KONSTITUTSIYA: DAVLATNING ASOSIY QONUNI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI
Abstract
Ushbu maqolada yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mohiyati, uning jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlarini belgilashdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, konstitutsiya demokratik jamiyatdagi barqarorlik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishdagi rolini tahlil qiladi. Maqola konstitutsiyaning fuqarolar ongini shakllantirishdagi, davlat boshqaruvini tartibga solishdagi va ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 114 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us KONSTITUTSIYA: DAVLATNING ASOSIY QONUNI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI Maxmudjonova Mubina Ma’rufjon qizi Fan va texnologiyalar universiteti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich 6/25-guruh talabasi. E-mail: mubina[email protected]. Rasulov Rustambek Odilovich Fan va texnologiyalar universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti v.b, f.f.f.d., (PhD) ORCiD: 0009-0001-3976-4177 E-mail: r[email protected]; Phone: +998942220708 Annatatsiya. Ushbu maqolada yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mohiyati, uning jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlarini belgilashdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, konstitutsiya demokratik jamiyatdagi barqarorlik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishdagi rolini tahlil qiladi. Maqola konstitutsiyaning fuqarolar ongini shakllantirishdagi, davlat boshqaruvini tartibga solishdagi va ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan Kalit so‘zi. konstitutsiya ijtimoiy davlat, inson huquqlari, jamiyat hayoti, davlat boshqaruvi, hokimiyatlar bo‘linishi, huquqiy madaniyat, fuqarolik jamiyati, demokratik qadriyatlari, ijtimoiy himoya, ta’lim va sog‘liqni saqlash, ijtimoiy barqarorlik, fuqarolar ishtiroki, davlat mas’uliyati, kelajak islohotlari. Kirish. Konstitutsiya — har bir davlatning siyosiy-huquqiy tizimini belgilab beruvchi eng muhim va oliy darajadagi normativ hujjat bo‘lib, u davlatning tuzilishi, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi vakolatlar taqsimoti, fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari, jamiyatda amal qiluvchi asosiy tamoyillarni mustahkamlaydi. Shuning uchun ham Konstitutsiya “Davlatning Asosiy Qonuni” sifatida e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasida ham bu hujjat jamiyat hayotining barcha jabhalarini tartibga soluvchi poydevor bo‘lib xizmat qiladi. 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi [1]. Bizning fikrimizcha, ushbu islohotlar O‘zbekistonning siyosiy tizimini zamonaviylashtirishga, fuqaro manfaatidagi boshqaruvni kuchaytirishga yo‘naltirilgani bilan tarixiy ahamiyatga ega. Yangilanishning aynan Konstitutsiya
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 115 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us darajasida amalga oshirilgani davlat rivojining strategik yo‘nalishlarini huquqiy asos bilan mustahkamlash zarurligini ko‘rsatadi. Konstitutsiyada “inson–jamiyat–davlat” tamoyilining asosiy prinsip sifatida qabul qilinishi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, bu tamoyil davlat faoliyatining markazida endi inson manfaatlari turishini anglatadi; ya’ni davlat va jamiyat emas, avvalo fuqaro ehtiyoji, huquqi va sha’ni eng ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu o‘zgarish O‘zbekistonning demokratik qadriyatlarga yanada yaqinlashayotganini ko‘rsatadi. Yangi tahrirdagi konstitutsiyada ijtimoiy davlat tamoyili alohida modda sifatida mustahkamlandi. Bizningcha, ijtimoiy davlat g‘oyasining kiritilishi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, teng imkoniyat yaratish, yordamga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda davlatning mas’uliyatini oshiradi. Bu esa jamiyatda ijtimoiy adolat va barqarorlikni kuchaytiradi. Konstitutsiya jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni aniq belgilab, ularning o‘zaro mas’uliyati va vakolatlarini muvozanatlaydi [1]. Albatta, bu jihat juda muhim, chunki jamiyatning barqaror rivojlanishi faqat bir tomonning ustunligi bilangina emas, balki davlat va fuqarolar o‘rtasidagi tenglik va ishonch orqali ta’minlanadi. Bu konstitutsiyaning jamiyatdagi vazifasini yanada mustahkamlaydi. Jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarni o‘z huquqlaridan xabardor qilish ham konstitutsiyada ko‘rsatilgan umumiy maqsadlar qatoriga kiradi [1]. Bizningcha, bu yo‘nalish fuqarolik jamiyatining real kuchga aylanishi uchun asos yaratadi. Fuqaro o‘z huquqini bilsa, davlat bilan munosabati adolatli bo‘ladi, davlat esa o‘z faoliyatini shaffof va qonuniy asosda olib borishga majbur bo‘ladi. Umuman olib aytganda, 2023-yilgi konstitutsiyaviy islohotlar O‘zbekiston jamiyatining demokratik rivojlanishida tub burilish yasadi. Konstitutsiya jamiyat hayotida faqat hujjat emas, balki davlatning yo‘l xaritasi, fuqarolarning himoyachisi, boshqaruv tizimining asosiy mezoni sifatida xizmat qilmoqda. Shu sababli ushbu mavzuni o‘rganish va ilmiy tahlil qilish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham nihoyatda muhimdir. Metodlar. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida “inson – jamiyat – davlat” tamoyili ustuvor o‘ringa qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tilgan. Yangi Konstitutsiya o‘z e’tiborini avvalo inson manfaatlariga qaratadi va davlatning asosiy vazifasi – fuqaroga xizmat qilish ekanini belgilaydi. Bu tamoyil davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlari faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va javobgarlikni kuchaytiradi. Bizning shaxsiy
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 116 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us kuzatishimizga ko‘ra, ushbu tamoyil Konstitutsiyada alohida belgilanishi jamiyatdagi islohotlarning inson markazida ekanini isbotlaydi. Bu esa O‘zbekistonning siyosiyhuquqiy tizimini demokratlashtirishga, huquqiy madaniyatni oshirishga va fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etishiga keng yo‘l ochadi. Konstitutsiyada keltirilgan fikrlarning mazmuni ilmiy tadqiqot uchun ishonchli, statistik va normativ jihatdan asosli bo‘lgan muhim manbalardan biridir. Yangi tahrirdagi konstitutsiyamizda “Ijtimoiy davlat” tushunchasiga ham keng to‘xtalik o‘tilgan[1]. Ijtimoiy davlat tamoyili – aholining ijtimoiy himoyasi, adolatli resurs taqsimoti, ta’lim va tibbiyotning sifatli hamda qulay bo‘lishini kafolatlashi bilan ahamiyatlidir. Konsitutsiya faqat normativ matnni emas, balki tamoyilning amaliy natijalarini ham yoritgani bilan qimmatlidir. Shaxsiy tahlilimga ko‘ra, O‘zbekistonning ijtimoiy davlat sari yo‘nalishi jamiyatdagi tenglikni kengaytirish va aholining zaif qatlamlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Bu Konstitutsiyaning faqat huquqiy emas, balki insonparvarlik mazmuniga egaligini ko‘rsatadi. Konsitutsiya tadqiqot uchun real, rasmiy va faktlarga tayangan axborot taqdim etadi, bu esa ilmiy ishlanmalarda juda qo‘l keladi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respblikasi konsitutsiyasida konstitutsiyaning umumiy huquqiy asoslari, davlat tuzilishi, fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari haqida izohli ma’lumotlar keltirilgan [1]. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, bizningcha o‘quvchi uchun qulay, tizimli va ilmiy-uslubda yoritilgan bo‘lib, konstitutsiyaning nazariy poydevorini tushunishda katta yordam beradi. Fikrimcha, ushbu manbaning ahamiyati shundaki, u konstitutsiyani faqat normativ hujjat sifatida emas, balki jamiyatning boshqaruv modelini belgilovchi mafkuraviy asosi sifatida talqin qiladi. Talabalar va o‘rganuvchilar uchun juda qo‘l keladigan manbalardan biri bo‘lib, huquqiy bilimni kengaytirishga xizmat qiladi. Manba ilmiy tadqiqotga zarur bo‘lgan fundamental tushunchalar, tamoyillar va asosiy huquqiy kategoriyalarni taqdim qilishi bilan qadrlidir. Adabiyotlar tahlili. Olimlar ta’kidlashicha, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada “ijtimoiy davlat” tamoyili inson huquqlari bilan uzviy bog‘langan. Davlat bandlikni ta’minlash, nafaqalar va pensiyalarni kafolatlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida xizmatlar sifatini oshirishga majbur qilingan. Shu jihatdan Konstitutsiya fuqarolar hayotidagi ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va davlatning jamiyat oldidagi majburiyatini aniq belgilashga xizmat qiladi [1]. Bu — davlat va fuqarolar o‘rtasidagi yangi ijtimoiy shartnoma sifatida qaraladi. Agar davlat ushbu kafolatlarni qonuniy va amaliy jihatdan amalga oshirsa, jamiyatda ishonch va barqarorlik oshadi. Biroq, amaliyotdagi byudjet va institutlar imkoniyatlari bu kafolatlarning samaradorligini belgilaydi.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 117 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us Ekspertlar fikricha, yangi tahrirdagi Konstitutsiya fuqarolarning huquq va erkinliklarini kengaytiradi, jumladan, shaxsiy daxlsizlik, odil sudlov, mulk daxlsizligi, advokat yordami kabi kafolatlar kuchaytirilgan. Shu bilan birga, davlat hokimiyati tarmoqlarining aniq bo‘linishi, mahalliy boshqaruv va parlament vakolatlarining mustahkamlanishi demokratik institutlar rivojiga xizmat qiladi [2]. Huquq va erkinliklarni Konstitutsiya darajasida mustahkamlash mustaqil sud tizimi va qonun ustuvorligi uchun asos yaratadi. Biroq bu imkoniyatlarning samarali ishlashi sudlar mustaqilligi, korrupsiyaga qarshi samarali mexanizmlar va fuqaro ongiga bog‘liq. R. Ahmedov yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini “huquqiy islohotlarning yangi bosqichi” deb baholaydi. U yozishicha, Konstitutsiya fuqarolar huquqlarining kengayishi, ijtimoiy adolat va iqtisodiy barqarorlikka yo‘naltirilgan majburiyatlarni konstitutsiyaviy darajada belgilab berdi[3]. Bu baho Konstitutsiyaning jamiyat va davlat o‘rtasida “yangicha ijtimoiy shartnoma” yaratish sa’y-harakatlari sifatida ko‘rilayotganini ko‘rsatadi — ya’ni davlat va fuqarolar o‘rtasidagi majburiyat-huquq muvozanati konstitutsiyaviy poydevorda mustahkamlanmoqda. Agar ushbu principlar amalda bajarilsa, bu fuqarolarni ijtimoiy himoya va barqarorlik nuqtai nazaridan sezilarli darajada kuchaytiradi. D.Ibragimova o‘z maqolasida 2023-yildagi konstitutsiyaviy islohotlar — inson huquqlari sohasidagi normativ kafolatlarni jiddiy kengaytirdi, deb yozadi. Xususan, u konstitutsiyaviy normalar orqali xalqaro huquq me’yorlariga yaqinlashuv, qonun ustuvorligi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish imkoniyatlari yaratilganini ta’kidlaydi [4]. Bu baho Konstitutsiyani nafaqat formal o‘zgartirish sifatida, balki xalqaro standartlarga mos tushadigan, huquqiy institutlarni mustahkamlovchi hujjat sifatida ko‘rishga chorlaydi. Agar bu yo‘nalish izchillik bilan davom etsa, O‘zbekiston huquqiy davlatga o‘tishda muhim bosqichni bosib o‘tar ekan. Biroq bu uchun amalda sud mustaqilligi, erkin axborot vositalari va fuqaro huquqlarining amalda ta’minlanishi zarur bo‘ladi. Z.Ahmadova (2025) maqolasida 2023-yildan keyingi ijtimoiy va demokratik islohotlar doirasida “inson – jamiyat – davlat” tamoyilining konstitutsiyaviy asosga aylanganini ta’kidlaydi. U, shuningdek, kambag‘allikni kamaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati va ijtimoiy adolatga yo‘naltirilgan islohotlar bilan yangi davlat modeliga intilish belgilarini ko‘radi[5]. Bu fikr — Konstitutsiyani faqat huquqiy hujjat emas, balki ijtimoiy taraqqiyot va fuqarolik jamiyati qurish uchun strategik hujjat sifatida baholash kerakligini ko‘rsatadi. “Ijtimoiy davlat” tamoyili amalda ijro qilinsa, bu ko‘plab jamiy muammolar — ta’lim,
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 118 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us sog‘liqni saqlash, bandlik kabi sohalarda fuqarolar manfaatini himoya qiluvchi huquqiy kafolat bo‘ladi. Biroq buning uchun davlat organlarining ijtimoiy majburiyatga sodiqligi va resurs yetarliligi muhim. X. Azizov 2023-yilda nashr etilgan maxsus huquqiy jurnalda — “Ijtimoiy davlatning konstitutsiyaviy asoslarini ro‘yobga chiqarish” nomli maqolasida yangi Konstitutsiyaning ijtimoiy majburiyatlarini belgilovchi normalarini rag‘batlantiruvchi deb baholagan. U, xususan, davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarda konstitutsiyaviy poydevor yaratildi, deb yozadi [6]. Azizovning tahlilicha, bu normativ o‘zgarishlar davlat xizmatlarini fuqaro farovonligi yo‘lida mas’ul qiladi. Bu — uzoq muddatda ijtimoiy barqarorlik va fuqarolar hayot darajasini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Biroq davlat majburiyatlari amalda bajarilishini ta’minlash uchun monitoring, huquqiy kafolatlar va davlat budjetida ijtimoiy yo‘nalishlarga ustuvorlik kerak bo‘ladi. A.Hoshimxonov “Xalqchil davlat qurish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirishda fuqarolar ishtirokini kengaytirish” masalalariga bag‘ishlangan maqolasida yangi Konstitutsiyaning fuqarolar ishtiroki va boshqaruv samaradorligi tarafdori ekanini bildiradi. U, shuningdek, Konstitutsiyaning mahalliy boshqaruv va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlashga yo‘naltirilganini ta’kidlaydi[7]. Bu nuqta Mohim – Konstitutsiyaning nafaqat markaziy hokimiyatni tartibga solishi, balki mahalliy boshqaruv va fuqarolik ishtirokini kengaytirishga ham yo‘naltirilganini ko‘rsatadi. Buning natijasida davlat organlariga mas’uliyat yuklanadi va fuqarolar davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi mumkin. Bu demokratik institutlar va jamiyat institutlari mustahkamlanishiga xizmat qilishi lozim. Natijalar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri jamiyat hayotida tub o‘zgarishlar yaratdi. Avvalo, inson–jamiyat–davlat tamoyili asosida konstitutsiya fuqarolarning huquq va manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, fuqarolarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatiga davlat tomonidan berilgan kafolatlar kuchaygan. Ushbu tamoyil amaliyotga tatbiq etilishi bilan davlat boshqaruvi yanada shaffof, muvozanatli va insonparvar yo‘nalishga ega bo‘lmoqda. Bizning fikrimizcha, ushbu natija shuni ko‘rsatadiki, Konstitutsiya nafaqat huquqiy hujjat, balki jamiyatning ijtimoiy va siyosiy barqarorligini ta’minlovchi vosita sifatida ishlamoqda. Inson manfaatini markazga qo‘yish, hokimiyatning mas’uliyatini oshiradi va jamiyatda ishonch muhitini mustahkamlaydi. Ikkinchi natija — ijtimoiy davlat tamoyilining mustahkamlanishi. Tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, konstitutsiyaning yangi tahriri aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish,
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 119 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tibbiyot xizmatlarini yanada sifatli qilish imkonini beradi [1]. Bu tamoyilning amalda qo‘llanilishi natijasida jamiyatdagi ijtimoiy tenglik oshadi, aholining farovonligi yaxshilanadi va davlatning fuqarolarga xizmat qilishi kuchayadi. Fikrimizcha, ushbu natija O‘zbekistonning demokratik rivojlanish yo‘nalishiga qanchalik muvofiq ekanini ko‘rsatadi. Ijtimoiy davlat tamoyili, shuningdek, konstitutsiyaning insonparvarlik mazmunini mustahkamlaydi va huquqiy kafolatlarning amaliy ahamiyatini oshiradi. Uchinchi natija — fuqarolarning huquqiy madaniyati va davlat-huquq tizimining samaradorligi. Tadqiqot kontent-tahlil metodiga asoslangan holda aniqladiki, yangi tahrirdagi konstitutsiya fuqarolarni huquqlari va erkinliklaridan xabardor qilmoqda, davlat organlari faoliyatining shaffofligini oshirmoqda va jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu esa fuqarolarning davlat boshqaruvida faol ishtirok etishiga, shuningdek, jamiyatda adolat va tenglikning mustahkamlanishiga zamin yaratadi. Konstitutsiyada “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” tushunchasi rasmiy ravishda kiritilgan, va bu tamoyil orqali davlat ijtimoiy adolat, bandlik, ta’lim va tibbiyot sohasida kattaroq majburiyat oladi [1]. Bizningcha, bu yangilanish Konstitutsiyani fuqarolarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda strategik vosita sifatida ishlatishga imkon beradi. Davlat endi faqat siyosiy yoki iqtisodiy boshqaruv bilan cheklanmay, fuqarolar hayotining barcha muhim sohalarida ishtirok etadi. Shu bilan birga, ijtimoiy masalalarni hal qilishda mas’uliyat va resurslarni adolatli taqsimlashni ta’minlash muhim bo‘ladi. Bu jarayon fuqarolar va davlat o‘rtasidagi ishonchni oshiradi va demokratik tamoyillarning amalda tatbiq etilishiga xizmat qiladi. Xulosa. O‘zbekiston konstitutsiyasining yangi tahriri davlat va jamiyat hayotida mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, konstitutsiya fuqarolarning huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda strategik rol o‘ynaydi. Yangi tahrirdagi ijtimoiy davlat tamoyili aholining zaif qatlamlarini, xususan, nogironlar, keksalar va kambag‘al qatlamlarni himoya qilishga qaratilgan. Shu bilan birga, Konstitutsiya fuqarolarning ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan sifatli foydalanishini kafolatlaydi, bu esa jamiyatdagi tenglikni mustahkamlash va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Amaliy qo‘llashdagi ba’zi muammolarni ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Masalan, Konstitutsiya normalari hududlarda bir xilda tatbiq etilmasligi, fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasi pastligi, ba’zi davlat organlarining shaffof faoliyati va resurslarni adolatli taqsimlashdagi ayrim muammolar mavjud. Shu sababli, fuqarolarni
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 120 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us o‘z huquqlari bilan tanishtirish, davlat organlarining mas’uliyatini oshirish va Konstitutsiya normalarining real tatbiqini ta’minlash dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuningdek, Konstitutsiya fuqarolarning ijtimoiy himoya va xavfsizlik sohasidagi talablarini yanada kuchaytirishga yo‘naltirilgan. Bandlik, pensiya, nafaqalar, uy-joy va sog‘liqni saqlash xizmatlari kabi sohalarda davlatning majburiyatlari aniq belgilangan. Bu esa jamiyatdagi tenglikni oshirish, aholining turmush darajasini yaxshilash va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash imkonini beradi. Shu bilan birga, Konstitutsiya fuqarolarni ijtimoiy faol bo‘lishga undaydi, davlat siyosatida o‘z fikrini bildirish, muammolarni hal qilish jarayonida ishtirok etish imkoniyatini beradi. Kelajakda Konstitutsiya yangi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlar uchun platforma vazifasini bajaradi. U fuqarolar huquqlarini mustahkamlash, davlatning mas’uliyatini oshirish va jamiyatdagi barqaror demokratik tizimni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, Konstitutsiya huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolarning qonunlarga rioya qilishga va huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri davlat va jamiyat hayotida barqaror poydevor sifatida xizmat qilmoqda. U fuqarolarning hayot sifatini oshirish, ijtimoiy himoya, huquqiy barqarorlik va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lida muhim vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, Konstitutsiya kelajakda ijtimoiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirish, fuqarolarni huquqlari bilan tanishtirish va jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirish imkoniyatlarini ochib beradi. Shunday qilib, Konstitutsiya nafaqat huquqiy hujjat, balki jamiyat hayotini tartibga soluvchi, insonparvar va demokratik qadriyatlarni mustahkamlovchi strategik vosita ekanligi aniq ko‘rinib turibdi. Bu esa O‘zbekistonning kelajakdagi barqaror rivojlanishi, adolatli boshqaruv va fuqarolar hayot sifatini oshirish yo‘lida asosiy poydevor hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 2023-yil 1-mayda referendumdan soʻng qabul qilingan yangi tahrir. – Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2023. 2. Safarov A.A. Yangi konstitutsiya – ishonchli kelajak garovi. – Tahliliy maqola. Toshkent, 2023. 3. Ahmedov R.I. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya: huquqiy islohotlar va jamiyat. – Scientific Journal of Legal Studies, 2023. – №4.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 121 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us 4. Ibragimova D. Konstitutsiyaviy islohotlar va inson huquqlari: xalqaro standartlarga yaqinlashuv. – ESICONF Journal, 2023. – №2. 5. Ahmadova Z.Sh. “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili va yangi davlat modeli. – Phoenix Publication, 2025. – №1. 6. Azizov X.T. Ijtimoiy davlatning konstitutsiyaviy asoslarini ro‘yobga chiqarish. – Jurisprudence Review, 2023. – Toshkent. 7. Hoshimxonov A.M. Fuqarolar ishtiroki va mahalliy boshqaruv tizimi: yangi Konstitutsiya talqinida. – Jurisprudence Review, 2023. – Toshkent. 8. Rasulov Rustambek Odilovich - The Essence of Political Socialization Processes and their Role in Social Development. Spanish Journal of Innovation and Integrity, ISSN: 2792-8268, Volume: 37, Dec-2024. https://sjii.es/index.php/journal/article/view/106/150 9. Rasulov, R. . (2024). The importance of education and upbringing in forming political socialization in the worldview of youth. Академические исследования в современной науке, 3(48), 124–132. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/61938 10. Rasulov Rustambek Odilovich. The importance of youth-oriented structures established in the country in the political socialization of youth Vol. 3 No. 12 (2024): INTERNATIONAL JOURNAL OF EUROPEAN RESEARCH OUTPUT (IJERO). http://ijero.co.uk/index.php/ijero/article/view/417 11. 4.Rasulov Rustambek Odilovich. Cultural basics of education and the role of youth in it. Philosophy And Life International Journal. ISSN 2181-9505. Doi jurnal 10.26739/2181-9505. https://www.tadqiqot.uz/index.php/philosophy/article/view/11321