scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIMDA KEYS TEXNOLOGIYASI

Matjanov Aman Jarilkapovich; Saginbayev Akan Aminovich; Saparbaeva Mirzagul Quwanishbay qızı; Utepbergenova Palzira Kurbanbayevna

Abstract

Tadqiqot natijasida zamonaviy ta’lim jarayonida keys texnologiyasidan foydalanishning nazariy-metodik asoslari, va uning o‘quvchilar kompetensiyasini oshirishdagi aqliy idroki shakllantirishdagi o‘rni, real hayotiy vaziyatdagi echim halqilish orqali o‘quv jarayonini faollashtirishdagi imkoniyatlari muommolarni jchib berfdi. Keys texnologiyasining yana afzalliklari, pedagogik jihatdan dars jarayoniga integratsiya qilish bosqichlari, pedagogning roli va talabaning mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ta’siri misollar asosida ochib beriladi. Tadqiqotda shuningdek, keyslar tuzish tamoyillari, ular bilan ishlash bosqichlari va baholash mezonlari haqida batafsil fikrlar muhokama qilinadi.

Full text

Dekabr, 2025-Yil 220 TA’LIMDA KEYS TEXNOLOGIYASI Matjanov Aman Jarilkapovich Qoraqalpoq davlat universitetida Tarix fanlari bo’yicha PhD, Dotsent. Saginbayev Akan Aminovich Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. Saparbaeva Mirzagul Quwanishbay qızı Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. Utepbergenova Palzira Kurbanbayevna Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18008150 Annotatsiya. Tadqiqot natijasida zamonaviy ta’lim jarayonida keys texnologiyasidan foydalanishning nazariy-metodik asoslari, va uning o‘quvchilar kompetensiyasini oshirishdagi aqliy idroki shakllantirishdagi o‘rni, real hayotiy vaziyatdagi echim halqilish orqali o‘quv jarayonini faollashtirishdagi imkoniyatlari muommolarni jchib berfdi. Keys texnologiyasining yana afzalliklari, pedagogik jihatdan dars jarayoniga integratsiya qilish bosqichlari, pedagogning roli va talabaning mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ta’siri misollar asosida ochib beriladi. Tadqiqotda shuningdek, keyslar tuzish tamoyillari, ular bilan ishlash bosqichlari va baholash mezonlari haqida batafsil fikrlar muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: keys texnologiyasi, interfaol metodlar, pedagogik innovatsiya, tahliliy fikrlash, o‘quv faoliyati, muammo yechimi, o‘quvchi kompetensiyasi, ta’lim innovatsiyasi, kreativ tafakkur kompetensiya. Kirish Hozirgi zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsini aktivlashtirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish,insonlar bilan muloqatta tog’ri gaplashish, hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish ko‘nikmasini shakllantirish eng muhim vazifalardan biridir. Innovatsion pedagogik texnologiyalar bu jarayonning ajralmas qismi bo‘lib, ular orasida keys texnologiyasi alohida o‘rin tutadi. Keys texnologiyasi — real yoki shartli vaziyatni tahlil qilish, muammoni aniqlash, yechim yo‘llarini taklif etish va qaror qabul qilishga asoslangan o‘qitish metodidir. Keys texnologiyasi o‘quvchini passiv tinglovchidan aktiv ishtirokchiga aylantiradi, muloqot, tahlil, tanqidiy fikrlash, aqliy idrok jamoada ishlash kabi muhim kompetensiyalarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar pedagogdan zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashni, har bir darsni pedagog talaba uchun qiziqarli va mazmunli tashkil etishni talab etadi. Keys texnologiyasi ana shunday ehtiyojga javob beruvchi samarali yondashuv sifatida o‘zini to‘laqonli ochib btrmoqda. Hozirgi globallashuv va axborotlashuv zamjnda ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar yangi innovatsion tartibda tubdan o‘zgarmoqda. Jamiyat rivojining zamonaviy bosqichida ta’lim faqat bilim berishga emas, balki shaxsda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, tahliliy yondashuv, muloqot munjsabat madaniyati va kasbiy kompetensiyasini shakllantirishga rivojlantirmqda. Ushbu texnologiya an’anaviy ta’lim usullari bilan bir qatorda interaktiv pedagogik texnologiyalarni joriy etish ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday samarali texnologiyalardan biri keys texnologiyasi hisoblanadi. Dekabr, 2025-Yil 221 Keys texnologiyasi (case study) dastlab XX asr boshlarida AQShning Garvard universitetida biznes ta’limi tizimida qo‘llanila boshlangan bo‘lib, keyinchalik huquq, tibbiyot, pedagogika, muhandislik va boshqa sohalarga keng tatbiq etildi. Shu texnologiyaning asosiy maqsadi real yoki realga yaqin muammoli vaziyatlarni ochib berishni urganadi va tahlil qilish va ularning yechimlarini izlash orqali ta’lim oluvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Hozirgi kunda keys texnologiyasi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim tizimining ajralmas qismi sifatida ko’rilmoqda. Ta’lim jarayonida keys texnologiyasidan foydalanish o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularni o‘rganilayotgan mavzuga bevosita jalb etadi va nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Ayniqsa, pedagog kadrlar tayyorlash jarayonida keys texnologiyasi bo‘lajak pedagoglarda kasbiy fikrlash, aqliy idrok pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va samarali qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Keys texnologiyasi tushunchasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Ba’zi tadqiqotchilar keysni aniq bir muammoli vaziyat tavsifi sifatida qarasa, boshqalar uni muammoli ta’limning murakkab shakli, deb hisoblaydi. Keys texnologiyasi — Muommoli yechim holatlarini urganish pedagogik, ijtimoiy yoki kasbiy vaziyatni ifodalovchi, talabalardan tahlil, muhokama va yechim ishlab chiqishni talab etuvchi didaktik materialdir. Keys texnologiyasi esa ushbu materiallar asosida tashkil etiladigan o‘quv faoliyati tizimidir. Pedagogik nuqtai nazardan keys texnologiyasi konstruktivistik ta’lim nazariyasiga teoriyasiga asoslanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, bilim tayyor holatda berilmaydi, balki ta’lim oluvchining faol aqliy faoliyati jarayonida shakllanadi. Talaba keys ustida ishlash jarayonida mavjud bilimlariga tayangan holda yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallaydi, o‘z tajribasini boyitadi va bilimlarni real vaziyatlarga moslashtirishni o‘rganadi. Keys texnologiyasining metodologik jihatdan asoslari quyidagi yondashuvlarga tayanadi: tizimli yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va kompetensiyaviy yondashuv. Tizimli yondashuv keysdagi muammoni yaxlit holda, barcha omillar va bog‘liqliklar bilan birga tahlil qilishni talab etsa, faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv ta’lim oluvchini faol subyekt sifatida namoyon etadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv esa har bir talabaning individual fikrlashi va pozitsiyasini hurmat qilishga asoslanadi. Keys texnologiyasining ta’limdagi ahamiyati shundaki, u talabalarning faqat bilim darajasini emas, balki ularning fikrlash madaniyati, muammoga yondashish uslubi va ijtimoiy faolligini ham rivojlantiradi. Keys bilan ishlash jarayonida talabalar o‘z fikrlarini erkin ifodalash, dalillar keltirish, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni tahlil qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Bu esa zamonaviy mehnat bozorida yuqori baholanadigan muhim kompetensiyalardir. Ta’lim amaliyotida keys texnologiyasining joriy etilishi pedagogdan ham yangi yondashuvni talab qiladi. O‘qituvchi endilikda faqat bilim beruvchi emas, balki ta’lim jarayonini boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi va maslahatchi rolini bajaradi. U keys mazmunini puxta ishlab chiqishi, muhokama jarayonini samarali tashkil etishi va talabalarning mustaqil fikrlashiga sharoit yaratishi lozim. Shu bilan birga, o‘qituvchi baholash mezonlarini aniq belgilab, har bir ishtirokchining faolligini hisobga olishi zarur. Keys texnologiyasi ta’lim jarayonida qo‘llanilganda, o‘quvchilarda refleksiya jarayoni ham faollashadi. Ular o‘z qarorlarini tahlil qiladi, xatolarini anglaydi va kelgusida ularni bartaraf etish yo‘llarini izlaydi. Dekabr, 2025-Yil 222 Bu jarayon o‘z-o‘zini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim tamoyillariga mos keladi. Ayniqsa, uzluksiz ta’lim tizimida keys texnologiyasi o‘quvchilarning hayotiy va kasbiy vaziyatlarga moslashuvchanligini oshiradi. Keys texnologiyasi ilk bor biznes-ta’lim amaliyotida shakllangan bo‘lib,uning mohiyati real hayotiy vaziyatlarni o‘rganish orqali muammoni haletish ko‘nikmasini rivojlantirishdan iborat. Zamonaviy ta’lim sohalarda, xususan, oliy ta’lim o’rinlarida ushbu metod keng qamrovli qo‘llanilmoqda. Ta’lim jarayonida keyslar o‘quvchilarga: — murakkab vaziyatni mustaqil tahlil qilish; — mavjud muammoni turli rakurslardan ko‘rish; — bir nechta yechim variantlarini taklif etish; — eng maqbul yechimni asoslab berish; — o‘z fikrini mantiqiy bayon qilish imkonini beradi. Ushbu metodlar talabaning intellektual faolligini oshirib, ularda hayotiy kompetensiyalarni shakllantiradi. Keys texnologiyasining turlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari Pedagogik ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan keyslar mazmun va shakliga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin: Analitik keyslar – vaziyatni chuqur tahlil qiladi, faktlarni solishtirish talab etiladi. Amaliy keyslar – real hayotiy muammoga yechim topadi ko‘nikmasini shakllantiradi. Tadqiqotchi keyslar – yangi ma’lumotlarni izlash, dalil-isbotlar bilan ishlashga undaydi. O‘yinli keyslar – rolli o‘yinlar bilan uyg‘unlashib, ta’limni yanada jonlantiradi. Shu bilan birga keyslar mazmuni bo‘yicha iqtisodiy, pedagogik, ijtimoiy, texnik va boshqa turdagi bo‘lishi mumkin. Har bir keys o‘quvchining fikrlash qobiliyatini kengaytiradi va uni real hayotda uchraydigan vaziyatlarga tayyorlaydi. Keyslar bilan ishlash bosqichlari Ta’limda keys texnologiyasini qo‘llash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Vaziyat bilan tanishtirish. Talabalar berilgan keys matnini o‘qiydi,muammoni aniqlaydi. Tahlil bosqichi. Guruhlar vaziyatni turli tomondan sharhlaydi, sababoq oqibatlarni aniqlaydi. Muqobil yechimlarni ishlab chiqish. Har bir guruh o‘z taklifini shakllantiradi. Yechimni asoslash. Talabalar taklif etgan yechimni dalillar bilan himoya qiladi. Umumiy xulosa. Pedagog asosiy g‘oyalarni jamlaydi, eng maqbul variantni tanlashga ko‘maklashadi. Bu jarayon talabalarning mustaqil ishlash, tahlil qilish, muloqotga kirishish, o‘z fikrini himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Keys texnologiyasining pedagogik afzalliklari o’quvchilarni hayotiy vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilishga o‘rgatadi. Jamoada ishlash va o‘zaro fikr almashish madaniyatini shakllantiradi. Tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantiradi. Motivatsiyani oshiradi, darsni jonlantiradi. Pedagogning dars jarayonini boshqarishidagi rolini kuchaytiradi. Talabalarning real hayotga moslashuvini ta’minlaydi. Keys texnologiyasining samaradorligi, avvalo, uning didaktik asoslariga va ta’lim jarayonida to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Keys texnologiyasida nafaqat o‘quv materialining mazmuni, balki talabaning faol ishtiroki, muammoli vaziyatlarni anglash va mustaqil tahlil qilish jarayoni bilan ham belgilanadi. Keys texnologiyasining haeotiy saboqlari ta’lim amaliyotiga joriy etishda uning didaktik dunyoqarashi tamoyillarini chuqur anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Keys texnologiyasining asosiy didaktik tamoyillaridan biri muammolilik tamoyilidir. Har bir keys muayyan muammoli vaziyatga asoslanadi va ushbu vaziyat ta’lim oluvchilarda bilishga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Dekabr, 2025-Yil 223 Muammolilik tamoyili o‘quvchilarning passiv tinglovchi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, balki ularni faol fikrlashga, vaziyatni o‘rganishga va yechim izlashga undaydi. Muammo aniq, dolzarb va real hayotga yaqin bo‘lishi keysning didaktik qiymatini oshiradi. Ikkinchi muhim tamoyil – faoliyatga yo‘naltirilganlik tamoyilidir. Keys texnologiyasi jarayonida ta’lim oluvchilar faqat axborotni qabul qilmaydi, balki faoliyat orqali bilimlarni egallaydi. Muammoni tahlil qiladi, muqobil variantlarni ishlab chiqadi, bahs-munozaralarda ishtirok etadi va o‘z qarorlarini asoslaydi. Bu esa bilimlarning mustahkam o‘zlashtirilishini va ularni amaliy vaziyatlarda qo‘llash qobiliyatini rivojlantiradi. Keys texnologiyasining yana bir muhim tamoyili – integrativlik tamoyilidir. Keyslar ko‘pincha bir nechta fanlar yoki bilim sohalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, pedagogik keysda psixologiya, pedagogika, sotsiologiya va metodika elementlari mujassam bo‘lishi mumkin. Bu holat ta’lim oluvchilarning fanlararo bog‘liqlikni anglashiga va bilimlarni kompleks tarzda qo‘llashiga yordam beradi. Muloqot va hamkorlik tamoyili keys texnologiyasining ajralmas bir bo’limi. Mazmuniga ko‘ra keyslar ta’limiy, amaliy va ilmiytadqiqot keyslariga bo‘linadi. Ta’limiy keyslar asosan o‘quv jarayonida nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, amaliy keyslar real kasbiy vaziyatlarga asoslanadi va muayyan faoliyatni modellashtiradi. Ilmiy-tadqiqot keyslar esa murakkab muammolarni o‘rganish va ilmiy xulosalar chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Murakkablik darajasiga ko‘ra keyslar oddiy, o‘rta va murakkab keyslar sifatida tasniflanadi. Oddiy keyslar aniq muammo va cheklangan axborot bilan tavsiflanadi, ular boshlang‘ich bosqichda qo‘llash uchun qulay. O‘rta darajadagi keyslar bir nechta muammolarni o‘z ichiga oladi va tahliliy fikrlashni talab etadi. Murakkab keyslar esa ko‘p omilli, noaniq va ziddiyatli vaziyatlarni aks ettirib, yuqori darajadagi analitik va strategik fikrlashni talab qiladi. Tuzilishiga ko‘ra keyslar ochiq va yopiq turga bo‘linadi. Yopiq keyslar aniq savollar va kutilayotgan yechimlar bilan beriladi, ochiq keyslar esa bir nechta muqobil yechimlarni nazarda tutadi va ta’lim oluvchilarning ijodiy yondashuvini rag‘batlantiradi. Ochiq keyslar, ayniqsa, oliy ta’lim tizimida samarali hisoblanadi, chunki ular mustaqil fikrlash va innovatsion qarorlar qabul qilishga undaydi. Ta’lim jarayonida qo‘llanish shakliga ko‘ra keyslar individual, juftlik va guruhiy tarzda ishlanishi mumkin. Individual keyslar talabaning shaxsiy fikrlash qobiliyatini baholash imkonini bersa, guruhiy keyslar hamkorlikda ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Guruhiy muhokamalar jarayonida talabalar turli nuqtai nazarlarni solishtiradi va eng maqbul yechimni tanlashni o‘rganadi. Keys texnologiyasining turli holatlarida ta’lim jarayonining maqsadi va mazmuniga mos ravishda bo’lishi lozim. Noto‘g‘ri tanlangan keys yoki uning metodik jihatdan puxta ishlab chiqilmaganligi kutilgan natijani bermasligi mumkin. Pedagog keysni tanlashda talabalarning tayyorgarlik darajasi, fan xususiyatlari va o‘quv maqsadlarini hisobga olishi zarur. Umuman olganda, keys texnologiyasining didaktik tamoyillari va turlari ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa Xulosa o’rnida aytish mumkinki, keys texnologiyasi hozirgi zamonaviy ta’limning muhim qismi bo‘lib, u ta’lim sifatini oshirish, boyitish talabalar fikrini rivojlantirish nazariya va amaliyotni integratsiyalash hamda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Dekabr, 2025-Yil 224 Shu texnologiyaning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish pedagog kadrlar tayyorlashda muhim vazifalardan biri. Keys texnologiyasi ta’limning eng samarali metodlaridan biri sifatida dars jarayoniga chuqur kirib kelmoqda. Texnologiyada bilim, balki hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, mas’uliyatli shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi. Keysdan foydalanilgan darslar talabalarga o‘ylashga, izlanishga, muammoni hal qilishga, jamoada ishlashga undaydi. Talabaning dars jarayonidagi ichki motivatsiyasini kuchaytirib, ta’limni amaliy hayot bilan bog‘laydi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga keys texnologiyasini keng joriy etish pedagogning innovatsion yondashuvi, talabaning esa kelajak hayoti davomida maqsadlar sari qo‘yilgan muhim pog’anasidir . Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Jarilkapovich, Matjanov Aman. "Program Technology for Choosing an Effective Educational Methodology Based on Modern Pedagogical Research in The Educational System." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 6.02 (2025): 30-33. 2. Jarilkapovich, Matjanov Aman. "USE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON THE MODERN EDUCATIONAL PROGRAM TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF EDUCATION." European International Journal of Pedagogics 4.06 (2024): 26-33. 3. Jarilkapovich, Matjanov Aman. "The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills in The Application of Pedagogical Teaching Methods." International Journal of Pedagogics 5.04 (2025): 266-268. 4. Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322. 5. Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Asamatdinova Bazargul Bakhadirovna. "PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 183-187. 6. Turemuratova, A. B. "TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Inter education & global study 3.4 (2025): 242250. 7. Turemuratova, Aziza, and Bauirjan Otebekov. "PEDAGOGIKALIQ METODLAR ARQALI OQIWSHILARDIŃ KOLLOBORATIV KÓNLIKPELERIN ASIRIW." Modern Science and Research 4.4 (2025): 239-244. 8. Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121. 9. Jarasovna, Kurbanova Rita. "The Role of National Values in Shaping the Aesthetic Worldview of Schoolchildren." International Journal of Pedagogics 5.03 (2025): 55-58. Dekabr, 2025-Yil 225 10. Aziza, Turemuratova. "KONFLIKT VA UNING KELIB CHIQISH SABABLARI." Новости образования: исследование в XXI веке 3.32 (2025): 465-467. 11. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON PEDAGOGICAL METHODS OF INNOVATIVE EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157.