PEDAGOGLARDA O'QUV JARAYONINI KREATIVLIK BILAN BOSHQARISHDA INTUITSIYA VA IMPROVIZASIYANING O'RNI
Abstract
Maqola ta’lim jarayonida intuitsiya va improvizasiyaning qo‘llanilishi, yangilik kiritishning asosiy manbayi, ta’limga yangi innovasion jarayonlarni joriy yetish orqali pedagogining psixologik xususiyatdan kelib chiqib pedagogik intuitsiya va pedagogik improvizasiya usullaridan foydalanish, intuitsiya va improvizasiya orqali o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini va kreativligini oshirish hamda psixologik qobiliyatlar haqida mulohaza yuritilgan.
Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 208 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us PEDAGOGLARDA O‘QUV JARAYONINI KREATIVLIK BILAN BOSHQARISHDA INTUITSIYA VA IMPROVIZASIYANING O‘RNI Termiz davlat pedagogika institute Psixologiya ta’limyo’nalishi talabalari Xudoyqulova Shahnoza Valiqul qizi Allomova Sohiba Murodovna Rezyume. Maqola ta’lim jarayonida intuitsiya va improvizasiyaning qo‘llanilishi, yangilik kiritishning asosiy manbayi, ta’limga yangi innovasion jarayonlarni joriy yetish orqali pedagogining psixologik xususiyatdan kelib chiqib pedagogik intuitsiya va pedagogik improvizasiya usullaridan foydalanish, intuitsiya va improvizasiya orqali o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini va kreativligini oshirish hamda psixologik qobiliyatlar haqida mulohaza yuritilgan. Tayanch so‘zlar: innovasion ta’lim, pedagogik kreativlik, intuitsiya, improvizasiya, zamonaviy yondashuv, psixologik intuitsion vav improvizasion g‘oya. Kirish. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev: “Bugun har bir va tarbiyachi, oliygoh domlasi ta’lim va ilm-fan sohasidagi eng so‘nggi ijobiy yangiliklarni o‘quv jarayonlariga tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir so‘z bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lishlari kerak” - deb bildirgan fikrlarida chuqur ma’no bor. Binobarin, ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiyiqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogenezi – tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq. Kreativ o‘qituvchi - yuqori darajadagi pedagogik-psixologik ijodkorlik (ijodiy shaxs xususiyatlari va qo‘shimcha ravishda shakllangan motivlar, shaxsiy fazilatlar, muvaffaqiyatli ijodiy pedagogik-psixologik faoliyatga hissa qo‘shadigan qobiliyatlar)ning o‘zi o‘qitadigan, o‘zlashtirgan fani bo‘yicha tegishli bilim darajasi bilan ajralib turadigan shaxs. O‘quvchilarning potensial ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘qituvchidan pedagogik-psixologik ijodi uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lgan, samarali pedagogik-psixologik faoliyatini ta’minlaydigan psixologikpedagogik bilim, ko‘nikma va malakalar talab etiladi [1]. Pedagogik-psixologik faoliyatda pedagoglar bir necha bor pedagogik-psixologik mahoratning turli tanlovlarida qatnashishga majbur bo‘lishadi. Turli xildagi pedagogik-psixologik mahorat orqali o‘qituvchi-murabbiy o‘z tajribasiga tayanib psixologik jihatlaridan foydalanib o‘quv jarayoniga intuitsiyaviy va improvizasion usullardan foydalanadi, shuningdek, jarayonda o‘zi istamagan holda intuitsiya va iprovizasiya holatini yaratadi.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 209 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kreativlik kompetensiya turlaridan biri bo‘lgan psixologik kompetentlik o‘quv jarayonida o‘quvchi yoki uning ota-onasi, pedagogik jamoa hamda ijtimoiy muhitda sog‘lom psixologik muhitni yaratishni bilish, hayotda va ta’lim jarayonida uning boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni shuningdek, ko‘zda tutilmagan holatlarini o‘z vaqtida anglay olish va uni ijobiy tinch va samarali yo‘llar bilan mohirona bartaraf eta olish hususiyati bo‘lajak pedagogda pedagogik intuitsiya va pedagogik improvizasiya borasida tajribalarini oshiradi. Adabiyotlar tahlili. Intuitsiya (lot. “intuitio”, “intueri” – “sinchiklab, diqqat bilan qaramoq”) –mantiqiy bog‘lanmagan ѐki mantiqiy xulosaga kelish uchun dalillar yetarli bo‘lmaganda chuqur mulohaza yuritish asosida masalani yechishning tarkibini bo‘lgan evrestik (unumli ijodiy fikrlash) jarayonidir. Pedagogik intuitsiya – o‘qituvchining pedagogik jarayonda o‘zaro mantiqiy bog‘lanmagan yoki mantiqiy xulosaga kelish uchun dalillar yetarli bo‘lmagan chuqur mulohaza yuritish asosida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni yechishga qaratilgan evrestik fikrlash jarayonidir. Intuitsiya ma’lum belgilarga ko‘ra oddiy mulohazadan farq qiladi. Masalan: - o‘qituvchiga xos bo‘lgan tashkilotchilik qobiliyati uning faoliyatida o‘ziga xos o‘rin egallashi; - tezkorlik, ba’zan lahzada shaklladigan faraz va masalaning yechimi; - faraz va masala yechimining yetarli darajada mantiqiy asoslanmasligi; - “ijobiy” intuitsiya qaror qabul qilishda namoyon bo‘ladi. Bergson, “Har qanday ijodiy faoliyatda bo‘lgani kabi, o‘qituvchi faoliyatida ham intuitsiya juda katta rol o‘ynaydi. Intuitsiyaga – har bir jarayonning echimini oldindan bevosita ko‘ra bilish (intuitivizmi), tez va ongsiz ravishda to‘g‘ri echim toppish, qaror qabul qilish imkonini beradi” degan fikr ilgari suradi. Intuitsiya – ichki sezgini o‘rganish muammosi psixologiyada ham keng ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunga kelib o‘qituvchining amaliy faoliyatida intuitsiyaga ehtiyoj masalasi ham o‘rganilgan. Olimlardan S. A. Gilmanov, M.V.Saleeva, V.A.Shumakov, I.I.Panov, I.M.Morozov, L.Robinson kabi olimlar pedagogik jarayonda intuitsiyaning ahamiyati, pedagogik improvizatsiyani amalga oshirishdagi roli, xususiyatlarini keng yoritishgan. Persevtivrefleksiv (sezgi bilan idrok etush) qobilatlar turiga kiruvchi pedagogik intuitsiya quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi (1-rasm)
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 210 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 1-rasm. Intuitsiya jarayonlari Pedagogik intuitsiya - o‘qituvchining kengaytirilmagan ongli tahlili, bir qator pedagogik-psixologik vazifalarni umumlashtirish va vaziyatning keyingi rivojlanishini oldindan ko‘rish asosida pedagogik qarorni tez, bir marta qabul qilishi. Bu aql-zakovat, ijodkorlik rivojlanishining yuqori darajasidagi bilim va tajribaga bo‘lgan ehtiyoj asosida takomillashtiriladi. Pedagogik intuitsiyaning mavjudligi o‘qituvchining pedagogik improvizatsiya qobiliyatini belgilaydi. Improvizasiya (fransuzcha improvizatsiya, italyancha improvvisazione, lotincha improvisus — kutilmagan, to‘satdan) — inson hayoti davomida kutilmagan holatlarni va to‘satdan yuzaga kelgan muammolarni mohirona hal qilish va yechish. Aslida improvizasiya badiiy ijodning ko‘p turlariga xosdir, ya’ni, she’riyat, musiqa, raqs, teatr va boshqalar. Shuningdek, improvizasiya jamoaviy sport o‘yinlari jarayonlarida ham ko‘p uchrab turadi. Pedagogik improvizasiya - o‘qituvchi-murabbiy yoki tarbiyachining kasbiy faoliyatida oldindan ko‘zda tutilmagan voqea va hodisalar, vaziyat va holatlarni psixologik yondashib tafakkur qilgan holda, ma’naviy jihatdan yechim topish hamda ijobiy hal etish jarayonidir. Pedagogning maqsadi ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xos sharoitlarida yangi imkoniyat topish, uning vazifasi ta’lim-tarbiya berish jarayonida yuzaga kelgan, ko‘zda tutilmagan holatlar paydo bo‘lganda mazmun mohiyati ma’nan bo‘lgan hulosani tez va moslashuvchan qilib berishdir [3]. Pedagogik improvizasiya - o‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi turli xil vaziyatlardagi holatlarda tezkorlik bilan javob berish va yuzaga kelgan muammolarni mohirona hal qilish uslubidir. Uning maqsadi ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xos sharoit PERSPEKTIV-REFLEKSIV QOBILIYAT INTUITSIYA Yuqori rivojlangan impatiya Mutanossiblik hissi va chegara bilish Tegishlilik hissi, mas’uliyatlik O‘quvchi yoki talabaga alohida e’tibor
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 211 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us (muammo)larida yangi echim (usullar) topishdir. Shu asosda ana’naviy mashg‘ulot o‘tish usullaridan voz kechish imkoniyati vujudga keladi. Pedagogning o‘z mualliflik ish uslubida yangiliklar yaratishga imkon beradi. Hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bu, “O‘qituvchi-murabbiyning kasbiy kompetensiyalaridan biri bo‘lgan pedagogik improvizasiyalarni yaratgan holda olib boriladigan fanning rivojlantiruvchi muhitini yaratish”dir. Agar o‘qituvchimurabbiyning pedagogik improvizasiyasi o‘quv jarayonida to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lsa, bu nafaqat dars davomida paydo bo‘lgan keskinlikni bartaraf etishga, balki o‘quvchilarning bilimlarini yangilashga yordam beradi, chunki ular o‘quv jarayoniga o‘qituvchi bilan birgalikda, hamkorlikda ishtirok etadilar. Bu esa talaba uchun ta’lim va tarbiya jarayonini juda jozibali, mazmunli va qiziqarli o‘tishiga yordam beradi [2]. Improvizasion mashg‘ulotlar talabalar uchun ijodiy jaryon bo‘lib, ularda o‘z xohishistaklarini erkin va to‘liq amalga oshirishga sharoit yaratiladi. O‘quv jarayoniga improvizasiyani qo‘llash orqali o‘qituvchi va o‘quvchida mustaqil fikr bildirish, mashg‘ulotlarda o‘zini erkin his qilish, o‘z qiziqishlarini ifodalay olish va o‘quv jarayonidagi muhitni barqarorlashtirish hislari paydo bo‘ladi. V.I.Zagvyazinskiy o‘qituvchining improvizasiyaga tayyorligini bir necha bosqichda shakllantirishni taklif qiladi. Birinchidan, o‘qituvchiga taklif qilingan materialni hissiy, tez va ifodali ifodalash qobiliyatini rivojlantirish; ikkinchidan, muayyan vaziyatda zarur bo‘lgan pedagogik texnikani tanlash qobiliyatini takomillashtirish, bu vazifani tez bajarishga yordam beradi; uchinchidan, ma’lum bir darsning mazmunini o‘quv holati bilan bog‘lash uchun ishchi materialni mustaqil ravishda tuzatish qobiliyatini rivojlantirish [1]. Muhokama va natijalar. O‘quv jarayoniga improvizasiyani qo‘llash orqali o‘qituvchining o‘zi ijodiy shaxs ekanligini ko‘rsatishi va bu qobilyatini rivojlantirishi, o‘quvchini mantiqiy fikrlashga, mustaqil va erkin fikr yuritishga yordam berishi lozim. Ta’lim oluvchi uchun improvizasiya birinchi navbatda olingan bilim va ko‘nikmalardan foydalangan holda o‘zini namoyon qilish imkoniyatidir. Pedagogik improvizasiya turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin: o‘qituvchining monologi, sinf bilan muloqoti, hazilkash gap, mini-spektakl va hokazo. Asosiysi, bu usul o‘qituvchidan yuksak tayyorgarlik, ijodiy, qobiliyatli bo‘lishni talab qiladi. Yuzaga keladigan muammolarni mustaqil ravishda hal qilishni o‘rgatadi. Bunday tadbirlar darsga organik tarzda mos kelishi kerak.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 212 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 1-jadval. Kasbiy faoliyatga tayyorgarlik tahlili Bo‘lajak pedagoglarni pedagogik improvizatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarligi, pedagogik improvizatsiya qobiliyati, pedagogik kreativlikni shakllantirish va rivojlantirishga doir psixologik-pedagogik, metodik adabiyotlar o‘rganilib guruhlarga bo‘lingan holda tahlil qilindi (1-jadval). Bu esa bo‘lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha doir o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish holati hamda o‘quv jarayonidagi ahamiyati o‘rganildi. Natijada bo‘lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishda psixologik jihatdan yondashib, pedagogik intuitsiya va improvizatsiyaga asoslangan qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashkil etish maqsadga muvofiqligi aniqdandi. Xulosa. Izlanish va tadqiqotlarimiz shuni kursatdiki, mualliflik tarifimizga ko‘ra, “Bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishda uning ongli tahlili emas, balki yuzaga kelgan vaziyatning keyingi rivojlanishini ko‘ra bilish va natijasini kutishga asoslangan hamda pedagogik-psixologik qarorni tez va bir zumda qabul qilish jarayoni pedagogik intuitsiyani vujudga keltiradi. Bu jarayon zaruriy bilim, tajriba va pedagogic-psiologik mahorat asosida takomillashtiriladi. Shuning bilan birgalikda bo‘lajak pedagogda pedagogik intuitsiyaning mavjudligi pedagogik improvizatsiyani amalga oshirish qobiliyatini belgilaydi”. Bu esa kasbiy kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik intuitsiya, va pedagogik improvizatsiyaning roli muhimligini yana bir bora isbotlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Muslimov N.A., va boshqalar. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi/ Monografiya. - T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013. 2. Ernazarova G.O. Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. –T.: TTESI. 2021. 3. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005. 4. Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari” – T, 5. Загвязинский В.И. Педагогическое творчество учителя. - М.,1987 6. Кан-Калик В.А., Никандров Н.Д. Педагогическое творчество. М.2008