MA'NAVIY TARAQQIYOTNI TA'MINLASH VA SOHANI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH.
Abstract
В данной статье рассматриваются духовность, духовный иммунитет и его классификация, рекомендации по улучшению и укреплению духовности молодежи, избеганию обмана различными зарубежными идеями, а также Стратегия развития и ее 7-е направление.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 130 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASH VA SOHANI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH. Boboeva Sitora Ruzimahmatovna Termiz davlat pedagogika Instituti Jo’rayeva Gulzoda Erkin qizi Termiz davlat pedagogika Instituti Annotatsiya:Ushbu maqolada ma’naviyat,ma’naviy immunitet va uning tasnifi,yoshlarda ma’naviyatni yuksaltirish va uni mustahkamlash uchun,turli yod g’oyalarga aldanmaslik uchun kerakli tavsiyalar,Taraqqiyot strategiyasi va uning 7-yo’nalishi haqida keltirilgan. Kalit so’zlar:Ma’naviyat,ma’naviy immunitet,Taraqqiyot strategiyasi. Аннотация: В данной статье рассматриваются духовность, духовный иммунитет и его классификация, рекомендации по улучшению и укреплению духовности молодежи, избеганию обмана различными зарубежными идеями, а также Стратегия развития и ее 7-е направление. Ключевые слова: Духовность, духовный иммунитет, Стратегия развития. Ma’naviyat-shaxsning ichki va tashqi dunyosining birligini ifodolovchi tushuncha.Ma’naviyat insonning aqliy,ruhiy dunyosining go’zalligini ifodalaydi. Ma’naviy immunitet-bu har bir shxsda shakllanishi lozim bo’lgan tushuncha hisoblanadi.Ma’naviy immunitet insonni turli yod,buzg’unchi g’oyalardan himoyalovchi vosita hisoblanadi.Ma’naviy immunitetga inson bir yoki bir necha kunda erishib qolmaydi.Balki yillar davomida oilada, ta’lim muassasalarida o’rganilgan bilimlar,o’qilgan kitoblar,boy tarixni o’rganish orqali shakllanadi. Ma’naviy taraqqiyot — jamiyatning ma’rifiy, axloqiy, madaniy va intellektual salohiyati yuksalishi bo‘lib, mamlakatning barqaror rivojlanishi va kelajak avlodning yetuk bo‘lib voyaga yetishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Bugungi globallashuv davrida ma’naviy-ma’rifiy sohani mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq ruhda tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.Ma’nav taraqqiyot esa xalqni yanada yuksaltiruvchi,xalqni turli yod g’oyalardan himoyalovchi,mamlakatda barcha sohalarni rivojlantiruvchi tizim hisoblanadi.Xalqda ma’naviy taraqqiyot bo’lsa xalq ham Ruhan ham aqlan sog’lom farzandlarni yetishtiradi.Bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev olib borayotgan islohotlar nafaqat mamlakatimiz rivoji balki xalqni yanda ma’naviyatli qilish uchun,xalqni ilmga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish,yoshlarni to’g’ri tarbiyalashga oid hisoblanadi.Mamlakat taraqqiyotida yoshlar asosan yetakchi o’rin hisoblangani uchun,kelajak yoshlar qo’lida.Aynan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev qabul qilgan “20222026-yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasi” ning 7 yo’nalishidan 5-yo’nalishi ham “Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish” yoʻnalishida Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o‘z vaqtida amalga oshirish choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan (71-maqsad). Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash uchun ko’plab ishlar olib borilmoqda.Taraqqiyot strategiyasining 71-78-maqsadlari bu sohalarga qaratilgan.Yoshlarni oliy ta’limda o’qish ko’rsatkichini oshirish,ularni xalqga manfaati tegadigan yetuk kadr qilib tayyorlash,xalqni o’z huquqlarini
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 131 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us o’rganishi,mamlakatda,jamiyatda adolatli qarorlar qabul qilish,korrupsiyani bartaraf etish,zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish,xalqimizning boy tarixini o’rganish,uni butun dunyoga tanitish ishlari olib borilmoqda.Bundan tashqari san’at sohasini keng yoyish,yoshlarni ma’naviyatli kamol topishi uchun kino sohasini yanada rivojlantirish,dunyo miqyosiga chiqadigan jurnalistlarni ko’paytirish,shu bilan birga mahalla institutlarini rolini oshirish,mahallalarga qo’shimcha mablag’lar ajratish,yoshlarni bo’sh vaqtini manfaatli ta’minlash,kitobga qiziqishini oshirish tadbirlari ham olib borilmoqda. Bugungi yoshlarni malakali, har tomonlama yetuk kadr bo‘lib yetishishida ularga tavsiyalar berish, uchrashuvlar o‘tkazib to‘g‘ri yo‘nalish berish muhim hisoblanadi. Xulosa o’rnida Marhum birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “bir xalqni yo’q qilish uchun harbiy kuchlar katta xavf emas,balki u davlatning yoshlarini ma’naviyatini zaharlash,ma’naviyatini yo’q qilishning o’zi yetarli” deydi.Demakki yosharimizni ma’naviyatini yanada yuksaltirish ularni yod g’oyalarga aldanib qolmasligi uchun bir qator tavsiyalar berishimiz mumkin: 1.Yoshlar o’rtasida oila,mahalla,maktab,kollej,institute borasida kitobxonlik kechalari va kutubxonalar tashkil qilish lozim. 2.Yoshlarda bo’sh vaqtlarini qoldirmaslik,turli to’garaklar atshkil etish. 3.Mahallalarda hunarmandchilik,turli kasblarni o’rgatadigan va sertifikat bilan taqdirlaydigan markazlarni ko’paytirish. 4.Psixologlar doimiy o’quvchilar bilan ishlashi lozim. Chunki yoshlar kelajagimiz poydevori hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “Harakatlarstrategiyasi” farmoni. 4. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.” – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PQ-5847-sonli “RaqamliO‘zbekiston – 2030” strategiyasi. 6. Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi.” – Toshkent: Ma’naviyat, 2021 7. Hasanboyeva O., Jo‘raev R. “Pedagogikaning nazariy asoslari va innovatsiontexnologiyalar.” – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. 8. Xodjayev N. “Axborot texnologiyalari va ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar.”–Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 9. UNESCO. “Digital Technologies in Education: Challenges and Perspectives.” –Paris, 2020.