annotation. This article provides a scientific analysis of the development of Uzbekistan’s industrial sector from 2019 to 2024 based on official statistical data from the Statistics Agency. The study relies on data from the “Industry-2” section, including industrial output volume, growth rates, and sectoral structure. The results indicate steady industrial growth, while revealing the relatively low share of high-technology industries. Kalit so‘zlar: sanoat, sanoat mahsuloti, ishlab chiqarish, strukturaviy tahlil, Stat.uz, O‘zbekiston. Ключевые слова: промышленность, промышленное производство, структурный анализ, официальная статистика, Узбекистан. Keywords: industry, industrial production, structural analysis, official statistics, Uzbekistan. Kirish (introduction) Sanoat tarmog‘i har qanday milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘sish, bandlikni ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishning muhim omili hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va investitsiya siyosati sanoat sektorining jadal rivojlanishiga zamin yaratdi. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 194 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Statistika agentligi tomonidan e’lon qilinayotgan “Industry-2” rasmiy ma’lumotlari sanoatning real holatini, dinamikasini va tarkibiy o‘zgarishlarini ilmiy tahlil qilish imkonini beradi. Shu sababli, mazkur tadqiqotda 2019–2024 yillar oralig‘ida sanoat mahsuloti hajmining o‘sishi va tarmoqlar bo‘yicha tarkibiy siljishlar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — O‘zbekiston sanoatining rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va mavjud strukturaviy muammolar bo‘yicha ilmiy xulosalar berishdir. Tadqiqot metodologiyasi (methods) Tadqiqotda quyidagi ilmiy usullardan foydalanildi: • rasmiy statistik ma’lumotlarni yig‘ish va tizimlashtirish; • statistik va taqqoslama tahlil; • sanoat tarkibini strukturaviy tahlil qilish; • yilma-yil dinamik qiyoslash. Tadqiqot natijalari (Results) 1-jadval. O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi (2019–2024 yy.) O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2019 yilda 383,2 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, 2020 yilda esa 367,1 trln so‘mni tashkil qilgan. 2020 yilda pandemiya ta’siri sababli sanoat o‘sishi sekinlashgan, biroq keyingi yillarda barqaror ijobiy dinamika tiklangan. 2021 yilda 463,3 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, shu ko‘rsatkich 2022 yilga kelib 129,3 trln so‘mga o‘sgan, ya’ni 592,6 trln so‘mni tashkil qilgan. 2023 yilga kelib esa 746,1 trln so‘mni tashkil qilgan, 2024 yilda esa 865,8 trln so‘mni tashkil qilgan, ya’ni 2021 yildan buyon 402,5 trln so‘mga o‘sigan. 2-jadval. 2024 yilda sanoat tarmoqlarining umumiy sanoat hajmidagi ulushi 0 100 200 300 400 500 600 700 800 900 1000 2019 2020 2021 2022 2023 2024 Sanoat mahsuloti hajmi, trln so‘m Sanoat mahsuloti hajmi, trln so‘m CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 195 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 2024 yilda O‘zbekiston sanoat tarmoqlari tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchi o‘rinni egallab, umumiy sanoat hajmining 83,0 % ini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich mamlakat sanoatining asosiy qismi qayta ishlash tarmog‘iga to‘g‘ri kelayotganini bildiradi. Elektr, gaz va bug‘ bilan ta’minlash tarmog‘i sanoat tarkibida 8,9 % ulushga ega bo‘lib, energetika infratuzilmasining iqtisodiyotdagi o‘rnini ko‘rsatadi. Tog‘-kon sanoatining ulushi 6,7 % ni tashkil etgan. Ushbu tarmoq xomashyo qazib olish va sanoatning boshqa yo‘nalishlarini resurs bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.Suv ta’minoti va chiqindilarni qayta ishlash tarmog‘i esa sanoat tarkibida 1,4 % ulush bilan eng kichik segmentni tashkil etadi. Bu tarmoq ekologik xavfsizlik va atrofmuhitni muhofaza qilish bo‘yicha muhim vazifalarni bajaradi. Fikr va mulohazalar (discussion) Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston sanoati so‘nggi yillarda barqaror o‘sish bosqichiga kirgan. Sanoat mahsulotlari hajmining yilma-yil oshib borishi iqtisodiy islohotlar samaradorligidan dalolat beradi. Biroq sanoat strukturasida past va o‘rta texnologiyali tarmoqlar ustunligi saqlanib qolmoqda. Bu esa qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini oshirishga yordam bersa-da, uzoq muddatli raqobatbardoshlik nuqtayi nazaridan cheklov bo‘lib qolmoqda. Yuqori texnologiyali tarmoqlar ulushining pastligi sanoatni chuqur modernizatsiya qilish, innovatsion ishlab chiqarishlarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy-texnik salohiyatni kuchaytirishni talab etadi. Xulosa (conclusion) Stat.uz “Industry-2” bo‘limi ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, 2019–2024 yillarda O‘zbekiston sanoati barqaror rivojlanish yo‘liga chiqqan. Shu bilan birga, sanoat tarkibini yuqori qo‘shilgan qiymatga ega, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tarmoqlar hisobiga diversifikatsiya qilish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Mazkur ilmiy tahlil natijalari sanoat siyosatini takomillashtirish va iqtisodiy strategiya ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar. 0 20 40 60 80 100 Qayta ishlash sanoati Elektr, gaz va bug‘ ta’minoti Tog‘-kon sanoati Suv ta’minoti va chiqindilarni qayta ishlash Ulushi, % Ulushi, % CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 196 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi “Industry-2” bo‘limi ma’lumotlari 2. Ниязметов, Д. (2024). ПРОБЛЕМЫ БАНКОВ С ОПЕРАЦИЯМИ НА РЫНКЕ ЦЕННЫХ БУМАГ И ПУТИ ИХ ПРЕОДОЛЕНИЯ. Экономическое развитие и анализ, 2(10), 159-165. 3. Akhmedova, D. K. K. (2023). Digitalization of retail lending practice in commercial banks of the republic of Uzbekistan. Frontline Marketing. Management and Economics Journal, 3(05), 25-32. 4. Шержонов, Ш. (2023). ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ ТИЗИМИНИ ЯХШИЛАШДА БЮДЖЕТ МАБЛАҒЛАРИ НАТИЖАВИЙЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ЙЎЛЛАРИ. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 1(6), 261-269. 5. Sherjanov, S. (2022). O‘zbekiston aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(13), 132-138.