scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA IDEONIMLARNING CHOG'ISHTIRMA TADQIQI: FILMONIMLAR ONOMASTIK MAYDON BIRLIGI SIFATIDA

Xujakulova Maryam Xakimjonovna Osiyo xalqaro universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti E-mail: [email protected]

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda ideonimlar masalasi filmonimlar misolida tadqiq etiladi. Ingliz, o’zbek va rus tillaridagi film nomlari chog’ishtirma tahlil qilinib, ularning semantik, struktur va funksional xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari filmonimlarning onomastik maydonning mustaqil va faol birligi sifatida namoyon bo’lishini hamda milliy-madaniy tafakkurni aks ettirishdagi rolini asoslab beradi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA IDEONIMLARNING CHOG’ISHTIRMA TADQIQI: FILMONIMLAR ONOMASTIK MAYDON BIRLIGI SIFATIDA Xujakulova Maryam Xakimjonovna Osiyo xalqaro universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda ideonimlar masalasi filmonimlar misolida tadqiq etiladi. Ingliz, o’zbek va rus tillaridagi film nomlari chog’ishtirma tahlil qilinib, ularning semantik, struktur va funksional xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari filmonimlarning onomastik maydonning mustaqil va faol birligi sifatida namoyon bo’lishini hamda milliy-madaniy tafakkurni aks ettirishdagi rolini asoslab beradi. Kalit so‘zlar: ideonim, filmonim, onomastika, film nomlari, chog’ishtirma tahlil, madaniy semantika. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается проблема идеонимов в современной лингвистике на примере фильмонимов. Проводится сравнительный анализ названий фильмов на английском, узбекском и русском языках, определяются их семантические, структурные и функциональные особенности. Результаты исследования обосновывают проявление фильмонимов как самостоятельной и активной единицы ономастического поля и их роль в отражении национального и культурного мышления. Ключевые слова: идеоним, фильмоним, ономастика, названия фильмов, сравнительный анализ, культурная семантика. ABSTRACT newjournal.org zenodo.org 2 This article examines the issue of ideonyms in modern linguistics using the example of filmonyms. Film names in English, Uzbek and Russian are analyzed comparatively, and their semantic, structural and functional features are determined. The results of the study substantiate the manifestation of filmonyms as an independent and active unit of the onomastic field and their role in reflecting national and cultural thinking. Keywords: ideonym, filmonym, onomastics, film names, comparative analysis, cultural semantics. KIRISH Zamonaviy tilshunoslikda atoqli otlarni tizimli ravishda o’rganish, xususan, onomastik birliklarning semantik va funksional xususiyatlarini aniqlash muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Onomastika doirasida ideonimlar - insonning intellektual va badiiy faoliyati mahsuli bo’lgan obyektlar nomlari sifatida alohida guruhni tashkil etadi. Ushbu guruh tarkibida filmonimlar, ya’ni badiiy va hujjatli filmlar nomlari, zamonaviy madaniy diskursda faol ishlatiladigan ideonimik birliklar sifatida ajralib turadi. Globallashuv jarayonlari va audiovizual san’atning jadal rivoji filmonimlarning til va madaniyatlararo kommunikatsiyadagi ahamiyatini yanada oshirdi. Shu bois noqardosh til oilalaridagi filmonimlarni chog’ishtirish orqali tadqiq qilish zamonaviy tilshunoslikning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Onomastik maydon birliklari: ideonim va filmonim tushunchalarining nazariy asoslari Onomastika - yunoncha onomastike so’zidan olingan bo’lib, “nom qo’yish san’ati” degan ma’noni bildiradi. Onomastik maydon esa – “barcha nomlarning ma’lum bir sohaga bog’liqligini ifodalab”, tilning leksik, fonetik va morfologik qatlamlarida o’z aksini topgan nomlarning majmui sanaladi [6, 280]. newjournal.org zenodo.org 3 Onomastika fani atoqli nomlarni olgan “obyektlarni toifalariga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratadi: 1. antroponimiya – kishilarning atoqli nomlari (ismlari, familiyalari, ota ismlari, laqablari, taxalluslari); 2. toponimiya – geografik obyektlarning atoqli nomlari; 3. teonimiya – turli diniy tasavvurlar bo‘yicha xudolar, ma’budlar, diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlari; 4. zoonimiya – hayvonlarga qo’yiladigan (shartli) atoqli nomlar, laqablar; 5. kosmonimiya – fazoviy bo’shliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarning ilmiy muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlari; 6. astronimiya – osmon jismlari (planeta va yulduzlar) nomlari; 7. realionimlar - avval va hozir mavjud bo’lgan obyektlarning nomlari; 8. mifonimlar - xayoliy va to‘qima obyektlarning nomlarini bildiradi.” [1, 5] Onomastikada yuqorida keltirilgan guruhlardan tashqari bir qancha mikro guruhlar ham mavjud. N.V. Podolskayaga ko’ra, realionimlar tarkibidan ideonimlar ham o’rin olgan [4, 13]. Tilshunoslikda ideonim termini asosan A.V. Superanskaya tadqiqotlarida keng yoritilgan bo’lib, u san’at asarlari, adabiy matnlar, spektakllar, filmlar va boshqa intellektual mahsulotlar nomlarini ifodalovchi atoqli otlar sifatida talqin qilinadi [6, 212]. Ideonimlar o’zbek, rus va ingliz tillarida turli darajada tadqiq qilingan. Rus va ingliz tilshunosligida bu guruh nisbatan keng tadqiq etilgan bo’lib, N.V. Podolskaya, S.M. Pronchenko, L.G. Sovershayeva va ko’plab boshqa tilshunoslarning ishlarida o’z aksini topgan. So’nggi yillarda o’zbek tilshunosligida e’tibor markaziga tushayotganiga qaramay, ideonimlar haligacha eng kam taqdid qilingan onomastik guruh sifatida qolmoqda. Ayniqsa, film nomlari, bugungi kunda “filmonimlar” atamasi ostida tadqiq etilayotgan va ideonimlar tarkibidagi kichik guruh sifatida zamonaviy tilshunoslikda katta ahamiyat kasb etmoqda. Negaki, kinematografiya ham boshqa san’at turlari bo’lmish adabiyot va rasm singari tilshunoslikning muhim tadqiqot obyekti sanaladi. Filmonimlar esa nominativ birlik bo’lish bilan birga, kuchli newjournal.org zenodo.org 4 pragmatik va konnotativ ma’noga ega. Ye.V. Knish bejizga “filmonim - bu film orqali modellashtirilgan vaziyatni ifodalovchi ibora, uning og’zaki kodlangan tasviri” deb ta’kidlamagan [3, 8]. Chunki filmonimlar filmda yashiringan ma’noga ishora qiluvchi ilk belgidir. Bundan tashqari, filmonimlar o’zida lingvokulturologik va sotsiologik qadriyatlar va o’zgarishlarni aks ettiruvchi birlik hamdir. Mazkur tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: Tavsifiy metod – filmonimlarning umumiy xususiyatlarini aniqlash; Semantik tahlil – filmonimlarda mujassamlangan ma’no qatlamlarini ochib berish; Chog’ishtirma metod – ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi filmonimlarni solishtirish; Kontekstual tahlil – filmonimlarning madaniy va diskursiv funksiyasini aniqlash. Tadqiqot materiali sifatida uch tilda yaratilgan mashhur va keng tarqalgan filmlar nomlari tanlab olindi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Ingliz tilidagi filmonimlar Ingliz tilidagi filmonimlar ko‘pincha bir so’zlik bo’lib, abstraktlik va metaforiklik bilan ajralib turadi. Masalan, Inception (2010) filmi nomi bilish jarayoni va ong osti tushunchalarini ramziy tarzda ifodalaydi. The Brutalist (2023-2024) filmonimi esa arxitektura uslubi nomini olib, ijodkor va jamiyat, san’at va zo‘ravonlik o’rtasidagi munosabatlarning ramziy ifodasi bo’lib xizmat qiladi. Shu qatorda, The Northman (2022), The Covenant (2023), The Substance (2024), The Beekeeper (2024) filmonimlari ham metaforik nomlanishning misollari sifatida keltirilishi mumkin. Albatta, ikki va undan ortiq so’zli nomlar ko’p uchraydi. Misol uchun, The Silence of the Lambs (1991) filmonimi metaforik ifoda orqali psixologik keskinlikni kuchaytiradi. Bunday filmonimlar tomoshabinda qiziqish va kutishni shakllantiradi. Wrath of Man (2021) filmonimida esa metaforamas balki film janriga ishora newjournal.org zenodo.org 5 qilinishiga guvohi bo’lamiz. O’zbek tiliga “Inson G’azabi” deb tarjima qilinib, triller janrida ekanligini taxmin qilish qiyin emas. Inson va jamiyat, adolat va zo’ravonlik munosabatlarini o’zida mujassamlashtirib, tomoshabin yoki tinglovchiga syujet haqida qisqacha ma’lumot beradi. Rus tilidagi filmonimlar Rus filmonimlarida tarixiy va ijtimoiy-falsafiy mazmun ustuvorlik qiladi. Masalan, sovet kinosi klassikalaridan biri sanaluvchi Броненосец “Потёмкин” (1925) - film nomi tarixiy davr, makon va hodisaga ishora qiladi, ya’niki 1905-yil Rossiya imperiyasi flotida sodir bo’lgan inqilobni aks ettirib, “xalq kuchi - birlikda” degan g’oyani saqlovchi sarlavha ostida kino olamida tanilgan. Летят журавли (1957) filmi nomi esa poetik va ramziy xarakterga ega bo‘lib, urush va inson taqdiri mavzusini ifodalaydi. Yana bir rus kinematografiyasi cho’qqisi sanalgan tarixiyfalsafiy film Андрей Рублёв (1966), sarlavhasida asosiy qahramon o‘rta asr rassomi (ikonopis) Andrey Rublyov shaxsi orqali san’at, e’tiqod va inson ruhiyati aks ettirilgan. Post-sovet davri filmlari Брат (1997), filmonimi qisqa, sodda shaklda bo‘lsa-da, post-kolonial muhitdagi murakkab ijtimoiy va axloqiy muammolarni ifodalaydi. Zamonaviy rus filmonimlarga keladigan bo’lsak, nomlardagi obrazlilikni payqash qiyin emas. Misol uchun, Аритмия (2017) metonimiya orqali qahramon kasbiga belgi berilyapti, Нелюбовь (2017) filmonimida esa antonimik old qo’shimcha orqali muhabbat, mehr tushunchasining batamom yo’qligiga urg’u berilmoqda. Har ikkala holatda ham jamiyat va inson o’rtasidagi ziddiyatlar assotsiatsiyasi mavjud. Yoki bo’lmasa klassik obrazlarni zamonaviy talqin qilish orqali nostalgiya uyg’otish, qadriyatlarni yoritishga bag’ishlangan Чебурашка (2023) filmonimi tinglovchi yoki tomoshabinga ruhiy ta’sir ko’rsatibgina qolmay, unda yangilik va eskilik orasidagi farqqa bo’lgan qiziqishni uyg’otishga mo’ljallangan. O‘zbek tilidagi filmonimlar newjournal.org zenodo.org 6 O‘zbek filmonimlari milliy mentalitet va madaniy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liq. Mahallada duv-duv (1960) gap filmi nomida milliy ijtimoiy muhit va og‘zaki nutqqa xos unsurlar aks etgan. O’tkan kunlar (1969) filmonimi esa tarixiy xotira va vaqt tushunchasi bilan bog’liq ideonim sifatida namoyon bo’ladi. Shuningdek, o’zbek filmonimlarida ham ingliz filmonimlari kabi ramziylikni kuzatishimiz mumkin. Masalan, So‘nggi qo‘ng‘iroq (2010) filmonimi hayot bosqichining yakuni, bolalik davri yakunlanishi va kattalar hayoti o‘rtasidagi o‘tish davrini ramziy ifodalaydi. Men yolg‘iz emasman (2016) psixologik filmonimi esa shaxsiy va ijtimoiy yolg’izlik muammosini ko‘rsatadi. So’nggi yillarda filmonimlar dinamikasini kuzatadigan bo’lsak, nomlarda xorij filmlariga taqlid qilib, sanoq son so’z turkumining faolligi Notanish Qotil 1 (2016), Notanish Qotil 2 (2019), Notanish Qotil 3 (2023) yoki Gastarbayter (2009), Baron (2016), Mister Kozyol (2024) kabi filmonimlarda noqardosh tillardan o’zlashtirilgan so’zlar qo’llanilishi namoyon bo’ladi. Albatta, film nomlarini tanlashda bunday o’ziga xos yondashuv bir tomondan auditoriyada qiziqish uyg’otish orqali o’ziga jalb qilsa, boshqa tomondan nomlanishdagi me’yoriy talablarni shubha ostiga qo’yadi. Yu. N. Podimova ta’kidlab o’tganidek, kino tili va nomlari badiiy adabiyot va publitsistika bilan bir qatorda o’rganilishi juda muhim, negaki unda aynan zamonaviy bosqichda jadal kechayotgan tildagi o’zgarishlar aks etadi. Shu bilan birga, “kino tili nafaqat adabiy til me’yorlariga, balki zamondoshlarimizning ommaviy didi” va tildagi so’z tanlovlariga katta ta’sir ko’rsatadi [5, 3]. Filmonimlar esa aynan mana shu o’zgarishlarni yaqqol aks ettiruvchi kino tilining muhim birligidir. Chog’ishtirma tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, filmonimlar ideonimlar tizimida mustaqil, ammo boshqa onomastik birliklar bilan uzviy bog’liq maydonni tashkil etadi. Ular tilning nominativ imkoniyatlarini kengaytirib, madaniy va ijtimoiy ma’lumot tashuvchi belgilar sifatida xizmat qiladi. Ingliz, rus va o’zbek filmonimlari orasidagi farqlar ularning milliy-madaniy xususiyatlari, dunyoqarashi va estetik qarashlari bilan belgilanadi. newjournal.org zenodo.org 7 XULOSA Mazkur tadqiqot filmonimlarning zamonaviy tilshunoslikda ideonimlarning muhim guruhi ekanini tasdiqlaydi. Ingliz, rus va o’zbek tillari materiallari asosidagi chog’ishtirma tahlil filmonimlarning faqat nomlovchi birlik emas, balki madaniy, pragmatik va semantik jihatdan murakkab onomastik birlik ekanini ko’rsatdi. Chogishtirma tilshunoslikda filmonimlarni o’rganish onomastika, madaniyatlararo kommunikatsiya va tarjimashunoslik sohalari uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega. ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Matnazarov M., Ro‘zimova G. Onomastika: o‘quv-uslubiy majmua. – Urganch: Urganch davlat universiteti, 2022. – 5 b. 2. Кныш, Е. В. Наименование кинофильмов как объект ономастики / Е. В. Кныш // Актуальные вопросы русской ономастики: Сб.науч.тр. – Киев, 1988. 3. Кныш, Е. В., Лингвистический анализ наименований кинофильмов в русском языке: дис. … канд. филол. наук. / Е. В. Кныш. — Одесса, 1992. –8 с. 4. Подольская, Н.В. Словарь русской ономастической терминологии / Н.В. Подольская. – М.: Наука, 1978. – 13 с. 5. Подымова, Ю. Н. Названия фильмов в структурно-семантическом и функционально-прагматическом аспектах: дис. …канд. филол. наук: 10.02.01 / Ю. Н. Подымова. – Майкоп, 2001. – 3 с. 6. Суперанская, А.В. Общая теория имени собственного. Изд. 2-е, испр. - М.: URSS : ЛКИ, 2007. – 212-280 сс. REFERENCE Knysh, E. V. (1988). Film titles as an object of onomastics. In Current issues of Russian onomastics (Collection of scholarly papers). Kiev. newjournal.org zenodo.org 8 Knysh, E. V. (1992). Linguistic analysis of film titles in the Russian language (Candidate of Philological Sciences dissertation). Odessa. Matnazarov, M., & Ro‘zimova, G. (2022). Onomastics: An educational and methodological complex. Urgench State University. Podolskaya, N. V. (1978). Dictionary of Russian onomastic terminology. Nauka. Podymova, Y. N. (2001). Film titles in structural-semantic and functionalpragmatic aspects (Candidate of Philological Sciences dissertation). Maykop. Superanskaya, A. V. (2007). General theory of the proper name (2nd ed., revised). URSS / LKI.