ITALIYA TA'LIM TIZIMI
Abstract
Ushbu maqolada Italiya ta’lim tizimining tuzilishi bosqichlari va asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Mamlakatda maktabgacha tarbiyadan boshlab oliy ta’limgacha bo’lgan bosqichlarning mazmuni o’quv dasturlarning tashkil etilishi hamda majburiy ta’limning davomiyligi haqida ma’lumot berilgan. Maqolada Italiya ta’lim tizimining afzalliklari zamonaviy ta’lim islohatlari hamda O’zbekiston ta’lim tizimi taqqoslab o’rganish imkoniyatllari ham ko’rib chiqiladi.
Full text
VOLUME-3, ISSUE-11 80 ITALIYA TA’LIM TIZIMI Qurbonnazarova Feruza Rustamovna Termiz Iqtisodiyod Servis Universiteti Pedagogika va Psixologiya ta’lim yo’nalishi 3kurs talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada Italiya ta’lim tizimining tuzilishi bosqichlari va asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Mamlakatda maktabgacha tarbiyadan boshlab oliy ta’limgacha bo’lgan bosqichlarning mazmuni o’quv dasturlarning tashkil etilishi hamda majburiy ta’limning davomiyligi haqida ma’lumot berilgan. Maqolada Italiya ta’lim tizimining afzalliklari zamonaviy ta’lim islohatlari hamda O’zbekiston ta’lim tizimi taqqoslab o’rganish imkoniyatllari ham ko’rib chiqiladi. Kalit so’zlar: Italiya ta’lim tizimi, ta’lim bosqichlari, maktabgacha ta’lim, universitetlar, baholash tizimi. Italiyada bolalar 3-yoshdan bolalar bog’chasiga berishadi. U yerda bolalar uch yil davomida maktabga tayyorlanishadi. Kirish: Italiya ta’lim tizimida hozirda navbatdagi islohatlar amalga oshmoqda. davomida maktabga tayyorlanishadi. Bolalar guruhlarda 15-30 kishidan bo’lib ular mashhur pedagogik Mariya Montesori metodi asosida tahsil olishadi. Italiya ta’lim tizimi o’zining qadimiy ilmiy an’analar zamonaviy pedagogik yondashuvlar va o’quv jarayonini konpetensiya yo’naltirilgan tamoyillari bilan Yevropadagi yetakchi ta’lim tizimlaridan biri hisoblanadi. Italyada bolalar haftasiga besh kun jami 30soat o’qishadi. Har bir bosqichining oxirida test sinovlari o’tkazildi. Baholashning og’zaki usuli qo’llaniladi. Qiziqarli jihati shundaki Italiyada invalid bolalar ham barcha bolalar bilan birga tahsil oladi. An’anaviy davlat maktablarida sinflar juda katta. Bu Italiya maaktablarida bolalarga attestat berish huquqiga emas, ularning o’quvchilari davlat imtixonlari topshirishadi va shunga mos sertifikat bilan olishadi. Italiyada ta’limning majburligi davlat va xususiy maktablar o’rtasidagi muvozanat, oliy ta’limning kredit modul tizimiga moslashgani hamda kasbiy ta’limning rivojlanganligi uni boshqa Yevropa davlatlari tajribasi bilan qiyoslashga arzigulik qiladi. Mazkur maqolada Italiya ta’lim tizimining asosiy bosqichlari boshqaruv tizimi pedagogik yondashuvlari va yosh avlodni tarbiyalashdagi yutuqlari tahlil qilinadi. Asosiy qism: Italiyada ta’lim tizimi bir nechta bosqichlardan iborat bo’lib u Yevropa Ittifoqi talablariga mos holda tashkil etilgan. Mamlakatda ta’limning dastlabki bosqichidan tortib oliy ta’limgacha Yevropa davlatlari kabi Bolonya jarayoni tamoyillariga asoslanadi.Italiyada ta’lim davlat nazorati ostida. Ta’lim vazirligi har qanday darajadagi maktablarni moliyaviy ta’minlaydi va xususiy maktablardagi o’qishni qat’iy nazorat qiladi. Vazirlik davlat maktablari uchun o’quv dasturlarni tuzadi. Italiyadagi deyarli barcha oliy ta’lim muassasalari davlatga qarasada biroq ular tashkilotchilik ishlarini o’zlari hal qiladi. Italiya o’rta ta’lim tizimi 2-bosqichdan iborat bo’lib uning ikkinchi bosqichi uquvchilariga o’z qiziqishlari va kelajak kasbiga mos yo’nalishni tanlash imkonini beradi. Italiya oliy ta’limi dunyo bo’yicha taniqli va qadimiy universitetlarga ega. Universitetlar asosan davlat va xususiy talim muassasalariga bo’linadi. Italiyada ta’lim davlat tomonidan boshqariladi, biroq hududiy organlari ham muhim ro’l o’ynaydi. Ta’lim vazirligi o’quv dasturlarini tasdiqlaydi, pedagogik standartlarni belgilaydi va maktablar faoliyatini nazorat qiladi. Moliyalashtirish asosan davlat byujeti hisobidan amalga oshiriladi, ammo xususiy maktablari ham mavjud bo’lib ular tomonidan qisman qo’llab-quvvatlanadi.Italiya universitetida o’qish davomida talabalar yigirmaga yaqin fanlarni o’zlashtirishlari kerak. Italiya o’quv yurtida
VOLUME-3, ISSUE-11 81 ma’ruza o’qish talabalari uchun va ular hatto ma’ruzalarga qatnashgan kunlarni shaxsiy qaydnomada qayd etishadi. Italiyada ta’lim-arxitektorlar dizaynerlar umuman hayotini san’at bilan bog’lamoqchi bo’lganlari uchun ajoyib tanlov. Bundan tashqari italyan oliygohlarda turli yo’nalishlar mavjud bo’lib aksariyatida ingliz tilida ham ta’lim olish mumkin. IFTSdasturlari ustidan nazorat hududiy munitsipal ma’muriyat qo’lida bo’lib , u 4-turdagi muassasada amalga oshiriladi; umumta’lim va biznes-maktablar, professional ta’lim dargohlari va oliygohlarda. Bu yerda yoshlar va kattalar o’rta ta’lim olmaganlar maxsus bilimga va tajribaga ega bo’lmaganlar imtihon topshirib o’qishlari mumkin. Bu o’zimizda mavjud kasb-hunarga o’qitish markazi professional ta’lim muassasasi. Italiyada 89 ta universitet va ko’plab boshqa akademiyalar va oliy ta’lim muassasalari mavjud. Mamlakatda davlat va xususiy muassasala bo’lsa ham aksariyat universitetlar Italiya ta’lim vazirligi tomonidan boshqari ladigan davlat universitetlar hisoblanadi. SHuningdek Italiyada aholining taxminan 50 foiz oliy ta’lim oladi. Oliy ta’limdagi erkaklar va ayollar nisbati tahlil qilinadigan bo’lsa 25-34 oralig’idagi yoshlar orasida erkaklar 16 foiz, ayollar 25 foiz ulushga ega hisoblanadi. Davlatning ta’limga ajratadigan mablag’i bo’yicha OESR 37 mamlakat ichida 31o’rinda moliyaviy investitsiyalar bo’yicha esa 24o’rinda turadi. Italiyada muhandislik, huquq, iqtisod, san’at, va arxitektura bo’yicha o’quv dasturlari bilan mashhur. O’qish muddati ta’lim bosqichi yo’nalish va o’quv muassasasiga bog’liq. O’quv dasturlari bir-biridan uncha farq qilmaydi. 1985-yilda boshlang’ich maktab konstitutsiyada belgilangan shaxs va fuqarolarning belgilangan asosan ish ko’radi. Ta’lim tizimini boshqarishda fuqarolarning erkinliklariga qadriyat sifatida qaraladi va ,,Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi ‘’ talablariga javob beradi. Oliy ta’lim 18-19 yoshdan boshlanadi. Italiya oliy tizimi universitetlar, texnik universitetlar, universitet kollejlari va akademiyalar orqali tasniflanadi. Italiyada oliy ta’lim tizimi 2-sektordan iborat : 1. Universsitetga oid – o’qitiladigan kurslar, fanlar, yo’nalishlar soxalar va darajalar soniga ko’ra ancha rivojlangan. 2. Universitetga oid emas – o’zida ikki yo’nalishni jam qiladi: a. San’at soxasidagi ta’lim olish. Ta’lim vazirligi taassarufida. b. Professional ta’lim mahaliy hokimiyat taassarufida. Ta’lim Italyan va ingliz tillarida beriladi. Italiyada 47 ta davlat va davlat litsenziyasiga ega 9 ta mustaqil universitetlar mavjud. Universitetlarda ko’plab o’rta asr udumlari saqlanib qolgan. Bayramlarda talabalar Robin Gud timsolidagi rang-barang bosh kiyimlar kiyishadi. Italiya universitetlarida kredit tizimi CFU amal qiladi. O’quv yili davomida universitetda 19-20 ta fanni o’zlashtirish kerak bo’ladi. O’quv yili oktabr-noyabrda boshlanib, mayiyunda tugaydi. O’quv yili davomida 3 ta sessiya bo’lib o’tadi, va har bir talaba fakultetidagi bir nechta majburiy fanlardan tashqari, imtihonni qachon va qanday fanlardan topshirishi kerakligini o’zi hal qiladi. Xulosa: Italiya ta’lim tizimi tarixiy ildizlarga ega bo’lib, zamonaviy talabalar va xalqaro standartlarga mos tarzda rivojlangan. Tizim maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha qamrab oladi. Har bir bosqich o’quvchilarning bilim, ko’nikma va shaxsiy rivojlanishini ta’minlashga yo’naltirilgan. Oliy ta’lim bosqichlarida yo’nalishlar turli xil bo’lib talabalarga qiziqishlari va kelajakdagi kasblariga mos ta’lim olish imkonini beradi. Italiya ta’lim tizimi ijodkorlik mustaqil fikrlash va amaliy ko’nikmalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Foydanilgan adabiyotlar: 1. Caruso, G. Education in Italy: Strukture and Development, Milano,FrankoAngeli, 2018. 2. OECD. Education at a glance 2021: Italy.Paris, 2021.
VOLUME-3, ISSUE-11 82 3. Xorijda ta’lim. Marifat,2001y. 26 dekabr. 4. J.G’.Yo’ldoshev. Xorijda ta’lim. T. 2001.