O'QUVCHILAR VA OTA-ONALAR UCHUN PSIXOLOGIK MASLAHATNI TASHKIL ETISH
Abstract
Ma’lumki, psixologiya fani shaxsdagi psixik holatlar, psixik faktlar, psixikaning namoyon bo‘lishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganadi. Insonni taraqqiyotga boshlovchi to‘rt omil mavjud, ular irsiyat, muhit, ta’lim-tarbiya va shaxsning o‘z faolligi bo‘lib hisoblanadi.
Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 205 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us O‘QUVCHILAR VA OTA-ONALAR UCHUN PSIXOLOGIK MASLAHATNI TASHKIL ETISH Termiz davlat pedagogika institute Psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalari. Ismoilova Naima Musurmonovna Bekmurotova Zulfiya Berdimurotovna. Ma’lumki, psixologiya fani shaxsdagi psixik holatlar, psixik faktlar, psixikaning namoyon bo‘lishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganadi. Insonni taraqqiyotga boshlovchi to‘rt omil mavjud, ular irsiyat, muhit, ta’lim-tarbiya va shaxsning o‘z faolligi bo‘lib hisoblanadi. Ontogenezdagi shaxsning chaqaloqlik, go‘daklik, maktabgacha yosh davri, kichik maktab yoshi, o‘smirlik va o‘spirinlik kabi yosh davrlaridagi psixologik muammolar, hozirgi psixologik tadqiqotlarda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bizningcha, psixologik maslahat berish sohasidagi insonlar: psixolog, o‘qituvchi, bo‘lim mudiri hamda tarbiyaviy ishlarni tashkil qiluvchilar ham ma’lum darajada psixologik maslahat ilmidan xabardor bo‘lishlari lozim. Ushbu sanab o‘tilgan kasb egalari individual xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladigan turli yoshdagi bolalar bilan ishlaydilar. Har bir bola faqat o‘ziga xos bilish psixik jarayonlari, ya’ni sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur va tasavvurlar hamda individual-psixologik xususiyatlar xarakter, temperament, kobiliyat, emotsional-irodaviy soha hissiyot, emotsiya, irodaviy xulq atvor xususiyatlari kabilarga ega bo‘ladi. Ma’lum yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishini talab qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik jihatdan to‘g‘ri keladigan va yaroqli bo‘lgan usul ko‘pincha o‘smirlarga nisbatan yaroqsiz va xato bo‘lishi mumkin. O‘qituvchining bilishi mutloqo zarur bo‘lgan individual farqlar bitta yosh doirasida nihoyat darajada katta bo‘ladi. Psixologik maslahat berishda individual munosabatda bo‘lishning asosiy sharti bu, tarbiyachining o‘z tarbiyalanuvchisining sezgisi, idroki, diqqati, xotirasi, tafakkuri, tasavvuri, harakteri, temperamenti, kobiliyati, hissiyotlari, emotsiyalari, irodasi va faoliyat motivatsiyasi haqida chuqur bilishidan iboratdir. Shu bilan birga o‘quvchining ruhiy dunyosidan xabardor bo‘la olishni, psixologik jihatdan to‘g‘ri kuzatishni tashkil qila olish va tabiiy eksperiment o‘tkaza olishni bilishi lozim. Hozirgi vaqtda psixologik maslahat berishning amaliyotida va bola tarbiyasi va psixik taraqqiyotning murakkablashtirilgan qator noto‘g‘ri fikrlari kuchaya borayotganligi ko‘zga tashlanmoqda. Ular orasida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillarning qarama-qarshi ta’sir
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 206 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us ko‘rsatishi sezilarli o‘rin egallaydi. Masalan: ota-onaning ayniqsa, onalarning ishlab chiqarishdagi bandligi sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ko‘pchilik bolalarning bolalar muassasida tarbiyalanishi ota-onalar psixologiyasiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ota-onalar o‘zlarining funksiyalarini ta’lim muassasalariga, kollej, maktab, litseylarga ag‘darib qo‘ymoqdalar. Bir tomondan ota-onalarning ajralishi ham bola psixologiyasiga katta ta’sir qilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, oilaning buzilishi bolani qiyin vaziyatga solib qo‘yadigan juda kuchli psixogen omil bo‘lib, unga ko‘nikish uchun bolaga kamida ikki yil kerak bo‘ladi. Aytish joizki, turli xil psixologik muammolar manbalari ichida maktab ham muhim o‘rin egallaydi. Masalan: tibbiyot mezonlariga qaraganda, maktab yoshidagi bolalarning 18-20% qisqa muddatli yoki doimiy psixoterapiyaga muhtojdirlar. Hozirda maktab va kollejda keng tarqalgan psixologik muammolar juda ko‘p. Ya’ni o‘quvchilarda o‘quv motivasiyaning yo‘qligi, past o‘zlashtirish, o‘quvchining tengdoshlari bilan nizoli munosabatlari, o‘z-o‘zini past baholash, jamiyatga qarshi guruhlarda ishtirok etishga layoqatlilik va boshqalar. Yuqorida keltirilgan muammolarning ko‘payishi hozirgi maktab va pedagogika kollejlarda shaxsning rivojlanish bosqichlarini yetarlicha hisobga olmaslik, barchaga bir-xil talab qo‘yish natijasida kelib chiqmoqda. Bolaning ko‘pgina nisbiy xususiyatlari masalan, mehnatga, matematikaga, musiqa va boshqa fanlarga nisbatan erta ko‘ringan muvaffaqiyat yoki psixologik taraqqiyotining juda oldinlab ketishi ko‘pgina psixologik va pedagogik vazifalarning ayrim muammolarini keltirib chiqaradi. Va u psixologlar oldiga qator dolzarb vazifalar qo‘yadi. Bu dolzarb vazifalar hozirgi kunda quyidagi aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 1. Ota-onalar va o‘qituvchilar hamda bola tarbiyasida ishtirok etadigan boshqa shaxslarni, bola psixik taraqqiyotining yosh va individual xususiyatlariga qarab jalb qilish; 2. Psixik taraqqiyot bo‘zilishlarini va har-xil normadan chetga og‘ishlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tibbiy, pedagogik maslahatlarga yo‘llash; 3. Jismoniy yoki psixik sog‘ligi kuchsizlangan bolalarda ikki martalik psixologik asoratlarning oldini olish va ularning psixogigienasi va psixoprofilaktikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; 4. Patopsixolog va vrachlar, pedagogik va psixologlar bilan birgalikda o‘qituvchilar, ota-onalar va boshqa shaxslar uchun ta’limdagi qiyinchiliklarni korreksiya qilish bo‘yicha tavsiyanomalar tuzish; 5. Oilada bola tarbiyasi bo‘yicha tavsiyanomalar tuzish (oila, psixoterapivti mutaxassisi bilan birgalikda);
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 207 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 6. Bolalar va ota-onalarga maslahatlar berishda, maxsus guruhlar bilan tuzatish ishlarini olib borish; 7. Ma’ro‘zalar va ishning boshqa shakllari bilan aholini psixologik bilimlar bilan tanishtirish va hokazo. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mardonov Erkin Xasanovich O’QUVCHILARDA TAFAKKUR MUAMMOSI O’RGANILISHINING NAZARIY TAHLILI. O‘zbekiston milliy universiteti xabarlari, 2023, [1/12/1]issn 2181-7324. 2. Mardonov Erkin Xasanovich O‘quvchilarda tafakkur xususiyatlarini rivojlanish jarayoni “Zamonaviy talimda pedagogika va psixologiya fanlari” elektron jurnali Jizzax davlat pedagogika instituti.№2.2023. 3. Mardonov, E. (2023). O ‘QUVCHILARDA TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI RIVOJLANISH JARAYONI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2). 4. Xasanovich, M. E. (2023). O’QUVCHILARDA FIKRLASH JARAYONI. Journal of Universal Science Research, 1(6), 847-851. 5. Khasanovich, M. E. (2022). Basic analysis of thinking. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 41-45.